Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi embriologiya va gistologiya


 rasm. Baqa zigotasining maydalanishi



Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/142
Sana31.12.2021
Hajmi3,5 Mb.
#242777
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   142
Bog'liq
embriologiya va gistologiya fanidan amaliy mashgulotlar -1

19 rasm. Baqa zigotasining maydalanishi 
A-2  blastomerlik  bosqichi,  B-4-blastomerlik  bosqichiV-baqa  tuxum  maydalanishining  keyingi 
bosqichlari(I.V.Almazov va L.S.Sutiulov bo‗yicha, 1978) 
 
  Embrion  diskining  qalinligi  juda  kam  bo‗lib,  u  sariqlik  ustida  yotadi  va 
uning  eng  ko‗pqismi  tuxum  yuzasiga  parallel  bo‗lgan  tekislikka  mos  keladi. 
SHuning  uchun  birinchi  uchta  va  hatto  4ta  bo‗linishlarda  urchuq  gorizantal 
joylashadi,  bo‗linish  egatchalari  esa  vertikal  o‗tadi.  Natijada  bir  qator  hujayralar 
hosil bo‗ladi. Bir necha bo‗linishlardan so‗ng ular baland bo‗lib qoladi va urchuq 
vertikal bo‗linish egatchalari esa tuxum yuzasiga parallel joylashadi. SHunga kura 
embrion diskida yuza hujayralar va sariqlikda joylashgan hujayralar paydo bo‗ladi. 
Navbatdagi  bo‗linishlar  juda  ham  turlicha  yo‗nalishlarda  o‗tadi  va  embrion  diski 
bir  necha qator  hujayralardan tuzilgan  plastinkalarga aylanadi. Disk bilan sariqlik 
oralig‗ida  uncha  katta  bo‗lmagan,  blastoselga  o‗xshash  yoriqchasimon  bo‗shliq 
paydo  bo‗ladi.  YUzaki  bo‗linish  o‗rtasida  ko‗p  miqdorda  sariqligi  bo‗lgan 
sentrolisetal  tuxumlarda  kuzatiladi.  Bunday  tuxumlarda  plazma  hujayraning 
chetlarida  va  markazida,  yadro  atrofida  joylashadi.  Maydalanish  yadroning 
bo‗linishidan  va  hosil  bo‗luvchi  yadrolar  atrofida  sitoplazmaning  ajralishidan 
boshlanadi.  YAdrolar  soni  ko‗payib  boradi.  Ular  sitoplazma  bilan  o‗ralib,  asta-
sekin tuxum hujayraning chetiga siljiydi. YAdrolar tuxumning sirtqi qatlamiga etib 
olishi  bilanoq,  sirtqi  qatlam  yadrolarining  soniga  mos  ravishda  blastomerlarga 


ajraladi.  SHunday  qilib  maydalanish  natijasida  sitoplazmaning  hamma  markaziy 
qismi  sirtga  ko‗chib  o‗tadi  va  chetdagi  sitoplazma  bilan  qo‗shilib  ketadi.  YAxlit 
blastoderma  hosil  bo‗ladi,  bunday  embrion  rivojlanadi.  YUzaki  bo‗linish  deyarli 
bo‗g‗im  oyolilarning  tuxumlarigagina  xosdir.  Bo‗linishning  qarab  chiqilgan 
formalari  tuxum  hujayrasida  sariqlikning  ortishi  tufayli  bu  jarayon  qanchalik 
murakkablashuvini  va  tuban  xordalilardagi  to‗la  va  teng  bo‗linish  qanday  qilib 
reptiliy  va  qushlarda  asta-sekin  qisman  bo‗linish  bilan  almashinishini  ko‗rsatadi. 
Bo‗linish  xarakteriga  qarab  doim  sariqlik  miqdori  va  uning  tarqalishigina  emas, 
balki blastomerlarning o‗zaro joylashishi ham juda katta ta‘sir ko‗rsatadi. Belgisiga 
qarab  ham  bo‗linishning  bir  qancha  radial,  spiral  va  ikki  tomonlama  simmetriali 
(bilateral) turlari farq qiladi.        
  Radial  bo‗linish  har  bir  yuqoridagi  blastomer  pastdagining  aynan  ustida 
joylashishi  bilan  xarakterlanadi.  Natijada  sharning  radiuslariga  mos  keladigan 
qatorlar  hosil  bo‗ladi.  Blastomerlarning  bunday  joylashishiga  bo‗linish 
urchug‗ilarining  navbat  bilan  goh  gorizontal,  goh  vertikal  yo‗nalishiga  sabab 
bo‗ladi.  SHunga  binoan  blastomerlar  goh  yuqoriga  va  pastga,  goh  o‗ngga  va 
chapga  ajraladi.  Radial  bo‗linish  kovakichlilarda,  igna  tanlilarda  va  ko‗pgina 
xordalilarda ko‗zatiladi.   
  Spiral  bo‗linish  ko‗pgina  chuvalchanglarda  va  ko‗pchilik  molyuskalarda 
uchraydi.  Ular  tuxumlarning  animal  qismidagi  blastomerlar  sitoplazmasi  har  bir 
bo‗linish oldidan bir chetga surilib o‗tadi. SHunga muvofiq bo‗linish urchug‗i endi 
vertikal  emas, balki  qiya, taxminan  45 burchak ostida bo‗lib  qoladi. Ajralayotgan 
blastomerlar  radial bo‗linishdagi  kabi  pastdagilarning ustida  emas,  balki  ularning 
oralig‗ida joylashadi. Barcha animal blastomerlarning sitoplazmasi bir bo‗linishda 
o‗ngga,  navbatdagisida  esa  chapga  ko‗chib  o‗tadi.  Agar  bo‗linish  urchularining 
joylashish chizig‗i faraz qilib davom ettirilsa, u spiral bo‗lib chiqadi.  Bilateral 
bo‗linish-bo‗linayotgan  zigota  orqali  faqat  bitta  tekislik  o‗tkazish  mumkinligini, 
uning  ikkala  tomonida  bir-biriga  mos  keladigan  blastomerlar  joylashishi  bilan 
xarakterlanadi. 
Preparat 
askarida 
bachadonining 
ko‗ndalang  kesimidan 
tayyorlangan.  Preparat  mikroskopning  kichik  obektivi  orqali  qaralganda, 


bachadonning  ichida  otalangan  va  otalanmagan  tuxum  hujayralarini  ko‗rish 
mumkin. Otalangan tuxum hujayralar to‗liq va tekis maydalanadi. Mikroskopning 
katta  obektivi  orqali  qaralganda  maydalanayotgan  2,  4,  8  va  undan  ko‗proq 
blastomerli stadiyalarni ko‗rish mumkin. Bulardan tashqari askarida bachadonining 
ikki  pronuklesli,  endi  otalangan  tuxum  hujayralarini  ham  ko‗rish  mumkin.  Ikki 
pronukleusli  blastomerlardan  2-3  tasini  va  maydalanayotgan  blastomerlarning 
rasmini chizing.   

Download 3,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish