Global hisoblash tarmoqlari turli mamlakatlar va qit’alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Abonentlar o’rtasidagi o’zaro aloqa telefon tarmog’i, radio-aloqa va sun’iy yo’ldosh orqali aloqa tizimi bazasida amalga oshiriladi. Global hisoblash tarmoqlari barcha insoniyatning axborot resurslarini birlashtirish va ushbu resursga kirishni tashkil etish muammosini hal etadi.
Regional tarmoqlar bir-biridan ma’lum bir masofada joylashgan abonentlarni bog’laydi. U alohida mamlakatning katta shahridagi, iqtisodiy mintaqadagi abonentlarni o’z ichiga oladi. Abonentlar orasidagi masofa o’nlab, yuzlab kilometrni tashkil qiladi.
Hisoblash tarmoqlarining asosiy komponentlari quyidagilardan iborat:
— kabel va ishchi stanstiya;
— tarmoq INTERFACE;
— tarmoq SERVER.
Internet – jahon bo’yicha kompyuterlar tarmoqlaridan tuzilgan yaxlit tarmoq bo’lib, unda yagona «til»— andoza— qoidalar majmui asosida axborot almashadilar.
Uning nomi «tarmoqlararo» degan ma’noni anglatadi. Umuman olganda, Internetni tarmoqlarning tarmog’i sifatida qabul qilish to’g’ri bo’ladi.
Internet o’ziga ulangan tarmoqqa kiruvchi kompyuterlarning o’zaro ma’lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. Internet davlat buyurtmalarini bajarishda tashkilotlarning birgalikda olib boriladigan faoliyatlarini engillashtirish maqsadida 70-yillarning boshlarida AQSh mudofaa vazirligining loyihasi asosida yuzaga kelgan. Bu boshlang’ich tarmoq ARPANet (Advanced Pesearch Projects Aqency) bo’lib, avvalo, Kaliforniya va Yuta shtatlaridagi 4 tagina kompyuterni o’zaro bog’lagan. 1972 yilda ARPANet tajriba tarmog’i namoyish etiladi. U 40 ta kompyuterdan iborat bo’lib, barcha kompyuterlar teng huquqli bo’lishga va resurslarga faqat faylga murojaat qilishga mo’ljallangan dasturiy ta’minot yordamidagina kirish mumkin bo’lgan. Keyinchalik bu tarmoq kengayib, 80-yillar oxirida AQSh milliy ilmiy jamiyatining ixtiyoriga topshirilib, NSFNem shaklida rivoj topgan. Mazkur tarmoq hozirgi Internetning tayanch tarmog’i hisoblanadi.
Internetdan foydalanishda quyidagi tendenstiyalar kuzatilmoqda:
— 1981 yilda 213 ta kompyuter;
— 1983 yilda 562 ta kompyuter;
— 1986 yilda 5089 ta kompyuter;
— 1992 yilda 727000 ta kompyuter;
— 1995 yilda 20 mln. dan ortiq kompyuter.
Ya’ni, Internet tarmog’iga ulangan kompyuterlar soni yil sayin ortib bormoqda. Hisob-kitoblarga qaraganda, 2005 yilga borib er yuzida 1 milliardga yaqin kompyuterlar internetga ulanishi kutilmoqda. Internet-yalpi holda nazorat qilinmaydigan va boshqarib bo’lmaydigan tizim hisoblanadi. Uning yagona xo’jayini yo’q. 2004 yil dune bo’yicha Internet tarmog’idan foydalanuvchilar soni 800 milliondan oshdi. Bugungi kunda Internet o’zining texnologik imkoniyatlari Bilan muhim aloqa vositasi, axborot va bilim olishning bebaho manbai sifatida xizmat qilmoqda.
Internet XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu kashfiyot tufayli jahondagi millionlab kompyuterlar yagona tarmoqqa birlashtirildi.
Bosh kompyuterni Internet tarmog’iga ulash uchun joylardagi Internet ishini boshqaruvchi tashkilot(provayder)ga murojaat qilinishi lozim. 1997 yildan boshlab, bizning respublikamizda ham Internet provayderlari xizmat ko’rsatish ishini boshladi. O’zbekistonda hozirgi kunda ko’plab(270 dan ziyod) Internet provayderlari mavjud. Bunday tashkilotlardan ba’zilarini elektron manzillari bilan keltiramiz: Uz.RAK(www.uzpak.uz), Naytov(www.naytov.com), UzNet(www.uznet.uz), Sarkor-Telekom(www.sarkortelecom.uz), Uzbekistan Freenet(www.freenet.uz) va boshqa tashkilotlardir.
Internetga ulanish uchun quyidagi texnik vositalar talab qilinadi:
Zamonaviy kompyuter;
Modem (ichki yoki tashqi, hozir kompakt Uzb-modem lar ko’p tarqalgan ) qurilmasi. Internetda to’la qiymatli(multimedia, ovoz, grafikli tasvirlar bilan) ishlash uchun modemning tezligi yuqori bo’lishi kerak. Shuning uchun, kompyuterga ma’lumotlarni qabul qilish va uzatish tezligi 28,8 Kbayt/sekunddan kam bo’lmagan modem o’rnatilishi lozim. Eng yaxshi modemlarni US Robotics firmasi ishlab chiqaradi: Sportsterhavaskorlar uchun, Courierprofessionallar uchun. Ichki(kompyuter ichiga qo’yiladi) va tashqi(COM-port orqali ulanadi) modem tiplari unchalik bir-biridan farq qilmaydi. Lekin, savol tug’iladi, ichki modem qulaymi yoki tashqi modem. Ichki modem tashqi modemga nisbatan arzon hamda u kompterning ichiga qo’yilganligi bois, foydalanuvchi ishchi stolida o’ralashib yotmaydi va COM-portni band qilmaydi. Ammo tashqi modemning ichki modemga nisbatan bitta afzallik tomoni mavjud. Agar ma’lumotlarni uzatish vaqtida modem to’xtab(zavisat) qolsa, u holda ichki modemni ishga tushirish uchun barcha ishlab turgan dasturlarni yopish va kompyuterni qayta ishga tushirish talab qilinadi. Bu holda, agar tashqi modem bo’lsa, faqat uni o’chirish va qaytadan ishga tushirish kifoya bo’ladi.
Telefon, radioaloqa yoki sun’iy yo’ldosh orqali.
Kompyuterni Internetga yuklash uchun dastlab telefon tarmog’i orqali Internetda xizmat ko’rsatadigan provayder serveriga ulanish kerak bo’ladi. Ulanish vaqtida kompyuterda mijozning ismi (login) va paroli kiritilishi talab qilinadi. Agar kiritilgan ismi va parol so’zi to’g’ri bo’lsa, mijozning kompyuteri provayder serveriga ulanadi. Ulanish va uning tezligi (bir sekundda ma’lumot yuborish hajmi hisobida) haqida ma’lumot oynasi hamda kompyuterning topshiriqlar jadvalida oldinma-keyin joylashgan kompyuterlar tasviri paydo bo’ladi.
Hozir Uzb-modem lar orqali Internetga ulanish juda oson. Uzb-modem sotib olinadi. Ularga kompaniyaning nomerga ega sim kartasi o’rnatilgan bo’ladi. Kompyuterga Usell Uzb-modemi yoki Beeline Uzb-modemi ning dasturi o’rnatiladi. Ishlayotganda u aktivlashtiriladi (soedinit komandasi orqali) va ixtiyoriy Internet sharhlovchi orqali Internetga biror sahifadan kiriladi.
Ushbu jarayonlar to’g’ri bajarilgandan so’ng, istalgan biror bir brauzer (dastur) yordamida Internet tarmog’iga ulanadi. Biror sababga ko’ra aloqa o’rnatilmay qolsa, aloqa o’rnatilmaganligidan xabar beruvchi oyna paydo bo’ladi. Bunday holda aloqani o’rnatish uchun yuqoridagi jarayonni qayta takrorlash yoki provayderning ishonch telefonlariga murojaat qilish kerak.
Internetda ishlash tezligi va sifati uning provayderiga bog’liq. Foydalanuvchi provayderni tanlashda quyidagilarni hisobga olishi kerak bo’ladi.
Aloqa sifati va tezligi.
Bog’lanish va ma’lumotlarni uzatish tezligi.
Domen ochish(provayderdan Web sahifa uchun ajratilgan joy. Masalan, 800 Mbayt) imkoniyati.
Xizmat bahosi va hokazo.
Provayder Internet xizmatini ko’rsatuvchi tashkilot. Foydalanuvchi Internet xizmatidan foydalanishida provayder tanlay bilishi kerak bo’ladi, chunki Internet tezligi va sifati profayderga bog’liq. Demak, foydalanuvchi provayderga murojaat qilishidan oldin uning imkoniyatlari bilan tanishib chiqishi lozim bo’ladi.
Protokolbu kompyuterlar o’rtasidagi o’zaro munosabatni (ma’lumotlar qabul qilish va uzatish) aniqlab beradigan qoidalar majmuidir. Internet asosan TCP/IP(Transfer Control Protocol/Internet Protocol) protokolidan foydalanadi. TCP/IPbu Internetdagi kompyuterlarning ma’lumot almashishi uchun standart protokollar guruhi. Protokol to’g’ri bo’lsa, u holda kompyuterlar orasida aloqa o’rnatiladi.
Serverbu kompyuter yoki dastur bo’lib, boshqa kompyuter yoki dasturlardan tushadigan so’rovlarni qayta ishlash uchun belgilanadi. Server kompyuterlar, odatda, tarmoq xizmatini ta’minlaydi, lekin alohida kompyuter sifatida ishlatilishi ham mumkin. Server kompyuterda mavjud bo’lgan fayllardan boshqa kompyuterlarda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |