1.3.2 – rasm. Quyosh atrofida Kepler qonuni bo‘yicha aylanish sxemasi
Keplerning ikkinchi qonuni quyidagicha ifodalanadi:
Sayyoraning radius-vektori teng vaqtlar ichida teng yuzalar chizadi.
Sayyora KL va MN yoyni teng vaqtda bosib o‘tsa, Si va S2 yuzalar o‘zaro teng bo‘ladi. Bundan ko‘rinadiki, sayyoraning orbita bo‘ylab harakat tezligi o‘zgarib turar ekan. Sayyoraning tezligi perigeliy nuqtasida eng katta, afeliy nuqtasida esa eng kichik bo‘ladi.
Keplerning uchinchi qonuni quyidagicha ifodalanadi:
Sayyoralarning Quyosh atrofida aylanish davrlari kvadratlarining nisbati
orbitalari katta yarim o‘qlari uzunligining kublari nisbatiga teng.
Ya‘ni: bunda Ti va T2 — birinchi va ikkinchi sayyoraning Quyosh atrofida aylanish davri; Ri va R2—shu ikki sayyora katta yarim o‘qlarining uzunligi. Keplerning uchinchi qonuni yordamida Yerning aylanish davri va orbitasi katta o‘qi uzunligini hamda ixtiyoriy sayyoraning aylanish davrini bilgan holda, shu sayyora orbitasi katta o‘qining uzunligini topish mumkin.
1.4. GALAKTIKA. KOINOT TUZILISHI VA RIVOJLANISHI HAQIDA HOZIRGI ZAMON DUNYOQARASHLAR
Bizning Galaktikamiz Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, Koinot o‘lchami 1,2*10 km ekan. Koinotda hammasi bo‘lib taxminan 10 ta yulduz bor. Yulduzlar galaktikalarni tashkil etadi. Galaktika koinotdagi yuz milliard, ikki yuz milliard va undan ortiq yulduzlardan tashkil topgan sistemadir. Galaktikalarda yulduzlardan tashqari yulduzlararo muhit - gaz, chang va turli kosmik zarralar ham bor. Koinotda milliardlab galaktikalar bor. Spiralsimon gigant galaktikalarda, jumladan, bizning Galaktikamizda 150 milliarddan ortiq yulduz bor. Bizdan 2,2 million yorug‘lik yili uzoqlikdagi qo‘shni Andromeda deb ataluvchi galaktikada esa 200 milliarddan ortiq yulduz bor. Koinotdagi yulduzlar o‘z galaktikalari markazi atrofida aylanadi. Agar osmonni diqqat bilan kuzatgan bo‘lsangiz, yulduzlar g‘uj bo‘lgan osmonning yorug‘ qismi ikkita egat pushtasiga o‘xshash ekanligi ko‘rinadi. Go‘yo bu yo‘l osmon gumbazini ikkiga bo‘lib turgandek tuyuladi. Bu yorug‘ yo‘l keng maydonda somon ortilgan tuya karvoni o‘tganda somon to‘kilib qolgan yo‘lga o‘xshaydi. Shuning uchun ham bu enli yo‘lni qadimgilar «Somon yo‘li» deb atashgan. «Somon yo‘li» sut rangiga ham o‘xshab ketadi. Shuning uchun qadimda yunonlar uni «galaktikos», ya‘ni «sutli» deb atashgan. «Galaktika» so‘zi ham shu so‘zdan kelib chiqqan. Bizga ko‘rinadigan «Somon yo‘li» yoki «Sutli yo‘l» Galaktikamizga kiradigan yulduzlarning bir qismini o‘z ichiga oladi. Yulduzlar Galaktikamiz markazi atrofida 250 mln yilda bir marta aylanib chiqadi. Galaktikamiz yadrodan va uni o‘rab turuvchi yulduzlardan iborat (1.4.1-rasm).
1.4.1-rasm. Yulduzlar Galaktikamiz tarkibida disksimon va galaktik toj shaklida joylashishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |