Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakultet


Mahalliy hokimiyat organlari



Download 96,36 Kb.
bet8/10
Sana23.07.2022
Hajmi96,36 Kb.
#844363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ORIPOV TOYIR KURS ISHI

Mahalliy hokimiyat organlari

Uy-joy kommunal xizmat
ko'rsatish vazirligi

Sog'liqni saqlash vazirligi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Xalq ta'limi vazirligi

Boshqalar



2.2-rasm. 2019-yilning yanvar-dekabrida vazirlik va idoralar kesimida xususiylashtirilgan davlat obyektlarining tarkibi
Xususiylashtirilgan davlat mulki ob’yektlari tarkibida eng ko’p ulush mahalliy hokimiyatlarga 574 ta obyekt (respublika bo’yicha jami xususiylashtirilgan obyektlarning 68,2 %), uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi 80 ta (9,5%), sog’liqni saqlash vazirligi 59 ta (7,0%), davlat aktivlarini boshqarish agentligi 35 ta (4,2%), xalq ta’limi vazirligi 19 ta (2,3%), Moliya vazirligi 16 ta(1,9%) to’g’ri keladi.
Davlat noturarjoy fondidan samarali foydalanish maqsadida 2019-yil yakuniga qadar ijaraga berish bo’yicha 32,4 mingdan ortiq ijara shartnomalari tuzildi. Natihada, 5,3 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari yaratiladi. Davlat mulkini ijaraga berishdan tushgan tushumlari jami 178,6 mlrd. so’mni tashkil etdi. Hududlar kesimida davlat mulkni ijaraga berishdan tushgan tushumlarning asosiy qismi Toshkent shahriga (barcha tushumlarning 55,4%), Surxondaryo (9,7%), Toshkent ( 5,8%), Andijon (3,9%) va Xorazm (3,5%) viloyatlari hissasiga to’g’ri keladi.
Ma’lumot o’rnida shuni aytib o’tish joizki, iqtisodiyotdagi sektor va uklad tushunchalari bir-biridan farqlanadi. Sektor bu soha yoki tarmoq iqtisodiyot bo’g’inini, faoliyat turini bildiradi. Uklad esa ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo’lib, iqtisodiy munosabatlar jamlanmasi hisoblanadi. Aniqroq qilib aytganda, ukladlar sektorlarni, sektorlar esa milliy iqtisodiyotni hosil qiladi.
Bo’limdan umumiy xulosa shuki, bunday natijalarga erishyotganimizning asosiy sababi yurtimizda iqtisodiy erkinlik mavjudligidir. Umuman olganda, erkinlik ko’p qirrali tushuncha va uni tavsiflash ham turlicha bo’ladi. Bizning e’tiborimizni tortadigan joyi erkinlik bu mamlakatda xususiy sektorning naqadar rivojlanganini ko’rsatuvchi belgi ekanligi. Iqtisodiy erkinlik bor joyda monopoliyaning cheklanishi, ishlab chiqarish samaradorligi oshishi hamda raqobatning keng yoyilishi kabi holatlar kuzatiladi. Raqobat bor joyda esa har doim sifatli va hamyonbop narxdagi mahsulotlar xarid qilish imkoniyati yuqori darajada bo’ladi.
Xususiylashtirilgan korxonalarda turli xildagi tadbirkorlik yo’nalishlari faoliyat yuritmoqda. Xususiylashtirilgan korxonalarni qo’llab-quvvatlash tadbirkorlikka ko’maklashish demakdir. Aslini olganda, tadbirkorlik jamiyatdagi ijtimoiy va iqtisodiy muammolari bartaraf etishda hamda jamiyatni har tomonlama rivojlantirishda muhim ro’l o’ynaydi. Chunki ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish, yangi ish o’rinlarini yaratib, aholi bandligini ta’minlash hamda ishliksiz darajasini pasaytirishda umumiy hisobning yarmi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka to’g’ri kelmoqda. Xususiylashtirilgan korxonalarni qo’llab-quvvatlash orqali aholi turmush tarzini yaxshilash, hayot darajasi va farovonligini oshirishga erishiladi. Tadbirkor yanada rivojlanish natijasida mulkdorga aylanadi. Bu esa jamiyatdagi yangicha fikrlaydigan, harakat qiladigan yangi avlod – tadbirkorlar, mulkdorlar tabaqasining shakllanishiga olib keladi. Bunday shaxslar davlatning ijtimoiy tayanchi va iqtisodiy taraqqiyot manbai hisoblanadi.
Xususiy tadbirkorlik sub’yektlari, fermer xo’jaliklari davlat buyurmasini bajarishda ham ishtirok etadilar. Ma’lumki o’zbekiston davlat buyurtmasi bo’yicha paxta va g’alla yetishtirishda fermer xo’jaliklari yetakchilik qiladilar. Bundan tashqari, kichik va o’rta korxonalar yirik korxonalarning ayrim buyurtmasini ham bajarib, ularni to’ldiradilar.
Tadbirkorlik faqagina mulkdorga daromad keltiribgina qolmay balki, davlatning salmoqli daromad manbai hisoblanadi. Davlatga tushadigan tushumning asosiy qismi xususiy sektorga tegishlidir.
Mamlakatimizda davlat mulkini sotishdan umumiy tushumlar haqida yuqorida aytib o’tgandik. Endi uni hududlar kesimida anday taqsimlangani, ya’ni yurtimiz iqtisodiyotida qaysi viloyatlar yetakchilik qilayotgani haqida axborot bermoqchimiz.
2017-yilda hududlar kesimida davlat mulkini sotishdan tushunlarning asosiy qismi Toshkent shahriga (barcha tushumlarning 49,5%), Namangan (13,5%), Toshkent (12,5%), Farg’ona (4,8%), Qashqadaryo (3,6%), Buxoro (3,5%),
Qoraqalpog’iston Respublikasi (2,9%), Andijon (2,2%), Samarqand (1,8%), Surxondaryo (1,8%), Xorazm (1,5%), Jizzax (1,5%), Sirdaryo (0,8%), Navoiy (0,5%) viloyatlariga to’g’ri keladi.
2018-yilda hududlar kesimida davlat mulkini sotishdan tushunlarning asosiy qismi Toshkent shahriga (barcha tushumlarning 58,6%), Namangan (5,2%), Toshkent (7,2%), Farg’ona (4,6%), Qashqadaryo (2,4%), Buxoro (4,1%),
Qoraqalpog’iston Respublikasi (2,6%), Andijon (2,5%), Samarqand (4,2%), Surxondaryo (1,7%), Xorazm (2,6%), Jizzax (2,4%), Sirdaryo (1,0%), Navoiy (0,9%) viloyatlariga to’g’ri keladi.

2019-yilda hududlar kesimida davlat mulkini sotishdan tushumlarning asosiy qismi Toshkent shahriga (barcha tushumlarning 54,7%), Namangan (6,7%), Toshkent (2,3%), Farg’ona (4,0%), Qashqadaryo (0,7%), Buxoro (5,3%),


Qoraqalpog’iston Respublikasi (0,7%), Andijon (1,2%), Samarqand (1,8%), Surxondaryo (1,4%), Xorazm (0,8%), Jizzax (1,1%), Sirdaryo (0,3%), Navoiy (2,2%) viloyatlariga to’g’ri keladi.
2019-yil 18-aprelda “ Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash samaradorligini oshirish chora tadbirlari to’g’risi”da Prezident farmoni imzolandi. Qaroroda qayd etilishicha mamlakatimiz mustaqil rivojlanish davrida mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish bo’yicha tizimli ishlar doirasida 30 mingdan ortiq davlat ob’yekti, shu jumladan 6,5 mimgta yirik va o’rta korxona xususiy mulk qilib sotilgan. Natijada hozir nodavlat sektoriga yalpi ichki mahsulotning 81foiz dan ko’prog’i, sanoat ishlab ishlab chiqarishning 94 foizi va barcha band aholining 82 foizidan ziyodi to’g’ri kelmoqda.
Lekin xususiylashtirilgan barcha korxonalar kutilgan natijani bermayabdi.
O’tkazilgan xatlov natijalariga ko’ra, avval xususiylashtirilgan korxonalar negizida 2 mingdan ortiq past rentabilli va zarar ko’rayotgan kam quvvatli xo’jalik ob’yekti, samarasiz foydalanilyotgan yer uchastkalari va ishlab chiqarish korxonalari aniqlangan,
Davlat organlari xususiylashtirilgan korxonalarning asl holatini o’rganish, ularning ishlab chiqarish faoliyati va moliyaviy iqtisodiy ahvolini monitoring qilish, mavjud muammolarni tahlil qilish va sabablarini aniqlash, ularni kredit va moddiy resurslar bilan ta’minlashda, muhandislik-ishlab chiqarish infratuzilmasini tiklashda, ichki va tashqi savdo bozorlarini topishda amaliy ko’mak berish bilan sust ishlayotganligi tanqid ostiga olindi.
O’zbekiston Prezidentining 18-apreldagi farmoni bilan Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi etib qayta tashkil etildi.
Qaror “xususiylashtirilgan davlat mulki negizida xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini sifat jihatdan o’zgartirishni ta’minlash, tadbirkorlik sub’yektlarini xususiylashtirilgandan keyin amaliy qo’llab quvvatlash, shuningdek, davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida” qabul qilindi.
Xususiylashtirilgan korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklash va samaradorligini oshirishni har tomonlama keng qo’llab-quvvatlash, shu asosda aholi daromadlarini barqaror o’sishini ta’minlaydigan yangi ish o’rinlarini yaratish, ushbu maqsadlarda vakolatli davlat organlari, moliya hamda boshqa bozor tuzilmalarining Savdo-sanoat palatasi hamda mahlliy hokimiyati va boshqaruv organlari bilan mustahkam hamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish O’zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivjlantirish davlat qo’mitasining g’oyat muhim vazifasi deb belgilandi. Farmonga muvofiq, 2019-yilning 1-yanvariga qadar mutassil yangilanib turuvchi quyidagi choralar amalga oshiriladi:

  • Soliq, statistika va kadastr organlarining ma’lumot bazasi bilan o’zaro elektron aloqani ta’minlaydigan tarmoqlar, hududlar va turli xususiylashtirish shakllari kesimida davlat malkining xususiylashtirilgan ob’yektlari bo’yicha ma’lumotlar bazasi;

  • Bo’sh yotgan va samarasiz foydalanilyotgan xususiylashtirilgan ob’yektlar, ishlab chiqarish maydonlari va qurilish tugallanmagan b’yektlardan xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun foydalanish maqsadida ularning hududiy reyeestrlari

  • Xususiy biznesni tashkil etish uchun tadbirkorlarga taklif etilayotgan bo’sh yotgan davlat mulki ob’yektlarining hududiy reyestrlari yaratiladi. Ya’ni 2019-yilda bo’sh turgan davlat mulki ob’yektlarini sotishda elektron tizim yaratildi. Mamlakatimizning barcha hududlarida ilgari xususiylashtirilgan va bo’shturgan korxona va ob’yrktlar xatlovdan o’tkazildi. Natijada 2 ming 800 tadan ziyod investitsiya loyihasi ishlab chiqildi. Avval xususiylashtirilgan korxona va ob’yektlardan 1 mimg 70 tadan ziyodi ishga tushirilib, 619,5 milliard so’m investitsiya mablag’lari jalb etildi. Buning natijasida tikuv, trikotaj, qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida 7 mimgdan ortiq ish o’rni yaratiladi.

Davlat qo’mitasiga 2017-2019-yillarda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish bo’yich “yo’l xaritalari”ni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish vazifasi yuklatilgandi. Shuningdek, xususiylashtirilgan korxonalarga
ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi huzurida Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasi negizida Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashihs jamg’armasi tashkil etildi.
2019-yilda xususiylashtirilgan, lekin faoliyat yuritmayotgan korxonalarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yo’lga qo’yish maqsadida mulkdorlar va tijorat banklari ishtirokida 1,3 mingdan ortiq investitsiya loyihasini amalga oshirishg bo’yicha “yo’l xaritalari” ishlab chiqildi va tasdiqlandi. 2019-yilda shu maqsadda 2 trillion so’mlk investitsiyalarni o’zlashtirish va 15 mingga yaqin ish o’rnini tashkil etuish ko’zlangandi va yil yakunida ko’zlangan natijalarga erishildi.
Korxona yoki ob’yektning ishlamasdan bo’sh turishiga ko’p omillar sabab bo’lishi mumkin. Mulkdorning amaliy loyihasi bo’lmasligi, loyiha bo’lsa mablag’ bo’lmasligi, ikkalasi ham bo’lsa, kommunikatsiya tarmog’I mavjud bo’lmasligi yoki qaysidir davlat organidan ruxsat beruvchi hujjatlarni olishdagi muammolar shular jumlasidandir. Shu kabi muammolarni aniqlash va bartaraf etish, xususiylashtirilgan korxonalarning moliyaviy va ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini tahlil qilish maqsdaida soliq, statistika, yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri organlari hamda “Yagona darcha” markazlari bilan integratsiyalashgan, muntazam yangilanib boruvchi baza yaratildi. O’z biznesini yuritish uchun tadbirkorlarda bilim va ko’nikmani shakllantirish maqsadida qo’mita huzurida Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o’qitish markazi tashkil etildi, uning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida huduiy bo’limlari tashkil etildi. Shu kungacha 407 ta kursa tashkil etilib ularda 7 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’yekti hodimlari o’qitilib kelinmoqda. Kurslarda o’qish bepul va ishtirok etish uchun hech qanday chelovlar yo’q ekanligi tadbirkorlikni rivojlantirishga e’tiborning yuksak darajadagi isboti desak adashmagan bo’lamiz.
Shu davrda mamlakatimizda 45 ta kichik sanoat zonalari tashkil etilib, ular negizida 883 ta loyiha amalga oshirildi. Mazkur loyihalarga 116,4 milliard so’m va
31,3 million AQSH dollori miqdorida investitsiyalar jalb etildi
Tadbirkorlikni rivojlantitrish bo’yich yurtimizda birin-ketin qonunlar va farmonlar ishlab chiqilib amaliyotga taatbiq etilmoqda. Yuqoridagilarga qo’shimcha,O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 20- noyabr kuni mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo’llab quvvatlashga qaratilgan navbatdagi qarorni imzoladi. Hujjat bilan “Biznes yuritish” yillik hisobotida O’zbekiston Respublikasining o’rnini yaxshilashga doir “Yo’l xaritasi” tasdiqlandi. Hujjatda “Biznes yuritish – 2020” hisobotida O’zbekiston 69-o’rinni egallab, islohotlar miqyosi va samaradorligi bo’yicha dunyoning eng yaxshi 20 ta islohotchi davlati qatoridan joy olgani, biroq biznes muhitini yaxshilash hamda tadbirkorlar erkinligini ta’minlashda to’siqlar mavjudligi, xususan qonunchilik hujjatlarining noto’g’ri ijro etilyotgani qayd etib o’tildi.
“Tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuvlar joylardagi ijrochilar sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatidan to’liq xabardor emasligi, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning amaliyotga joriy etilishi sezilarli daraja ortda qolayotganligini, ayrim litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirishda ortiqcha byurokratik to’siqlar mavjudligini ko’rsatmoqda “deyiladi qarorda.
Hujjat bilan barcha darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar,
Toshkent shahri hokimliklari O’zbekiston Konstitutsiyasinig 53-moddasi hamda “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonun talablariga so’zsiz rioya qilishlari shartligi haqida qat’iy ogohlantirildi.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini, shu jumladan obyektlarning qiymatini baholash natijalarini qayta ko’rib chiqish va bekor qilish masalalari yuzasidan davlat organlari, shu jumladan nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish, xususiy mulkning daxlsizligini buzish sifatida baholanishi hamda bunday ishlar ko’rib chiqish uchun qabul qilnmasligi belgilandi.
Bosh prokraturaga xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’g’risidagi qonunchilikka qat’iy rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini qayta ko’rib chiqish va bekor qilish tashabbusi bilan chiqqanlik uchun vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslarining muqarrar javobgarligini jinoiy javobgarlikka tortishga qadar oshirishni ta’minlash topshirildi.
Xususiyalshtirishni takomillashtirish maqsadida yana bir hujjat imzolandi.
Ya’ni Prezidentning 2020-yil 12-maydagi farmoni bilan 2020-2025- yillarda
O’zbekiston bank tizimini isloh qilish strategiyasi tasdiqlandi. Hujjatga asosan, xalqaro moliya institutlari ko’magida “Ipoteka bank”, O’zsanoatqurilishbank”, “Asaka”, “Aloqabank”, “Qishloq qurilish bank” va “Turonbank”dagi davlat ulushlari bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi.
Davlat aksiyalarini sotuvga chiqarilishidan oldin bu banklarda transformatsiya jarayoni o’tkaziladi.
Qayd etish kerak, ushbu 6 ta bank sirasiga “O’zsanoatqurilishbank” va “Asaka” banklari- kapitali va aktivlar miqdori, kredit va depozit porfellari hajmi bo’yicha O’zbekistondagi ikkinchi va uchinchi raqamli banklar sanaladi. Mamlakatdagi eng yirik bank – “ Tashqi iqtisodiy faoliyati Milliy banki”, shuningdek, “Agrobank” va “Mikrokreditbank” ustav kapitallarida davlat ulushi saqlab qolinadi.
Bundan ko’zlangan asosiy maqsad – bank tizimini isloh qilish davrida aholiming moliyaviy xizmatlarga bo’lgan talabini qondirish, investitsiya loyihalarini qo’llab-quvvatlash mexanizmini (“loyihalar favrikasi”) keng joriy qilish, bank xizmatlarining hududiy qamrovini ta’minlash hisoblanadi.
2030-yilgacha O’zbekistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o’sish barqarorligini ta’minlash, iqtisodiy tarmoqlarning raqobatbardoshligini, investitsoin va eksport salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va himoya qilish uchun uchun shart-aharoitlarni yaratish, mehnat bozorida keskinlik darajasini pasaytirish, aholi daromadlari o’sishi va kam ta’minlanganlikni qisqartirish nazarda tutiladi. Bu qarorda keltirilishicha, davlat korxonalarini moliyaviy holatining zaifligi, to’lov munosabatlarining buzilishi, o’z aylanma mablag’lari sueunkali taqchilligi oqibatida sohalar ishidagi uzilishlar xususiylashtirish jarayonlari sekinlashishi va tadbirkorlik faoliyati erkinligi cheklanishi oqibatlari hisoblanadi.
Konsepsiyaning davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini oshirish, xususiy sektorni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashga bag’ishlangan yo’nalishida quyidagilar amalga oshirilishi rejalashtirilgan:

  • Davlatning iqtisodiy siyosatini maqbullashtirish va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish orqali davlat xizmati tizimini isloh qilish, iqtisodiyotda davlatning rolini qisqartirish ushbu ustuvorlikni amlga oshirish davrida O’zbekiston iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo’ladi.

  • Davlat tomonidan tartibga solishni qisqartirishga, infratuzilmaviy sektorlarga xususiy sektorni jalb etishga, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining rolini kamaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.

  • Samarasiz davlat korxonalarini tarkibiy o’zgartirish yoki qayta ixtisislashtirish nazarda tutiladi. Bu, avvalo raqobat afzalliklariga ega bo’lgan tarmoqlarda iqtisodiyotning eksport-xomashyoviy yo’naltirilganlikdan rivojlanishning innovatsion modeliga o’tishni ta’minlaydi.

Fikrimizni umumlashtiradigan bo’lsak, xususiylashtirilgan korxonalarni qo’llab-quvvatlash natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, buning natijasida ishsizlikni kamaytirish, aholi turmush sharoitini yaxshilashga imkon berish, mamlakatda iqtisodiyotning tayanchi ekanligini amaliyotda tatbiq etishdan iborat. Chunki tadbirkorlik ishlab chiqarishni qayta qurish, ishlab chiqarish omillarini yangicha uyg’unlikda birlashtirish va tashkil etish, ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlarini samaraliroq muvofiqlashtirish orqali ishlab chiqarishni sifat jihatidan yangi, yuqori bosqichga ko’tarishga hissa qo’shishi sir emas, albatta.

Download 96,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish