Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakultet iqtisodiyot kafedrasi


-rasm. Bankrot korxonaga nisbatan qo‘llaniladigan tadbirlar



Download 1,31 Mb.
bet8/13
Sana10.09.2021
Hajmi1,31 Mb.
#170443
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
DAVLATOV KURS ISHI 2

2-rasm. Bankrot korxonaga nisbatan qo‘llaniladigan tadbirlar

 Tugatish komissiyasi yoki korxonani tugatishni amalga oshirayotgan boshqa idora, korxona joylashgan yerdagi rasmiy matbuotda uni tugatish va qarz berganlarning da’volarini qabul qilish tartibi va muddati to‘g‘risida e’lon beradi. Tugatish komissiyasi (tugatishni amalga oshirayotgan idora) ana shu e’lon bilan bir qatorda korxonaga debitorlik qarzini undirib olish va qarz berganlarni korxona tugatilganligidan xabardor qilib, ularning da’volarini aniqlash ishlarini bajarishi shart.

 Tugatish komissiyasi (tugatishni amalga oshirayotgan idora) tugatilayotgan korxonaning mol-mulkini baholaydi va qarz berganlar bilan hisob-kitob qiladi, tugatish balansini tuzadi va uni egalik qiluvchiga yoki tugatish k omissiyasini tayinlagan idoraga taqdim etadi. Tugatish komissiyasi o‘z aybi bilan yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi. Zararni undirib olish miqdorlari va tartibini xo‘jalik sudi belgilaydi.

Tugatilayotgan korxonaga qarz berganlarning da’volari ana shu korxonaning mol-mulkidan qondiriladi. Bunda birinchi navbatda byudjet oldidagi qarzlar

qondiriladi va tugatilayotgan korxona tasarrufida bo‘lgan yerlarni qaytadan tiklash

xarajatlari qoplanadi. Kreditorlar da’volarini qondirish tartibi va navbati hamda

bankrot bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektning mol-mulkini taqsimlash

O‘zbekiston Respublikasining «Bankrotlik to‘g‘risida»gi qonuni bilan belgilanadi.

Garov qo‘ygan huquqiy shaxs korxona qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan holda, garov bilan ta’minlangan majburiyatlarni bajarish muddatidan qat’iy nazar, garovdagi mol-mulkdan haq undirish huquqini oladi.

1. Da’vo qilish uchun belgilangan muddat o‘tgandan keyin aniqlangan va qilingan da’volar birinchi navbatdagi da’volar, shuningdek, belgilangan muddatda ma’lum qilingan da’volar qondirilgandan keyin korxonaning qolgan mol-mulkidan qondiriladi.

2. Mol-mulk yetishmaganligi uchun qondirilmagan da’volar bekor qilingan deb hisob qilinadi. Tugatish komissiyasi (tugatishni amalga oshirgan idora) tan olmagan da’volar ham, agar qarz beruvchilar da’voni to‘la yoki qisman tan olmaslik to‘g‘risidagi xabarni olgan kundan e’tiboran bir oy muddat ichida o‘z talablari qondirilishi to‘g‘risida sud yoki xo‘jalik sudiga da’vo qilmagan bo‘lsalar bekor qilingan deb hisoblanadi.

3. Korxonani tugatish chog‘ida fuqaroga shikastlanganligi yoki salomatligiga boshqa xil zarar yetganligi yohud o‘limi munosabati bilan shu korxonadan undir iladigan vaqtinchalik to‘lovlarga pul ajratiladi.

4. Korxonani tugatish chog‘ida mehnat jamoasi a’zosining qo‘shgan hissasi qarz berganlarning da’volari nizomda ko‘zda tutilgan shartlari asosida belgilangan va tartibda qondirilgandan so‘ng unga pul shaklida yoki qimmatli qog‘ozlar bilan beriladi.

5. Qarz berganlarning va mehnat jamoasi a’zolarining da’volari qondirilgandan keyin qolgan mol-mulkdan mulkdorning ko‘rsatmasiga binoan foydalaniladi.

6. Korxona qaytadan tashkil etilganida uning huquq va majburiyatlari qonuniy vorislariga o‘tadi.

Xo‘jalik yoki tadbirkorlik faoliyatini yuritish maqsadida huquqiy shaxslar, huquqiy shaxslar bilan jismoniy shaxslar hamda jismoniy shaxslar o‘rtasida o‘z hissalari va mol-mulkini birlashtirish asosida o‘zaro ixtiyoriy kelishuvga muvofiq tuziladigan korxonalar xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari deyiladi. Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlariga aksiyali jamiyatlar, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar, to‘liq va kommandit shirkatlar kiradi. Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari korxona xo‘jalik assotsiatsiyasining itt ifoq, konsern, konsorsium, korporatsiya va boshqa uyushmalariga birlas hishlari mumkin. Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari huquqiy shaxs hisoblanib O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida»gi qonun hujjatlari va ta’sis shartnomasi ko‘rsatmalari asosida ish olib boradi.Xo‘jalik shirkati yoki jamiyatning mol-mulkini pul, qimmatbaho qog‘ozlar, pul bilan baholanadigan boshqa buyumlar, mulkiy huquqlar hamda pul qiymatiga ega bo‘lgan boshqa huquqlar tashkil qilishi mumkin.Xo‘jalik shirkati yoki jamiyat ishtirokchisining qo‘shgan hissasini pul bilan baholash jamiyat ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi. Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari aksiyalar chiqarishga haqli emas.

Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari ishtirokchilari:

 jamiyatning yoki shirkatning ishlarini boshqarishda qatnashish;

 ta’sis hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda shirkatning yoki jamiyatning faoliyati to‘g‘risida axborot olish hamda uning buxgalteriya daftarlari va boshqa hujjatlari bilan tanishish;

 foydani taqsimlashda qatnashish;

 shirkat yoki jamiyat tugatilgan taqdirda, kreditlar bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini olishga haqlidirlar;

 xo‘jalik jamiyati va shirkati ishtirokchilari ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda, usullarda va muddatlarda hissa qo‘shadilar;

 shirkat yoki jamiyat to‘g‘risidagi maxfiy axborotni oshkor qilmasliklari shart.

Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari faoliyat prinsiplari, ishtirokchilarning o‘zaro munosabati va ularning haq-huquqlarini aniqlaydigan asosiy hujjat ta’sis shartnomasi va nizom bo‘lib, u barcha ishtirokchilar tomonidan imzolanadi.

Ta’sis shartnomasida:

 ta’sis etilayotgan jamiyat va shirkat turi, ularning faoliyati sohasi, maqsa dlari va muddati;

qatnashchilar tarkibi;

 ta’sis etilayotgan jamiyat va shirkatlarning nomi va manzili;

 nizom fondining miqdori va uni tashkil qilish tartibi;

 daromadlarni, dividentlarni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi va qonunga zid kelmaydigan boshqa ma’lumotlar beriladi.

Jamiyat nizomida:

 firma nomi va uning manzili;

 faoliyat sohalari, maqsadlari va muddati;

nizom fondining miqdori;

 har bir qatnashchiga tegishli ulush miqdori;

 ular qo‘shadigan hissaning miqdori, tarkibi, qo‘shish muddatlari va tartibi;

 nizom fondini oshirish yoki kamaytirish tartibi;

 chiqarilayotgan aksiyalarning turi, nominal qiymati, har-xil aksiyalarning o‘zaro nisbati;

daromadni, dividentlarni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi;

 zahira fondlarini hosil qilish tartibi;

 jamiyat qatnashchilarining huquq va majburiyatlari;

 jamiyatni boshqarish tuzilmasi ijroch i va nazorat idoralari a’zolarining soni, ularni saylash tartibi, huquq va majburiyatlari;

 qatnashchilar yig‘ilishlarining vakolatlari;

yillik hisobotlarni tuzish, tekshirish va tasdiqlash tartibi;

 jamiyatni qayta tashkil qilish va tugatish to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.

Xo‘jalik jamiyati va shirkat ishtirokchilari hamda muassislarining asosiy vazifasi ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan uslubda va tartibda nizomiy sarmoya badallarini o‘z vaqtida va to‘liq berilishini ta’minlashdan iborat. Ushbu vaz ifaning bajarilmasligi oqibatida fuqaro, huquqiy shaxs, yakka tadbirkor xo‘jalik jamiyati va shirkati ishtirokchisi yoki muassasisi qatoridan chiqarib yuborilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi, «Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida to‘liq va kommandit shirkatlar xo‘jalik shirkatlari, to‘liq shirkat va kommandit shirkat xo‘jaliklari shaklida tashkil qilinishi, ularning huquq va majburiyatlari o‘z ifodasini topadi. Barcha qatnashchilari birgalikda tadbirkorlik faoliyatini olib boradigan hamda shirkat majburiyatlari yuzasidan o‘zlariga tegishli bor mol -mulki bilan birgalikda javobgar bo‘ladigan xo‘jalik shirkatlari to‘liq shirkatlar deb aytiladi. To‘liq shirkat tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar bilan va tijorat tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan tashkil qilinadi (3 - rasm).

Tijorat tashkiloti yoki tadbirkor faqat yakka holda shirkat ishtirokchisi bo‘lishi mumkin. To‘liq shirkat ishtirokchilari huquqiy shaxs huquqi va to‘la mustaqilligini saqlab qoladi. Bu huquqlar ularga to‘la shirkat faoliyatini olib borish imkoniyatini beradi. To‘liq shirkat o‘z nomiga ega bo‘lib, uning barcha ishtirokchilarning nomlarini va «to‘liq shirkat» yozuvini yoki bir necha ishtirokchilardan tashkil topgan taqdirda uning nomlanishida «kompaniya» so‘zlarini o‘z ichiga olishi kerak. Shirkat nomi dan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan hamda shirkatning majburiyatlari bo‘yicha o‘zlarining butun mol mulklari bilan javob beradigan ishtirokchilar to‘liq shirkatlardir. To‘liq shirkat ta’sis shartnomasida xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari faol iyatini aniqlovchi ta’sis shartnomasida keltirilgan shirkatlardan tashqari qatnashchilardan har biriga tegishli ulush miqdori, ular tomonidan qo‘shilgan hissalar miqdori, ularning tarkibi va tartibi, shirkat ishlarida ishtirok etish shakli belgilab qo‘yila di. To‘liq shirkatning faoliyati, barcha qatnashchilarining umumiy kelishuvi asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, shirkat faoliyati barcha qatnashchilar tomonidan shirkat nomidan ish ko‘radigan har bir yoki bir necha qatnashchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Ushbu holatda qatnashchilarning vakolatlar qo‘llashi shirkatning qolgan qatnashchilari imzolagan topshiriq bilan belgilab qo‘yiladi. Agar ta’sis shartnomasida shirkat ishlarini yuritish vakolatlari beriladigan bir necha qatnashchi belgilangan bo‘lsa, bunda ulardan har biri shirkat nomidan mustaqil ish ko‘radi. Shirkat ishlarini yuritish topshirilgan qatnashchilar jamiyat nomidan va uning manfaatlarini ko‘zlab bajarayotgan ishlari to‘g‘risida






Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish