1-rasm
2-rasm
Tekshiruvchilar
X
ot
ir
ada
ras
m
d
ag
i
ob
y
ekt
n
i
xar
akt
erl
i
q
ir
ral
a
ri
s
aql
angan
X
ot
ir
ada
ras
m
d
ag
i
ob
y
ekt
n
i
xar
akt
erl
i
q
ir
ras
i
q
is
m
an
saql
angan
X
ot
ir
ada
ras
m
d
ag
i
ob
y
ekt
n
i
xar
akt
erl
i
q
ir
ral
a
ri
s
aql
an
m
agan
Kar o’quvchilar
24,7
42,0
33,3
Sog’lom bolalar
41,9
49,1
9,0
Ko'rinib turibdiki, 2-rasmni tasvirlashda sog'lom bolalar xotirada rasmdagi
obyektni xarakterli qirralari tasvirlash oshib borgan. Oldin idrok etgan botinka, uy
rasmlari o'zini notabiiyligini yo'qotib, tabiiy holatga qaytgan holda tasvirlangan.
Bu haqda tasavvurni almashtirish bilan asoslanadi. Tasavvurning almashtirilishi
Tekshiruvchilar
X
ot
ir
ada
ras
m
d
ag
i
ob
y
ekt
n
i
xar
akt
erl
i
q
ir
ral
a
ri
saql
angan
X
ot
ir
ada
ras
m
d
ag
i
ob
y
ekt
n
i
xa
rakt
erl
i
q
ir
ras
i
q
is
m
an
saql
angan
X
ot
ir
ada
ras
m
d
ag
i
ob
y
ekt
n
i
xar
akt
erl
i
Kar o’quvchilar
24,9
58,5
16,6
Sog’lom bolalar
76,2
28,8
-
55
ma'lum vaqt davomida predmet haqidagi tasavvur individual xususiyatlarni
yo'qotib, obyektni topish.
Tasavvur - yuqori ongli jarayon bo'lib, taassurotni yangilanishi va mavjud
obrazlar asosida yangilarini yaratishni ko'zda tutadi. Tasavvur shaxs ehtiyojlari
asosida motivlanadi. Inson o'z tasavvurida yorqin obrazlar yordamida o'z
ehtiyojini qondiradi. Bu holatlarda tasavvur haqiqat aksini tezlashgan holda
namoyon qiladi. Faoliyat so'ngida bu jarayon natijalarini tugallangan holda fikriy
tasavvur qilishimiz mumkin. Tasavvur yordamida yaqin, uzoq kelajak hodisalarni
oldindan tahlil qilish imkoni tug'iladi.
Predmet, hodisa, shaxslarni idrok etish jarayonida insonda ayni shu paytda
analizatorlarga ta'sir etuvchi obrazlar, dunyosi yuzaga keladi. Bu obrazlarni idrok
obrazlari deb nomlanadi. Idrok obrazlari izsiz yo'qolmaydi, insonlar uni
jonlantirish, faollashtirish xususiyatiga egadir. Idrok etish natijasida yuzaga kelgan
obrazlar xotirada saqlanib qolishi tasavvur yoki xotira obrazlari deb nomlanadi.
Tasavvur obrazlari murakkab tuzilishiga ega bo'ladi. Biz odamlar faoliyatini
tavsiflash, yozuvchi rassom, konstruktor, kompozitorlarning ijodiy namunalarini
tahlil qilish natijasi bo'lishi mumkin. Tasavvur va tafakkurning o'xshash va farqli
jihatlari mavjud. Tafakkur ham tasavvur ham murakkab bilish faoliyati bo'lib,
inson uning yordamida haqiqatni anglash va kelajakdagi faoliyatini oldindan
tavsiflash imkoniga ega bo'ladi. Ular o'rtasidagi farq, tasavvurida hayot
haqiqatining anglashni tezlashgan holda idrok etish obrazlar yordamida amalga
oshadi. Tafakkurda bu jarayon tushunchalar yordamida amalga oshadi.
Agar inson murakkab masalani hal etmoqchi bo'lsa, mavjud ma'lumotlar
noaniq bo'lsa, masala yechish jarayoni tafakkurining masala ma'lumotlari to'liqsiz
berilsa, bu sharoitdan chiqish uchun inson tasavvur obrazlariga suyanadi. Nutqning
rivojlanish darajasiga ko'ra, tushunchali tafakkur va tasavvur ma'lum o'zgarishga
uchraydi. Ular nutq sari konkret obrazli komponentlardan ozod bo'lib, mavhum
tafakkur elementlariga ega bo'ladi. Tasavvurni tafakkur bilan yaqinlashuvi
birinchisini ikkinchisi tomonidan to'liq jamlanib olinishi yuzaga keladi. Tasavvur
uchun yorqin konkret obrazlarning mavjudligi xarakterlidir. Tasavvurda
56
tushunchalar mavjudligi shaxsni konkret sharoitlar tor, noqulayligidan ozod qiladi,
haqiqatdan chetga chiqish mavjud tasavvur va tassurotlarni ijodiy yangilanishi,
yangi obraz, obyektlarni yaratish imkonini beradi. Psixologik tadqiqotlar
tushunchali tafakkur eshitishni rivojlanish darajasiga bog'liqligini tadqiq etishga
qaratilgan.
ENB bolalar tasavvurining o'ziga xosligi so'zlashuv eshitishning kech
shakllanishi va mavhum tafakkurning o'ziga xosligi bilan asoslanadi. Kar
o'quvchilarning ko'ruv obrazlari yorqinligi, jonliligi bilan xarakterlanadi, lekin
tafakkurning kech shakllanishi so'zning harfiy ma'nosini tushunishda murakkablik
tug'diradi. Shu o'rinda V - VIII sinflarda o'quvchilar maqol va tez aytishlarni
tushunish darajasini o'rganishga qaratilgan tadqiqot natijalarini ko'rib chiqamiz.
Tadqiqotda faqat V-sinf o'quvchilari emas, balki VII va VIII sinf o'quvchilari
qatnashadilar. “Quduqqa tuflama, uni ichish o'rni kelar” maqolini tushunmaganlar.
Ular bu maqol ma'nosini bu yaxshi emas, quduqqa tuflash mumkin emas,
mikroblar bo'ladi deb tushunganlarini aytadilar.
Kar bolalarni so'zlarni ko'chma ma'nosini tushunishdagi qiyinchiliklar
tasavvurning yetarli darajada emasligi bilan xarakterlanadi. Tasavvurni quyidagi
turlarga tasvirlash lozim:
1. Passiv tasavvur;
2. Faol tassavur. U ijodiy va yaratuvchanlik xarakteriga ega bo'ladi.
Passiv tasavvur oldindan o'ylangan va oldindan o'ylanmagan bo'lishi mumkin.
Yaratuvchan tasavvur haqida predmet, hodisa, voqeaning so'z orqali
tavsiflash asosida uning ko'rgazmali obrazi, tassuroti yuzaga keladi. Kar bolalar
ruhiy faoliyatining bu turi o'ziga xos bo'ladi. Yaratuvchan tasavvurga ko'ra bola
ongida atrof olam keng, ko'p qirrali bo'lib namoyon bo'ladi. Kar bolalar aqliy
dunyo qarashi shaxsiy tajriba doirasidan tashqarisiga chiqadi. Lekin so'zlashuv
eshitish va mavhum tafakkurining rivojlanishdan orqada qolishi kar bolani
insonlarning ijtimoiy tajribasini to'liq egallashiga to'sqinlik qiladi. Kar bolalar
bilish faoliyatida yaratuvchan tasavvur muhim o'ringa ega, u turli turdosh mehnat
faoliyatining zarur komponenti sanaladi. Tarix, geografiya, fizika, adabiyot
57
bo'yicha bilimlarni egallashda oldin idrok etilmagan obrazlar, taassurotlardan
foydalanadilar. Yaratuvchi tasavvur o'quvchilarni badiiy asarlarni mustaqil
o'qishda katta o'ringa egadir. Bola ongida asar muallifi tomonidan yaratilgan
obrazlar, hodisalar yuzaga keladi. Bu o'quvchini turli davrlardagi hodisalar va
inson his-tuyg'ularini tushunish imkonini beradi. O'qituvchilar kuzatishicha, kar
bolalarda o'qish jarayonida shakllanuvchi obrazlar har doim ham to'g'ri
tavsiflanmaydi. Ko'pincha bu o'qilgan asar mazmunini tushunmaslikka olib keladi.
IV va VIII sinf kar o'quvchilar va IV sinf ommaviy maktab o'quvchilarining
“do'stlar” hikoyasi o'qib berishgan. Hikoya matni o'qilgach har bir o'quvchi bilan
alohida ishlanib, qaysi bo'lganligi aniqlangan. Bu so'zlar tushuntirib berilgan.
So'ng o'quvchi hikoyani 2 marta so'z tushunarsiz o'qib, hikoya bo'yicha rasm
chizgan. Tajribada 48 kar va 36 sog'lom o'quvchi qatnashgan. Barcha bolalar
hikoya bo'yicha rasmni qiziqib chizganlar.
Tadqiqot materialida quyidagilar aniqlanishi lozim edi:
1. Hikoyada tasvirlangan hodisaning qaysi momenti rasmda tasvirlangan;
2. Tasvirdagi ayrim obyektlar hikoyada tasvirlangan obyektlar bilan
o’xshashligi darajasi (miqdori, shakl, razmer, bo’yoq rangi).
“Do'stlar” hikoyasi syujeti 3 qismga ega bo'ladi:
Ota-onalar ketishi;
Sel, daryo toshqini;
O’zaro yordam.
Do'stlaringiz bilan baham: |