Buxoro davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiy fakulteti


II-BOB. “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asarida milliy davlatchilikni mustahkamlash va mustaqillik asoslarini barpo etish g’oyalarini aks etishi



Download 3,34 Mb.
bet9/14
Sana21.01.2022
Hajmi3,34 Mb.
#394269
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
I.A.Karimovning “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobida Mustaqillik g’oyasi masalalari talqini

II-BOB. “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asarida milliy davlatchilikni mustahkamlash va mustaqillik asoslarini barpo etish g’oyalarini aks etishi.
2.1. Prezidentlik institutining joriy etilishi va mustaqillik deklarastiyasining qabul qilinishi – mustaqillikning asosi sifatida.
Milliy o’zlikni anglash, milliy davlatchilikni tiklash yo’lida respublikada yana bir tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan muhim siyosiy qadam qo’yildi. O’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi muhim siyosiy-huquqiy hujjatni – O’zbekistonda prezidentlik boshqaruvini ta’sis etish to’g’risidagi qarorni qabul qildi. O’sha kuni O’zbekiston SSR Oliy Sovetining deputatlari respublika Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasining Birinchi kotibi Islom Abdug’anievich Karimovni O’zbekiston SSRning birinchi Prezidenti etib sayladilar. SSSR respublikalari ichida birinchi bo’lib O’zbekistonda prezidentlik boshqaruvi joriy etildi. Bu vaqtda SSSR hududida faqat SSSR Prezidenti lavozimi mavjud edi27.

O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov KPSS Markaziy Komitetining 1990 yil fevral va mart plenumlarining yakunlari hamda KPSS XXVIII s’ezdiga va O’zbekiston Kompartiyasi XXII s’ezdiga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan respublika partiya tashkilotlarining vazifalari to’g’risida qilgan ma’ruzasida ta’kidlaganidek, “eng muhimi shundan iboratki, Prezident institutining joriy etilishi – respublikamiz uchun suverenitet va davlatchilikda prinstip jihatdan yangi bosqichga o’tilishini bildiradi”28.

1990 yil 23 martida O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Plenumi bo’ldi. Unda O’zbekiston SSRning siyosiy suvereniteti masalalariga oid muammolarni tahlil etishga va konstepstiyalarini ishlab chiqishga jiddiy e’tibor berildi. Plenum yangilanayotgan siyosiy tizimda respublika Kompartiyasining o’rni va mavqei, uning davlat hokimiyati idoralari va jamoat tashkilotlari bilan o’zaro munosabati prinstiplari to’g’risidagi masalalarni muhokama qilib, buyruqbozlikdan, ma’muriyatchilikdan voz kechish lozimligini uqtirdi. Shu bilan birga, plenum respublika siyosiy tizimi to’g’risidagi masalani ko’rib chiqishni hayot taqozo qilayotganini ko’rsatib, real hokimiyat O’zbekiston Kompartiyasidan, uning barcha darajalaridagi komitetlaridan xalq deputatlari sovetlariga berilishi bilan bog’liq barcha qiyinchiliklarni engib o’tishlari lozimligini ta’kidlab, yuzaga kelgan vaziyatda O’zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish muhim ahamiyat kasb etadi, deb ta’kidladi.

O’zbekistonda prezidentlik boshqaruvi masalasining ko’tarilishi prinstipial amaliy va tarixiy hodisa bo’ldi. Respublikada boshqaruvning ayni ana shunday shakli joriy etilishi, avvalo, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, millatlararo va boshqa sohalardagi muammolarni hal qilish jarayonini tezlashtirishga ko’maklashish vositasi sifatida joriy qilindi. Eng muhimi shundan iboratki, Prezident muassasasining joriy etilishi – respublika uchun suverenitet va davlatchilikda mohiyat jihatidan yangi bosqichga o’tishni bildirar edi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ayni shu paytda keng miqyosda tartib va intizomni, eng avvalo, boshqaruvning barcha darajalarida va jabhalarida ijro mexanizmini qayta qurishni tezlashtirish vazifalarini o’z vaqtida hal etish masalasi, fuqarolar huquqlarini himoya qiluvchi barcha davlat muassasalarini nazorat qilish ham katta ahamiyat kasb etmoqda edi.

Ana shu ob’ektiv holatni hisobga olib, 1990 yil 24 martda XII chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi bo’ldi. Sessiya O’zbekiston tarixida birinchi marta prezidentlik lavozimini ta’sis etish to’g’risida qaror qabul qildi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug’anievich Karimovni O’zbekiston Sovet Sostialistik Respublikasining Prezidenti etib saylash to’g’risida qaror qabul qildi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O’zbekistonda Prezident lavozimining ta’sis etilishi respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash borasida qo’yilgan navbatdagi dadil qadamlardan edi.

Respublikaning birinchi Prezidenti I.A.Karimov sessiyada «Bu katta ishonch uchun o’zimning minnatdorchiligimni bildiraman, men buni, eng avvalo, o’zbek xalqi, O’zbekiston SSRning barcha mehnatkashlari, ishchilar sinfi, dehqonlar, ziyolilar, jumhuriyatimizda yashovchi hamma millat va xalqlar taqdiri uchun o’z zimmamga tushgan ulkan burch va javobgarlik deb qabul qilaman. Har bir grajdanning konstituston huquqi va erkinliklarini ta’minlash yo’lida katta mas’uliyat deb tushunaman», dedi29.

O’z fikrini davom ettirib, I.A.Karimov Prezident vazifasiga to’xtalib, quyidagilarni ta’kidladi: «O’zbekiston Prezidenti sifatidagi o’zimning asosiy vazifalarimni nimadan iborat deb bilaman? O’zbekiston SSRning siyosiy mustaqilligini mustahkamlash va yanada takomillashtirish, uni yangi va hayotiy mazmun bilan boyitish, shuningdek, Prezident boshqaruvining muhim vazifalaridan biri respublikaning iqtisodiy mustaqilligini, o’zini o’zi idora qilishga o’tishini ta’minlashdir. Ayni chog’da mehnatkashlarning, aholining hamma tabaqalari farovonligini oshirish, odamlarning talab va ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy sohani tez sur’atlar bilan rivojlantirish – respublika davlat hokimiyati organlaridan, shaxsan mendan, O’zbekiston SSR Prezidentidan doimiy e’tibor talab qiladigan vazifadir»30. Shu tariqa Prezident eng qiyin, ziddiyatli, tahlikali bir paytda butun mas’uliyatni o’z zimmasiga oldi.

Gap O’zbekiston mustaqilligi haqida borganda, shubhasiz, O’zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik deklarastiyasining o’rni va ahamiyatiga alohida to’xtash lozim. Bu muhim hujjat O’zbekistonning mustaqillikka erishishida qo’yilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri edi.

Mustaqillik deklarastiyasida o’zbek xalqining asrlar davomida qo’lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tarixiy tajribasi va an’analari hisobga olinishi uqtirildi.

Mustaqillik deklarastiyasi kirish qismida quyidagi prinstiplar o’z aksini topdi: «O’zbekiston Sovet Sostialistik Respublikasi Oliy Kengashi o’zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari, har bir millatning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi, O’zbekistonning kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinstiplariga asoslanib, O’zbekiston Sovet Sostialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qiladi»31.

Shuni ta’kidlash joizki, mamlakatda davlatni idora etishning zamonaviy va samarali shakli – prezidentlik tizimi qaror topa boshladi. Dunyo davlatchiligi taraqqiyotida davlat boshqaruvining asosan ikki shakli – monarxiya va respublika shakllari mavjud. Respublika, o’z navbatida, parlamentar respublika va prezidentlik respublikasi ko’rinishlariga ega. Prezidentlik respublikasi hozirgi kunda eng ko’p tarqalgan davlat boshqaruvi shaklidir. BMTga a’zo 192 davlatdan 142 tasida Prezident32 lavozimi mavjud bo’lib, ularning aksariyati prezidentlik respublikasidir33.

O’zbekiston xalqining manfaatlarini ko’zlab I.A.Karimov tashabbusi bilan amalga oshirilgan dastlabki tadbirlarning o’ziyoq prezidentlik boshqaruvining o’z vaqtida ta’sis etilganidan dalolat beradi. Sessiyasida deputatlar tomonidan moddama-modda, bandma-band muhokama qilindi. Mustaqillik deklarastiyasining kirish qismida O’zbekistonning davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan an’analari, har bir millat o’z taqdirini o’zi belgilash huquqiga ega ekani ta’kidlandi. Mustaqillik deklarastiyasi O’zbekistonning mustaqillikka erishishida qo’yilgan navbatdagi muhim odimlardan biri bo’ldi.

O’zbekistonda yangi rahbariyat tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni davlat yo’li bilan boshqarish organlari mustahkamlandi. 1991 yil martda respublikalar vakillari tomonidan Ittifoq shartnomasining boshqa loyihasi tayyorlandi. Mazkur loyiha “Suveren Respublikalar Ittifoqi to’g’risida” deb nomlandi. Bu loyihaning asosiy g’oyasi – ko’p millatli Ittifoq davlatini federastiya sifatida saqlab qolish va shu bilan birga, respublikalar suverenitetini ro’yobga chiqarish tufayli Markazning yangi vazifasini ham belgilash edi34. Garchi loyiha respublikalarning suverenitet to’g’risidagi deklarastiyasini hisobga olgan bo’lsa-da, bu suveren “davlatlar” emas, balki “respublikalar” Ittifoqi to’g’risidagi shartnoma edi. SSSR Prezidenti va to’qqizta ittifoqdosh respublika rahbarlari ishtirokida Novo-Ogarevoda bo’lib o’tgan yig’ilishda prinstipial nizoli masalalar yuzasidan tomonlarni qanoatlantiradigan bitimga kelindi – “Suveren Davlatlar Ittifoqi to’g’risida”gi shartnomani tuzishga kelishib olindi. O’zbekiston delegastiyasi muzokaralar jarayonida yangilangan Ittifoqqa kirishning o’zi uchun juda muhim bo’lgan shartini – barcha respublikalar aholisi uchun yagona bo’lgan pensiya bilan ta’minlash, daromadlarni indeksastiya qilish va kun kechirish uchun zarur bo’lgan kafolatlangan eng kam miqdor tartibi amal qilishini qattiq turib himoya qildi35.

Respublikada jamiyatni demokratlashtirish, O’zbekistonning haqiqiy suverenitetini o’rnatish, mamlakatda yashayotgan ko’p sonli millatlarning totuvligi va tengligini ta’minlashga erishish Islom Karimov boshliq siyosiy rahbariyatning asosiy vazifalaridan biriga aylandi. O’zbekiston xalqi respublika rahbariyatining yuzaga kelgan vaziyatni barqarorlashtirish, iqtisodiy va siyosiy mustaqillikni ta’minlash yo’lidagi sa’y-harakatini qo’llab-quvvatladi. Chunki O’zbekiston rahbariyati xalqning xohish-irodasini hisobga olib, uning manfaatlarini ko’zlab ish yuritgan edi.

1991 yil 18 avgustda Moskvada yuz bergan siyosiy to’ntarish alangasi co’nmagan bir sharoitda 1991 yil 31 avgustda XII chaqiriq O’zbekiston Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi o’z ishini boshladi. Ana shu sessiyada prezidentimiz Islom Karimov O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qildi. Sessiyada qabul qilingan hujjatda shunday deyiladi: «O’zbekiston saboq chiqarib va SSR Ittifoqining siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi o’zgarishlarni e’tiborga olib, halqaro huquqiy xujjatlarda qayd etilgan – o’z taqdirini o’zi belgilash huquqiga asoslanib, O’zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas’uliyatni anglab, shaxsning huquq va erkinliklari mustaqil davlatlar o’rtasidagi chegaralarning buzilmasligi to’g’risidagi Xelsinki shartnomalariga qat’iy sadoqatini bayon etib, millati, diniy e’tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qat’i nazar, respublika xududida yashovchi har bir kishining munosib hayot kechirishi, sha’ni va qadr-qimmatini ta’minlaydigan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishga intilib, “Mustaqillik Deklarastiyasi”ni amalga oshira borib O’zbekiston SSR Oliy Kengashi O’zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat – O’zbekiston Respublikasi tashkil etilishini tantanali ravishda e’lon qiladi»36.

Oliy Kengash deputatlari moddama-modda muhokamadan so’ng «O’zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi to’g’risida»gi qonunni qabul qildilar. So’ngra Respublika Davlat Mustaqilligi to’g’risidagi Bayonot qabul qilindi. O’zbekiston SSRning nomi O’zbekiston Respublikasi deb o’zgartirildi. Mustaqillik e’lon qilingan kun – 1 sentyabr 1991 yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni, deb e’lon qilindi.

O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o’zbek xalqining asriy orzusi ro’yobga chiqqanining huquqiy ifodasi bo’ldi.




Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish