ATT- dasturlar, zarur texnik, o’quv-uslubiy vositalarning kompleksi bo’lib, ta’lim oluvchining individual o’qish jarayonini dastur asosida boshqarish tushuniladi.
ShKning konstruktiv va funkstional imkoniyatlari shunday beqiyoski, ular barcha fanlarni o’qitish, yangi texnologiyalarini yaratish, ta’limni boshqarish imkoniyatlarini beradi.
Ta’limda kompyuter texnologiyalari talabalarga kompyuter texnologiyalarini o’rganishga sharoit yaratib, o’qishga havas o’yg’otadi.
Hozirgi paytda fanlar bo’yicha juda ko’plab o’rgatuvchi dasturlar yaratilgan bo’lib, bolalar boqchasidan tortib, to atom elektrostanstiyalari xodimlarini o’qituvchi, rahbar xodimlarni o’qituvchi dasturlar mavjud.
O’rgatuvchi dasturlarning turlari.
O’rgatuvchi dasturlarni klassifikastiyalashga asos sifatida o’quvchilar faoliyatining xususiyatlari tanlab olingan va 4 ta guruhi qaraladi: O’rgatuvchi dasturlar; Nazorat qiluvchi dasturlar; Modellashtiruvchi dasturlar ; Rivojlantiruvchi o’yin dasturlar.
O’rgatuvchi dasturlar da o’quvchiga nazariy ma’lumotlar beriladi. Materialga ilova qilingan savollar va testlar o’quvchi va kompyuter orasida dialog o’rnatadi. Savollarga noto’g’ri javoblar berilsa, dastur o’quvchini materialni puxtaroq o’rganish uchun orqaga qaytarishi mumkin.
Nazorat qiluvchi dasturlar olingan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash uchun mo’ljallangan. Unda nazariy material o’rganilgan deb faraz qilinib, ixtiyoriy tartibda savollar yoki testlar beriladi. O’quvchilar savollarga javob berishadi, to’g’ri javoblarga kompyuter dadada beruvchi, noto’g’ri javoblarga maslahatlar beriladi. To’g’ri va noto’g’ri javoblar soni sanab boriladi va natijaviy baho e’lon qilinadi.
O’rgatuvchi dasturlar 1960 yillarda Amerikada paydo bo’lgan va uning asoschisi psixolog B.F.Skiner hisoblanadi.
O’rgatuvchi dasturlar asosida o’rgatuvchi dastur yotadi. O’rganuvchi dasturga ergashib uning topshiriqlarini biror ketma-ketlik asosida bajarib boradi. Shu ketma-ketlikka qarab o’rgatuvchi dasturlar klassifikastiya qilinadi. O’rgatuvchi dasturlar 2 guruhga bo’linadi:
Chiziqli o’rgatuvch dastur. Bunda o’quvchi nazariy materialni birin-ketin o’rganib boradi.
Tarmoqlanuvchi o’rgatuvchi dastur. Bunda o’quvchi nazariy materialni bergan javobi asosidaar xil yo’nalishdagi ketma-ketlik asosida olib boradi.
Keyigi paytlarda aralash dasturlar ishlab chiqila boshlandi. Ularda ham nazariy material, ham amaliy material, ham nazorat qiluvchi testlar beriladi.
Aralash o’rgatuvchi dasturlar hozir ko’plab ishlab chiqila boshlandi. Ularning usumiy kamchiligi- 1) yaratishning qiyinchiligi, 2)o’qitish jarayoniga qo’llashning tashkiliy va uslubiy qiyinchiligi hisoblanadi.
Modellashtiruvchi dasturlar koompyuterlarning grafik va hisoblash imkoniyatlariga asoslangan bo’lib, o’rganuvchi xarayonni kompyuter ekranida tasvirlab, eksperiment o’teazish imkoniyatini beradi.
Rivojlantiruvchi o’yin dasturlar o’quvchi ixtiyoriga o’rganish jarayoniga mos muhit yaratadi va o’quvchini real voqelikka yaqinlashtirilgan sharoitlarda voqealarni tahlil qilib echimlar qabul qilishga undaydi. Bu qquvchining intelektual imkoniyatlarini oshirishga va ba’zan yangi faktlar yaratishga olib keladi.
1-, 2- tipdagi dasturlar soddaroq. Hozir ularni yaratish ishni avtomatlashtirish imkoniyatini beradigan ko’p sonli dasturlar va tillar yaratilgan. Masalan, Front Page, Home Site, html va h.k. 3- i 4- tipdagi dasturlar dasturchilar, psixologlar, mutaxassislar, metodistlarni mashaqqatli mehnati natijasida yaratiladi.
O’quvchilarning bilimini sinab ko’rishda hozirgi paytda test sinovlari keng o’rin olmoqda. Ko’pgina davlatlarda test sinovlari tradistion usullar: og’zaki, yozma va suhbatlashish usullarini chekkaga chiqarishib qo’yishdi. Lekin test usulini ham o’ziga xos tashkiliy, inson omili kabi qiyinchiliklari mavjuj. Masalan, bir kunlik davlat miqyosidagi test uchun qancha mablag’, insonlar vaqti kerak bo’ladi.
Ta’lim axborot texnologiyalarida multimedia va gipermedia-texnologiyalari keng ishlatilmoqda. Ular ATT da uning tashqi ko’rinishini chiroyli shaklga keltirish va namoyish etishda multimedia va musiqa, harakatlardan foydalanib taqdimotni ko’rgazmaliligini oshirish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |