1.2Moliyaviy siyosatning mohiyati, funktsiyalari va mexanizmlari.
Siyosatning asl ma’nosi grekcha "Politika" so’zidan olingan bo’lib, davlatni boshqarish san’atidir.
Har qanday jamiyatda ham davlat sub’ekt sifatida o’ziga yuklatilgan burch, vazifa va funktsiyalarni bajarishda moliyadan foydalanadi. Ushbularni hayotda amalga oshirish jarayonida moliyaviy siyosat yetakchi o’rinni egallaydi.
Siyosat - bu ustqurmaga taalluqli tushuncha bo’lib davlatning o’z funktsiyalarini va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan hamma yo’nalishlar, chora va tadbirlar yig’indisidir. Ijtimoiy munosabatlari sohalariga bog’liq holda va uni siyosiy ta’sir ko’rsatuvchi ob’ekti deb qaraganimizda - iqtisodiy va ijtimoiy, madaniy yoki texnik, moliya yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosatlar to’g’risida fikr yuritamiz.
Siyosat, siyosiy ta’sir, siyosiy boshqarish uch muhim elementlardan iborat bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |