Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakultet iqtisodiyot kafedrasi


Davlatda tovar va xizmatlar bozorining funfsiyalari



Download 86,21 Kb.
bet7/10
Sana14.07.2021
Hajmi86,21 Kb.
#118651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5355076915277333535

3 Davlatda tovar va xizmatlar bozorining funfsiyalari

Bozor sotuvchilar bilan xaridorlarning oldi-sotdi qilish orqali yuz beradigan o’zaro manfaatli va hamkorlik aloqalaridir. Umuman olganda, bozor besh funktsiya (vazifa)ni bajaradi: 

1.Ishlab chiqarish bilan iste’molni bog’lash funktsiyasi. Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanib, iste’mol bilan tugallanadi. Masalan, vertolyot zavodi uchish apparatini chiqaradi, ammo o’z ishchilari uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy yaratmaydi, stanoklar, vertolyot uchun metall plasmassa, bo’yoq elektr qismlarini ham tayyorlamaydi. Zavod vertolyotini bozordr sotib, pulni ishchilarga maosh qilib beradi, ular iste’mol bozoridan tirikchilik tovarlarini sotib oladilar. Zavod ishlab chiqarish uchun zarur narsalarni ham sotib oladi. Demak, bozor orqali har xil iste’mol qondiriladi. 

2.Qiymatni tovar shaklidan pul shakliga aylantirish funktsiyasi. Tovarni ishlab chiqarish uchun mehnat sarflanadi, ishlab chiqarish uchun mehnat sarflanadi, shu mehnat qiyomatni shakllantiradi. Qiymat ish kuchi va moddiy resurslar sarfidan iborat. Tovar bozorga chiqishiga qadar mehnat moddiy shaklda (masalan, ovqat, kiyim, stanok, yoqilg’i va hokazo) bo’ladi, bozorda sotilgan, undagi mehnat ma’lum miqdordagi pulga aylanadi, ya’ni tovar o’zining pul ekvivalentini topadi (ekvivalent-miqdoriy tenglik) va qiymat pul shakliga kiradi. 

3.Ishlab chiqarishni yangilashga shart-sharoit hozirlash funktsiyasi. Korxonalar bozordan o’zlariga kerakli resurslar topadilar, stanoklar, xom ashe, yoqilg’i, har xil materiallar xarid etadilar. Ular mehnat (ish kuchi) bozoridan ishchilarni yollab ishlatadilar, bozordan kerakli axborot va har xil ishlab chiqarish uchun zarur xizmatlarni ham topadilar. Bu resurslarning iste’moli esa ishlab chiqarishning yangidan boshlanishini bildiradi. 

4.Iqtisodiyotni tartiblash funktsiyasi. Bu vazifani bozor imexanizmi bajaradi. «Nimani qancha ishlab chiqarish kerak?» degan savolga bozor javob beradi. Tovarlarni bozorda chaqqon o’tishi yoki kasodligi, tovarning qimmatlashuvi yoki arzonlashuvi, ularning qanchalik kerakli yoki zarur emasligini ko’rsatadi. Bozor barometr singari iqtisodiyotdagi «ob-havodan» darak beradi. Tovar o’tmasa, demak, u kerak emas, uni ishlab chiqarish to’xtatiladi. Tovarchaqqon sotilsa va yaxshi foyda olinsa, uni ishlab chiqarish o’sadi. Tovar mo’ljallangan narxdan arzonroq narxda, lekin yaxshi sotilsa, bu tovarga ketgan sarf-harajatlarni kamaytirish zarurligini anglatadi. Bozor mexanizmi bamisoli qo’l singari iqtisodiyotni u yoki bu tomonga burib turadi. 

5.Mamlakatlar, xalqlar o’rtasida iqtisodiy hamkorlik o’rnatish funktsiyasi. Bu vazifani davlatlararo yoki jahon bozori bajaradi. Bozor iqtisodiy hamkorlikning kengayib borishini talab qiladi.

Bozor o’ziga xos strukturaga ega bo’lgan murakkab tizimdir. Shunga ko’ra, u xilma-xil turlarga bo’linadi.Ayirboshlash o’byektining moddiy shakl jihatidan bozorning quyidagi turlari mavjud: 



1.Iste’mol tovarlari va xizmatlar bozori (bu bozor aholi iste’moli uchun zarur bo’lgan tovar va xizmatlarni ayirboshlash uchun xizmat qiladi. Unga davlat, kooperativ, tijorat savdosi, dehqon bozori, chayqov bozori kabilar kiradi. Iste’mol bozori o’zining holatiga qarab itkki xil bo’ladi: a) «to’yingan bozor» ya’ni tovarlar talabiga yetarli bo’lgan bozor; b) «taqchil yoki och bozor», ya’ni tovarlar surunkali yetishmay qolib, talabga javob bera olmaydigan bozor).

2.Ishlab chiqarish vositalari bozori (mehnat qurollari, hamda, xom-ashyo, yoqilg’i va metallarning oldi-sotdi bozoridir). 



3.Moliya bozori (bu jamiyatdagi moliya xizmatlari bozoridir. Moliya bozori tarkibiga quyidagilar kiradi:-pul bozori;-qimmatli qog’ozlar bozori;-valyuta bozori; -investitsiya bozori;-ssuda kapitali bozori;-sug’urta bozori. Moliya bozorida ikki guruhdan iborat sub’yektlar pul bilan munosabat qiladilar.

4.Valyuta bozori (bu yerda turli mamlakatlar valyuta oldi-sotdi qilinadi. Valyutani oldi-sotdi qilish operatsiyalari bilan O’zbekistonda respublika Markaziy banki, respublika tashqi iqtisodiy Milliy banki va ish faoliyat uchun ruxsat berilgan banklar shugpullanadi. Valyuta bozorida muomalalar naqd yetkazib berish (spot) bilan yoki valyutani kelishilgan vaqtdagi kurs bo’yicha ma’lum muddatda (1-3 oy va undan keyin) yetkazib berish (forvard) shaklida amalga oshiriladi. Valyuta muomalalari, asosan, AQSH dollarida olib boriladi). 5.Mehnat bozori (bu ish kuchini oldi-sotdi).

5.Mehnat bozori (bu ishchi kuchini oldi-sotdi qilish munosabatini bildiradi. Bu yerda tovar bozoridan farqi o’laroq, insonning o’zi emas, balki uning mehnat qilish qobiliyati oldi-sotdi shartnomasini tuzish asosida, malum muddatga sotiladi).

6. Intellektual tovarlar bozori (bu bozorning maxsuz turi bo’lib, aqLiy mehnat mahsuli bo’lmish tovarlar va xizmatlarning ayir-boshlanishini bildiradi. Bu bozorda sotuvchilar va xaridorlar maxsuz tovar hisoblangan ilmiy g’oyalar, texnikaviy yangiliklar,sanat va adabiyot asarlari, xilma-xil axbarotlar oldi-sotdi yuzasidan o’zaro munosabatda bo’ladilar. Intellektual bozor turli ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.

7.Shou-biznes(madaniy) bozor (bu bozor yordamida har xil pullik tomoshalar ko’rsatish yo’li bilan baromad topiladi. Shou-biznes bozori bilan maxsuz firmalar, madaniy-musiqiy uyushmalar yoki ayrim biznesmenlar shugpullanadi. Shou-biznesdan tushadigan daromad aholidan olinadigan tomosha haqi, firmalardan tushadigan reklama puli, tomoshabinlarga savdo-maishiy xizmat ko’rsatish haqi va boshqalardan shakllanadi).

Amal qilish xususiyatiga qarab bozor uch xil bo’ladi: 

1.Tartibsiz (stixiyali) bozor (unda bozor aloqalari stixiyali tarzda o’rnatiladi. Bozor narxining qanday bo’lishini hech kim kuzata olmaydi, stixiyali kuchlar bamisoli tabiat kuchlari kabi obektiv ravishda sotuvchilar va xaridorlar ustidan hukmronlik qiladi. Tartibsiz bozorda o’rnatilgan qoidalar amal qilmaydi. Hozirgi dehqon bozori, mol bozori va chayqov bozori tartibsiz bozora misol bo’la oladi).

2.Tartibli bozor (bu shunday bozorki, unga xos bo’lgan qonunlarga ko’r-ko’rona amal qilinavermaydi. Bozor va uning segmentlari (kichik qismlari) oldindan tahlil etilib o’rganiladi, ishlab chiqarish marketing xizmati orqali bozor bilan uzviy bog’lanadi. Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan bunday bozor hozirgi rivojlangan mamlakatlarda mavjuddir).

3.Boshqariladigan bozor (unda iqtisodiy munosabatlar davlat idoralari beradigan buyruqlar va ko’rsatmalar asosida hal qilinadi. Nimani, qancha, qay tariqa ishlab chiqarishni kimga va qanday narxlarda sotishni davlat organlari o’zlari tuzgan rejaga tayanib belgilaydilar). 

Iqtisodiy aloqalarga kirishish darajasiga ko’ra, bozor quyidagi turlargi bo’linadi: 



1.Erkin bozor (bu Raqobatli bozor bo’lib, unda sotuvchilar va xaridorlardan hech biri bozorda hukmron mavqyega ega bo’lmaydi, aksincha, ular doimo raqobatda bo’lishadi. Raqobat sotuvchilar va xaridorlar o’rtasida, shuningdek, ularning o’zaro ichida ham bo’ladi. Rivojlangan davlatlarda qishloq xo’jaligi va kichik biznis korxonalari mahsulotlarining bozori erkin Raqobatli bozorlarga kiradi). 

2.Monopollashgan bozor (bu ozchilik sotuvchilar va xaridorlarga hukmron bo’lgan, Raqobat cheklangan yoki raqobat,umuman yo’q bozordir).

3.Monopal Raqobatli bozor (bu bozorda nisbatan ko’p bo’lmagan firmalar ishtmrok etadi, lekin ularning bozordagi hisasi kata bo’lmaaydi. Bu bozorda firmalar har xil, lekin bir-birining o’rnini bosa oladigan tovarlar, masalan, kurtka, plashch, palto bilan ishtirok etadilar. Ulardan har biri boshqasi bilan raqobatlashadi, ammo raqobat ishtirokchilri son jihatdan cheklangan bo’ladi). 4.Oligopolistik bozor (bu bozorda sanoqli firmalar va kompaniyalar hukmron bo’lsa-da, ular ham o’zaro raqobatlashadilar. Bu bozorda bir xil yoki farqlanuvchi tovarlar chiqariladi. Raqobat, ko’p hollarda, ishlab chiqaruvchilar bilan xaridorlar o’rtvsida yuz beradi. Oligopolistik bozorga misol qilib, YAponiya avtomobil bozorini ko’rsatish mumkin: bu bozorda tovarlarning hammasi «Toyiita» «xonda» «Nissan» firmalarinikidir).



5.Sof monopoliya bozori (bu bozorda sotuvchi sifatida bita firma tanho hukmron bo’ladi. Butun bir tarmoq shu firmadan iborat bo’lib, undan boshqa tovar beruvchi bo’lmaydi uning tovari o’rnini bosadigan boshqa tovar ham topilmaydi, Raqobat ham bo’lmaydi. AQSHdagi kompyuter bozorini shunday bozorga misol qilib ko’rsatish mumkin. Bu yerdagi tovarlarning 80-85 foizini tanho YAVM korporatsiyasi yetkazib beradi). 


Download 86,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish