2.2. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘rganish bo‘yicha olingan
natijalar tahlili
Maxsus maktabda mehnat darslarida bilim, ko‘nikma, malakalarni
shakllantirishning bugungi holatini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotni tashkil etish
o‘quvchilarda mehnat darslarida bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish
borasidagi bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash, maqsadga muvofiq mos
xulosalar chiqarish, zarur tavsiya va takliflar berish imkonini beradi. Pedagogik
amaliyotda muammo holatini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotda mehnat darslarida
bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish holatini eksperimental o‘rganish o‘zida
mujassamlashtirgan tadqiqotni o‘tkazishdan iborat bo‘ldi.
Maxsus maktabda
mehnat darslarida bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirishning bugungi holatini
o‘rganish bo‘yicha tadqiqotni tashkil etish jarayoninida S.I.Fomichev
metodikasidan foydalandik.
4
Qo‘yilgan vazifalarni hal qilishda quyidagi
metodlardan foydalanildi:
- Belgilangan vazifalarga muvofiq ravishda tadqiqot mavzusiga doir ilmiy va
metodik adabiyotlar yuzasidan ma’lumotlarni o‘rganish;
-Maxsus maktabda mehnat darslarida bilim, ko‘nikma, malakalarni
shakllantirish holatini o‘rganish.
Maxsus maktabda mehnat darslarida bilim, ko‘nikma, malakalarni
shakllantirishning bugungi holatini eksperimental yo‘nalishda tadqiq etish
rejalashtirildi. Maxsus maktabda mehnat darslarida bilim, ko‘nikma, malakalarni
shakllantirishning
bugungi
holatini
o‘rganish bo‘yicha tadqiqot 3-sinf
o‘quvchilarining mehnat malakalari va mazkur ish faoliyatlarida muloqotga
kirishish malakasini tekshirdik. Mehnat darslarida mazkur kategoriyadagi bolalarni
bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirishning bugungi holatini o‘rganish
quyidagi vazifalarni hal etishni ko‘zda tutdi:
- Mehnat darslarida mazkur kategoriyadagi bolalarda bilim, ko‘nikma,
malakalarni shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash;
4
Фомичев С.И. Формирование трудовых умений и навыков у школьников с недоразвитием интеллекта на
основе конструктивной деятельности: Пед. фан. номз. … дисс. – Т.: 2003.
63
- Maxsus maktabda mehnat darslarining potensial imkoniyatlarini belgilash;
- Mehnat darslarida mazkur kategoriyadagi bolalarda konstruktorlash
bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini
aniqlash;
- Mehnat darslarida mazkur kategoriyadagi bolalarda bilim, ko‘nikma,
malakalarni shakllantirish jarayonida predmet-amaliy faoliyat xususiyatlarini
aniqlash;
Tatqiqot jarayonida mehnat darslarida mazkur kategoriyadagi bolalarda bilim,
ko‘nikma, malakalarni shakllantirish jarayonini kuzatish, individual-psixologik
pedagogik eksperiment, metodlaridan foydalandik. Ta’kidlovchi eksperiment
sakkizta topshiriq majmuasidan iborat bo‘lib, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda
mehnat darslaridagi faoliyat uchun zaruriy lug‘at boyligini aniqlash, material
namunalarini shakli bo‘yicha farqlash, o‘lchov asboblaridan foydalanish, grafik
namunaga ko‘ra konstruktorlash bilim, ko‘nikma, malakalarni aniqlashga
qaratilgan.
Ta’kidlovchi eksperiment jarayonida o‘quvchilarning mehnat materiallari,
mehnat qurollari, detallar, mehnat faoliyati ketma-ketligi bo‘yicha barcha nutqiy
murojaatlari bayonnomaga qayd qilindi. Topshiriqlar majmuasi xarakteri va
maqsadiga ko‘ra farqlandi:
1-Topshiriq: Mehnat faoliyati predmetlari haqidagi bilimlarni aniqlashga
qaratilgan.
2-Topshiriq: Mehnat faoliyati uchun zaruriy lug‘at boyligining holatini
aniqlashga qaratilgan.
3-Topshiriq: Mehnat quroli haqidagi tasavvurlarni aniqlashga qaratilgan.
4-Topshiriq: Shakl va hajmni idrok etish va nomlash xususiyatlarini
aniqlashga qaratilgan.
5-Topshiriq: Nutqiy ko‘rsatma bo‘yicha topshiriqni bajarish malakasini
aniqlashga qaratilgan.
6-Topshiriq: Mehnat faoliyatini mustaqil rejalashtirish malakasini aniqlashga
qaratilgan.
64
7-Topshiriq: “Qishloq xo‘jaligi mashinalari” konstruktori detallarini namuna
asosida yig‘ish malakasini aniqlashga qaratilgan.
8-Topshiriq: “Transport va Qishloq xo‘jaligi mashinalari” konstruktori
detallarini namuna asosida qo‘shimcha shart bilan yig‘ish malakasini aniqlashga
qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |