50
II
BOB.
ESHITISHDA
NUQSONI
BO‘LGAN
BOLALAR
PSIXODIAGNOSTIKASI VA UNI BARTARAF ETISH USULLARI
2.1. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar psixodiagnostikasi va
psixokorreksiyasi
Sezgi - inson sezgi organlariga ta'sir qiluvchi predmet va hodisalarning eng
sodda ruhiy jarayonidir. Inson sezgisi tovush, rang, shakl dunyosi haqida ma'lumot
beradi. Sezgidan farqli o'laroq idrok predmet va hodisalar yaxlit obrazini o'zida
namoyon qiladi. Har qanday otlash jarayoni idrok etish va sezishdan boshlanadi.
Bu uning dastlabki sezgi bosqichidir. Lekin idrok atrofdagi olam haqida to'liq
tasavvur berolmaydi. Materiyani biz bevosita idrok etolmaydigan xossalari
mavjud. Tashqi olamni anglash va aks etishning eng yuqori formasi tafakkurdir.
Rivojlanishda nuqsoni mavjud bolalar sezgisi atrof muhitni obyektiv aks ettiradi va
predmet hamda hodisalarni anglashning muhim bosqichi sanaladi. Kar bola idrok
va sezgi asosida atrofdagi predmetlar rangi, mazasi, hidi, shakli haqida ma'lumot
oladi.
ENB bolalar sezgisi va idroki shakllanishining umumiy qonuniyatlari bilan
birga spesifik xususiyatlarga ega bo'ladi. Avvalambor, bu bolalarda asosiy sezgi
turlaridan biri eshituv sezgisi mavjud bo'lmaydi. Bizning organizimizga doimo
tovush ta'sirotlari ta'sir ko'rsatadi. Rivojlanayotgan bola asosiy bilim manbaini
eshituv sezgisi, idroki orqali qabul qiladi. U atrofdagilar bilan muloqotga kirishib,
radio, musiqa eshitib, kino, teatrlarni tomosha qilib, ko'p ma'lumotga ega
bo'ladilar. Kar bola bunday imkoniyatlardan chegaralangan bo'ladi. Bu atrofni
anglash jarayonini qiyinlashtiradi va kompensatsiyani talab etadi. O'z navbatida bu
ko'ruv, harakat, hidlash sezgisi va idroki rivojlanishga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Quyida biz bu sezgi va idrok turlarining o'ziga xos xususiyatlarini ko'rib
chiqamiz. Kar bolalarda eshituv sezgisi mavjud emas degan fikr noto'g'ridir. Yangi
okustik apparatlar yordamida o'tkazilgan tadqiqotlar natijalari ko'rsatishicha, kar
bolalarning 40 %da eshituv sezgisi qoldiqlari mavjudligini ko'rsatdi. Ulardan
ta'lim-tarbiya jarayonida foydalanish mumkin. XIX asrda I.I.Fleri, so'ng N.M.
Lagovskiy va boshqa tadqiqotchilar ham karlar eshituv qoldig'i mavjudligini e'tirof
51
etadilar. Lagovskiy ta'kidlashicha, bu eshituv qoldig'ini faollashtirish, rivojlantirish
mumkin.
Gartmani tadqiqotlariga tayanib, Lagovskiy eshituv idroki darajasiga ko'ra
bir necha guruhlarni tasniflaydi. Bu guruhlardan biriga kiruvchi bolalarda eshituv
idroki ma'lum darajada mavjud bo'lib, u noeshitish tovushlarni farqlash imkonini
beradi.
Boshqa bolalarda eshituv idrokining darajasi balandroq bo'lib, u unli tovush,
bo'g'in, o'zlarni farqlash imkonini beradi. Yaxshi ishlangan tadqiqot uslubiyoti va
takomillashgan apparaturani qo'llash chaqaloqlik yoshida bolaning eshituv
funksiyasi holatini o'rganish imkonini beradi.
A.V. Neylon eshituv idrokining darajasiga ko'ra 4 guruhga ajratish mumkin.
1-guruhga tovush tebranishlarini 128 dan 256 Gs ga qabul qiluvchi bolalar
jamlangan.
2-guruhga 256 dan 512 Gs dan tovush tebranishlarini qabul qiluvchi,
3-guruhga 512 dan 1024 Gs gacha,
4-guruhga 1024 dan 2048 GS gacha tovush tebranishlarini qabul qilgan
bolalar tasnivlangan.
3-4 guruhga taaluqli bolalar eshituv idrokini ma'lum darajada balandroq
bo'lgani uchun ta'lim amaliyotida qo'llash mumkin. Bu kar bolani eshitish yaxshi
egallashi, talaffuzini tushunarli bo'lishiga yordam beradi. ENB bolalar maktabida
pedagogik jarayonda eshituv qoldig'idan foydalanish imkonini beruvchi tovush
kuchaytiruvchi apparatlar bilan jihozlangan maxsus eshituv xonalari mavjud
bo'ladi.
Tadqiqotlar natijalari ko'rsatishicha, eshituv qoldig'i mavjud bolalar
eshitishning umumiy ritmi, so'zli va mantiqiy urg'ularni oson egallaydilar, bu ular
eshitishni tushunarli va yaxlit bo'lishga sabab bo'ladi. Davomiy mashg'ulotlar
mashqlar jarayonida kar bolalar eshituv idroki faollashtiriladi. Bunda eshituv
idrokining rivojlanishi anotomo-fiziologik mexanizmining tiklanishi evaziga emas,
balki eshituv idrokini faollash yo'li bilan amalga oshadi.
52
Kar bolada eshituv sezgisi va idrokini yo'qolishi sababli ko'ruv sezgisi va
idroki asosiy o'rin tuta boshlaydi. Kar bolaning ko'ruv analizatori atrofdagi olamni
anglashda asosiy ahamiyatga ega bo'ladi. Kar bolalardagi ko'ruv sezgi va idroki
eshituvchi bolalar darajasida bo'lish L.V.Zankov, I.M. Solovev, K.I. Veresotskoy,
tadqiqotlarida dalillangan. Hattoki, kar bolalarda ko'ruv sezgisi va idroki
faollashtirilishi haqida ma'lumot berilgan. Shu sababli kar bolalar eshituvchi bola
ahamiyat bermaydigan tashqi olam xususiyatlari va nozikliklariga ahamiyat beradi.
Eshituvchi bolalar karlarga nisbatan yashil, siyohrang, qizil, sabzi ranglar ko'p
almashtiradilar. Kar bolalar ranglarni nozik farqlaydilar. L.V.Zankov va
I.M.Solovev ta'kidlashgan, kar bolalar chizgan rasmlarda, eshituvchi bolalar
chizgan rasmlarga nisbatan ko'p detal va qismlarni qamrab olgan bo'ladi.
Xotira - oldin idrok etilganni ifodalash, saqlash va tasvirlash bilan
belgilanuvchi ongli ruhiy jarayondir. Xotirada insonning oldingi tajribani uning
faoliyati, idroki, qayg'urishi ifodalanadi. U inson faoliyatida muhim o'rin tutadi.
Eshituvchilar dunyosi bilan muloqotning buzilishi natijasida karlarni ijtimoiy
tajribali egallashi ma'lum darajada murakkabdir. Eshituvchi bola tomonidan tabiiy,
nisbatan yengil egallangan keng doiradagi yengil material ularga maxsus ta'lim
jarayonida egallanadi. Shu sababli eshitishda nuqsoni bor bolalarga o'z vaqtida
yuqori sifatli ma'lumotlar berish lozim. Tashqi olam bilan aloqa natijalarini saqlash
va ifodalash xotira asosini tashkil etuvchi tasavvur shaklida amalga oshadi.
Xotira tasavvuri - bu predmet va hodisalarni hissiy ko'rgazmali umumlashgan
obrazlaridir. Xotira faoliyati natijasi sifatida ular o'tmishida inson tomonidan idrok
etilgan predmet, hodisalarni ifodalaydi, bevosita perseptiv faoliyati natijasida sezgi
obrazlari idrok yuzaga keladi. Shunday qilib, agar idrok obrazlari bo'lmasa, xotira
taassuroti mavjud bo'lmaydi (Masalan. Tug'ma karlarda tovush, shovqin,
taqillatish haqida tassavvurlar mavjud bo'lmaydi). Idrok va tasavvur o'xshashligi
ularda predmet va hodisalar xususiyatlari va qirralari namoyon bo'lishi bilan
belgilanadi.
Tasavvur idrokka nisbatan kambag'alroqdir. Unda predmetlarni faqat ma'lum
tomonlari namoyon bo'ladi, lekin ba'zi tomonlari tushib qoladi. Idrokdan farqli
53
ular qa'tiy va turg'undir. Xotira tasavvuri vaqt bilan qanday o'lchanadi? Bu savolga
javob berish uchun quyidagi maxsus tadqiqotni ko'rib chiqamiz.
Uchinchi va to'rtinchi sinf kar va ommaviy maktab o'quvchilarga tanish
bo'lgan predmet (uy, botinka, koptok) rasmlarini ko'rib eslab qolish topshirig'i
berilgan rasmlar sodda va bo’g'inlash uchun yengil edi. Tadqiqot quyidagicha
amalga oshadi: tekshiriluvchi stol oldiga o'tirgach, unga quyidagicha topshiriq
beriladi - “Hozir senga rasm ko'rsataman. Uni diqqat bilan tomosha qil va eslab
qol”. Rasmni stoldan olgach, uni xuddi tasvirlangan qanday chizasan.
Diqqat. Ko'r va eslab qol. Tasvirlar stol ustiga qo’yib tekshiriluvchi uni 1
sekund davomida tomosha qilib, so'ng rasm stol ustidan olib qo'yilgan va bola uni
rasmini chizishga o'tgan. U birinchi rasmni chizib bo'lgach, ungi ikkinchi rasm
berilgan. Har bir tekshiriluvchiga uchta rasm berilgan. O'quvchilar idrok etilgan
obyektlarni 6 kun, so'ng 1 oydan keyin chizganlar, o'quvchilarning bir guruhi 4
oydan so'ng chizganlar. Predmet va obyektlarni grafik ifodalash bolalarda texnik
qiyinchiliklarni yuzaga keltirilgan. Chizilgan rasmlar original rasmlardan
quyidagilar bilan farqlangan:
ko'rsatilgan rasmdan farqli ularda qo'shilgan detallar mavjud;
ba'zi chizilgan rasmlarda predmetning ba'zi qismlari tushib
qolgan;
obyekt originaldan o'zgacha tasvirlangan (fazoviy aralashtirish);
Obyektlar orginalda farqli o'zgacha razmerda tasvirlangan. Qanday farqlar
eshituvchi va kar bolalarda kuzatiladi. Lekin kar bolalar rasmlarida bu farqlar
intivsiv ravishda namoyon bo'ladi. Asosan orginal hajmini, obyektlarni fazoda
joylashuvini tasvirlashda bu farqlar aniq ifodalangan. Kar bolalarda obyektni idrok
etilgani tasavvurda ba'zan saqlanib qolishi, ayrim hollarda yo'qolib ketishi
kuzatiladi. So'ng bog'liqligini aniqlash uchun quyidagicha tajriba o'tkazilgan, III -
IV sinfdagi kar va sog'lom o'quvchilarga uchta rasm berilgan (uy, o'rmon, gul)
tasvirlangan obyektlarga mos kelmaydigan holat berilgan. Uyning tomi
derazagacha tushgan, botinka pastki qismi notabiiy holda tepaga ko'tarilgan,
gulning barglari yo'q. O'quvchilarga ushbu rasmlarni yaxshilab tomosha qilish, uni
54
eslab qolish va xuddi shunday qilib chizish topshirig'i berilgan. Tasvirlash eslab
qolishdan so'ng darrov amalga oshirilgan. Natijada kar va sog'lom o'quvchilar
chizgan rasmlarida obyektlarni xotirada qay darajada saqlanib qolgani namoyon
bo'lgan. Bu quyidagi jadvalda o'z ifodasini topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |