Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti


II.3. “Beshgul”da avtobiografizm



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/16
Sana31.12.2021
Hajmi0,69 Mb.
#210012
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
muhammad ali poemanavis

 

II.3. “Beshgul”da avtobiografizm 

 

 

Adabiyotimizda avtobiografik qissalar ko’plab yaratilgan. Oybek, A.Qahhor 

kabi  adiblarning  asarlari  bunga  yorqin  misoldir.  O’zbek  poemachiligida  bu 

boradagi  tajribalar  E.Vohidov  nomi  bilan  bog’liq.  Urush  iztiroblari  tasvirlangan 

“Nido”  poemasida  shoirning  bolalik  yillari  bilan  bog’liq  ayrim  lavhalar  tasviri 

mavjud.  M.Alining  “Beshgul”  poemasi  Vatan  madhiga  bag’ishlangan.  Ayni 

choqda unda shoir avtobiografiyasiga xos muhim jihatlar ham aks etgan.  

Shu  ma’noda  doston  o’zining  avtobiografik  xarakteri  va  Vatan  mavzuining 

ohorli  talqini  bilan  ajralib  turadi.  Shoir  bunda  follorizmlardan  foydalanib,  vatan 

degan besarhad tushunchaning mohiyatini falsafiy tarzda ochib beradi. Ma’lumki, 

Muhammad  Ali  Andijonning  “Beshgul”  qishlog’ida  tavallud  topgan.  Xalqimiz 



33 

 

33 



 

orasida  “Vatan  ostonadan  boshlanadi”  degan  maqol  bor.  Bunda  ostona  ko’chma 

ma’noda  tug’ilib  o’sgan  yurt  ma’nosini  ifodalaydi.  Shuning  uchun  bo’lsa  kerak, 

Muhammad Ali ham o’zi tug’ilib o’sgan go’shadan cheksiz mehrini ayamaydi, uni 

yuksak  pardalarda  kuylashga  chog’lanadi.  Poema  A.Pushkinning  “Mening  sokit 

maskanim,  qutlayman  seni”  satrlari  bilan  ibtido  topgan.  Mazkur  qisqa  satrlardan 

shoir poemasi tug’ilib o’sgan yurt mavzusida ekanligi ayonlashadi. 

Shoir o’z yurti bilan kitobxonni tanishtirishdan oldin uning o’tmishiga nazar 

soladi.  Aslida  “Beshgul”  o’tmishda  “Beshkal”  deb  nomlangan.  Bunda  shoir 

“Beshkal”  haqidagi  xalq  rivoyati  mazmunidan  foydalanib,  uning  tarixiga  nazar 

soladi.  Rivoyatda  hikoya  qilinishicha,  Qo’qon  xoni  tugatilgan  vaqtda  qishloqdagi 

paykallarni  o’lchash  kerak  bo’ladi.  Shunda  oqsoqol  tanobchilarga  besh  yigitni 

qo’shib  beradi.  Ularning  bari  kal  bo’lib,  “biri  yag’roq,  biri  yag’ir,  biri  sal”  edi.  

Tanobchilar  “kula-kula:  “Besh  kal”  debdilar”.  Shundan  so’ng  bu  qishloq 

“Beshkal”  deb  yuritilgan  ekan.  Shoir  qishlog’ining  qadim  tarixini  kitobxon  ko’z 

oldida  yorqin  gavdalantirish  maqsadida  xalq  rivoyatiga  murojaat  etadi.  Bu  esa 

asarning  epiklik  xususiyatini  kuchaytirishga  xizmat  qilgan.  Asarda  ushbu  rivoyat 

kompozistion vazifani ado etadi.  

Asarda  Yo’ldosh  Oxunboboevning  qishloqqa  tashrifi  voqealari  epik  usulda 

aks  ettirilgan.    U  xalqqa    u  erni  Beshkal  emas,  zamonaviy  shaklda  Beshgul  deb 

atashni maslahat beradi: 

    “Axir bunda tulpor otning tuyog’iday er 

                     Mehnat qilsang, botmon-botmon paxta beray der! 

           “Beshkal” emas “Beshgul” deya atanglar endi 

    Endi yurtning manglayida tole ko’rindi 

      Bulbul inin parvarishlar, bizlar-ku inson 

                        Gulzor bo’lsin, bog’-rog’ bo’lsin jon O’zbekiston”. 

Shundan so’ng bu yurt Beshgul nomi bilan atala boshlaydi. M.Ali yurtining 

o’tmishi  va  bugunini,  unga  bo’lgan  qaynoq  muhabbatini  ana  shu  tarzda  satrlar 

bag’riga tizadi.   




34 

 

34 



 

Shoir bolaligi tasvir etilgan lavhalar ham hayotiy: 

               Bu yerlarda mol boqqandim necha necha yil, 

               Qir ham bilar, soy ham bilar – barchasi kafil. 

               Apil-tapil maktab borish, qaytish shu yo’sin, 

          Mehr qo’yib o’qimoqqa vaqt bermas izn. 

Shoir shu tarzda bolalik qirlarda mol boqqanini eslaydi. Kechalari o’rtoqlari 

bilan ro’za kunlarida “Yo, ramazon” qo’shig’ini aytganlarini, bahor kunlari chillak 

dasta  o’ynaganlarini    entikib  eslaydi.  Ayniqsa,  qishlog’idagi  to’ylar  haqida  to’lib 

toshib yozadi: 

                 To’y! Demakki, o’sha erda farog’at, huzur! 

                  “To’y” so’zidan oqajakdir ko’ngillarga nur! 

      Azon turib qarasangiz, bir bola kelar 

      Velosiped minganicha kelmasu elar: 

            “Mamat aka yoppasiga to’yga aytadi!” – 

                Birpasdayoq yurtni to’yga aytib qaytadi. 

“To’y”  deganda  dilga  farahbaxsh  tuyg’ular  paydo  bo’ladi.  Shoir  o’zbek 

to’ylarining  fayzu  barakotli  ekaniligini,  xalqimizga  xos  mehmondo’stlikni  ifoda 

etmoqda. 

Otasi bilan bog’liq voqealar ham asarda muhim o’rin tutadi: 

           Ovni shunday ardoqlaydi, sevadi otam, 

         Qalbi titrar esga tushsa o’sha olis dam, 

      Xayolida tustovuqlar yurardi chog’i, 

        Gala gala o’rdaklarni ko’rardi chog’i. 

                           Mening ovga mehrim bormi yo’qmi, bilmayman, 

                   Miltiq nima, o’rdak nima parvo qilmayman. 

                   Chunki ovim o’zgachadir, orzum ham o’zga, 

                         Qushdan ko’ra mushtoqdirman bir shirin so’zga. 

                So’z bilan dil ovlamoqdir, murod va niyat, 

                               Kurashlardan tap tortmasin, deyman she’riyat(264). 




35 

 

35 



 

Shoir  otasining  ovga  juda  qiziqqanini  yozadi.  Shu  tarzda  ovni  o’ziga,  o’z 

hayotiga  bog’laydi.  Bu  satrlardani  uning  yoshligidan  badiiy  so’zga  oshufta 

bo’lganligini  sezish  qiyin  emas.  Shuning  uchun  u  maqsadim  “so’z  bilan  dil 

ovlamoqdir”, – deydi.  

           Mangulikni ko’zlab qolding qishlog’im, mana! 

        Maktab bog’i gavjum, kechar mungli tantana. 

        Janggohlardan qaytishmadi yigirma o’g’lon... 

           “O’g’lingizga haykal qo’ydik” – deyishgani on 

        Bo’y bermagan baxt timsoli bo’lib mujassam, 

                      “O’g’lim kepti”, – deb chopibdi Kumush kampir ham! 

Parda tushar. Bronzada yonar nomlari... 

     Vaqt topolmay go’yo uyga qaytmoqqa, bari 

      Ona qishloq. Ona-Vatan bo’lsin deb omon 

           Qayerdadir ular hamon, jang qilar hamo (267). 

Shoir bu yerda Vatan urushi voqeligiga ishora qilmoqda. Kumush kampirga 

o’xshagan ko’plab onalarini yillar davomida o’g’illarining qaytishini intiqlik bilan 

kutganlar.  Janggohlarda  halok  bo’lgan  o’zbek  yigitlari  uchun  yurtlarida  haykallar 

bunyod  qilingan.  Jumladan,  Beshgul  qishlog’idan  ham  jangga  ketgan  yigitlarning 

yigirmatasi  qaytmagan.  Ularga  maktabda  yodgorlik  o’rnatilgan.  Yuqoridagi 

parchada ana shu hayotiy voqealar tasvir etilgan.  

           Men xayolkash kechalaring qo’msadim yana, 

         Men daydingni balki kutgan emassan, Ona! 

        Biroq, oddiy hikmat borkim, qaytsa bolasi, 

             Quchoq ochmoq – volidaning yolg’iz chorasi. 

     Sen tomonga taxtiravon yo’llar tushibdi, 

     Karnaylardan savti navo ko’kka uchibdi. 

              Gapning rosti, shovqiningni ko’rmagan erdim, 

              Shovqiningga omad bersin, nima ham derdim. 

       Go’zallikni, yasharishni tan olmoq kerak, 




36 

 

36 



 

         Usiz hayot qadrin, axir, anglamas yurak (268). 

Yuqoridagi  satrlarda  Vatan  ona  ekanligini  yana  bir  bor  ta’kidlanmoqda. 

Beshgulning  obod  bo’lib  borayotgani,  yo’llari  tekislashgani,  to’ylar  sadosi 

yurtning  fayzga  to’laligini  o’zida  ifoda  etadi.  Shoir  yurtiga  xuddi  bola  onaga 

talpingan kabi oshiqadi, unga bo’lgan farzandlik mehrini to’lib toshib kuylaydi.  

Poema  mutolaasi  davomida  shoirning  bolalik,  o’smirlik,  talabalalik  yillari 

ko’z  o’ngimizda  namoyon  bo’ladi.  Shu  bilan  birga  tug’ilib  o’sgan  yurtga  bemisl 

muhabbat,  u  yerda  yashovchilarga  cheksiz  hurmat  asar  sahifalarida  shu’lalanib 

turadi.  

 

 

 




Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish