Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti iqtisodiy ta



Download 0.72 Mb.
bet1/4
Sana18.01.2017
Hajmi0.72 Mb.
  1   2   3   4
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTETI
IQTISODIY TA’LIM VA TURIZM KAFEDRASI

KURS ISHI


Mavzu: Mehmonxona zanjirlari
Bajardi: 2 -“T” Xamrayeva Ferangiz
Ilmiy rahbar: i.f.n., dotsent N.S.Ibragimov.


Buxoro - 2013 yil

Mundarija:



Kirish………………………………………………………………………………….2

I bob. Mehmonxona zanjirlari.

1.1. Mehmonxona zanjirlarining tuzilishi……………………………………………..4

1.2. Mehmonxona zanjirlarining ustunlik tomoni……………………………………..9

1.3. Mehmonxona biznesida kechayotgan integratsiya jarayonlari………………….12



II bob.Dunyoning eng yirik mehmonxona zanjirlari.

2.1. “Marriott International” mehmonxona zanjiri…………………………...………15

2.2. “Holiday Inn” mehmonxona zanjiri…………………..…………………………21

2.3.“Hilton Hotel Corporation” va “Forte Hotel Group” mehmonxona zanjirlari……………………………………………………………………………...23

2.4. “Starwood Hotels and Resorts Worldwide” mehmonxona zanjiri………………25

III bob.O’zbekistondagi mehmonxona zanjirlari va ularning tahlili.

3.1. O’zbekistondagi mehmonxona zanjirlari va ularni rivojlantirish potensiallari…29

3.2. O’zbekistonda mehmonxona zanjiri rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari va ularni tashkil etishda uchraydigan kamchiliklarni bartaraf qilish ………………39

Xulosava takliflar…………………………………………………………..………40

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………..………43

Kirish

Hozirgi vaqtda mehmonxona korporatsiyalari mehmonxona xizmati bozorida mustahkam o’rnashib olgan. Butun dunyodagi katta shaharlarida ulkan mehmonxona zanjirlariga tegishli mehmonxonalar mavjud. O’zbekiston ham bunda orqada emas. Hozirgi kunda dunyo mehmonxona zanjirlari O’zbekistonning mehmonxona bozorini aktiv holatda egallamoqda.Ko’pgina shaharlarda asosan poytaxtda dunyoning ulkan mehmonxona zanjirlari nomi paydo bo’lyapti.

Bu ishdan maqsad – dunyoning asosiy mehmonxona zanjirlarini o’rganish. Mehmonxona zanjirlari qanday tashkil topganligi, ularning o’ziga xos xususiyatlari, ularning obro’si va nufuzi, kelajakdagi istiqbolini qandayligini aniqlash.

Xizmatning qanday sifatda ko’rsatilishi qaysi mehmonxona zanjiriga tegishligiga xizmat qiladi.

Mehmonxona zanjiri bu bir xil dizayndagi, bir xil darajadagi xizmatlar turi, bir xil xizmatlar, mijozga bir muomala, munosabat, qarash yo’lining o’xshashligini o’z ichiga oladigan mehmonxonalarning birlashgan holatdagi jamlanmasidir.Odatda mehmonxona zanjirigi tegishli bir mehmonxona boshqa mehmonxonaning qandayligi haqida guvoh bo’lishi mumkin. Shunday qilib, mehmonxona zanjirlariga tegishli mehmonxonalar material-texnikaviy va xizmatlarning bir xilligiga qattiq rioya qilishadi. Mehmonxona zanjirlari bir davlatda yoki bir necha davlatlarda faoliyat yuritishadi ya’ni milliy yoki xalqaro bo’lishi mumkin. Hozirgi vaqtda dunyoda 100 dan ortiq mehmonxona zanjirlari mavjud bo’lib, jami nomerlar fondi 2 000 000 dan ortiq.

Eng katta mehmonxona zanjirlariga quyidagilar kiradi:



  1. Holiday INN;

  2. Best Western;

  3. Sheraton;

  4. Ramada INN;

  5. Accor;

  6. Hilton Corporation;

  7. Club Med;

  8. Novhotels;

  9. Marriot International;

  10. HFS Ink va h.k.

Mehmonxona zanjirlarining bilimi qanchaligi ularning dunyo bozoriga qay darajada kirib borishiga va u yerda o’z mavqeiga ega bo’lishiga yordam beradi. Har bir mehmonxona zanjirlari o’zining klassifikatsiyasiga, joylashgan joyi (kurort, biznes-mehmonxona, shahar) va strategiyasiga ega. Bir mehmonxona zanjiriga har xil kategoriyaga tegishli mehmonxonalar kirishi mumkin.

Yevropada shunday mehmonxona zanjirlari borki ular arzon mexmonxonalar birlashishi orqali vujudga kelgan. Ularga Formula 1, Etap, Premier Class va boshqalari misol qilishimiz mumkin. Lekin Yevropada yuqori klassifikatsiyali mexmonxonalar birlashgan mexmonxonalar zanjirlari ham mavjud. Ularga Sheraton, Forte, Le Meridien va boshqalarni misol qilishimiz mumkin.

Ko’pgina mehmonxonalar zanjirlarining boshqarmasi AQSHda joylashgan. Lekin asosiy foyda boshqa davlatlardan olinadi.

Korporativ mehmonxona zanjirlariga kiruvchi mexmonxonalar,hammasi ham shu mehmonxona zanjirlarining shaxsiy mexmonxonalari hisoblanmaydilar.Bu mehmoxonalar o’zining xo’jainiga ega bo’lishi mumkin. Mehmonxonalarning mehmonxonalar zanjiridagi ishtiroki esa ijara shartnomalar, franshiza va boshqalar asosida olib boriladi. Bu esa mehmonxonalarda xona band qilishga ustunlik beradi. Xalqaro mehmonxona zanjirlari o’zining markaziy ta’minot korxonalari, markaziy o’qitish muassasalari, mebel, jihoz va uskunalarni ishlab chiqarish korxonalari, tuzatish fabrikalariga ega.

Mehmonxona zanjirlarining turizmdagi roli shu bilan birga iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun hech shubhasiz asosiylardan hisoblanadi.

Kurs ishi kirish qismi, uch bob, xulosa va takliflardan ishtirok etgan.



I bob. Mehmonxona zanjirlari.

1.1. Mexmonxona zanjirlarining tuzilishi.

Rivojlangan davlatlarning turli sohalardagi rivojlanishi va yashash sharoitining yaxshilanishi natijasida ishbilarmon insonlarning va turistlarning duyoning turli joylariga siljishiga olib keldi.

Mehmonxona indutriyasini rivojlantirish uchun quyidagi ishlar qilingan: Mehmonxonalarni yangilash uchun juda katta investitsiyalar yo’naltirilgan, yangi qurilishlar qurilgan, so’nggi zamonaviy texnologiyalar kiritilgan, yangi xizmatlar ishlab chiqilgan.

Mexmonnavozlik industriyasining rivojlanishiga mehmonxona zanjirlari katta ta’sir ko’rsatadi. Ular dunyo turizm bozoriga yuqori standartli xizmatlarini olib kirishadi, shu bilan birga turistlarga xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi.

Mehmonxona zanjirlari ishlab chiqarish darajasining ko’tarilishiga va turistlarga xizmatning yaxshilanishiga olib keladi. Mehmonxona zanjirlarida yaratilgan dizayn, xizmat va boshqalar bo’yicha aniq ko’rinishni boshqa davlatlarda uchratgan turistlar, shu zanjirning boshqa davlatdagi mehmonxonalarida uchratib, shu o’xshash qulayliklarda o’zlarini uydagidek his etadilar.

1950 - yillardan boshlab dunyo mehmonxona industriyasida mehmonxonalar ishini tashkil etishning xilma – xil modellari o’rnatildi.

Birinchi model – Rits modeli bo’lib, Shveysariyalik Sezar Ritz nomi bilan bog’liq. Ko’pgina obro’li mehmonxonalar “Ritz” nomi bilan mashhur. Misol, Parijda joylashgan “Ritz” mehmonxonasi.Bunday nomlashning asosiy sabablari nufuz va aristrokratizmdir. Hozirgi vaqtda bunday nomlash tanazzulga uchragan.

Ikkinchi model amerikalik tadbirkor Kemansi Uilson (“Holiday Inn”) nomi bilan bog’liq. Bu model o’zining yetarlicha yuqori standartli xizmatlari va mijozlarning takliflarini qondirishlarining katta egiluvchanligi bilan ajralib turadi.

Bu model bilan tashkil etilgan mehmonxona zanjirlariga quyidagi asosiy talablar qo’yiladi:


  • Bir xil stil (arxitektura, interyer);

  • Belgilarning va tashqi axborotning bir xilligi;

  • Mehmonlarni kutish xonasining kengligi va funksionalligi;

  • Mijozlarni registratsiyalashning tezligi;

  • Doimgi mijozlar uchun mo’ljallangan xonalar;

  • Ertalabki nonushta “shved stoli” asosida;

  • Konferensiya xonasining mavjudligi;

  • Egiluvchan tariflar sistemasi;

  • Boshqaruv, marketing va kommunikatsiya xizmatining birligi.

Dunyodagi mehmonxona zanjirlarining boshqaruvi ostidagi mehmoxona xonalarining 50% ikkinchi model asosida yuritiladi.

Uchinchi model –“mustaqil” mehmonxona zanjirlari (Misol, “Best Western”). Bu modelga asosan mehmoxonalarning dizayni, xizmatlari, joylashgan joyi, katta kichikligining turlichaligidan qat’iy nazar bir xil brend ostida birlashadilar. Zanjirning a’zolari – mehmoxonalar yagona fondga vznos to’laydilar. Shu mehmonxona zanjirlarining barcha xarajatlari ya’ni qo’shma reklamalar va marketing tadqiqotlariga ketadigan xarajatlar shu yagona fonddan foydalaniladi. Shu bilan birga mehmonxonalar o’zlarining moliyaviy-iqtisodiy va boshqaruv tizimining mustaqilligi saqlanadi. Shuningdek ikkinchi modelning uchinchi model bilan birligiga misol keltirish mumkin: “Akkor” mehmonxona zanjiri. Yevropadagi eng katta mehmonxona zanjiri. Bu mehmonxona zanjiri turli darajadagi mehmonxonalarni taklif etadi. Bozorda esa nufuzli nomlar bilan chiqadi. “Pulman”, ”Sofitel”, ”Novhotel” – bu yuqori darajadagi mehmonxona brendlari hisoblanadi. “Altea-Merkur” – bu esa o’rta darajadagi mehmonxona brendi hisoblanadi.

Mehmonxona – mehmonxona zanjiriga kirgandan so’ng uning shaxsiy mulkiga aylanishi shart emas. Bu holda franshiza yaratuvchilari va mehmonxona zanjiriga kiruvchi orasida shartnoma tuziladi. Shartnomaga asosan mehmonxona – mehmonxona zanjirining filiali hisoblanadi. Mehmonxona – o’z faoliyatini yuritishi uchun mehmonxona zanjirining belgilaridan, texnik va savdo sotiq axborotlaridan, band qilish sistemasi axborotlaridan, texnik yordamidan, xodimlarini o’qitish huquqidan foydalanadi. Franshiza korxonasi shartnomada shu ma’lumotlarni kiritadi.

Quyidagijadvalda bir necha mehmonxona zanjirlarining Rossiyadagi mehmonxonalari keltirilgan:



    1. – Jadval

Mehmonxona zanjirlarining Rossiyadagi mehmonxonalari

Mehmonxona zanjirining nomi

Mehmonxona (shahar)

Xonalar soni

Ochilgan yili

Holiday Inn”
Radisson”

Kempinski”


Marriott”



(Renaissance)

“Vinogradovo”(Moskva)
“Slavyanskaya”(Moskva)

“Lazurnaya”(Sochi)


“Balchug”(Moskva)

“Grand-hmehmonxona Yevropa”

(Sankt Peterburg)
“Grand-hmehmonxona”(Moskva)


154
430

300
234

301

400


1998
1991

1993
1995

1997

1997


Manba: http://www.bankreferatov.ru/db/M/3A1D47520165B543C32575190051293A. Kursovayarabota - “Krupneyshiegostinichniyesepi”(7-bet).

Yuqoridagi jadvalda Rossiyada mehmonxona zanjirlarining bir necha yillar oldin ish boshlashgani ma’lum. Bundan ko’rinib turadiki Rossiya turizmi MDHning ba’zi bir mamlakatlaridan yaxshiroq rivojlangandir. Shaharlariga e’tibor bersak asosan poytaxtda, yaxshi rivojlangan Yevropa qismida joylashgan Sankt – Peterburg shahri va albatta Sochi (o’zining tabiati, tog’lari, ekoturizm va qishki turizmi bilan mashhur) da bor. Albatta mehmonxona zanjirlari o’zlari uchun kerakli, yaxshi foyda oladigan joylardan qidirishadi. Bu shaharlardan ko’ra bizning O’zbekistonning shaharlari bir necha baravar ko’p potensialga egadir. Lekin infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmaganligi tufayli, shunday foydalardan quruq qolyapmiz.

Mehmonxonalar mustaqil bo’lishi yoki mehmonxona zanjirlariga kirishi mumkin.

Mehmonxona zanjiriga qo’shilishni niyat qilgan mehmonxona rahbari, o’sha mehmonxona zanjirning muayyan shart-sharoitga rozi bo’lishiga to’g’ri keladi.

Mehmonxona zanjiriga qo’shilishning turli usullari mavjud:


  • Mehmonxona kompaniyasining mehmonxonalarni sotib olishi;

  • Mehmonxona zanjiri bilan franchayzingli shartnoma tuzish;

  • Boshqarish uchun shartnoma tuzish.

Franchayzingli mehmonxona avtomatik holatda mehmonxona zanjiriga kiradi lekin, mehmonxona zanjiriga kiruvchi mehmonxona har doim ham franchayzingli bo’lmaydi.

Mehmonxona zanjiri – mehmonxona biznesida yangi ko’rinish hisoblanmaydi. Yagona markazdan boshqariladigan mehmonxonalar yarim asrdan ko’proq oldin paydo bo’lgan. Lekin bu boshqarish keng ommaviylashmadi. Ikkinchi jahon urushi oxirida mehmonxona zanjiriga kiruvchi mehmonxonalar ko’payishni boshladi. Urushning tugaganidan so’ng esa bozorda mehmonxona zanjirlari ko’rinishlari boshlandi. “Hilton”, “Statler” va “Sheraton” mehmonxona zanjirlari birinchi mehmonxona zanjirlari markalari hisoblanib, bu mehmonxona zanjirlari tez sur’at bilan o’sdi. “Statler” konservativ kompaniyasi har doim o’zining mehmonxonalarini Los Anjelesda va Vashingtonda, keyinchalik esa Dallas va Stratfordda qurdi. Bu kompaniyaga teskari bo’lgan “Hilton” va “Sheraton” mehmonxona zanjirlari esa tez o’sishni kafolatlaydigan yo’lni tanlashdi ya’ni bor bo’lgan mehmonxonalarni sotib olishni boshlashdi. Ikkita kompaniya shunday tez va ko’p ko’chmas mulkning sotib va sotib olishi natijasida, ko’p masshtabli savdo-sotiqniqondirish maqsadida maxsus kartochkalar kiritishga to’g’ri keldi. Bu ikki kompaniyaning barcha xarajatlari oqlanganmi yo’qligi hech qanday mazmunmunga ega bo’lmay qoldi. Chunki ikkita kompaniya ham o’zining birinchi darajali boshqara olish qobiliyatini ko’rsata oldi.

Hozirgi kunda mehmonxona zanjirlari mustaqil mehmonxonalardan bir necha barobar hajmda foyda olayotganini bilish qiyin emas. 1980 yili AQSHning 62% xonalar fondi birlashganini bilish mumkin. 10 yildan so’ng esa bu ko’rsatkich 75%ga ko’tarildi, 2000 yilda bu ko’rsatkich 90%ga ko’tarildi.

Bu tez o’sishning sababi nimada bo’lishi mumkin? Bu savolga eng qisqa javob – samaradorlikdir. Mustaqil mehmonxona bozorda qattiq raqobatga duch keladi. Ularda odatda samarador siyosatli mehmonxona zanjirlariga qarshi uchta alternativ yo’l bo’ladi. Birinchidan, mustaqil mehmonxonalar o’zining ko’rsatadigan xizmatlariga narxni tushurishi mumkin. Bu usul juda mashhur, lekin shu bilan birga juda ham xavfli. Ikkinchidan, Agar mustaqil mehmonxonaga investitsiya kiritilsa, ular investitsiyani modernizatsiya, yangilikka va taraqqiyotga yo’naltirishi mumkin. Bu usul yetarlicha oqilona usul hsoblanib, ko’pgina mustaqil mehmonxonalar shu usulni qo’llashadi. Nihoyat uchinchi usul, biror – bir mehmonxonani sotish orqali foyda olish ya’ni sotilgan mehmonxona puli orqali boshqa obyektlarni rivojlantirish. Lekin bu usul shunday vaqtda ijobiy usul beradiki, qachonki biror – bir mehmonxona zanjiri boshqaruvchisi biror hududning bozoriga kirishni reja qilayotgan bo’lsa, yangi mehmonxona qurish emas balki, bor bo’lgan mehmonxonadan foydalanish maqsadi bo’lsa.



1.2. Mexmonxona zanjirlarining ustunlik tomoni.

Mehmonxona zanjirlarining ustunlik tomonlari quyidagilar:



  1. Yirik hajmdagi tovar va xizmatlarni ulgurji (tushurilgan) narxda sotib olish. Madomiki mehmonxona zanjiri boshqaruvchisi bir necha ob’yektlarni boshqarar ekan, u bir martaga yirik va ulgurji (arzon) narxlarda xonalar uchun asbob-uskunalar, tozalovchi moddalar va axborot asbob-uskunalari sotib oladi.

  2. Ishchi - kuchi resurslari. Bunda mehmonxona zanjirlari o’zining xodimlarini o’qitish uchun yagona o’qitish markazidan foydalanadilar. Bu esa alohida o’qitishni oldini olib, xarajatlarni bir necha barobarga kamaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari, mehmonxona zanjirlari qatnashuvchilari yuqori darajali mutaxassislardan foylanadilar. Agar ular mustaqil bo’lganlarida bunday yuqori darajali mutaxassislar foydalanishga mablag’ yetmasligi mumkin bo’lar edi. Hamma ham mustaqil mehmonxonalar o’zlariga bunday narsalarni ravo ko’ra olmaydilar.

  3. Reklama va taraqqiyot. Mustaqil mehmonxonalar uchun gazetalarda, ko’rgazmali jurnallarda, radio va televideniyada reklama berish uchun juda katta mablag’ yo’qotishga mjbur bo’ladi. Lekin mehmonxona zanjirlarining qatnashchilari bu xarajatlarni o’zaro bo’lishadilar va xarajatni bir necha baravarga kamaytirishga erishadilar. Qo’shimcha qilib yana mehmonxona zanjirlarining brendi mijozlar uchun qo’shimcha reklama bo’lib xizmat qiladi.

  4. Band qilish (bronlash). Markazlashgan band qilish sistemasi mehmonxona zanjirlariningazolari biznesini birlashtirishga yordam beradi. Bir mehmonxona zanjiri katta rezervatsiyalsh imkoniyatiga ega. Lekin mustaqil bo’lganda katta hajmdagi rezervatsiyaga kuchi yetmaydi va mijozlar raqobatchilarga ketishlari mumkin.

  5. Moliyalashtirish. Bir necha mehmonxonalarni moliyalashtirish bir mehmonxonani moliyalashtirishdan ancha oson hisoblanadi. Mehmonxona zanjirlari kapitallarni va ularni diversifikatsiyalashga yoki samaradorligini oshirishga safarbar qilish osonroqdir.

  6. Buxgalteriya, marketing tadqiqotlari, qurilish va ko’chmas mulk operatsiyalarining markazlashuvi. Bu yo’nalishlardagi ishlar bilan band bo’lgan xodimlar mehmonxona zanjirlari ichiga kiruvchi barcha mehmonxonalarni yurita oladilar. Bu bilan mehmonxona zanjirlari individual mehmonxonalardan bir necha barobar foyda oladilar.

Dunyodagi birinchi mehmonxona zanjiri ya’ni “Cezar Ritz” Yevropada paydo bo’lgan bo’lsa ham bu fenomenning taraqqiyoti va rivojlanishi AQSH mehmonxona industriyasi bilan bog’liq.

Mehmonxona zanjirlari ta’sirlari ostida mustaqil mehmonxonalar ham o’zgarishga majbur bo’lishdi. Mustaqil mehmonxonalar boshqaruvchilari nostandart va tez qaror qabul qilishi orqali mehmonxona zanjirlaridan ustunlikka ega bo’lishi mumkin. Lekin mustaqil mehmonxona mehmonxona zanjirlari bilan raqobatga kirishi uchun ko’p urinishiga to’g’ri keladi va asosan xarajat strukturasini rivojlantirishga e’tibor qaratishi lozim.

“Handlery Hotels Inc” kompaniyasi boshlig’iP.Handlery fikricha – “Mustaqil mehmonxona mehmonxona zanjirlari bilan raqobat qila oladi. Ko’p hollarda mustaqil mehmonxonani uning egasi boshqaradi va tadbirkor sifatida u o’z biznesiga mehmonxona zanjiri boshqaruvchisi bir nechta mehmonxonalarga nima kerakligidan ko’ra o’ziga nima kerakligini yaxshiroq biladi. Mehmonxona egasi mehmonxona uchun ko’p g’am chekadi, tashvishlanadi. Menejer esa unchalik e’tibor bermaydi. Eng asosiysi esa qarorlarni tezda hal qilish:mehmonxona zanjirlarida esa qarorlarning hal qilinishiga ko’p vaqt ketadi.” Boshqa mehmonxona boshqaruvchisi G.Saundler(Plaza – Boston mehmonxonasi) esa – “Hozirgi kunda 74% kishilar mehmonxona zanjirlarida qolishni afzal ko’rishadi lekin, qolgan 26% - juda ham katta bozor hisoblanadi. Men bu ulkan bozor uchun boshqa mehmonxonalar bilan jang qilishga rozi”.

Shuni ta’kidlash lozimki, mehmonxonalarning birlashish tendensiyalari asosan AQSHga to’g’ri keladi. Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasidagi 20% mehmonxonalar birlashgan hisoblanadi. Qolgan mehmonxonalar mustaqil ravishda ish olib borishadi. Tarixiy mehmonxonalar, asosan chetda joylashgan mehmonxonalar ikkita faktor asosida juda katta o’zgarishlarga olib keldi:

Mehmonxona zanjirlarining paydo bo’lishi va mmehmonxonalar raqobatining oshishi. Bunday kuchli raqobatga dosh berish uchun mmehmonxonalar o’zgarishga majbur bo’lishdi. Biznesni saqlab qolish uchun ko’pgina mehmonxonalar sotadigan mahsulot va ichimliklarini ko’paytirishga urindilar. Bundan maqsad moliyaviy yo’qotishlarni qoplash edi. Bu yo’l hamma ham mehmonxonalarga yordam bermadi va ko’pgina mustaqil mehmonxonalarning yopilishiga olib keldi.

Ulkan yuqori darajadagi mustaqil mehmonxonalar, mehmonxona zanjirlariga qarshi hujumga o’tdilar. Mehmonxona zanjirlari bunday mehmonxonalarga hasad qilib ularning mustaqilligiga chek qo’yishni niyat qilib qoldilar. Ular birlashish uchun shunday osonliklar qo’yishdiki mustaqil mehmonxonalar bundan rozi bo’lishlari ilojlari qolmagan edi. Masalan: Distinguished Hmehmonxonas group shunday yo’nalishdagi siyosatni olib bordi. (Hozirgi kunda u Preferred Hmehmonxonas nomi bilan yuqori darajadagi darajadagi mehmonxonalari bilan mashhur).

Boshqa bir misol ko’rsatadigan bo’lsak Robert Varner boshchiligidagi mustaqil mehmonxonalarni birlashtirish. Bundan maqsad bu mehmonxonalarning reklamalarini birlashtirish va bronlashtirish sistemasi yaxlitlashdir. Guruh bo’lib ishlash bularga markazlashgan xizmatlardan foydalanish uchun qulay bo’lib, ular o’z mustaqilliklarini yo’qotmadilar.

1.3. Mexmonxona biznesida kechayatgan integratsiya jarayonlari.

Mehmonxonalar - mehmonxona zanjirlariga bir necha xil yo’llar bilan birlashishlari mumkin:

Vertikal integratsiya –Mehmonxona ishida vertikal integratsiya yaqinda paydo bo’lgan tushunchadir. Oxirgi yillarda mehmonxona kompaniyalari mijozlarining talablari bir emasligini ya’ni aksincha ekanligini tushunib yetdilar. Shunga ko’ra ko’pchilik mehmonxona kompaniyalari mehmonxona bozorining qariib barcha segmentlarini o’zlashtirganlar. Ya’ni hozirgi mehmonxona zanjirlarining dab – dabali, birinchi va ekonom darajali mehmonxonalari mavjud. Misol qilib Choice Hotels mehmonxona zanjirning Clarion Inn – Lyuks darajadagi mehmonxonalari; Quality Inn, Quality Suites – o’rta darajadagi mehmonxonalari; Comfort Inn, Friendship Inn, Roadway – byudjet darajadagi mehmonxonalar va Sleep Inn – ekonom darajadagi mehmonxonalardir.

Gorizontal integratsiya – 1940 yillarda Pan American kompaniyasi o’zininng birinchi Inter – Continental mehmonxonasini ochganidan boshlab ba’zi bir aviakompaniyalar ham mehmonxonalarni sotib olib, ularni boshqarish orqali gorizontal integratsiya tajribasini o’rgana boshladilar.

Mehmonxona birlashmalarining nufuzi va istiqbollari. Hozirda dunyoda global iqtisodiy jarayon ya’ni Yevropa ittifoqi, AQSH va Meksika o’rtasida imzolangan erkin savdo haqidagi shartnomaning katta ittifoqlarga ajralishi jarayoni bormoqda. Yevropa Ittifoqi nafaqat milliy savdoni cheklaydigan balki mehnatni va kapitalni ko’chirishni bekor qiladigan ittifoq hisoblanadi. Sanoat, savdo sotiq va turistik aloqalarning rivojlanishi bilan bir qatorda mehmonxona xizmatiga bo’lgan ehtiyoj ham o’sib bormoqda. Shimoliy Amerikaning Nafta shartnomasi 3ta mamlakat (AQSH, Kanada va Meksika) o’rtasidagi savdo va turistlar almashinuvining o’sishiga o’xshab mehmonxona biznesining rivojlanishini ham tezlashtiradi. Bundan tashqari Argentina, Braziliya, Chili, va Venesuella ham ikkita Amerikaning Savdo Ittifoqi deb nomlanadigan ushbu ittifoqqa qo’shilishlari mumkin.

Xalqaro savdo va turizmda zamonaviy tendensiyalarning rivojini hisobga olib, xalqaro mehmonxona korporatsiyalarini qaysi yo’nalishida rivojlanishini osongina bilib olish mumkin. Turizm oqimi Tinch okeani mamlakatlarida 2020 yillarga borib rivojlanishi kutilmoqda. Shu bilan birga Indoneziya, Malyziya, Tailand, Vyetnam va Meksikadagi kurort mehmonxonalarni rivojlantirish ham rejalashtirilgan. Mehmonxona sanoatini kelajakdagi rivoji uchun shart sharoit yaratilgan Sharqiy Yevropa, Rossiya va boshqa respublikalar: avval Sovet Ittifoqi tarkibida bo’lgan mamlakatlar: ularda ayrim mehmonxona kompaniyalari yangi binolar qurishdan ko’ra eskilarini sotib olish strategiyalarinio’zgartirishgan.

Osiyodagi Gonkongning tez sur’atlar bilan rivojlanishi uning atrofidagi qo’shni davlatlarning iqtisodiyoti va soliq tizimini rag’batlantirdi, bu esa ta’minotchilarning xayoliga ham kelmagan edi. Gonkongda 16,5% korporativ soliq, 15% daromad solig’i undiriladi, kapitaldan daromad va dividentlar uchun hech qanday soliq olinmaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda siyosiy barqarorlik natijasida mehmonxona ishidagi muvafaqiytatlar iqtisodiy va sotsial o’sish bilan parallel rivojlanmoqda. Bunga sobiq Sharqiy Yevropa ittifoqi mamlakatlari va avval Sobiq Sovet ittifoqi tarkibida bo’lgan mamlakatlatlar:mehmonxona korporatsiyalari rivojlanishi uchun ajoyib imkoniyatlar yaratilgan davlatlar namuna bo’lishi mumkin.

Hozirgi vaqtda mehmonxona xizmatlarini o’ziga xos bir nechta tendensiyalarga ajratish mumkin:



  1. Globallashuv - Bir qator Amerika va Kanada tarmoqlari dunyo bo’ylab yangi mehmonxonalar yaratishni davom ettirishyapti. Bundan tashqari xalqaro kompaniyalar Shimoliy Amerika mehmonxona sanoatiga investitsiya kiritish bilan shug’ullanyaptilar.

  2. Birlashish - Bu tarmoq qanchalik rivojlansa, korporatsiyalar bir birini yutadi, yoki ag’daradi.

Agar mehmonxona tarmoqlarining regionlardagi mehmonxona biznesiga ta’siri haqida gapiradigan bo’lsak, uning qonuniyligi, afzalligi hamda bozordagi kamchiliklarini ajratish mumkin.

Ko’pgina mehmonxona tarmoqlari korporatsiyalar tomonidan taqdim qilinganidek, AQSHda ularning shtab kvartiralari bo’lib bu mamlakatning mehmonxona biznesiga ta’siri va ishtiroki to’laligicha:



  • Mehmonxona tarmoqlari standart xizmat ko’rsatish xalqaro bo’lishini aytib turadi;

  • Bu tarmoqlar juda katta ish tajribasiga ega bo’lib, ular mahalliy korxonalarga raqobatchi bo’lishi mumkin;

  • Regionlardagi iqtisoqiyotni rivojlantiradi;

  • Shu joydagi xodimlarni o’qitish va tayyorlash xizmatlarini amalga oshiradi;

  • Inqirozga uchragan mehmonxonalarni sotib olib qayta rekonstruksiya qiladi.

Mehmonxona tarmoqlarini ham iqtisodiy nuqtai nazardan ham madaniy nuqtai nazardan baholash mumkin:

Iqtisodiy nuqtai nazardan ular pulni shaharlar va viloyatlarni rivojlantirishga sarflaydilar. Xorijiy investitsiyalar mintaqalarning moliyaviy ahvoli uchun zarurdir.

Bunda yangi ish o’rinlari yaratiladi, g’aznaga soliqlar tushadi. Bu vaqtda mahalliy korxonalarning bu tarmoqlar bilan raqobatlashishi qiyin, bunga sabab: ularning tajribasi kamligi, yetarli moddiy bazaga ega emasligidir.

Madaniy jihati shundaki bu tarmoqqa tegishli mehmonxona shaharning madaniy hayotida diqqatga sazovor markazga aylanadi.

Korporatsiyalar mijozlarga alohida xizmat ko’rsatish va muomala qilishga juda ko’p mablag’ sarflaydilar va ular bunda muvaffaqiyat qozondilar. Bu xizmatlardan butun dunyo foydalanmoqda va sifatdan butunlay mamnun.

Hindiston yoki Saudiya Arabistonida faoliyat ko’rsatayotgan biror tarmoqga tegishli mehmonxona mehmonlarga har xil munosabatda bo’lishi kerak, hozir aynan shu yo’nalishda mehmonxona korporatsiyalari takomillashib bormoqda.

1 bobda biz mehmonxona zanjirlari tarixi haqida, ularning ustunlik tomonlarini gapirib o’tdik. Aytib o’tilgandek eng katta mehmonxona zanjirlari AQShda joylashgan lekin, shular qatorida Yevropada, Osiyoda ham mavjud. 2 bobda dunyoning eng katta mehmonxona zanjirlari haqida to’liqroq ma’lumot berishga harakat qilamiz.


Каталог: kitob
kitob -> Amerika qo'shma shtatlari (aqsh)
kitob -> 9-sinf. Jahon tarixi
kitob -> Jahon qishloq xo’jaligiga umumiy ta’rif
kitob -> O`zbekistonning eng go`zal va betakror makonlaridan biri bu Farg`ona vodiysidir. Iqlim sharoiti, geografik joylashuvi, tabiiy boyliklari kabi qator xislatlariga ko`ra Farg`ona qadimdan e'tibor qozonib kelgan
kitob -> E. Heminguey “Quyosh bari bir chiqaveradi” Kirish
kitob -> Xix asr oxiri XX asr boshlari-da keskinlashgan dunyoni qaytadan bo'Iib olish uchun bo'lgan kurash Yevropa davlatlarining ikki guruhi shakllanishiga olib keldi
kitob -> 11 sinf «O’zbekiston tarixi»
kitob -> O’zbekiston Respublikasi Хalq talim vazirligi Respublika bolalar kutubхonasi Fan: Informatika
kitob -> Birinchi bo’lim o’rta yer dengizida bo’ron
kitob -> Ispaniya birinchi jahon urushida betaraf qoldi. Bu hol unga urushayotgan har ikki harbiy siyosiy ittifoqqa kiruvchi davlatlar bilan muvaffaqiyatli savdo sotiq munosabatlarini amalga oshirishga imkon berdi


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa