III bob.O’zbekistondagi mehmonxona zanjirlari va ularning tahlili.
3.1. O’zbekistondagi mehmonxona zanjirlari va ularni rivojlantirish potensiallari…29
3.2. O’zbekistonda mehmonxona zanjiri rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari va ularni tashkil etishda uchraydigan kamchiliklarni bartaraf qilish ………………39
Xulosava takliflar…………………………………………………………..………40
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………..………43
Kirish
Hozirgi vaqtda mehmonxona korporatsiyalari mehmonxona xizmati bozorida mustahkam o’rnashib olgan. Butun dunyodagi katta shaharlarida ulkan mehmonxona zanjirlariga tegishli mehmonxonalar mavjud. O’zbekiston ham bunda orqada emas. Hozirgi kunda dunyo mehmonxona zanjirlari O’zbekistonning mehmonxona bozorini aktiv holatda egallamoqda.Ko’pgina shaharlarda asosan poytaxtda dunyoning ulkan mehmonxona zanjirlari nomi paydo bo’lyapti.
Bu ishdan maqsad – dunyoning asosiy mehmonxona zanjirlarini o’rganish. Mehmonxona zanjirlari qanday tashkil topganligi, ularning o’ziga xos xususiyatlari, ularning obro’si va nufuzi, kelajakdagi istiqbolini qandayligini aniqlash.
Xizmatning qanday sifatda ko’rsatilishi qaysi mehmonxona zanjiriga tegishligiga xizmat qiladi.
Mehmonxona zanjiri bu bir xil dizayndagi, bir xil darajadagi xizmatlar turi, bir xil xizmatlar, mijozga bir muomala, munosabat, qarash yo’lining o’xshashligini o’z ichiga oladigan mehmonxonalarning birlashgan holatdagi jamlanmasidir.Odatda mehmonxona zanjirigi tegishli bir mehmonxona boshqa mehmonxonaning qandayligi haqida guvoh bo’lishi mumkin. Shunday qilib, mehmonxona zanjirlariga tegishli mehmonxonalar material-texnikaviy va xizmatlarning bir xilligiga qattiq rioya qilishadi. Mehmonxona zanjirlari bir davlatda yoki bir necha davlatlarda faoliyat yuritishadi ya’ni milliy yoki xalqaro bo’lishi mumkin. Hozirgi vaqtda dunyoda 100 dan ortiq mehmonxona zanjirlari mavjud bo’lib, jami nomerlar fondi 2 000 000 dan ortiq.
Eng katta mehmonxona zanjirlariga quyidagilar kiradi:
-
Holiday INN;
-
Best Western;
-
Sheraton;
-
Ramada INN;
-
Accor;
-
Hilton Corporation;
-
Club Med;
-
Novhotels;
-
Marriot International;
-
HFS Ink va h.k.
Mehmonxona zanjirlarining bilimi qanchaligi ularning dunyo bozoriga qay darajada kirib borishiga va u yerda o’z mavqeiga ega bo’lishiga yordam beradi. Har bir mehmonxona zanjirlari o’zining klassifikatsiyasiga, joylashgan joyi (kurort, biznes-mehmonxona, shahar) va strategiyasiga ega. Bir mehmonxona zanjiriga har xil kategoriyaga tegishli mehmonxonalar kirishi mumkin.
Yevropada shunday mehmonxona zanjirlari borki ular arzon mexmonxonalar birlashishi orqali vujudga kelgan. Ularga Formula 1, Etap, Premier Class va boshqalari misol qilishimiz mumkin. Lekin Yevropada yuqori klassifikatsiyali mexmonxonalar birlashgan mexmonxonalar zanjirlari ham mavjud. Ularga Sheraton, Forte, Le Meridien va boshqalarni misol qilishimiz mumkin.
Ko’pgina mehmonxonalar zanjirlarining boshqarmasi AQSHda joylashgan. Lekin asosiy foyda boshqa davlatlardan olinadi.
Korporativ mehmonxona zanjirlariga kiruvchi mexmonxonalar,hammasi ham shu mehmonxona zanjirlarining shaxsiy mexmonxonalari hisoblanmaydilar.Bu mehmoxonalar o’zining xo’jainiga ega bo’lishi mumkin. Mehmonxonalarning mehmonxonalar zanjiridagi ishtiroki esa ijara shartnomalar, franshiza va boshqalar asosida olib boriladi. Bu esa mehmonxonalarda xona band qilishga ustunlik beradi. Xalqaro mehmonxona zanjirlari o’zining markaziy ta’minot korxonalari, markaziy o’qitish muassasalari, mebel, jihoz va uskunalarni ishlab chiqarish korxonalari, tuzatish fabrikalariga ega.
Mehmonxona zanjirlarining turizmdagi roli shu bilan birga iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun hech shubhasiz asosiylardan hisoblanadi.
Kurs ishi kirish qismi, uch bob, xulosa va takliflardan ishtirok etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |