Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi:
Bitiruv malakaviy ishimiz 2
bob, 5 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ishning
umumiy hajmi ___ betdan iborat.
10
I BOB. ESHITISHDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNING
PSIXOLOGIYADA O’RGANILGANLIK DARAJASI
1.1.
Bolalarda eshitishning roli va uning buzilishi oqibatida kelib
chiqadigan psixik holatlar
Maktab davrida ovoz taassurotlarining yuqori chastotasi ham eshitishning
yuqori chastotasi ham eshitish qobiliyatini pasayishiga olib kelishi mumkin.
Bolada eshitish nuqsoni yuzaga kelishga homiladorlikni noqulay davom etishi,
onaning virusli kasalliklari ham muhim rol o'ynaydi. Eshitish buzilishi sabablari
eshitish sezgilarini tug'ma deformatsiyasi, eshitish nervining atrofini, ximik
zaharlanish, tug'ish davridagi travmalar, mexanik travmalar, kuchli ovoz
ta'sirotlarining akustik ta'siroti bo'lishi mumkin. Eshitish buzilish o'rat quloqni
o'tkir shamollashi oqibatida yuzaga kelishi mumkin.
Eshitishning qat'iy buzilishi burun va halqum (adenoid, xronik shamollashish)
kasalliklari natijasida ham kuzatiladi. Bu kasallliklar chaqaloqlik chog'ida jiddiy
xavf soladi. Eshitish pasayishiga ta'sir qiluvchi omillar orasida ototopsik
preporatiplar asosan antibiologiklar muhim o'ringa egadir. Eshituv funksiyasi
buzilishi asosan chaqaloqlik davrida ko'p uchraydi.
L.V.Neylan (1959) eshitish buzilishlari 70 %i 2-3 yoshlarda kuzatilishini
e'tirof etib o'tadi. Bola hayotining keyingi yillarida eshitishni pasayishi kam
kuzatiladi.
Eshitishni buzilishlari yuzaga kelishda kasbiy omillar ham katta ahamiyatga
ega. Karlar oilasida eshituvchilar oilasiga qaraganda ko'p miqdorda kar bola
tug'iladi. Shuningdek yaqin qarindoshlar nikohida va er-xotin yoshi o'rtasida katta
farq ham eshitish buzilishlariga sabab bo'lishi mumkin.
Aroqxo'r ota-onalar, kensok kasalligi turli xromasomali kasalligi mavjud
oilalar (uchuvchi va suvga sho’ng'uvchilar)da ham eshitishda nuqsoni mavjud
bolalar tug'ilishi kuzatiladi.
Chet el va rus statistikasi ko'rsatishicha, eshitishda nuqsoni mavjud bolalar
soni oshmoqda. Turli mamlakatlarda o'tkazilayotgan tadqiqotlarga ko'ra, yer yuzi
aholisini 4-6 %i eshitishda nuqsonga ega bo'lib, jismoniy muloqotga ehtiyoj sezadi.
11
Bularda ikki tomonlama eshitish pasayiga ega bo'lib, so'zlashuv eshitishni 3
metrdan so'zlashuv eshitishni idrok etadi, 4 % esa bir tomonlama karlikka egadir.
Eshitishda nuqsoni mavjud bolalar ruhiy rivojlanish xususiyatlarini to'g'ri
tushunish uchun ularga o'z vaqtida tashxis qo'yish, ta'lim-tarbiyani muassasasini
tanlash, bu jarayonni tashkil etishda bu bolalarning tasnifi muhim o'rin tutadi. ENB
shaxslarning tasnif surdopedagog va doktorlarni doimo qiziqtirib kelgan. Bizning
mamlakatimizda L.V.Neylan (1961) tomonidan taklif etilgan tasnif keng tarqalgan.
Agar eshitish buzilishi so'zlashuv eshitishga taaluqli chastotalar diopozomida
(500 dan 1500 Gs) tarqalsa, uni idrok etishi amalga oshmaydi.
Agar eshitish buzilishi 100 dB dan ortsa, karlik yuzaga keladi, qisman eshitish
buzilsa nuqson 15 dB dan 80 dB gacha darajada namoyon bo'ladi. Ushbu taklifga
ko'ra zaif eshituvchilarning 3 guruhi tavsiflanadi. Eshitish qoldig'i saqlanganligi
darajasiga ko'ra 4 guruhga tasniflanadi: (125 dan 2000 Gs, 125 dan 1000 Gs gacha,
125 dan 500 Gs gacha, 125 dan 250 Gs gacha).
Pedagogik tasnif ENB bolalar ta'limiga turli yondashuvlarni asoslashga
ko'niktirilgan. Bizning mamlakatimiz R.M.Boskisning psixo-pedagogik tasnifi
muhim o'ringa ega. Uning asosida L.S.Vigotskiyning ruhiy funksiyalar
konpeksotsiyasi ta'limoti yotadi. ENB bolalar rivojlanishning o'ziga xosligi o'zida
namoyon etuvchi yangi ko'rsatkichlarni ko'rsatdi.
Eshitishni yo'qotish darajasi eshitish buzilishini yuzaga kelish vaqti nutqni
rivojlanish darajasi ko'rsatilgan ko'rsatkichlarga bog'liq holda quyidagi guruhlarni
tasniflaydi:
I-kar bolalar. Bu guruhga kiruvchi bolalar eshitishni tabiiy idrok
etolmaydilar uni mustaqil egallay olmaydi. Ular ko'ruv (labdan o'qish) va eshituv
ko'ruv (Tovush kuchaytirish apparati yordamida) orqali maxsus ta'lim jarayonida
so'zlashuv eshitishni idrok etadi.
II-kech kar bo'lgan bolalar (eshitish mavjud bolalar) - ularda eshitish
buzilishi turli darajada tuzilgan, eshitish turli darajada saqlanganligi kuzatiladi.
Lekin maxsus tashkil etilgan ta'limsiz mavjud nutq yo'qolib ketishi mumkin. Bu
bolalar so'zlashuv, muloqot malakasiga ega bo'ladilar. Ular uchun so'zlashuv
12
eshitishni ko'ruv va eshituv idrokining malakalari shakllantirish muhimdir.
Tafakkurni rivojlantirish ma'lum darajada eshituvchi bolalar tafakkurini
rivojlanishi bilan o'xshashdir. Bu o'xshashlik eshitish lug'at hamda atrof muhit,
voqea-hodisalarini so'zda ifodalash darajasiga ko'ra bo'ladi.
III-zaif eshituvchi bolalar. Eshitish darajasiga ko'ra bu bolalar ma'lum
darajada nutqni mustaqil egallashlari mumkin, lekin ularda talaffuz nuqsonlari
uchraydi. Nutqni ko'ruv orqali idrok etish eshitish buzilish darajasiga ko'ra bo'ladi.
Psixo-pedagogik tasnif asosida ENB bolalarni tabaqali maxsus ta'limi
amalga oshadi. Bolani u yoki bu o'quv muassasasiga yo'naltirishda bolani eshitish
rivojlanishi va eshitish buzilishi darajasi hisobga olinishi lozim.
Chunonchi zaif eshituvchi bolalar, kech kar bo'lgan bolalar, eshitish
rivojlanish mavjud kar bolalar zaif eshituvchi bolalar maxsus maktabida ta'lim
oladilar.
ENB shaxslar ruhiy xususiyatlar XIX asr o'rtalaridanoq pedagog va shifokor
psixologlar e'tiborini o'ziga jalb etib kelgan. V.I.Fleri, F.A.Ostrogradskiy,
I.M.Logovskiy, F.A.Rau kabi olimlarning pedagogik faoliyati va tadqiqotlari
surdopsixologiyaning rivojiga katta hissa qo'shgan. Ularning ilmiy ishlarida ENB
bolalarning ruhiy xususiyatlarini kuzatish va aniqlashga doir fikrlar beriladi.
Xususan, V.I. Fleri kar bolalar harakat ko'nikmalar xususiyatlarini ta'riflab,
noto'g'ri koordinatsiya, harakatlarning ishonchsizligi kuzatilishini ta'kidlaydi.
N.M. Logovskiy, kar bolalar eshitish idrokini faollashtirish va rivojlantirish
mumkinligini e'tirof etadi. Ushbu olim karlikda ruhiy rivojlanish buzilishini
kompensatsiyasida ko'ruv idrokining ahamiyatini alohida ta'kidlaydi.
XX asrning 20-yillariga kelib L.S.Vigotskiy boshchiligida maxsus
psixologiyaning dolzarb muammolarini tizimli tadqiq etish jarayoni amalga
oshirildi. Olim o'z ilmiy faoliyatida turli nuqsonlari mavjud kar, ko'r, aqli zaif
bolalar hamda ularning ta'limi muammolarini o'rganadi. 1924-1926 yillarda bu
muammoga bag'ishlangan dastlabki ilmiy ishlar chop etiladi.
L.S.Vigotskiy genetik tamoyillar tahlili asosida ENB bolalar ruhiyatining
xususiyatlarini yoritib beradi. Kar bolaning rivojlanishi ijtimoiy sharoiti psixologik
13
yangi holatlar kuzatilishini asoslashini e'tirof etadi. L.Vigotskiyning fikr-
mulohazalari maxsus pedagogikaning rivojiga katta hissa qo'shdi, rivojlanishida
nuqsoni mavjud bolalarni tabaqalab o'qitish muammolariga o'zgacha qarash
imkonini beradi. Uning nazariy ta'limoti kar bolalarni kompensator imkoniyatlarini
tadqiq etuvchi eksperimental psixologik tadqiqotlarga stimus sharoitida ta'sir
etgan.
L.S.Vigotskiy safdoshlari L.K. Zanpov va Sh.M.Solovev rivojlanishida
nuqsoni mavjud xususan eshitishda nuqson bor bolalar idrokini xotirasi va eshitish
rivojlanish xususiyatlarini o'rganuvchi psixologik tadqiqotlar o'tkazdilar, natijalarni
1940 yilda nashr etilgan. “Kar bola psixologiyasi bo'yicha ” monografiyasida
jamlangan 1930-40 yilda kar bolalar bilish faoliyatini o'rganuvchi qator tadqiqotlar
o'tkazildi, xususan K.I.Veresotskal kar bolalarni predmetlarni idrok etish,
L.V.Zonkov va D.R.Mayns ko'rgazmali materialni eslab qolish malakasini,
M.M.Pudelman kar o'quvchilar tassavvurlarini, Z.S.Beyn ko'ruv idrokini
konstantligini, N.I.Shir kar bolalarni ranglarni idrok etish xususiyatlari,
M.E.Votsev kar o'quvchilarni yozma eshitish va o'qish malakalarini tadqiq
etganlar. Bu yillarda olib borilgan tadqiqotlar qilish xarakterga ega edi, kar bolalar
eshituvchi yoki aqli zaif bolalar bilan o'zaro qiyoslashib tekshirilar edi. Bunday
yondashuv barcha kategoriyadagi bolalar bilan samarali ishlash imkonini beruvchi
tavsiyalar ishlab chiqish imkonini berar edi.
Eshitishda nuqsoni mavjud bolalar ruhiyatini o'rganishda psixologiyaning
asosiy va yordamchi metodlari qo'llaniladi. Asosiy metodlari turkumi kuzatish va
psixologik eksperiment metodlarini qamrab oladi.
Yordamchi metodlar faoliyat natijalarini tahlil qilish, test metodi, anketa
metodlarini o'zida namoyon qiladi. Psixologiyada kuzatish metodi hodisalarning
keng doirasi munosabatiga ko'ra qo'llaniladi. ENB bolalar maxsus psixologiyasida
bu metod katta ahamiyatga egallashini ta'kidlash joizdir. Kuzatish predmeti
faoliyatning tashqi komponentlari - harakat, eshitish akt, pantomima va
mimikaning o'ziga xosligi, vegetativ reaksiyalarni yuzaga kelishi bo'lishi mumkin.
Bunda bolalar xulqiga kuzatuvchi mavjudligi salbiy ta'sir ko'rsatish, uni tabiiyligi
14
buzilishi mumkin. Yuqorida ta'kidlangan holatni amalga oshmasligi uchun (kino,
video syomka) registrasiyalovchi qayd etuvchi apparatni qo'llash yaxshi natija
beradi.
Xulosa va umumlashmalar uchun zaruriy material olish uchun bolalarning
turli faoliyatda o'yin, o'qish, uy vazifalarini bajarish, takrorlanuvchi, o'zgaruvchi
sharoitlarda kuzatish maqsadga muvofiqdir. Bola eshitish rivojlanishining umumiy
sharoitida kuzatilayotgan hodisalarning xususiy tomonlarini aniqlash imkoni
yuzaga keladi.
Eshituvchi ona va kar bola muloqotini o'rganishda kuzatish metodini
qo'llashga doir D planining yer va R kretchi yer kabi Amerika psixologlarining
tadqiqotini keltirish mumkin. Ular 13 oy mobaynida turli sharoitda ona va bola
o'zaro munosabatini video registratsiya yordamida kuzatganlar. Registratsiya turli
holatlarda va kunlarda olib borilgan.
Olimlarni quyidagi ko'rsatkichlar bilan qiziqqanlar: kimning inisiativisi
bo'yicha muloqotga kirishildi, eshitish muloqot doirasi va xususiyatlari, gap turi
(so'rov, undov, buyruq, his-hayajon). Olimlar ba'zi sharoitlardagi muloqotda ona
tashabbuskor bo'lgan (kitob o'qish, kesma alifbo bilan ishlash) holda amalga
oshgan. Bola tashabbuskor bo'lgan holatlar ham (o'yinchoq o'ynash) kuzatilgan.
Turli sharoitlarda muloqot miqdor va sifat jihatdan farqlangan holatlari namoyon
bo'ldi.
Psixologik ekspert ham psixologiyada ahamiyatga moliklaridan biri sanaladi.
Surdopsixologiyada psixologik eksprement metodi muhim o'rin tutadi. Bu metod
tekshiruvchining ko'zda tutadi va inson xulqidagi o'zgarishlarni qayd etadi.
Bu jarayonni yengillashtirish uchun imo-ishora eshitishdan foydalanish
yaxshi samara beradi. Shuningdek surdopsixologiyaning bu metodini qo'llashda
ko'rgazmali namoyish etish, so'zlashuv metodlaridan birgalikda foydalanish kar
bolani unga berilgan topshiriqni to'liq tushunishga sabab bo'ladi kar bola birinchi
topshiriqni tushunib bajargach, ikkinchi topshiriqqa o'tish mumkin. Tadqiqotchi
tadqiqotni o'tkazish jarayonida kar bolani xulqiga ta'sir o'tkaziladi. Kar bolalar
15
bilan ishlashda bu imkoniyatni hisobga olish darkor tekshiriluvchilar guruhini
tanlashga ham katta e'tibor berish darkor.
Bolaning ta'lim-tarbiya sharoiti, eshitishni buzilish vaqti va darajasi eshitishni
buzilish sababi unda mavjud nutq shakllari (og'zaki, yozma, daktil, imo-ishora)
o'zlashtirish darajasi, oila tipi hisobga olinadi. Sog'lom va kar bolalarni qiyosiy
o'rganish uchun yosh tamoyili ko'ra olinadi, tekshiriluvchilar bir yoshda to'lish
kerak. Bu ularni ruhiy rivojlanishini qiyosiy o'rganishga yordam beradi. Kar
o'quvchilar psixologik xususiyatlari o'rgatishda psixologik eksperementning barcha
turlaridan foydalaniladi. Bu laborator eksperement va tabiiy eksperement turlarini
o'ziga jamlaydi. Laborator eksperementda o'rganilayotgan hodisa qat'iy nazorat
qilinadi. Tabbiy ekspremental kuzatishining ijobiy qirralari va eksperement
qirralari jipslashadi va namoyon bo'ladi.
Oxirgi davrlarda surdopsixologiya ta'limiy eksperement ham ENB bolalarni
o'rganishda ijobiy samara bermoqda. Bu metod yordamida tekshiriluvchining
nafaqat bilimi, malakasi balki uni shakllanish holati ham o’rganiladi. Shuningdek,
kombinatsiyalangan nuqsonlar (eshitish buzilishi, ruhiy rivojlanish orqada qolgan
va aqli zaiflik) o'rganish va aniqlashda ham muhim samara beradi. Ta'limiy
eksperiment maxsus psixologiyada keng o'rinda qo'llaniladi. T.V.Rozonova va
L.I.Tigronova shu metodni qo'llagan holda ENB bolalar bilan sog'lom bolalarning
ruhiy xususiyatlarini tekshirganlar. Yordamchi topshiriqlar vositasida faoliyat
natijalari tahlili muhim o'rin tutadi. Ruhiy rivojlanish bosqichida bolalar faoliyati
natijalari tahlili muhim o'rin tutadi.
Eshitish buzilishlari bolalarda turli infeksion kasalliklar oqibatida yuzaga
keladi. Meningit, skormotika, otit, gripp kasalliklarini infeksion-yuqumli
kasalliklar qatoriga kiritish mumkin. Eshitish buzilishlari ichki, o'rta, tashqi
quloqlarni shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Ichki quloq va quloq nervi
shkastlangan bo'lsa, ko'p holatlarda karlik, agar o'rta quloq shikastlangan bo'lsa
eshitish pasayishi kuzatiladi.
16
Do'stlaringiz bilan baham: |