Trening guruhi bilan ishlash tamoyillari.
Sotsial-psixologik trening samaradorligi natijalari quyidagi tamo-yillarga bog‘liq:
Muomalaning majburiy emasligi.
O‘zini o‘zi baholashi, ya’ni o‘zini o‘zi ochishi.
Qaytar aloqaning ijobiy xarakteri.
Munosabatlarda raqobat muhitini hosil qilmaslik, ya’ni guruhda o‘zaro ishonch va psixologik xavfsizlik, maksimal qulaylik, o‘zaro qadr-qimmatli qadrlashga erishish.
Qo‘shilishib ketish.
Aqliy va hissiy sohalarning uyg‘unlashuvi.
Trenining uchun yuqori darajada hissiy ravshanlik ishtirokchilarni muomalada ochiqlikni namoyon qilishiga imkon beradi. Treningaqliy tahliliy jarayonlarni faollashtiradi. Bunday intellektual shakllardan biri barcha mashg‘ulotlarda guruhiy bahs-munozaradan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |