Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


-rasm. Raqobat ishtirokchilarining asosiy maqsadlari



Download 256,62 Kb.
bet5/16
Sana31.12.2021
Hajmi256,62 Kb.
#235774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Rasulov Shukrullo

1-rasm. Raqobat ishtirokchilarining asosiy maqsadlari.

4) Moslashtirish vazifasi;

5) Taqsimlash vazifasi;

6) Nazorat qilish vazifasi.

Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o’tkazishdan iborat. Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng ko’p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi. Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli ko’rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi. Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo’naltirilgan bo’lib, ularning shunchaki o’zini-o’zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo’jalik faoliyati sohalarining ekspantsiyasi (kengayishi)ga o’tishini bildiradi.

Raqobatning taqsimlash vazifasiishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi (yalpi ichki mahsulot)ning iste’molchilar o’rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir o’tkazadi. Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasibozordagi ba’zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o’rnatishiga yo’l qo’ymaslikka yo’naltiriladi. Raqobat ko’rashining mazmuni to’g’risida to’laroq tushunchaga ega bo’lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko’rib chiqish zarur. Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to’rtta shakli alohida ajratilib ko’rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyadir. Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko’p sonli korxonalar mavjud bo’ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda ko’plab sotuvchilar o’zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar.

Erkin raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz nazoratni amalga oshiradi. Erkin raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda mavjud bo’lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi korxonalarning paydo bo’lishi va ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga huquqiy, texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to’siqlar bo’lmaydi. Sof monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo’lishi sababli, u mavjud mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka hukmronlik shakllanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda g’irrom va halol raqobatlashuv usullari ajratib ko’rsatiladi.

Raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan e’tirof etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy (ya’ni, jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro’siga putur etkazish va h.k.) usullaridan foydalanish g’irrom raqobat deb yuritiladi. Halol raqobat – raqobat ko’rashida jamiyat tomonidan tan olingan, iqtisodiy usullarni qo’llash, o’zining maqsad va manfaatlariga erishishda umumjamiyat manfaatlariga zid keluvchi holatlarni qo’llamaslik kabi qoidalarga asoslanadi. Raqobat ko’rashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va narxsiz raqobat.

Narx vositasida raqobatlashuvda ko’rashning asosiy usuli bo’lib ishlab chiqaruvchilarning o’z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarining shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi. Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat ko’rashining asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko’rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro’-e’tibori hisoblanadi. Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamidagi raqobat ham bo’lishi mumkin. Buning uchun yangi tovarlarning sifati oshishi va iste’mol xususiyatlarining yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tez ro’y berishi keraq. Hozirgi davrda bir turdagi mahsulotlarning ko’payishi ularning sotishni rag’batlantiruvchi reklama, tovar belgilari va fabrika muhrlaridan foydalanishni keltirib chiqarmoqda. Iste’molchilik bozorida qo’shimcha xizmat ko’rsatish orqali xarid orlarni o’ziga jalb qilish keng tarqalmoqda.

Raqobatdoshlik deganda, odatda tovar ishlab chiqaruvchilarning minimal rentabellikni ta’minlaydigan narxda tashqi bozorda sotish uchun ishlab chiqarishga bo’lgan qobiliyati tushuniladi. Ta’kidlash lozimki, raqobatdoshlik tovarlar bozori bilan cheklanib qolmasdan, makroiqtisodiy mazmuniga ham ega bo’ladi. Mamlakatlarning raqobatdoshligi kontseptsiyasi tarixan milliy iqtisodiyotning xalqaro mehnat taqsimotidagi o’rnini belgilab beradigan qiyosiy afzalliklar (arzon ishchi kuchi, boy tabiiy resurslar, qulay geografik joylashuv, iqlim, infratuzilma omillari va h.k.) nazariyasiga asoslangan3 . Qiyosiy afzalliklar mamlakatga tabiatdan berilgan bo’lib, ular abadiy emas va takror ishlab chiqarilmaydi. Mazkur afzalliklar fan va texnikaning rivojlanishi, ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvi, ishlab chiqarish darajasida globallashuvi va tovarni ishlab chiqarishdan tortib to uni iste’molchiga etqazib berishgacha bo’lgan barcha bosqichlarda innovatsiyalarga asoslanadi. O’zbekiston quyidagi qiyosiy afzalliklarga ega:

qishloq xo’jaligi rivojlanishi uchun qulay tabiiy-iqlim sharoitining mavjudligi;

boy tabiiy resurslar va rekreatsiya resurslariga egaligi;

boy madaniy-tarixiy merosga ega ekani ichki va tashqi turizmni rivojlantirish imkonini beradi;

qulay geografik joylashuvi;

xalqning mehnatsevarligi va tadbirkorlik qobiliyatiga ega bo’lgan mehnat resurslarining mavjudligi.

O’zbekistonning raqobat sohadagi afzalliklarini tahlil qiladigan bo’lsak, quyidagilarni alohida ta’kidlab ko’rsatish mumkin:

mamlakat siyosiy va huquqiy tizimining barqarorligi;

insonni rivojlantirishga (ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ehtiyojlarga) katta mablag’lar yo’naltirilayotganligi;

aholining o’rtacha umr ko’rish darajasining ortib borayotgani;

mehnat resurslarining raqobatdoshligi;

mamlakat aholisi ta’lim darajasining yuqoriligi.

Yuqorida aytib o’tilganidek, mamlakatimizning qiyosiy afzalliklari bilan birga milliy iqtisodiyotimizning raqobat sohadagi afzalliklarini ham rivojlantirish zarur. Iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish maqsadida quyidagi omillarga asosiy e’tiborni qaratish lozim, xususan: mamlakat siyosiy va huquqiy tizimining barqarorligi, mehnat resurslarining raqobatdoshligi va aholi ta’lim darajasining yuqoriligi4 . Shunday qilib, raqobat nuqtai nazaridan afzalliklar o’zgaruvchan bo’lib, inson kapitalining rivojlanishi, yuksak innovatsion texnologiyalar, intellekt bilan bog’liq va o’z tabiatiga ko’ra cheksizdir.

Jahon iqtisodiyotining barqaror rivojlanish sur’atlarini ta’minlash, xalqaro raqobatni vujudga keltirishning muhim sharti dunyo mamlakatlari iqtisodiyotining ochiqligi bilan belgilanadi. O’zbekiston iqtisodiyoting erkinlashuvi tobora chuqurlashib, ochiqlik darajasi ortib jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi kuchayib bormoqda. Ba’zi iqtisodchilarning fikricha, iqtisodiyotning ochiqlik darajasi milliy ishlab chiqarishning tarmoq tarkibiga bog’liq. Ishlab chiqarish hajmining umumiy tarkibida bazaviy tarmoqlar ulushi qanchalik yuqori bo’lsa, iqtisodiyotning ochiqlik darajasi shunchalik past bo’ladi. Ushbu holat bazaviy tarmoqlarning xalqaro ixtisoslashuv jarayoniga kam darajada jalb etilgni va asosan ichki bozorga yo’naltirilgani bilan izohlanadi.

Qayd etib o’tilganidek, iqtisodiyotning ochiqligi xalqaro iqtisodiy raqobatning muhim sharti hisoblanadi. Har qaysi mamlakatning raqobatdoshligi qanday aniqlanadi va u nimalarga bog’liq? Nima sababdan ba’zi mamlakatlar raqobatdoshligi jihatidan boshqa mamlakatlarga nisbatan ilgarilab ketgan? Raqobatdoshlik tushunchasiga iqtisodiy adabiyotlarda firmalarning muayyan sharoitda o’z raqobatchilariga nisbatan tovarlarni loyihalashtirish, tayyorlash va sotish borasidagi real va potentsial imkoniyatlari qanchalik yuqori ekanini bildiradigan kategoriya sifati ta’rif beriladi.

AQSHning Garvard universiteti professori M. Porter fikricha, mamlakatning raqobatdoshligi darajasini uning milliy kompaniyalari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar, firmalar, tarmoqlar raqobatdoshligi ta’minlaydi. SHuning uchun dastlab mamlakat raqobatdoshligini emas, balki milliy kompaniyalar raqobatdoshligini tahlil etish lozim. Amerikalik olim mamlakat kompaniyalarining muvaffaqiyatini ta’minlaydigan qulay muhitni yaratish quyidagi to’rtta muhim ko’rsatkichga bog’liq ekanini ta’kidlaydi5 : ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganlik; talab ko’rsatkichlari; o’zaro yaqin va xizmat ko’rsatadigan tarmoqlar; raqobat muhiti va firma strategiyasi.

Milliy kompaniyalarning ana shu shartlar doirasidagi samarali faoliyati mamlakatning raqobatdoshlik reytingini belgilab beradi. Jahon amaliyotida mutaxassislar milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini aniqlash uchun 340 dan ortiq ko’rsatkich va 100 dan ortiq usuldan foydalanishadi. Mamlakatning raqobatdoshligini aniqlashda quyidagi holatlar asosiy omil bo’lib xizmat qiladi:

iqtisodiy salohiyat va iqtisodiyotning o’sish sur’atlari; sanoat ishlab chiqarishining samaradorligi;

ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanish darajasi va uni o’zlashtirish sur’atlari;

xalqaro mehnat taqsimotida qatnashish;

ichki bozor hajmi va dinamikasi;

iqtisodiyotda davlatning roli;

moliya tizimining egiluvchanligi;

mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik va malaka darajasi;

ichki siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy holat;

iqtisodiyotning jahon bozori kon’yunkturasi talabiga moslashish darajasi va qobiliyati.

Shveytsariyaning Lozanna shahrida joylashgan Menejmentni rivojlantirish xalqaro instituti har yili dunyoning etakchi mamlakatiga raqobatdoshlik nuqtai nazaridan baho beradi. Tahlillar 287 mezon bo’yicha guruhlangan 8 ta omil bo’yicha amalga oshiriladi: milliy iqtisodiyot tavsifi – YaIM hajmi, investitsiyalar va jamg’armalar hajmi, pirovard iste’mol darajasi, aholi turmush darajasi, iqtisodiyotning amal qilish samaradorligi darajasi; iqtisodiyotning baynalmilallashuv darajasi; siyosiy tizimining barqarorligi; moliya tizimi.

Dunyodagi mamlakatlar raqobatdoshligini tahlil etadigan xalqaro tadqiqotlardan biri – bu Jahon iqtisodiy forumi metodikasi hisoblanadi. Tadqiqot jarayonida biron-bir mamlakatning iqtisodiy o’sishini baholashda o’rta va uzoq muddatli rivojlanish dinamikasini tavsiflab beradigan muhim makro va mikroiqtisodiy ko’rsatkichlar asosida raqobatdoshlikning agregat indekslari hisoblanadi. Ushbu metodika 30 yildan buyon qo’llaniladi va uning natijalari Jahon iqtisodiyforumining Global raqobatdoshlik to’g’risidagi ma’ruzasida chop etiladi.




Download 256,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish