Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti iqtisodiy ta


SURXONDARYONING MASHHUR TURISTIK HUDUDLARI



Download 57,68 Kb.
bet4/6
Sana29.05.2022
Hajmi57,68 Kb.
#614763
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yaxshimuratova A

1.3. SURXONDARYONING MASHHUR TURISTIK HUDUDLARI
Surxondaryo viloyatida turizmni rivojlantirish uchun 374 tarixiy, madaniy, san’at, me’moriy obidalar, noyob arxeologik qazilmalar mavjud.
Viloyatdagi boy tarixga ega qadamjolar, muqaddas ziyoratgohlar hududda ziyorat turizmini joriy etib, nafaqat mahalliy balki, xorijlik sayyohlar oqimini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, hozirgacha viloyatning bu boradagi salohiyatidan samarali foydalanishga e’tiborsizlik bilan yondashib kelinayotgan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 19—20-yanvar kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida vohaning turizm salohiyatidan samarali foydalanib, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirishga alohida e’tibor qaratgan edi. Shunga muvofiq viloyatda 2018—2019- yillarda Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi qabul qilinmoqda. Unda hududning yangilangan, zamonaviy qiyofasini yaratish, transport infratuzilmasini takomillashtirish, xorijdan tashrif buyurayotgan sayyohlarga sifatli xizmatlar ko‘rsatish kabi muhim masalalarga alohida ahamiyat berilgani ziyorat turizmi imkoniyatlaridan unumli foydalanishga qulay muhit yaratadi.
— O‘tmishda Surxondaryo muqaddas islom dinini targ‘ib qilgan va uni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan Hakim Termiziy, Iso Termiziy kabi ko‘plab buyuk olimlarga beshik bo‘lgan, — deydi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Surxondaryo viloyati vakili Sh.Ibragimov. — Boy tarixga ega bu yurtda So‘fi Olloyor, Alouddin Attor, Muhammad Zohid singari ulug‘ zotlar mangu qo‘nim topgan. Mazkur dastur asosida Boysun, Termiz, Jarqo‘rg‘on, Oltinsoy, Denov, Uzun, Sherobod tumanlaridagi muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar rekonstruksiya qilinib, obodonlashtiriladi. Yo‘llar ta’mirlanadi. Savdo-hunarmandchilik do‘konlari quriladi. Xorijlik sayyohlarning emin-erkin ziyorat qilishi uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratiladi.
Denov tumanida Naqshbandiya ta’limotining asoschisi Hazrat Bahouddin Naqshbandning birinchi xalifasi Alouddin Attor mangu qo‘nim topgan muqaddas ziyoratgoh mavjud. Oltinsoy tumanida “Silsilai oliya” tarkibiga kiruvchi ulug‘ zotlardan yana biri – Muhammad Zohid maqbarasi, turkiy tasavvuf ta’limotining yirik namoyandasi So‘fi Olloyor qadamjosi va ul zot tomonidan barpo etilgan masjid saqlanib qolgan. Yangi yo‘nalishlarda ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da aziz-avliyolar muqaddas hoki qo‘yilgan bu maskanlarni obodonlashtirib, ziyoratchi sayyohlarning tahorat qilishi, namoz o‘qishi uchun zamonaviy qulayliklar yaratish, “halol” standartini joriy etish belgilab berilgan.
Ziyorat turizmini rivojlantirish borasida amalga oshiriladigan keng qamrovli bunyodkorlik ishlari doirasida Termiz tumanidagi Kokildor ota, Qirq qiz, Sulton Saodat yodgorliklari, Chorgumbaz masjidi, Boysun tumanidagi Hazrati Eshonbobo ziyoratgohi va shifobaxsh suvi, Hazrati Sulton Valiy, Jarqo‘rg‘on tumanidagi Xo‘ja Samandar Termiziy ziyoratgohlari, Oltinsoy tumanidagi Xo‘jaipok ziyoratgohi va shifobaxsh suvi, Uzun tumanidagi Oq ostona bobo maqbarasi kabi tarixiy obidalar so‘lim go‘shaga aylantiriladi.
BOBOTOGʻ — Surxondaryo viloyatining sharqidagi togʻ tizmasi. Oʻzbekiston va Tojikiston Respublikalari chegarasida, Surxondaryo va Kofarnihon daryolari oraligʻida shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga tomon Amudaryo sohiligacha choʻzilgan. Uz. kariyb 125 km, eni 30– 40 km. Eng baland choʻqqisi — Zarkosa togʻi, 2290 m. Asosan paleogen va yura davri ohaktoshlari, gil, alevrolit, qumtoshlardan tarkib topgan. B. ning sharqiy yon bagʻri tik va ensiz, togʻ oldi tekisliklari Kofarnihon daryosi terrasalarida joylashgan. Gʻarbiy yon bagʻri ancha yotiq va keng , asosiy qismi past togʻlardan iborat. B.ning yon bagʻirlari koʻplab quruq soylar bilan parchalangan. Bu yerda karst keng Tapkalgan. Iqlimi quruq va keskin kontinental. Oʻrtacha yillik havo temperaturasi togʻ etaklarida 16°, oʻrtacha balandliklarda 8—10°. Yillik yogʻin miqdori 170 mm dan 350–400 mm gacha. Togʻ yon bagʻirlarida buloqlar, qish va bahorda toʻlib oqib, yozda qurib qoladigan soylar bor. Boʻz va jigarrang togʻ tuproqlarida xilmaxil efemer, efemeroid oʻsimliklar oʻsadi. 800–900 m balandliklarda naʼmatak, zirk, bodom va pistazorlar uchraydi. Undan baland joylarida (Besharcha, Zarkosa togʻlari) archazorlar bor. B. Oʻzbekistonning yovvoyi togʻ echkilari yashaydigan rayonlaridan biri. Togʻ oldilari mol boqiladigan yaylov. Qumqoʻrgʻon tumanining "Oqqopchigʻay" jamoa xoʻjaligida dunyoga mashhur sur qorakoʻl terisi olinadigan qorakoʻl qoʻylari boqiladi.
Zulkifl maqbarasi - Termiz yaqinidagi meʼmoriyyodgorlik (11 — 12-asrlar). Rivoyat qilinishicha, bu yerga paygʻambar Zulkifl dafn etilgan. Tarixiy manbalarda abbosiylarning atoqli lashkarboshlaridan Ishoq ibn Kunaja (992/3 yillarda vafot etgan) ham shu yerda dafn etilgani qayd qilingan. Amudaryodagi Paygʻambar orolning janubiy qismida joylashgan masjid, goʻrxona va ularga tutash 2 xonadan iborat. Bi-nolar turli davrlarda bunyod etilgan. Masjid murabba tarxli (6,95x6,95), gumbazli, oldi peshtoqli. Mehrobiga ganchkori giri naqsh ishlangan. Goʻrxona (6x4 m) masjid sathidan 1 m cha baland qilib qurilgan, unda sagʻana saqlangan. Goʻrxonaning ikki eshigi orqali tutash qurilgan ikki xonaga oʻtiladi. Xonalar devorigagʻishtlar mavjli shaklda terilgan.
Yurtimizda tabiati go‘zal, kishining dilini ravshanlashtiradigan maskanlar juda ko‘p. Shunday joylardan biri Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi dengiz sathidan 2000 metr joylashgan, balandligi 150 metr bo‘lgan Sangardak sharsharasidir.
Yozning issiq kunlarida ham yam-yashil va salqin tabiatga ega tog‘lar bag‘ridan oqib tushuvchi zilol suv ko‘zni quvnatadi. Avji bahorda esa Sangardak o‘zgacha ko‘rinish oladi: har bir daraxt, maysa, o‘t-o‘lanlar ham «hayot, hayot» deyayotgandek...
Hullas, ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi deb bejiz aytishmagan.
Fayoztepa- milodiy 1-3-asrlarga oid budda monastir ibodatxona majmuasi (vixara). Termiz shahri yaqinidagi Eski Termiz shahar xarobalarining shimoliy g‘arbida. Horatepalan 1 km shimoliy sharqda joylashgan. Fayoztepaning ochilishi 1968 y. bahorida cho‘pon Absad Beknayev tomonidan mergeliy ohak toshidan ishlangan budda sanamini Ko'chma qum ustidan topib, Termiz o‘lkashunoslik muzeyiga topshirishidan boshlandi. Yodgorlik 1968-76 yillarda arxeolog L. I. Albaum tomonidan o‘rganildi.
Fayoztepa maydoni ko‘chma qumlar uyumidan tozalangach, uning me'moriy tarhi ochilib, yuz qismdan iborat monumental inshoot, ya'ni markaziy qismida - ibodatxona, uning shimoliy g‘arbida monastir, janubiy sharqida esa xo‘jalik qurilish inshootlaridan iboratligi aniqlangan.
Majmuaning umumiy mayd. 1,5 ming kv. m ga yaqin. Ibodatxona tarkibining asosiy qismlaridan biri- supa bo‘lib, u boshqa ibodatxonalardan farqli o'laroq, ibodatxona hovlisining markazida emas, balki uning tashqarisida, muqaddas sajdagoh bilan bir parallel chiziqda joylashgan. Ular o'zaro hovli maydonini kesib o'tgan g‘isht va mergeliy toshi to'shalgan yo‘lakcha bilan bog‘langan. Ibodatxonaning muqaddas sajdagohida Budda haykali (Bodxisatva) joylashgan, sajdagoh devorlari rang-barang devoriy suratlar bilan bezatilgan. Devorlar osti bo‘ylab o‘z vaqtida budda haykallari (bal. 4 m) qo'yilgan. Ko'pchilik haykallar qizil rang bilan bo‘yalgan, so‘ng ustidan oltin suvi yurgizilgan. Sajdagoh jan. Devorida qizil kiyimda Budda tasviri saqlangan. Uning 2 tomonidan yelkalariga yelkapo‘sh tashlagan uzun kiyimdagi 2 odam rasmi tushirilgan. Ulardan biri Buddaga qarab sajda qilmoqda. Sajdagohning sharqiy devorida ham qandaydir devoriy rasmlar izi ko‘rinadi. Xonadagi suvoq parchalarida har xil odamlarning rasmlari uchraydi. 60x80 sm li bir suvoq parchasida Buddaga yuzlangan 2 ta erkakning rasmi topilgan.
Har 2 shakl qiyofasiga ko‘ra, baqtriyalik Budda ixlosmandlari bo‘lib, ularning Buddaga sajda qilish holati tasvirlangan. Ushbu xonada ganchkori haykal bo‘laklari ko‘p
Xoʻjaikon tuz koni
Xoʻjaikon tuz koni - Surxondaryo viloyati viloyatining Sherobod tumanidagi kon, 1942 yilda ishga tushirilgan. Kon yotiq sinklinal burmada joylashgan, bunda tuz qatlamlari teskari qatlamlangan boʻlib, oq tuzlar yuqori, qizil tuzlar pastda joylashgan. Kizil tuz katlamlarida kaliy tuzlarining 6 qavati ajralib turadi. Tuzlarning razvedka qilingan zaxirasi 46 mln.t, yiliga 150 ming t. dan karyerlardan qazib olinmoqda. Xoʻjaikon tuz konik.da osh tuzi yirik donali, tarkibida 92,3— 99,7% NaCl mavjud. Kondagi osh tuzi qatlamining qalinligi 350–400 m ga yetadi. Rangi oq, sariq, pushti, qizil. Tuz qatlamlari 150–300 m qalinlikdagi qum, gil, qumtosh, ohaktosh kabi toʻrtlamchi va quyi boʻr davrlariga mansub yotqizikdar bilan qoplangan. Xoʻjaikon tuz konik. hozirgi kunda mamlakat ahamiyatiga molik sanoat korxonasidir. Yiliga 93 ming t osh tuzi qazib chiqarilmoqda. 1995 y. AQShdan keltirilgan jihozlar bilan ishlaydigan isteʼmol tuzi i.ch. liniyasi ishga tushirilgan.
Dalvarzintepa — qad. shahar harobasi. Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumani markazi — Shoʻrchi sh.dan 10 km shim.-sharkda joylashgan. Mayd. 47 ga. D. 2 qismdan: qudratli mudofaa devori (qalinligi 10 m.gacha) bilan oʻrab olingan shoh saroy qalʼasi va shaharning oʻzidan iborat. Shahar ham mudofaaning istehkomli tizimiga ega boʻlib, bu yerda aslzodalar, hunarmandlar, kulollar, savdogarlar va ruhoniylar istiqomat qilishgan. Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutining sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi D.da 1962 y. dastlabki tekshiruv ishlarini va 1967 y.dan buyon muntazam arxeologik qidiruv ishlarini olib boradi. Dushanba sh.da "Kushonlar davrida Markaziy Osiyo" mavzuida oʻtgan xalqaro simpoziumi (1968) da ekspeditsiya topilmalari (haykallar, kulolchilik buyumlari, shahar mudofaa inshootlarini oʻrganish natijalari va h.k.) asosida Kushon podsholigining dastlabki poytaxti D.oʻrnida boʻlgan, degan faraz oldinga surilgan edi. Mil. av. 2-asr oxiri —1-asrlarda hozirgi D. oʻrnida kichik manzilgoh paydo boʻlgan. Kushon podsholaridan Kanishka davrida D. shahar sifatida shakllangan. Mil. av. 1-asr oxiri — mil. boshlarida Shim.Baqtriya hududida D.dan boshqa bunchalik yirik shahar manbalarda qayd etilmagan. Shahar hududida uni bir qancha mahallalarga ajratgan shohkoʻchalar, shuningdek, torkoʻchalar boʻlgan. Kengligi 12 m.ga yaqin shoh koʻchalardan biri badavlat fuqarolarning uylaridan ikkitasiga (dala belgisi: DT-5 va DT-6) borib takaladi. 1972 y. ekspeditsiya shu uylarning biridan vazni salkam 36 kg chamasi keladigan oltin bezaklardan va yombilardan iborat noyob xazinani va fil suyagidan ishlangan, dunyoda eng qad. boʻlgan shaxmat donalarini topdi (qarang Dalvarzintepa xazinasi). Badavlat fuqarolarning mahallasidan tashqari shaharda, arkka (qoʻrgʻonga) yaqin yerda hunarmandlar va kulollarning uylari joylashgan. Shu yerda koʻp xonali uy, kulolchilik buyumlarini quritish may-donchasi va 11 xumdon ochildi.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda, qayd qilinganlardan quyidagi xulosalar hosil bo‘ladi:
1. Turistik marshrut ishlab chiqishda agar marshrut ekoturizm, ovchilik turizmi, sarguzasht turizmi yoki g‘orshunoslik va rekreasiya turizmi mavzulari bo‘yicha ishlab chiqilganda turistlarni «palatka usuli»da ovqatlantirishni tashkil qilish mumkin. Bu usulda turistlarni qiziqtirish uchun milliy ekzotika variantini – ya'ni ko‘chma qozon – tovoq usulida – «tabiat bag‘rida tabiiylik» sharoitida ovqat tayyorlashda taklif etish va ovqatlantirish.
2. Qayd qilingan turizm mavzularida turistik marshrut ishlab chiqilganda turistik makonda – ob'ektda ovqatlantirishni turistik lager (mavsumiy – palatka usulida) tashkil qilish maqsadiga muvofiq.
3. Har qanday mavzuda turistik marshrut ishlab chiqishda marshrut davomida mineral suvlar, termosda issiq choy, sovutilgan choy va ekologik toza sharbatlar bo‘lishligini ta'minlash shart.
4. Turistik marshrutda ekskursiyaga chiqilganda ekspedisiya usulida ovqatlanishni (konservalar, qotirilgan kolbasalar, tushonkalar va hako..) issiq choy bilan tashkil qilish mumkin.
Ekskursiya xizmatlarini tashkil qilish. Turistik marshrutda ekskursiya xizmatlarini tashkil qilish turning jizabador, qiziqarli o‘tishini ta'minlaydi. Har qanday turistik marshrutda ekskursiyalarni tashkil qilish turoperatorning tadbirkorligiga bog‘liq bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda shaharlardagi diqqatga sazovar joylarni ko‘rishga va diniy ziyoratgoh maskanlarga kelib-ketuvchi turistlarni ekskursiyalarga taklif qilish deyarli yo‘q hisoblanadi. Chunki bunday joylarga ham puxta tuzilgan turistik marshrutlar ishlab chiqilmagan. Eng afsuslanarli joyi shundaki, hozirgacha turistlarga turist yurmoqchi va ko‘rmoqchi bo‘lgan marshrut unga og‘zaki holda taklif qilinmoqda. Shaharlardagi xotira bog‘lari, o‘lkashunoslik, xalqlar tarixi va hayvonot olami bilan bog‘liq muzeylar, xalqimizning hunarmandchiligi ustaxonalariga mahalliy turizmda ham, xalqaro turizmda ham qiziqarli ekskursiyalar uyushtirishning katta imkoniyatlari deyarli barcha shaharlarimizda mavjud.
Shahar ichidagi turistik marshrutda albatta ekskursiya marshrutlari qo‘yilishi lozim. Buning uchun shaharlardagi ekskursiya ob'ektlari to‘liq ro‘yxatga olinib undagi xizmatlarning turlari va baholari aniqlanishi lozim. Endi shaharlardan chiqish va uzoq masofalarga (ekoturizm, arxeologik yoki ovchilik turizmi kabilar) boriladigan turistik marshrutlarda albatta yo‘l-yo‘lakay ko‘rib o‘tiladigan ekskursiya marshrutlari bo‘lishi marshrutni qiziquvchanligi, turli-tumanligini kuchaytiradi.



Download 57,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish