Multimediali texnologiya –axborotni videotasvir ko’rinishda ifodalab, uni multiplikastiya va tovush bilan to’ldiradi.
Gipermediali texnologiya – kompyuterda bir-biri bilan gipermurojaat bilan bog’langanbir qancha axborotlarni bitta taqdimot ko’rinishda tasvirlash imkoniyatini beradi.
Sohadagi ilmiy ishlar bitta katta o’quv kursini barcha qismlarini birlashtiruvchi multimediali, gipermediali elektron o’quv-uslubiy kompleks, elektron darslik, elektron qo’llanmalar (ham nazariy, ham amaliy, laboratoriya, seminar, test-sinov qismlarini), ko’rinishda tashkil etishga va shu asosda masofali ta’lim tizimini yaratishga qaratilgan. Multimediali texnologiya asosida yaratilgan qo’llanmalarda haqiqiy dunyo jarayonlari modellashtirish asosida elektron (virtual) voqelikka aylantirilib, o’quvchi uchun o’rganishga qulay sharoit yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |