Buxoro davlat universiteti ijtimoiy- iqtisodiy fakulteti psixologiya ta


Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/73
Sana01.01.2022
Hajmi1,46 Mb.
#301626
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   73
Bog'liq
eshitishda nuqsoni bor bolalarni psixologiyada organilishi

Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi: 
Bitiruv malakaviy ishimiz 2 
bob,  5  paragraf,    xulosa  va  foydalanilgan  adabiyotlar  ro’yxatidan  iborat.  Ishning 
umumiy hajmi ___ betdan iborat. 
 


10
 
 
I  BOB.  ESHITISHDA  NUQSONI  BO‘LGAN  BOLALARNING 
PSIXOLOGIYADA O’RGANILGANLIK DARAJASI  
1.1.
 
Bolalarda eshitishning roli va uning buzilishi oqibatida kelib 
chiqadigan psixik holatlar 
Maktab  davrida  ovoz  taassurotlarining  yuqori  chastotasi  ham  eshitishning 
yuqori  chastotasi  ham  eshitish  qobiliyatini  pasayishiga  olib  kelishi  mumkin. 
Bolada  eshitish  nuqsoni  yuzaga  kelishga  homiladorlikni  noqulay  davom  etishi, 
onaning  virusli  kasalliklari  ham  muhim  rol  o'ynaydi.  Eshitish  buzilishi  sabablari 
eshitish  sezgilarini  tug'ma  deformatsiyasi,  eshitish  nervining  atrofini,  ximik 
zaharlanish,  tug'ish  davridagi  travmalar,  mexanik  travmalar,  kuchli  ovoz 
ta'sirotlarining  akustik  ta'siroti  bo'lishi  mumkin.  Eshitish  buzilish  o'rat  quloqni 
o'tkir shamollashi oqibatida yuzaga kelishi mumkin.  
Eshitishning qat'iy buzilishi burun va halqum (adenoid, xronik shamollashish) 
kasalliklari  natijasida  ham  kuzatiladi.  Bu  kasallliklar  chaqaloqlik  chog'ida  jiddiy 
xavf  soladi.  Eshitish  pasayishiga  ta'sir  qiluvchi  omillar  orasida  ototopsik 
preporatiplar  asosan  antibiologiklar  muhim  o'ringa  egadir.  Eshituv  funksiyasi 
buzilishi asosan chaqaloqlik davrida ko'p uchraydi.  
L.V.Neylan  (1959)  eshitish  buzilishlari  70  %i  2-3  yoshlarda  kuzatilishini 
e'tirof  etib  o'tadi.  Bola  hayotining  keyingi  yillarida  eshitishni  pasayishi  kam 
kuzatiladi. 
Eshitishni  buzilishlari  yuzaga  kelishda  kasbiy  omillar  ham  katta  ahamiyatga 
ega.  Karlar  oilasida  eshituvchilar  oilasiga  qaraganda  ko'p  miqdorda  kar  bola 
tug'iladi. Shuningdek  yaqin qarindoshlar nikohida  va er-xotin  yoshi  o'rtasida katta 
farq ham eshitish buzilishlariga sabab bo'lishi mumkin.  
Aroqxo'r  ota-onalar,  kensok  kasalligi  turli  xromasomali  kasalligi  mavjud 
oilalar  (uchuvchi  va  suvga  sho’ng'uvchilar)da  ham  eshitishda  nuqsoni  mavjud 
bolalar tug'ilishi kuzatiladi. 
Chet  el  va  rus  statistikasi  ko'rsatishicha,  eshitishda  nuqsoni  mavjud  bolalar 
soni  oshmoqda.  Turli  mamlakatlarda  o'tkazilayotgan  tadqiqotlarga  ko'ra,  yer  yuzi 
aholisini 4-6 %i eshitishda nuqsonga ega bo'lib, jismoniy muloqotga ehtiyoj sezadi. 


11
 
 
Bularda  ikki  tomonlama  eshitish  pasayiga  ega  bo'lib,  so'zlashuv  eshitishni  3 
metrdan so'zlashuv eshitishni idrok etadi, 4 % esa bir tomonlama karlikka egadir. 
Eshitishda  nuqsoni  mavjud  bolalar  ruhiy  rivojlanish  xususiyatlarini  to'g'ri 
tushunish  uchun  ularga  o'z  vaqtida  tashxis  qo'yish,  ta'lim-tarbiyani  muassasasini 
tanlash, bu jarayonni tashkil etishda bu bolalarning tasnifi muhim o'rin tutadi. ENB 
shaxslarning  tasnif  surdopedagog  va  doktorlarni  doimo  qiziqtirib  kelgan.  Bizning 
mamlakatimizda L.V.Neylan (1961) tomonidan taklif etilgan tasnif keng tarqalgan. 
Agar eshitish buzilishi so'zlashuv eshitishga taaluqli chastotalar diopozomida 
(500 dan 1500 Gs) tarqalsa, uni idrok etishi amalga oshmaydi.  
Agar eshitish buzilishi 100 dB dan ortsa, karlik yuzaga keladi, qisman eshitish 
buzilsa nuqson 15 dB dan 80 dB gacha darajada namoyon bo'ladi. Ushbu taklifga 
ko'ra  zaif  eshituvchilarning  3  guruhi  tavsiflanadi.  Eshitish  qoldig'i  saqlanganligi 
darajasiga ko'ra 4 guruhga tasniflanadi: (125 dan 2000 Gs, 125 dan 1000 Gs gacha, 
125 dan 500 Gs gacha, 125 dan 250 Gs gacha). 
Pedagogik  tasnif  ENB  bolalar  ta'limiga  turli  yondashuvlarni  asoslashga 
ko'niktirilgan.  Bizning  mamlakatimiz  R.M.Boskisning  psixo-pedagogik  tasnifi 
muhim  o'ringa  ega.  Uning  asosida  L.S.Vigotskiyning  ruhiy  funksiyalar 
konpeksotsiyasi  ta'limoti  yotadi.  ENB  bolalar  rivojlanishning  o'ziga  xosligi  o'zida 
namoyon etuvchi yangi ko'rsatkichlarni ko'rsatdi.  
Eshitishni  yo'qotish  darajasi  eshitish  buzilishini  yuzaga  kelish  vaqti  nutqni 
rivojlanish  darajasi  ko'rsatilgan  ko'rsatkichlarga  bog'liq  holda  quyidagi  guruhlarni 
tasniflaydi: 
   I-kar  bolalar.  Bu  guruhga  kiruvchi  bolalar  eshitishni  tabiiy  idrok 
etolmaydilar  uni  mustaqil  egallay  olmaydi.  Ular  ko'ruv  (labdan  o'qish)  va  eshituv 
ko'ruv  (Tovush  kuchaytirish  apparati  yordamida)  orqali  maxsus  ta'lim  jarayonida 
so'zlashuv eshitishni idrok etadi. 
    II-kech  kar  bo'lgan  bolalar  (eshitish  mavjud  bolalar)  -  ularda  eshitish 
buzilishi  turli  darajada  tuzilgan,  eshitish  turli  darajada  saqlanganligi  kuzatiladi. 
Lekin  maxsus  tashkil  etilgan  ta'limsiz  mavjud  nutq  yo'qolib  ketishi  mumkin.  Bu 
bolalar  so'zlashuv,  muloqot  malakasiga  ega  bo'ladilar.  Ular  uchun  so'zlashuv 


12
 
 
eshitishni  ko'ruv  va  eshituv  idrokining  malakalari  shakllantirish  muhimdir. 
Tafakkurni  rivojlantirish  ma'lum  darajada  eshituvchi  bolalar  tafakkurini 
rivojlanishi  bilan  o'xshashdir.  Bu  o'xshashlik  eshitish  lug'at  hamda  atrof  muhit, 
voqea-hodisalarini so'zda ifodalash darajasiga ko'ra bo'ladi. 
III-zaif  eshituvchi  bolalar.  Eshitish  darajasiga  ko'ra  bu  bolalar  ma'lum 
darajada  nutqni  mustaqil  egallashlari  mumkin,  lekin  ularda  talaffuz  nuqsonlari 
uchraydi. Nutqni ko'ruv orqali idrok etish eshitish buzilish darajasiga ko'ra bo'ladi.  
   Psixo-pedagogik  tasnif  asosida  ENB  bolalarni  tabaqali  maxsus  ta'limi 
amalga oshadi. Bolani u yoki bu o'quv muassasasiga  yo'naltirishda bolani eshitish 
rivojlanishi va eshitish buzilishi darajasi hisobga olinishi lozim.  
Chunonchi  zaif  eshituvchi  bolalar,  kech  kar  bo'lgan  bolalar,  eshitish 
rivojlanish  mavjud  kar  bolalar  zaif  eshituvchi  bolalar  maxsus  maktabida  ta'lim 
oladilar. 
ENB  shaxslar  ruhiy  xususiyatlar  XIX  asr  o'rtalaridanoq  pedagog  va  shifokor 
psixologlar  e'tiborini  o'ziga  jalb  etib  kelgan.  V.I.Fleri,  F.A.Ostrogradskiy, 
I.M.Logovskiy,  F.A.Rau  kabi  olimlarning  pedagogik  faoliyati  va  tadqiqotlari 
surdopsixologiyaning rivojiga katta hissa qo'shgan.  Ularning ilmiy ishlarida ENB 
bolalarning  ruhiy  xususiyatlarini  kuzatish  va  aniqlashga  doir  fikrlar  beriladi. 
Xususan,  V.I.  Fleri  kar  bolalar  harakat  ko'nikmalar  xususiyatlarini  ta'riflab, 
noto'g'ri koordinatsiya, harakatlarning ishonchsizligi kuzatilishini ta'kidlaydi. 
N.M.  Logovskiy,  kar  bolalar  eshitish  idrokini  faollashtirish  va  rivojlantirish 
mumkinligini  e'tirof  etadi.  Ushbu  olim  karlikda  ruhiy  rivojlanish  buzilishini 
kompensatsiyasida ko'ruv idrokining ahamiyatini alohida ta'kidlaydi. 
XX  asrning  20-yillariga  kelib  L.S.Vigotskiy  boshchiligida  maxsus 
psixologiyaning  dolzarb  muammolarini  tizimli  tadqiq  etish  jarayoni  amalga 
oshirildi.  Olim  o'z  ilmiy  faoliyatida  turli  nuqsonlari  mavjud  kar,  ko'r,  aqli  zaif 
bolalar  hamda  ularning  ta'limi  muammolarini  o'rganadi.  1924-1926  yillarda  bu 
muammoga bag'ishlangan dastlabki ilmiy ishlar chop etiladi. 
L.S.Vigotskiy  genetik  tamoyillar  tahlili  asosida  ENB  bolalar  ruhiyatining 
xususiyatlarini yoritib beradi. Kar bolaning rivojlanishi ijtimoiy sharoiti psixologik 


13
 
 
yangi  holatlar  kuzatilishini  asoslashini  e'tirof  etadi.  L.Vigotskiyning  fikr-
mulohazalari  maxsus  pedagogikaning  rivojiga  katta  hissa  qo'shdi,  rivojlanishida 
nuqsoni  mavjud  bolalarni  tabaqalab  o'qitish  muammolariga  o'zgacha  qarash 
imkonini beradi. Uning nazariy ta'limoti kar bolalarni kompensator imkoniyatlarini 
tadqiq  etuvchi  eksperimental  psixologik  tadqiqotlarga  stimus  sharoitida  ta'sir 
etgan. 
L.S.Vigotskiy  safdoshlari  L.K.  Zanpov  va  Sh.M.Solovev  rivojlanishida 
nuqsoni mavjud xususan eshitishda nuqson bor bolalar idrokini xotirasi va eshitish 
rivojlanish xususiyatlarini o'rganuvchi psixologik tadqiqotlar o'tkazdilar, natijalarni 
1940  yilda  nashr  etilgan.  “Kar  bola  psixologiyasi  bo'yicha  ”  monografiyasida 
jamlangan 1930-40 yilda kar bolalar bilish faoliyatini o'rganuvchi qator tadqiqotlar 
o'tkazildi,  xususan  K.I.Veresotskal  kar  bolalarni  predmetlarni  idrok  etish, 
L.V.Zonkov  va  D.R.Mayns  ko'rgazmali  materialni  eslab  qolish  malakasini, 
M.M.Pudelman  kar  o'quvchilar  tassavvurlarini,  Z.S.Beyn  ko'ruv  idrokini 
konstantligini,  N.I.Shir  kar  bolalarni  ranglarni  idrok  etish  xususiyatlari, 
M.E.Votsev  kar  o'quvchilarni  yozma  eshitish  va  o'qish  malakalarini  tadqiq 
etganlar. Bu yillarda olib borilgan tadqiqotlar qilish xarakterga ega edi, kar bolalar 
eshituvchi  yoki  aqli  zaif  bolalar  bilan  o'zaro  qiyoslashib  tekshirilar  edi.  Bunday 
yondashuv barcha kategoriyadagi bolalar bilan samarali ishlash imkonini beruvchi 
tavsiyalar ishlab chiqish imkonini berar edi. 
Eshitishda  nuqsoni  mavjud  bolalar  ruhiyatini  o'rganishda  psixologiyaning 
asosiy  va  yordamchi  metodlari  qo'llaniladi.  Asosiy  metodlari  turkumi  kuzatish  va 
psixologik eksperiment metodlarini qamrab oladi.  
Yordamchi  metodlar  faoliyat  natijalarini  tahlil  qilish,  test  metodi,  anketa 
metodlarini  o'zida  namoyon  qiladi.  Psixologiyada  kuzatish  metodi  hodisalarning 
keng doirasi munosabatiga ko'ra qo'llaniladi. ENB bolalar maxsus psixologiyasida 
bu  metod  katta  ahamiyatga  egallashini  ta'kidlash  joizdir.  Kuzatish  predmeti 
faoliyatning  tashqi  komponentlari  -  harakat,  eshitish  akt,  pantomima  va 
mimikaning o'ziga xosligi, vegetativ reaksiyalarni yuzaga kelishi bo'lishi mumkin. 
Bunda  bolalar  xulqiga  kuzatuvchi  mavjudligi  salbiy  ta'sir  ko'rsatish,  uni  tabiiyligi 


14
 
 
buzilishi  mumkin.  Yuqorida  ta'kidlangan  holatni  amalga  oshmasligi  uchun  (kino, 
video  syomka)  registrasiyalovchi  qayd  etuvchi  apparatni  qo'llash  yaxshi  natija 
beradi. 
Xulosa  va  umumlashmalar  uchun  zaruriy  material  olish  uchun  bolalarning 
turli  faoliyatda  o'yin,  o'qish,  uy  vazifalarini  bajarish,  takrorlanuvchi,  o'zgaruvchi 
sharoitlarda kuzatish maqsadga muvofiqdir. Bola eshitish rivojlanishining umumiy 
sharoitida  kuzatilayotgan  hodisalarning  xususiy  tomonlarini  aniqlash  imkoni 
yuzaga keladi. 
Eshituvchi  ona  va  kar  bola  muloqotini  o'rganishda  kuzatish  metodini 
qo'llashga  doir  D  planining  yer  va  R  kretchi  yer  kabi  Amerika  psixologlarining 
tadqiqotini  keltirish  mumkin.  Ular  13  oy  mobaynida  turli  sharoitda  ona  va  bola 
o'zaro  munosabatini  video  registratsiya  yordamida  kuzatganlar.  Registratsiya  turli 
holatlarda va kunlarda olib borilgan.  
Olimlarni  quyidagi  ko'rsatkichlar  bilan  qiziqqanlar:  kimning  inisiativisi 
bo'yicha  muloqotga  kirishildi,  eshitish  muloqot  doirasi  va  xususiyatlari,  gap  turi 
(so'rov,  undov,  buyruq,  his-hayajon).  Olimlar  ba'zi  sharoitlardagi  muloqotda  ona 
tashabbuskor  bo'lgan  (kitob  o'qish,  kesma  alifbo  bilan  ishlash)  holda  amalga 
oshgan.  Bola  tashabbuskor  bo'lgan  holatlar  ham  (o'yinchoq  o'ynash)  kuzatilgan. 
Turli  sharoitlarda  muloqot  miqdor  va  sifat  jihatdan  farqlangan  holatlari  namoyon 
bo'ldi. 
Psixologik ekspert ham psixologiyada ahamiyatga moliklaridan biri sanaladi. 
Surdopsixologiyada  psixologik  eksprement  metodi  muhim  o'rin  tutadi.  Bu  metod 
tekshiruvchining ko'zda tutadi va inson xulqidagi o'zgarishlarni qayd etadi.  
Bu  jarayonni  yengillashtirish  uchun  imo-ishora  eshitishdan  foydalanish 
yaxshi  samara  beradi.  Shuningdek  surdopsixologiyaning  bu  metodini  qo'llashda 
ko'rgazmali  namoyish  etish,  so'zlashuv  metodlaridan  birgalikda  foydalanish  kar 
bolani  unga  berilgan  topshiriqni  to'liq  tushunishga  sabab  bo'ladi  kar  bola  birinchi 
topshiriqni  tushunib  bajargach,  ikkinchi  topshiriqqa  o'tish  mumkin.  Tadqiqotchi 
tadqiqotni  o'tkazish  jarayonida  kar  bolani  xulqiga  ta'sir  o'tkaziladi.  Kar  bolalar 


15
 
 
bilan  ishlashda  bu  imkoniyatni  hisobga  olish  darkor  tekshiriluvchilar  guruhini 
tanlashga ham katta e'tibor berish darkor.  
Bolaning ta'lim-tarbiya sharoiti, eshitishni buzilish vaqti va darajasi eshitishni 
buzilish  sababi  unda  mavjud  nutq  shakllari  (og'zaki,  yozma,  daktil,  imo-ishora) 
o'zlashtirish  darajasi,  oila  tipi  hisobga  olinadi.  Sog'lom  va  kar  bolalarni  qiyosiy 
o'rganish  uchun  yosh  tamoyili  ko'ra  olinadi,  tekshiriluvchilar  bir  yoshda  to'lish 
kerak.  Bu  ularni  ruhiy  rivojlanishini  qiyosiy  o'rganishga  yordam  beradi.  Kar 
o'quvchilar psixologik xususiyatlari o'rgatishda psixologik eksperementning barcha 
turlaridan  foydalaniladi.  Bu  laborator  eksperement  va  tabiiy  eksperement  turlarini 
o'ziga  jamlaydi.  Laborator  eksperementda  o'rganilayotgan  hodisa  qat'iy  nazorat 
qilinadi.  Tabbiy  ekspremental  kuzatishining  ijobiy  qirralari  va  eksperement 
qirralari jipslashadi va namoyon bo'ladi.  
Oxirgi  davrlarda  surdopsixologiya  ta'limiy  eksperement  ham  ENB  bolalarni 
o'rganishda  ijobiy  samara  bermoqda.  Bu  metod  yordamida  tekshiriluvchining 
nafaqat bilimi, malakasi balki uni shakllanish holati ham o’rganiladi. Shuningdek, 
kombinatsiyalangan  nuqsonlar  (eshitish  buzilishi,  ruhiy  rivojlanish  orqada  qolgan 
va  aqli  zaiflik)  o'rganish  va  aniqlashda  ham  muhim  samara  beradi.  Ta'limiy 
eksperiment  maxsus  psixologiyada  keng  o'rinda  qo'llaniladi.  T.V.Rozonova  va 
L.I.Tigronova shu metodni qo'llagan holda ENB bolalar bilan sog'lom bolalarning 
ruhiy  xususiyatlarini  tekshirganlar.  Yordamchi  topshiriqlar  vositasida  faoliyat 
natijalari  tahlili  muhim  o'rin  tutadi.  Ruhiy  rivojlanish  bosqichida  bolalar  faoliyati 
natijalari tahlili muhim o'rin tutadi.  
Eshitish  buzilishlari  bolalarda  turli  infeksion  kasalliklar  oqibatida  yuzaga 
keladi.  Meningit,  skormotika,  otit,  gripp  kasalliklarini  infeksion-yuqumli 
kasalliklar  qatoriga  kiritish  mumkin.  Eshitish  buzilishlari  ichki,  o'rta,  tashqi 
quloqlarni  shikastlanishi  natijasida  yuzaga  keladi.  Ichki  quloq  va  quloq  nervi 
shkastlangan  bo'lsa,  ko'p  holatlarda  karlik,  agar  o'rta  quloq  shikastlangan  bo'lsa 
eshitish pasayishi kuzatiladi. 
 
      


16
 
 

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish