Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/37
Sana10.07.2021
Hajmi0,85 Mb.
#114963
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti filologiya fakultet2i

Holat fe’llariInson tabiatiga xos jismoniy va ruhiy holat turli xususiyatga ega. 

Holatni to‗rtga bo‗lish mumkin: 

a) ichki holat (ruhiy kechinmalar bilan bog‗liq): [eslash][unutish][yodlash]

[tubanlashmoq]; 

b)  tashqi  holat  (ichki  holatning  namoyon  bo‗lishi  bilan  bog‗liq):  [xafa 

bo‘lmoq][shodlanmoq][esankiramoq][dovdiramoq][g‘azablanmoq]; 

d)  jismoniy  holat  (inson  tanasi  bilan  bog‗liq:  [holsizlanmoq],  [kuymoq]

[kuchlanmoq][zaiflashmoq]; 

e)  ijtimoiy  holat  (jamiyat  bilan  bog‗liq):  [boyimoq],  [kambag‘allashmoq]

[ko‘tarilmoq][urilmoq][quvg‘in bo‘lmoq]. 

Natijali  faoliyat  fe’llari    tizimi  [yasamoq],  [qurmoq],  [bunyod  etmoq],  [hosil 

bo‘lmoq],  [chizmoq],  [yozmoq],  [barpo  qilmoq],  [arralamoq],  [parchalamoq]

[sayqal bermoq][randalamoq][sindirmoq][yemoq][o‘chirmoq] kabi birliklarni 

o‗z ichiga oladi. 

Tafakkur fe’llari sirasiga insonning fikrlash qobiliyati bilan bog‗liq o‘ylamoq, 

fikrlamoq,  xayol  surmoq,  tafakkur  qilmoq,  o‘yga  botmoq,  ko‘z  oldiga  keltirmoq, 

bir qarorga kelmoq, xulosaga kelmoq kabilar kiradi. 

Munosabat fe’llari qatori [erkalamoq][suymoq][yaxshi ko‘rmoq][parvona 

bo‘lmoq],  [rahmi  kelmoq],  [xushomad  qilmoq],  [yon  bosmoq],  [maftun  bo‘lmoq]

[e’zozlamoq]  kabi  ijobiy  xarakterdagi  munosabat  fe‘llari,  [beti  qursin],  [xudo 



olsin][qorasi o‘chsin][baloga giriftor bo‘lsin][juvonmarg bo‘lgur] kabi salbiy 

xarakterdagi munosabat fe‘llaridan tashkil topadi. 

Fe‘l  ma‘noviy  guruhlarida  ham  markaz  va  qurshov  leksemalari  farqlanadi. 

Masalan,  ma‘nodosh  fe‘llarda  bosh  (dominanta)  so‗z,  uyadoshlik  paradigmasida 

uya  (giperonim)  markaz  leksemasi  hisoblansa,  boshqa  ma‘nodosh  va  uyadosh 

(giponimlar) qurshov leksemasi deyiladi. [Кulmoq] fe‘li dominanta sifatida bunga 




 

33 


ma‘nodosh  boshqa  leksemalarni,  [buzmoq]  esa  buzishning  turli  ko‗rinishini 

ifodalaydigan  giponim  leksemani  uyushtirib  turadi.  So‗zlar  yirikroq  butunliklarga 

birlashtirilganda,  markaz  leksemasigina  bu  butunlikdan  joy  oladi.  Qurshov 

leksemalari  esa  uning  «soyasi»  sifatida  quyida  qolaveradi.  Masalan,  [kulmoq]

[yig‘lamoq],  [xursand  bo‘lmoq]  leksemalari  o‗z  atrofida  ko‗plab  fe‘llarni 

birlashtirgan.  Lekin  ular  bu  uch  leksema  mansub  tizimga  kira  olmaydi,  quyi 

bosqichda qoladi.             

Fe‘l  o‗ziga  xos  so„z  yasalish  tizimiga  ega.  Bu  hodisa  tilshunoslikda  keng 

o‘rganilgan. 

 


Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish