6. Ishonuvchanlik.
Ballar yig‘indisi: 6, 16, 26, 36, 46, 56, 66, 76, 86, 96.
1–3 ball (3,5 ball) Siz ishonuvchansiz, bu xususiyatingizdan atrofdagilar foydalanishadi. Rashk yoki ko‘ra olmaslikdan butunlay ozodsiz. Quvnoqsiz, raqobatga intilmaysiz, boshqalar haqida qayg‘urasiz, guruhlarda yaxshi ishlaysiz.
Sizning bu xususiyatingiz hamkasblaringizga ma’qul keladi. O‘ylab ko‘ring va o‘zingiz xulosa qiling.
5–6 ball (4; 4,5; 6,5; 7 ball) Siz aqlingizga asoslanib ishonasiz, bu faoliyatingizning samarali bo‘lishiga olib keladi.
8–10 ball (7,5 ball) Siz shubhalanuvchansiz, deyarli har doim alohida fikringiz bo‘ladi, sizni aldab bo‘lmaydi, siz ishonuvchan emassiz, ikkilanasiz, harakatlaringizda ehtiyotkorsiz, boshqalarga kam g‘amxo‘rlik qilasiz, boshqalar muvaffaqiyatini ko‘ra olmaysiz, ko‘proq ichki kechinmalarga beri-lasiz. O‘z «Men»ini va «Men konsepsiyasi»ni bunday agressiv shaklda himoya qiladigan shaxs «Mening muvaffaqiyatlarimga yetarli e’tibor berishmaydi va yetarli baholashmaydi» deb hisoblaydi. Shuni bilingki, qanchalik kasbiy qobiliyatlaringiz shakllangan bo‘lsa, shunchalik shubhalanish kam bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |