QQQQQ AT ex lar (QQQQQAT).
(Qaror qabul qilishni qo’llab-quvvatlovchi)
Xarakteristikasi va vazifasi.
QQQQQ AT ex lar o’tgan asrning 60-70-yillarida amaerikalik olimlarning harakati tufayli AQSh da vujudga keldi.Unga ShK larning, standart amaliy dasturlarning ko’p tarqalganligi va sun’iy intellekt sohasidagi muvaffaqiyatlar sabab bo’ldi. QQQQQ AT ex larning eng muhim tomoni shundaki, ularda inson va kompyuterning butunlay yangi muloqat tarzi amalga oshiriladi. Muloqot asosida xodimning QQQ i iterativ jarayon asosida ro’y beradi. Bunday qaror qabul qilish uchun quyidaglar ishtirok etishadi:
QQQQQ AT hisoblash zvenosi va boshqariluvchi ob’ekt sifatida;
Inson boshlang’ich ma’lumotlarni QQQQQ AT ga uzatadi boshqaruvchi zveno sifatida kompyuterda yaratilgan natijani baholaydi;
Iterastion jarayon QQQ dan so’ng inson hohishi bilan yakunlanadi.
Shuning uchun ham aytiladiki, inson AT bilan birgalikda QQQ uchun yangi axborot ishlab chiqadi.
Qo’shimcha ravishda QQQQQ AT uchun quyidagi xususiyatlarni keltirish mumkin:
QQQQQ AT da yomon strukturalangan masalalar echiladi;
Axborotga odatiy kirish usullaridan foydalaniladi va ma’lumotlarni qayta ishlash uchun matematik modellar va ularning echimlarini topish uchun algoritmlar ishlatiladi;
AT da mutaxassis bo’lmagan foydalanuvchi ishlashi mumkin;
AT texnik va dasturiy vositalarning tipiga va foydalanuvchi talablariga adekvat moslashuvchanlik xususiyatiga ega.
Hisoblangan variant
Echim olindi
QQQQQ AT
QQQ menedjer
Yangi ma’lumotlarni kiritish
Asosiy komponentalari.
QQQQQAT ning asosiy komponentalarini ushbu tasvirda keltiramiz:
2.-rasm. QQQQQ AT ning asosiy komponentalari.
QQQQQ AT ning tarkibiga quyidagi uchta bosh komponentalar kiradi: ma’lumotlar xazinasi, modellar hazinasi, dasturiy qismtizim, uning o’ziga MBBT, modellar xazinasining boshqarish tizimi, kompyuter va inson orasidagi interfeysni boshqarish tizimi kiradi.
MB QQQQQ AT da muhim rol o’ynaydi. Ma’lumotlar foydalanuvchi tomonidan bevosita matematik modellar asosida hisoblash jarayonida kerak bo’ladi.
MBBT quyidagi imkoniyatlarga ega bo’lishi kerak:
Har xil manbalardan olingan ma’lumotlarni agregatlash, filtrlash natijasida kombinastiyalarini tuzish;
Ba’zi ma’lumotlar manbaini tez ishga tushirish yoki olib tashlash;
Foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarning mantiqiy strukturasini tuzish;
Rasmiy bo’lmagan ma’lumotlardan foydalanish va foydalanuvchining ishchi alternativ qarorlarini sinab ko’rish uchun ular ustida amallar bajarish;
Bu MB ni firmadagi boshqa operativ, mantiqiy MB larga bog’liq emasligi.
Chizmadan ko’rinadiki, QQQQQ AT da modellar xazinasi,foydalanuvchi interfeysi kirar ekan. Interfeysga kiradi: foydalanuvchi tili, kompyuterning xabarlar tili, foydalanuvchi bilimlari.
Foydalanuvchi tili-AT ga nisbatan insonning axborot olish uchun harakati. Xabarlar tili- kompyuterning displeyga beradigan xabari (simvol, signal, grafika...).Foydalanuvchi bilimi- foydalanuvchining shaxsiy bilimi, AT dagi kitoblar, instrukstiyalar, ma’lumotnomalar...).
Do'stlaringiz bilan baham: |