Buxoro davlat universiteti falsafa fanidan 9-9 btu s-20 guruh talabasi


Ishqdir ul, nasha’i komilkim, andandir mudom



Download 39,48 Kb.
bet3/17
Sana31.12.2021
Hajmi39,48 Kb.
#258349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
4-mavzu Etikaning asosiy tushunchalari. Axloqiy tamoyillar va m

Ishqdir ul, nasha’i komilkim, andandir mudom

Mayda tashviri harorat, nayda ta’siri sado4.

Komil nash’a, komil lazzatga faqat komil insongina erisha oladi. Demak, muhabbat inson axloqiy hayotining cho’qqisi, komillik belgisidir. Shu bois haqiqiy muhabbat egalari yoshlar tomonidan doimo axloqiy ideal tarzida qabul qilinadi: Farhod va Shirin, Romeo va Juletta, Otabek, Kumush va h.k. Shunday qilib, muhabbatni shaxs erkinligining axloqiy zarurat sifatidagi o’ziga xos ko’rinishi, baxtga erishuvning asosiy omili deyish mumkin.

Ta’kidlash lozimki, muhabbat– oliytuyg’u, shu ma’noda u oliy tushuncha. Lekin uni tuban, quyi narsa-hodisalarga nisbatan ham qo’llash hollari uchrab turadi. Chunonchi, Fromm singari g’arblik mutafakkirlar, ba’zi rus faylasuflari muhabbat tushunchasini o’likka(nekrofil), mol-dunyoga, pulga nisbatan qo’llaydilar. Ularga nisbatan “o’chlik”, “ruju”, “hirs” singari tushunchalarni qo’llash ma’qul emasmikan?

Muhabbat ham, Etikadagi ko’pgina tushunchalardek, “juftlik” xususiyatiga ega, uning ziddi – nafrat. Nafrat tushunchasi, albatta, muhabbat singari keng qamrovli emas. U aksil muhabbat tarzida namoyon bo’ladi, ob’ektdan chetlashishni, undan begonalashishni taqozo etadi. Hazar, jirkanch hissi nafratning kundalik turmushdagi tor, “mayda” ko’rinishidir. Nafratning ularga nisbatan “yirikligi” uning ijtimoiy hodisa sifatida mavjudligidir.

Ayni paytda, nafrat g’azabdan keskin farq qiladi. U, g’azabga o’xshab, o’z ob’ektini yo’qotishga intilmaydi, undan faqat yuz buradi. Uni muhabbat egasida o’z muhabbati ob’ektiga nisbatan tashqi bir kuchning noinsoniy, adolatsiz, noinsoflarcha munosabati tufayli o’sha kuchga qarshi qo’zg’aladigan hissiyot deyish mumkin. U davomiylik tabiatiga ega, g’azab kabi o’tkinchi hodisa emas. Agar g’azabning asosida inson fe’lining salbiy holati - oniy badjahllilik yotsa, nafrat uchun chuqur o’ylab qabul qilingan uzil-kesil qaror yotadi. Ko’rinishdan nafrat kishida yoqimsiz taassurot uyg’otsa-da, ko’p hollarda u illat emas, axloqiy fazilat sifatida insonning vijdonliligidan, botiniy jasoratidan dalolatdir.Shu o’rinda buyuk frantsuz yozuvchisi Emil Zolyaning “Nima menda nafrat uyg’otadi”, - degan estetikaga doir kitobiga yozgan so’zboshisidan olingan quyidagi fikrni keltirish maqsadga muvofiq.

Nafrat – muqaddas. Nafrat bu – kuchliva qudratli yuraklarning noroziligi, bu – o’rtamiyonalikva pastkashliklardan qahrlanadigan odamlarning jangovar jirkanchi. Nafratlanmoq – sevmoqdegani, o’zida otashin va mardona qalbni his qilmoq, nimaiki sharmandalik va nodonlik bo’lsa, o’shanga nisbatan chuqur hazar tuyg’usini tuymoq degani.Nafrat engillik beradi, nafrat adolat o’rnatadi, nafrat yuksaltiradi”5.



Nafratdan tashqari yana rashk tushunchasi borki, u - ijtimoiy hodisa emas, ko’p hollarda jinsiy muhabbat bilan yonma-yon keladi. Ma’lumki, muhabbat egasi o’z sevgisini va sevgilisini qizg’anib, asrab qolishga harakat qiladi. Ana shu qizg’anish hissi me’yoridan oshib ketganda rashkka aylanadi. Rashk esa, uni qanchalik ta’rif-tavsif qilmaylik, me’yorning buzilishi, illat. Chunki uning mohiyati xudbinlikka borib taqaladi: muhabbat egasi muhabbat lazzatiga noil bo’lgani holda uning iztirobidan qochishga intiladi; o’zi chekishi lozim bo’lgan iztirobni o’z muhabbat ob’ektiga o’tkazishga harakat qiladi. Natijada ba’zan iztirobni yo’qotishga intilish muhabbat ob’ektining o’zini yo’q qilishga, fojiaga olib keladi.

Ezgulik va yovuzlik. Asosiy tushunchalar orasidagi yana bir juftlik – ezgulikva yovuzlik. Ezgulik Etikadagi eng muhim kategoriyalardan. U inson faoliyatining asl mohiyatini anglatadi – Tangriirodasining inson qalbidagi tajassumi sifatida namoyon bo’ladi. “Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal” uchligi “Avesto” dan tortib barcha muqaddas kitoblarda etakchi o’rinni egallashi ham shundan.

Ezgulik – insongaeng kuchli ma’naviy lazzat bag’ishlaydigan, uni ijtimoiy shaxsga aylantirib, haqiqiy baxtga olib boruvchi fazilat; shaxsni komillikka, jamiyatni esa yuksak taraqqiyotga etkazuvchi yuksak qadriyat. U insonning axloqiy faoliyati tufayli muayyanlashadi, yuzaga chiqadi. Uni sinfiylik yoxud partiyaviylik qobig’iga o’rash mumkin emas. Chunonchi, “sinfiy dushmanni”, ya’ni biror bir shaxsni yoki guruhni faqat boshqa sinfga mansub bo’lgani uchun jisman yo’qotish, qanchalik bo’yab-bejalmasin, ezgulik bo’lolmaydi. U tom ma’nodagi yovuzlikdir. Totalitar tuzumlar mafkurasida ezgulikni bunday talqin etishning noilmiyligi, soxtaligi hozirgi kunda hammaga ayon.Ezgulik va uning ziddi yovuzlik odatiy, kundalik hayot mezonlari bilan o’lchanmaydi, ular ham muhabbat singari qamrovli va ijtimoiylik xususiyatiga ega. Ezgulikning axloqiy ideal bilan bog’liqligi shundan. Shu tufayli u amaliyotda qahramonlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, jasurlik singari tamoyillarni o’z ichiga oladi.

Shuni ham aytish kerakki, muhabbat va nafrat juftlik tushunchasida nafrat muhabbatni inkor etmay, aksincha, uning barqarorligidan dalolat bersa, ezgulik va yovuzlik juftligida har ikki tushuncha bir-birini tamomila inkor etadi. Nafaqat inkor etadi, balki ular orasida hayot-mamot kurashi ketadi va bu kurash abadiy kurash sifatida, olamni harakatga keltiruvchi kuch tarzida namoyon bo’ladi.

Ezgulik va yovuzlikning yana bir o’ziga xos tomoni shundaki, bu juftlik tushuncha inson faoliyatini baholash xususiyatiga ega. Uni odam bolasining ulug’ligi va tubanligini o’lchaydigan muqaddas tarozuga o’xshatish mumkin. Insonning komilligi, jamiyatning takomilga erishgan-erishmagani shu mezon bilan o’lchanadi. Chunonchi, Lenin, Stalin, Gitler, Pol Potlarni yovuz insonlar, sobiq sho’rolar ittifoqini esa jamiyat sifatida “Yovuzlik saltanati” deb baholanishi buning yorqin misolidir.

Yaxshilik va yomonlik. Ezgulik va yovuzlik haqida gap borganida, yaxshilik va yomonlik nima, bu ikki juftlik mazmunan bir emasmi, degan savol tug’iladi. Bu tabiiy. Chunki hozirgacha bizga ma’lum o’zbek tilidagi barcha Etikaka doir adabiyotlarda ezgulik va yovuzlik mezoniy tushunchalar sirasiga kiritilmagan, u bor-yo’g’i yaxshilik va yomonlikning sinonimi tarzida taqdim etib kelingan. To’g’ri, yaxshilik tushunchasining ko’pgina unsurlari ezgulikdan, ezgulikning ba’zi unsurlari yaxshilikdan joy olishini inkor qilish mumkin emas. Ularning ziddida ham shunday “singishib ketish” mavjud. Lekin bunday dalillar aslo mazkur ikki juftlikni aynanlashtirishga asos bo’la olmaydi.

Bu ikki juftlik tushunchalar orasida qat’iy farq mavjud: ezgulik, yuqorida aytganimizdek, ijtimoiylik xususiyatiga ega, yaxshilik esa unday emas. Yaxshilik asosan shaxsning odobiga, xulqiga bog’liq bo’lgan ijobiy hodisa. Zero, unda mardlik, ochiqko’ngillilik, halollik singari axloqiy me’yorlar tajassum topadi. Biroq unga asos bo’lgan amaliy xatti-harakatlar qahramonlik, jasorat, vatanparvarlik kabi tamoyillar darajasiga ko’tarila olmaydi. Misol tariqasida buyuk shoirimiz Alisher Navoiyning faoliyatini olaylik. U surunkasiga ijodiy mehnatga umrini bag’ishladi, xalqi uchun, xalqlar uchun “Xazoyin ul-maoniy”dek, “Xamsa”dek buyuk asarlar yaratdi. Bu - ezgulik, u ma’lum ma’noda abadiylik xususiyatiga ega, chunki Navoiy asarlari millionlab odamlarga yuzlab yillar mobaynida zavq-shavq ulashib, ularni komillikka chorlab kelmoqda. Ayni paytda, Navoiyning o’zi bevosita ko’plab yaxshiliklar qildi – muhtojodamlarga qarz berdi, bergan qarzlaridan kechib yubordi va h.k. Uning bu yaxshiliklari ajoyib ijobiy hodisa bo’lgani holda, o’tkinchilik tabiatiga ega, shuningdek, istisnoli hollarda namoyon bo’luvchi qahramonlik ham, buyuk jasorat ham emas. Demak, ezgulik asosan bilvosita amalga oshiriladigan, uzoqni ko’zlovchi, kelajakka ham mo’ljallangan, ya’ni strategik ahamiyatga molik axloqiy xatti-harakatlar majmui; yaxshilik esa, odatda, bevosita shu kun uchun dolzarblik xususiyatiga ega, ya’ni taktikaviy axloqiy faoliyatdir. Shunday qilib, yaxshilikni yirik ijtimoiy hodisa – ezgulikbilan aynanlashtirish to’g’ri emas.

Bu ikki juftlikning yana bir farqli tomoni shundaki, voqe bo’lgan ezgulik hech qachon yovuzlikka aylanmaydi, yovuzlik esa har qanday zamonda, har qanday sharoitda ham yovuzlik bo’lib qolaveradi. Yaxshilik va yomonlikda esa bunday emas: biror ob’ektga qilingan yaxshilik boshqa bir ob’ekt uchun yoki yaxshilik qilgan sub’ekt uchun yomonlikka aylanishi mumkin. Mashhur o’zbek xalq ertaklaridan biridagi ovchilar quvib kelayotgan bo’rini qopga yashirib, qutqarib qolgan dehqonning holatini bunga misol sifatida keltirish mumkin: bo’ri o’ziga yaxshilik qilib, o’limdan qutqargan odamni emoqchi bo’ladi, xayriyatki, tulki dehqonning joniga oro kiradi.Xullas, muayyan ijtimoiy cheklanganligiga qaramay, yaxshilik va yomonlik qamrovli mezoniy tushunchalardan.

Adolat. Etikaning yana bir asosiy tushunchasi – adolat. Uning ezgulik va yovuzlik hamda yaxshilik va yomonlikdan asosiy farqi shundaki, adolatning o’zi biror-bir qadriyatni anglatmaydi, lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholash maqomiga ega. Shu bois unda jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyati bor; unda ham axloqiy, ham huquqiy talablar mujassamlashgan. Uni ma’lum ma’noda axloq sohasidagi miqdor o’lchovchi ham deyish mumkin: u talab bilan taqdirlashni o’lchab turadigan tarozidir. Adolat bor joyda ijtimoiy jabrga, beboshlikka yo’l yo’q.

 O'zbek xalqi qadim-qadimdan yuksak ma’naviyat va madaniyatga ega xalqdir. Bu ma’naviyat salohiyatini butun jahon tan olgan va undan andozalar olib kelgan. Bunga tarixiy misollarimiz ham juda ko’p. II yarim ming yildan avval ham Samarqandu Buxoralar gullab yashnaganligi jaxon poytaxti darajasida bo’lganligini kim ham inkor eta oladi. Faqat bunday ma’naviyatga ega bo’lgan millatgina minglab yillar osha o’z saloxiyatini, obrusini saqlab qola biladi. Lekin sovet mustamlakasi davrida bu qadriyatlar vaxshiylarcha, makkorona yo’q qilib tashlanishga harakat qilindi. Chunki sovet tizimining asosiy maqsadi har bir millat ma’naviyati va tarixiy qadriyatlarini yo’q qilib tashlash, sovetlar qulligiga kunikuvchi, unga qarshi chika olmaydigan yangicha duragay millatni yaratish edi.




Download 39,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish