2.1. O’zbekistonda mulkchilik tizimini shakllanishining bosqichlari va xususiyatlari.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyotimizga o’tishimiz negizini ko’p ukladli iqtisodiyotni barpo etish va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishga sharoit yaratib berish tashkil qiladi. Buning uchun mamlakatimizda iqtisodiyotda davlat salmog’ini kamaytirish uchun mulkni davvlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkchilikning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan davlatning monopol hukmronligiga chek qo‘yib, jamiyatda faollik ko‘rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbusaga keng yo‘l va imkoniyatlar ochib berishdan iborat.
O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning 1-bosqichi 1992-1993-yillarni o’z ichiga oladi. Bu davrda savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko’rsatish korxonalari va qishloq xo’jaligini qaytash ishlash tizimi paydo bo’ldi. Transport, qurilish va yengil sanoat tarmoqlariga tegishli korxonalar jamoa korxonalari va yopiq aksionerlik jamiyatlariga aylantirish orqali xususiylashtirildi.
O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning 2-bosqichi 1994-1995-yillarda ro’y berdi. Bu bosqichda ko’plab yirik va o’rta korxonalar ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Ko’chmas mulk va qimmatli qog’ozlar bozorining yangi muassasalari paydo bo’ldi. Shu bilan birgalikda bu davrda davlat mulkiga tanlov yoki auksion orqali egalik qilish huquqi yuzaga keldi. Bu tashabbusning o’ziga xos xususiyati shundaki, xususiylashtirilgan kelgan samara orqali ham aholida bo’sh turgan mablag’ni jalb qilib, bozorga tazyiqini kamaytirish, ham yangi mablag’larni ishlab chiqarishga jalb qilib, raqobatni kuchaytirish maqsad qilib olingan edi.
Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan 3-bosqich 1996-1998-yillardan iborat. Bu bosqichda aksiyalarinig nazorat paketlari davlat mulki bo’lgan korxanalar xususiylashtirildi. O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki
Qo’mitasining statistik ma’lumotlariga ko’ra , 1996-yil 1915 ta, 1997-yil 899 ta, 1998-yilda esa 226ta tashkilotlar davlat tasarrufidan chiqarilgan.
O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni 1998-2002-yillarda 4-bosqichni boshidan o’tkazdi. Bu davrda davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan daromadni yo’naltirish asosiy vazifa etib belgilandi. Mulk ob’yektiga chet eldan investitsiyalar kiritish, boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish hamda yangi mulkchilik munosabatlarni qo’llab-quvvatlash infratuzilmani yaratib berish amaliyotga tatbiq etildi.
2003-yildan boshlab O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning 5-bosqichi boshlandi. Iqtisodiyotda davlat mulki ulushi ishtirokini kamaytirib, xususiy sektor salmog’ini faollashtirish hamda iqtisodiy nochor holatdagi tashkilotlarni ivestitsiya shartlarini qabul qilgan holda “nol” qiymatda tanlov asosida sarmoyadorlarga berish mexanizmi tasdiqlandi. Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o‘tish davrida mulkchilikda davlat sektorining salmog‘i ancha yuqori bo‘lgan mamlakatlarda bu mulkning ma‘lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi qonunida (1991 yil 19 noyabr) quyidagicha ta‘rif beriladi:
Davlat tasarrufidan chiqarish - davlat korxonalarini hamda tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, aksiyali jamiyatlarga, mas‘uliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo‘lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish fuqarolarning va davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki ob‘yektlarini yoki davlat aksiyali jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishidir.
Bundan ko‘rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda ancha keng tushuncha.
Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o‘tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashiirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirishni ham ko‘zda tutadi.
Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo‘lib, ularni 3 guruhga ajratish mumkin:
davlat mulkini bepul bo‘lib berish orqali xususiylashtirish;
davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish;
davlat mulkini bepul bo‘lib berish hamda sotishni uyg‘unlashtirish orqali xususiylashtirish.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkchilikning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan davlatning monopol hukmronligiga chek qo‘yib, jamiyatda faollik ko‘rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbusaga keng yo‘l va imkoniyatlar ochib berishdan iborat. Aslida xususiylashtirish iqtisodiyotning davlat zimmasidan soqit qilish yo‘llaridan biri bo‘lib, davlat mulkini ma‘lum darajada haqiqiy egalari - fuqarolarga berish demakdir.
Ko‘pincha xususiylashtirish - bu davlat mulkini ishlovchilarga berish, deb talqin qilinadi. Aslida mamlakatning barcha aholisiga davlat mulkini bo‘lib berib bo‘lmaydi, bunda aholining hammasi mulkka ega bo‘lib, ishlab chiqarishni tashkil etish, uni boshqarish ishlab chiqarish hamda mahsulotni ayirboshlash kabi mashaqqatli ishlarni o‘z zimmasiga olavermaydi.
Xususiylashtirishning muhim xususiyatlaridan biri uning manzilli (adresli) yo’naltirilganligidadir. Bu orqali jamiyatdagi barcha qatlamni qo’llab-quvvatlashda bevosita qatnashish imkonini beradi. Ya’ni uy-joylarning imtiyoz yoki bepul berilishida, ijtimoiy yordam uchun o’tkaziladigan tadbirlarni davlat byudjeti tomonidan qoplanishida hamda qishloq aholisi chek yerlar olishida o’z ifodasini topadi.
O’zbekistonda xususiylashtirishning to’lovliligi navbatdagi zarur xususiyatlardan biri hisoblanadi. Davlat mulkini sotib olish orqali bepul taqsimlashning salbiy oqibatlarini bartaraf etadi. Shuningdek, mulk sotishdan tushgan daromadlar yeg’ilib, xususiylashtirilgan korxonalarni, ijtimoiy zaif qatlamni qo’llab-quvvatlash dasturlari uchun moliyaviy manba shakllanadi. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning yana bir muhim xususiyati shundaki, u aholini ijtimoiy kafolat bilan ta’minlaydi. Ijtimoiy kafolatlar bir butun imtiyozlar tizimi orqali yaratildi. Bular xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infrastruktura ob‘yektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog‘lar va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiyiashtirish, hamda soliq to‘lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir.
Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o‘ziga xos boshqa jihatlari 1-Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan bayon qilingan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy qoidalaridan kelib chiqadi. Bular quyidagilar:
a) davlat mulkini xususiylashtirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning ichki mantiqiga bo‘ysundiriladi va ularning asosini tashkil qiladi; b) mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi;
c) xususiylashtirishni huquqiy-me‘yoriy jihatdan ta‘minlashda qonunlarga rioya etiladi.
Davlat korxonalarini xususiylashtirish bu mulkchilikning rivojlanishiga, uning yangi bosqichiga o‘tishiga bo‘lgan talabidan kelib chiqadigan bir jarayondir. Xususiylashtirishning rivojlanishini ta‘minlaydigan muhim omillardan biri – bu ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlarning tashabbusi, ularning ishlab chiqarishdagi faolligi hamda ishbilarmonligldir. Davlat mulkini xususiylaslitirish natijasida hokimiyat va ishlab chiqarish sohalariga yangi ishbilamionlar, aholining faol qismi jalb etiladi va mulkiy munosabatlarni rivojlantirishdan hamda mulk shakllarini takomillashtirishdan aholining shu qismi manfaatdorgina bo‘lib qolmay, balki o‘rta va quyi ijtimoiy qatlamni ham mulkiy munosabatlarni takomillashtirishdan manfaatdor qiladi. Davlat mulkini xususiylaslitirish siyosati mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarini, mahalliy va milliy sharoitlarni, urfodatlarni hisobga olgan holda olib borilishini ko‘zda tutadi.
Davlatlashtirishdan qaytishning muhim yo‘nalishlari bu ijara munosabatlarini rivojlantirish va aksionerlik mulkini shakllantirish hisoblanadi. Bu jarayon ma‘lum tadbirlarga rioya qilingan holda olib borilishi lozim, bu avvalo, ixtiyoriylik asosida, oshkoralik hamda jamoatchilikning umum ishtirokida amalga oshirilib, u mehnat jamoalarining iqtisodiy manfaatiga, davlat manfaatlariga putur yetkazmasligi, shu bilan birga iste‘molchilar manfaatlariga ham zid bo‘lmasligi zarur. Bu holda mahsulot hajmi, sifati va mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishni boshqarishni yaxshi tashkil etish, mavjud moddiy texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan, fan va texnika yutuqlari, yangi texnologiyadan samarali foydalanish, tovar ishlab chiqarishni ko‘paytirish hisobiga bozorda narxlarning pasayishiga erishish yo‘li bilan aholining moddiy farovonligning oshishiga erishish talab etiladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning tarjibasi ko’p ukladlilik davlat sektorining o’ziga mos roli naqadar katta ekanligini ko’rsatadi. Mohiyat e’tibori bilan davlat tuzilmlarining samarali faoliyat ko’rsatishi – bu hozirgi zamonaviy ko’p ukladli xo’jalik tizimiga o’tishning eng muhim shart-saroitidir
Shu o’rinda shuni eslatib o’tish joizki, mamlakatimizdagi mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo’yicha islohotlar olib borilayotgan bir paytda iqtisodiyotimizda davlat mulki bo’lishi ham muhim. Chunki ayrim tarmoqlarni davlat tasarrufidan chiqarib bo’lmaydi. Iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishda davlat ulushi ham muhim ro’l o’ynaydi. Biz barcha narsalarni mulkdorlar qo’liga o’tkiza olmaymiz. Hozirgi kunda davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan yerlar va obyektlardan iborat ro’yxat tuzildi.
Quyidagi yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi:
Xususiylashtirilmaydigan foydali qazilmalar konlari,davlat mulkidag i strategik obyektlar joylashgan yer uchastkalari;
Rejalashtirish sxemalari bo’lmagan hududlarda joylashgan yer uchastkalari; o Tabiatni muhofaza qilish, sog’lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uchun mo’ljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi yer uchastkalari;
O’rmon va suv fondlarining, shahr va shaharchalarning umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko’chalar, tor ko’chalar, yo’llar, sohil bo’ylari, skverlar, xiyobonlar);
Xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanishga duchor bo’lgan yer uchastkalari;
Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga berilgan yer uchastkalari.
Taklifimiz shundan iboratki, endi bu korxonalarni bozorda tarkiban o’z o’rini topib, ularni moslashtiradigan xo’jalik yuritish mexanizmini yaratish kifoya. Bu yo’nalishda ham ko’plab dasturlar ishlab chiqilmoqda va ular o’z samarasini ko’rsatishiga ishonamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |