Sinov uchun savollar:
1.Otalanish va urug‗lanish jarayonlariga tavsif bering. Ular nimasi bilan bir
biridan farqqiladi?
2.Otalanish jarayonining biologik ahamiyati qanday?
3.Otalanish jarayonidagi morfologik o‗zgarishlar.
4.Tashqi va ichki urug‗lanishning farqi va mohiyatini tushuntiring.
8-MASHG‘ULOT
Maydalanish
Mashgulotning masadi: Maydalanish jarayonini o‗rganish. Maydalanish
xillari va maydalanish egatlari bilan tanishish.
Kerakli jiozlar: mikroskoplar, yoritgich chiroqlar, tayyor gistologik
preparatlar jamlanmasi, amaliyot darsi uchun uslubiy qo‗llanmalar, amaliyot darsi
uchun daftarlar, oddiy qalamlar va ruchkalar.
Otalangandan so‗ng zigotaning jadal mitoz yo‗li bilan bo‗linishi
maydalanish deyiladi.
U ko‗phujayrali embrion hosil bo‗lishiga sabab bo‗ladi.
Urug‗lanishdan keyinroq zigota ikki hujayraga bo‗linadi, bular yana bo‗linadi:
hosil bo‗lgan to‗rtta hujayra sakkiztaga bo‗linadi va hokazo. Bo‗linish biridan
so‗ng ikkinchisi shundan tez boshlanadiki, hujayralar o‗sishga ulgura olmaydi va
borgan sari maydalashib qoladi. Bo‗linishda hujayralar blastomerlar deb, ularning
birini ikkinchisidan ajratuvchi tortma chiziqlar esa bo‗linish egatlari deyiladi. Ular
har xil ekvatorga parallel bo‗lgan – latitudinal va zigotaning yuzasiga parallel
o‗tuvchi tangensial egatlar farq qilinadi. Bo‗linish yoki maydalanish egatlarining
yo‗nalishi odatda hujayraning kiritmalaridan ko‗proq hosil bo‗lgan qismida
joylashuvchi va shuning bilan birga erkin plazma ko‗rinishida bo‗lgan maydalanish
urchug‗ining holati bilan belgilanadi. Bu hodisa umuman hisoblanmasligi mumkin,
lekin ancha ko‗p uchraganligi uchun u quyida maydalanish tartibida aytib o‗tildi.
Maydalanish turli sut emizuvchilarda turlicha o‗tadi. Bu tuxum hujayralarning
tuzilish xususiyatlariga, eng avval ulardagi sariqlik miqdori va tarqalishiga bog‗liq
bo‗ladi. Sariqlik bo‗lmaganda uning miqdori oz yoki hatto o‗rtacha bo‗lganda
urug‗langan tuxum hujayra to‗liq bo‗linadi. Unda sariqlik qanchalik ko‗p bo‗lsa,
bo‗linish egatlarining o‗tishi shuncha ko‗proq qiyinlashadi. Sariqlik miqdori
anchagina bo‗lganda zigotaning faqat undan xoli bo‗lgan qismigina bo‗linadi.
YUqorida aytilganlarga ko‗ra, to‗la va to‗la bo‗lmagan bo‗linishlar farq qilinadi.
SHunga binoan tuxumlar: to‗la bo‗linuvchi goloblastik va qisman bo‗linuvchi
meroblastiklarga bo‗linadi. To‗la bo‗linish teng va teng bo‗lmagan bo‗lishi
mumkin. Bunga ham tuxum hujayrasidagi sariqlikning miqdori va joylanishi
sabab bo‗ladi. Agar u oz va tuxumning hamma joyiga tekis tarqalgan bo‗lsa,
bo‗linish egatlari hujayraning butun uzunligi bo‗ylab bir xil tekislikda o‗tadi va
tuxumni o‗zaro teng blastomerlarga bo‗ladi. Agar sariqlik tuxum hujayrasida
notekis joylashgan bo‗lsa, tuxumning sariqlik ko‗p bo‗lgan joylari, oz bo‗lgan
joylariga nisbatan sekinroq bo‗linadi. Natijada o‗zaro teng bo‗lmagan blastomerlar:
animal yarim sharda maydalari va vegetativida yiriklari hosil bo‗ladi. Birinchilari
mikromerlar deb, ikkinchilari makromerlar deyiladi. Bunday holda bo‗linish to‗la
bo‗lsada notekis bo‗ladi. Bo‗linishning birinchi egati animal yarim sharda
ko‗rinadi va tuxum o‗qi orqali vegetativga o‗tib boradi. Taxminan, 2 ta teng
blastomer hosil bo‗ladi. Ikkinchi egat ham meridional bo‗ladi, lekin birinchisiga
parpendikulyar tekislikda yotadi. U birinchi ikki blastomerni 4 ga bo‗ladi. To‗la va
teng bo‗linish lansetnikda kuzatiladi. Uning tuxumi gomolisital tipga kiradi: unda
hujayraning hamma erida tekis tarqalgan uncha ko‗p bo‗lmagan miqdorda sariqlik
bo‗ladi.
Ko‗pgina hayvonlarniki kabi lansetnikning tuxum hujayrasi qutblar tomonga
qarab bir oz yassilangan bo‗ladi. SHunday shakliga ko‗ra uning eng
ko‗pchilikqismi gorizontal tekislikda bo‗ladi, shuning uchun bo‗linish tartibiga
binoan birinchi urchuk gorizontal yotadi, bo‗linish egati esa vertikal o‗tadi, hosil
bo‗luvchi blastomerlarning har birida plazma hamma vaqt gorizontal tekislikda
saqlanadi, shu sababli bo‗linishning ikkinchi egati yana meriodional o‗tadi.
Ikkinchi bo‗linishdan so‗ng sitoplazmaning yo‗lanishi blastomerlarda
o‗zgaradi. SHunga muvofiq bo‗linish urchug‗ivertikal bo‗lib qoladi va uchinchi
egatcha ekvatorial tekislikda o‗tadi. Mana endi 4 ta yuqorigi (animal) blastomerlar
4 ta pastki (vetegativ) lardan ajraladi. To‗rtinchi bo‗linish yana meriodional
bo‗ladi. SHundan so‗ng ko‗ndalang (ekvatorial va latitudinal) bo‗linishlar
uzunasiga (meridional) bo‗linishlar bilan muntazam navbatlashib turadi.
Blastomerlar soni ikki karra ko‗payadi: birinchi ikki blastomer 4 ga bo‗linadi,
keyin 2,4,8,16,32,64 va hokazo blastomerlar hosil bo‗ladi. Turli yarim shardagi
blastomerlar deyarli bir xildagi kattaligini saqlab qoladi. YUqoridagi ko‗rib
o‗tilgan maydalanish sinxron maydalanish deyiladi. Asinxron maydalanish ham
mavjud. Bularda urug‗lanish tuxum yo‗li (bachadon nayi)ning proksimal bo‗limida
boshlanadi. Maydalanish hodisasi zigotaning tuxum yo‗lida harakat qilishi vaqtida
ro‗y beradi, bunda blastomerlar soni noto‗g‗ri tartibda va turli hayvonlarda turlicha
oshib boradi (2,3,5,10,13 va hokazo). SHunga ko‗ra bunday maydalanish asinxron
maydalanish deyiladi. Natijada embrion vujudga keladi, bunday embrionda
yuqorida ko‗rib o‗tilgan barcha boshqa hayvonlardan farqli o‗laroq yuza va ichki
blastomerlar bir-biridan ancha farq qiladi
.
YUza oqish mayda blastomerlar
keyinchalik maxsus organlar paydo bo‗ladi. Embrion yana organlar hisobiga
oziqlanadi. Ichki yirik qoramtir blastomerlar embrionning kurtagi hisoblanadi.
Maydalanish natijasida blastula deb ataluvchi shar shaklidagi ko‗p hujayrali
embrion hosil bo‗ladi. Bunda ko‗p miqdordagi mayda hujayralardan tuzilgan
devor-blastodema va bo‗shliq-blastosel farq qiladi. Lansetnikdagi to‗la teng
bo‗linish har doim devori bir qatlamli tuzilgan, bo‗shlig‗i esa markazda joylashgan
tipik blastula deyiladi. To‗la teng bo‗lmagan bo‗linish sariqligi o‗rtacha miqdorda
bo‗lgan telolisetal tipga kiruvchi amfibiyalarning tuxumlarida kuzatiladi. Sariqlik
tuxumning hamma eriga tarqalgan, tekislik uning ko‗p qismi har doim vegetativ
yarmiga to‗plangan: bu erda uning donachalari ham yirikroqdir. Baqaning
urug‗langan tuxumida qutbiy defferensiallanish aniq seziladi, bu animal yarmining
keskin pigmentlanishida namoyon bo‗ladi. Bo‗linishning birlamchi 2 ta egati
meridional o‗tadi, uning vegetativ qismida anchagina sekinlashib olib, animal
qismini tezda bo‗ladi. 3-chi egatcha ekvatorial tekislikka parallel o‗tib,
blastomerlarni ko‗ndalangiga bo‗ladi. U animal qutbga yaqin joylashadi. Bo‗linish
urchug‗i sariqlikning asosiy qismi to‗plangan vegetativ yarim shardan animal
tomonga siljib pastdagilarga nisbatan kichik bo‗ladi.
Keyingi bo‗linishlarda animal blastomerlar vegetativlariga qaraganda ancha
tezroq bo‗linadi va shuning uchun ularning kattaligi orasidagi farq borgan sari
ravshan bo‗lib qoladi (19-rasm).
To‗la bo‗lmagan bo‗linishda tuxumning faqat sariqlikdan xoli bo‗lgan qismi
bo‗linmaydi. Bu yo‗l bilan telelosital (suyakli baliqlarda, qushlarda, reptiliyalarda)
va sentrolisetal hasharotlarda tuxumlar rivojlanadi. Bu tuxumlarning tuzilish
xususiyatlariga ko‗ra diskoidial va yuzaki bo‗linish farq qiladi. Diskodial bo‗linish
suyakli baliqlarda, qushlarda, reptiliyalarda kuzatiladi.
Bu hayvonlarning tuxumi sariqlikka boy bo‗lganligi tufayli, ancha katta
bo‗ladi. Sariqlikdan xoli sitoplazma ozgina bo‗lak sifatida tuxumning yuqorigi
qismida bo‗ladi va embrion diski deb ataladi. Faqat embrion diski bo‗lingani uchun
bo‗linish diskoidal deb nom olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |