Mundarija.
Kirish……………………………………..…………………………………4
1 Talab va taklifning nazariy asoslari……………………………………...5
2 Talab va taklifga ta`sir etuvchi omillar………………………………….9
3 Firmaning bozordagi harakati holati taxlili…………………………..17
4 Davlatning bozorga ta`sirini aniqlash va uning samaradorligi………..19
Xulosa……………………………………………………………………..22
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………..23
Kirish
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitda O’zbekiston Respublikasida mamlakat taraqqiyotining barcha sohalarida, shu qatorda eng avvalo tadbirkorlik sohasida islohatlarni yanada rivojlantirish va erkinlashtirish borasidagi aniq dasturlar ishlab chiqilgan va ularni hozirgi kunda yanada takomillashtirish chralari ko’rib kelinmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda tadbirkorlarga keng eshiklar ochilgan, mamlakatimizning har bir fuqorosi tadbirkorlik bilan shugpullanish huquqiga egadirlar. Bunga yaqqol misol sifatida hozirgi kunda banklarimizning tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida berilayotgan eng kam foiz stavkalarda belgilangan kreditlarni misol qilishimiz mumkin. Shunday ekan bu imkoniyatlardan foyalangan xolda mamlakatimizning iqtisodiyotiga xissa qo’shish yoshlar hamda umuman barcha fuqorolarning eng oily burchlaridan biri sifatida qarasak mubolag’a bo’lmaydi. Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’anevich Karimov: “Oldimizda turgan birinchi va asosiy vazifa – bu izchil iqtisodiy o’sish, chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni mukammallashtirish va ilg’or texnologiyalar bilan qayta qurollantirishning bosh sharti bo’lgan makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish muammosidir” deb takidlagan edilar. Bundan tashqari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev “Bizning yana bir muhim vazifamiz – kichik biznis va tadbirkorlik sohasini qo’llab - quvvatlash va rag’batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdan, bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat. Nega deganda, tadbirkor nafaqat o’zini va oilasini, balki xalqini ham, davlatini ham boqadi. Men takror bo’lsa ham, aytishdan hech qachon charchamayman, ya’ni “Xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va qudratli bo’ladi” ’’deb takidlagan edilar. Bu, Respublikamizda faoliyat yuritayotgan barcha tadbirkorlik subektlarining foyda ko’rish maqsadida, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan xolda ishlab chiqarishi yoki xizmatlar ko’rsatishini talab etadi. Respublikamizda iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish uchun tadbirkorlik subektlarimizni yanada rivojlantirish.
Milliy iqtisodiyot yaxlit holda, ya’ni makroiqtisodiyot darajasida o`rganilayotgan jarayonda mamlakat barcha fuqarolari, tadbirkorlar, davlat va chеt el istе'molchilarining jami tovarlar va xizmatlar turlari bo’yicha talabi va taklifini o’rganish iqtisodiyotni samarali va muvozanatli yuritishda muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun ushbu ishda makroiqtisodiy tahlil amalga oshiriladi, eng avvalo yaxlit olingan ko`rib chiqiladi va uning makrodarajadagi asosiy ko`rsatkichlari bo`lgan yalpi talab va yalpi taklif tushunchalarining iqtisodiy mazmunini tavsiflanadi. Tahlil davomida yalpi talab va yalpi talifga ta'sir etuvchi omillar, ular ta'sirida narxlar darajasining o’zgarishi hamda ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi qanday o`rnatilishini bayon etiladi.
O‘zbekiston Respublikasida keng imkoniyat hamda sharoitlar yaratib qo‘yildi. Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishi bilan jamiyatda bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan korxonalarning (firmalarning) xo‘jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish yo‘llarini va shu asosda ularni samarali faoliyat yuritishlarini o‘rgatuvchi bilimga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan Respublika iqtisodiyotida olib borilayotgan erkinlashtirish jarayonlari chuqurlashdi, moliya bozori shakllandi va undagi operatsiyalarning ko‘lami o‘sib, ishtirokchilarining soni ham ortdi.
Bozor munosabatlarini tartibga solishdan ko’zlangan asosiy maqsad bozor munosabatlarni muayyan va ma’lum yo’nalishlar asosida rivojlantirib, aholining turmush darajasini oshirish choralarini ko’rishdan iboratdir. Shunday ekan, iqtisodiyot qancha rivojlansa, kamol topsa aholi turmush darajasi ham shuncha rivojlanadi va yaxshilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |