Buxoro - 2017 Jumayev J. «Axborot tizimlari» fanidan ma’ruzalar matni. – Buxoro. 2017 yil. «Axborot tizimlari» fanidan ushbu ma’ruzalar matni o‘quv – uslubiy majmuasi tarkibiy qismi bo‘lib, Buxoro davlat universitetining «Axborot texnologiyalari» kafedrasida tayyorlangan. Ushbu ishlanma «Axborot tizimlari» fanini o‘rganish jarayonida magistrantlarning mustaqil ishlashini ta’minlovchi o‘quv-uslubiy materiallarni o‘z ichiga oladi hamda magistrant olgan bilimining sifatini doimo nazorat qilishni ta’minlaydi.
Ushbu ma’ruzalar matni «Axborot tizimlari» fani o‘quv rejaga kiritilgan barcha magistratura mutaxassisliklari uchun mo‘ljallangan.