tuzilish sxemasi
1-otalanish pardasi, 2-sariqlik pardasi, 3-donador qavat, 4-pektinli qavat, 5-ichki protoplazmatik
qavat, 6-sariqlik (endoplazma), 7-donador (gastrogranulalar) iz, 8- tuxumdon sitoplazmasi tashqi
yuzasi, 9-perivetillin bo‗shliq
Tuxum hujayrasiga spermatozoidning bo‗yinchasi bilan birga boshchasi
kiradi. Sitoplazmali dumcha odatda tashqarida qoladi, moboda tuxumga o‗tgan
taqdirda ham sitoplazmada erib ketadi. Ba‘zi bir hayvonlarda, masalan
molyuskalarda,
spermatozoid
tuxum
hujayrasiga
butunicha
kiradi.
Spermatozoidning boshchasi kirishi bilan urug‗lanish qobiq hosil bo‗la boshlaydi.
Sariqlik qobiq kortikal qatlamdan ko‗chadi va ular oralig‗ida perivitilin deb
ataluvchi bo‗shliq hosil bo‗lib, u suyulik bilan to‗lgandir. Buning ketidan kortikal
granulalar itarilib chiqariladi. Bu granulalar ichki tomondan sariqlik qobiq bilan
birlashib ketib, chamasi 500 Aqalinlikdagi urug‗lanish qobiqni hosil qiladi. Bu
qobiqning hosil bo‗lishiga to‗sinlik qiluvchi omillar (mochevinaning ishtirok
etishi, kalsiyning yo‗qligi...) polispermiyga tuxum hujayrasiga bir necha
spermatozoidlarning kirishiga sabab bo‗ladi. Tuxum ichida spermatozoidning
boshchasi avval o‗zining oldingi qismi bilan urg‗ochilik yadrosi tomonga qarab
siljiydi, so‗ngra u yadroga hujayra markazining nurlari paydo bo‗layotgan
bo‗yinchasi bilan buriladi. Tuxum ichida harakat qilishiga qarab erkaklik yadrosi
g‗oyat o‗zgaradi: u asta-sekin shishadi va kattalashadi, uning xromatini yumshaydi
va u guj holatdan strukturasi aniq ifodalangan tipik yadroga aylanadi.
Erkaklik
va
urg‗ochilik yadrolarining qo‗shilib ketishi natijasida
maydalanuvchi yadrosi hosil bo‗ladi, bu mitotic bo‗lina boshlaydi. Urug‗lanishdan
keyin yo‗llovchi tanachalar ajralib chiqadigan bo‗lsa, erkaklik yadrosi urg‗ochilik
yadrosiga qarab faqat yyetilishning bo‗linishi tugagandan so‗ng siljib boradi (16-
rasm). Otalanish vaqtida tuxumning fizik va fiziologik xossalari o‗zgaradi, uning
o‗tkazuvchanligi ortadi: unda aminokislotalar almashinuvi keskin o‗zgaradi:
sitoplazma fermentlarining jadalligi oshadi. Bu o‗zgarishlarning hammasi,
urug‗lanishi jinsiy hujayrada anchagina past darajada bo‗lgan moddalar
almashinuvining keskin ko‗tarilishiga olib kelishini ko‗rsatdi. Otalanishdan so‗ng
nafas olish keskin ko‗tariladi, degan ilgari mavjud bo‗lgan tasavvurlar uncha
to‗g‗ri bo‗lib chiqmadi: urug‗lanish nafas olishga bir xilda ta‘sir ko‗rsatmaydi: u
bir xil tuxumlarda (assidiya) nafas olishning kuchayishini, boshqalarida aksincha,
kamayishini keltirib chiqaradi.
Baqani urug‗lanmagan va urug‗langan tuxumlarining kislorod talab
qilishida muhim fakrlar bo‗lishi umuman aniqlanmagan. Bu masalani bir qator
dengiz umurtqasiz hayvonlarida tekshirish, urug‗lanishning nafas olishga har xil
ta‘sir qilishiga urug‗lanmagan tuxumlarning nafas olishidagi katta tafovutlar sabab
bo‗lishini ko‗rsatadi. Urug‗lanishdan so‗ng tuxumlarda hajm birligida kislorod
talab etish deyarli bir xil bo‗ladi. Ehtimol tuxumlar kislorod talab etgan hollarda
esa aksincha kamayib ketadi. Binobarin, otalanishni nafas olishni tartibga soluvchi
jarayon deb qarash mumkin.
Odamda urug‗lanish ichki bo‗ladi. U tuxum yo‗lida
sodir bo‗ladi.
Spermatozoidlar bachadonning kuchsiz ishqoriy muhitga tushib, harakatchan
bo‗lib qoladi va uning bo‗shlig‗ida shilimshiq oqimiga qarama-qarshi holda faol
harakatlantirib tuxum yo‗liga ko‗chadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |