Buxoro davlat universiteti axborot texnologiyalari fakulteti


Tarbiyaviy: Qadimdan Ayollar qadrlanganligi haqida rivoyatlar va hadislar Rivojlantiruvchi



Download 29,55 Kb.
bet2/3
Sana01.07.2022
Hajmi29,55 Kb.
#727414
1   2   3
Bog'liq
ma\'naviyat

Tarbiyaviy: Qadimdan Ayollar qadrlanganligi haqida rivoyatlar va hadislar

Rivojlantiruvchi: Ayolni qadrlash va unga etibor berish.

Mavzuning predmeti: Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir,2 . Karimov I. A. O'zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura 3.Mirziyoyev Sh. M farmon va qonunlari 2022 4. Xayrullayev M. Uyg‘onish davri va Sharq mutafakkirlari 5. Sulaymonova F. Sharq va G‘arb 6. Oripov M. Oila, ma’naviyat va ijtimoiy taraqqiyot 7. .Sh. Zunnun. Donishmandlar odob-axloq to‘g‘risida 8. B.Qosimov va boshqalar. Vatan va millat muqaddasdir,M. Imomnazarov. Milliy ma’naviyatimiz nazariyasiga chizgilar
Mavzuning obyekti: Ayol muqaddas, chunki u ONA. Zero “Jannat Onalar oyog’i ostidadir”.

Asosiy qism:
I.1 Ayol zoti chindan ham o‘z timsolida go‘zallik va nafosat, ezgulik va fidoiylik kabi oliyjanob insoniy fazilatlarni mujassam etganiga yana va yana bir bor ishonch hosil qilamiz. Ayol-borliq ko‘zgusi. Uning nafis go‘zalligi olamni charog‘on etadi, chunki uning niyati pok, o‘zi pok. Barchalarimizga ayonki, onalarni, ayol zotini e’zozlash el-yurtimiz uchun azal-azaldan ezgu qadriyat bo‘lib kelgan. Biz mehr-muhabbat va odamiylikning ilk saboqlarini aziz onalarimizdan, ularning beshigimiz uzra parvona bo‘lib aytgan alla ohanglaridan olamiz. Darxaqiqat, biz hayotimiz mazmuni bo‘lgan sevgi va sadoqat , mehr-muhabbat, nazokat va latofat kabi eng nozik, sirli tuyg‘ularni Yaratganimizning beqiyos mo‘jizasi bo‘lmish ayol zotisiz aslo tasaffur eta olmaymiz.

Ayol deganda ko‘z oldimizga eng avvalo mo‘’tabar onamiz, qadrli buvijonlarimiz, munis opa-singillarimiz keladi. Ularga qancha e’tibor, g‘amxo‘rlik qilsak, quvontirishga urunsak baribir ozdir. Chunki, mana shu ayollar dunyoda yangidan-yangi chaqaloq yig‘isi eshitilishiga sabab bo‘layotgan zotlardir. Dunyoda shunday bir zot borki, uni xar kuni e’zozlasak ham, dillarini hushnud qilishga urunsak ham uning haqqini ado eta olmaymiz. Bu mo‘’tabar zot- onadir.

Muqaddas islom dinimizda onaga yaxshilik qilish borasida juda ko‘p buyruqlar va onani dilini og‘ritmaslik haqida ko‘pgina qaytariqlar mavjuddir. Birgina misol keltiramiz.

Allox, taolo «Isro» surasining 23-oyatida marhamat qilib aytadi:

«Robbingiz faqat Uning O‘zigagina ibodat qilishingizni va ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. Agar huzuringda ularning birlari yoki ikkovlari ham keksalikka yetsalar, bas, ularga «uff»dema, ularga ozor berma va ularga yaxshi so‘z ayt!»
Bu jumlaning «uf» so‘ziga bog‘liq ikki hil ma’nosi bor. Birinchi ma’nosi — ota-onaga yomon so‘z aytib, bexurmat qilma, degani bo‘lsa, ikkinchi ma’¬nosi— ota-onang oldida «uf» dema, ular, bolam og‘ip holga tushibdi, deb ozorlanadilar, deganidir.
«...ularga ozor berma va ularga yaxshi suz ayt!»

Ota-onangga xech bir ozorni ravo kurma! Qanday yaxshi so‘z bo‘lsa, ushani ota-onangga ravo ko‘r!

Rasululloh (s.a.v.) ham ota-onaga yaxshilik qilishga ko‘p bora buyurganlar. Bundan tashqari bir necha hadislarda onaning haqqi otaning haqqiga qaraganda ko‘proq ekanini ham aytganlar.

Baxz ibn Xakimdan rivoyat qilinadi:

«Yo, Rasululloh, kimga yaxshilik qilay?»,-dedim.
«Onangga»,-dedilar.
«So‘ngra kimga?»,-dedim.
«Onangga», - dedilar.
«So‘ngra kimga?» — dedim.
«Onangga», - dedilar.
«So‘ngra kimga?» - dedim.
«Otanga va so‘ng yaqin bo‘lgan qarindoshlaringga », - dedi¬lar»

Mana shu hadisi sha’rifda Rasuli Ak¬ram alayhissolatu vassalom «Kimga yaxshilik qilay?» deb so‘ragan sahobiyga ketma-ket uch mar¬ta «Onangga yaxshilik qil» deb turib, turtinchisida «Otangga» deyishlaridan ulamolarimiz xukm chiqarib: «Onaning haqqi otanikiga nisbatan uch marta yuqori turadi», deyishadi.


Ushbu xadisi sharifdan olinadigan foydalar quyidagilardan iborat:


1.Farzandning yaxshilik qilishiga eng sazovor shaxs ona ekani.
2.Farzandning yaxshilik qilishiga onadan keyin eng sazovor shaxs ota ekani.
3.Onaning haqqi otanikidan uch marta ko‘p ekani.

Chunki, ona bolaning dunyoga kelishida, unib-o‘sishida juda katta mashaqqat chekkan zot bo‘ladi. Xomiladorlikning barcha mashaqqatlarini ona¬ning o‘zi tortadi. Ko‘ngil aynish, behol bo‘lish, zaiflashish, bolani qorinda ko‘tarib yurish va shunga o‘xshash boshqa homiladorlikka oid mashaqqatlarga ona duchor bo‘ladi. Tug‘ish mashaqqatlari, to‘lg‘oq qiyinchiliklari onaning o‘limni bo‘yniga olganiga dalildir. Ba’zi onalar ayni tug‘ish jarayonida halok bo‘lishlarining o‘zi barchaga onaning haqqi otanikidan nima uchun ustin qo‘yilganini bilib olishga yordam berishi kerak.

Bolani emizish, uni yuvib-tarash, kechalari uyqudan qolib bola uchun mashaqqat tortish va shunga o‘xshagan ishlarning barchasini ona o‘z zimmasiga oladi.
U shunday bir zotki duolarida uzini unutishi mumkin ammo xech kachon farzandlarini unutmaydi.

Shu bilan birga, onaning munisligi, mushtiparligi, jism nozikligi, ko‘ngil nozikligi va boshqa taraflari ham bor. Ular otalarga nisbatan yordamga, yaxshilikka, inoyatga, lutfga, marxamatga ko‘proq, muhtojligi uchun ham, ularga ortiqroq, darajada extirom ko‘rsatish zarur.

Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v.): vidolashuv xutbalarida ummatlarini uch narsadan ogoh etib, shunday dedilar: “Namoz, namoz, namozga diqqat qiling, unga hech ham beparvo bo‘lmang! “Qo‘l ostingizdagilarga kuchlari yetmaydigan vazifalarni yuklamang! Xotinlarning haqlarini hurmat qilinglar, men bu xususda Allohdan qo‘rqishingizni tavsiya etaman. Xotinlarning haqi masalasida Allohdan qo‘rqinglar! Zero, ular sizning yordamingizga muhtojdirlar. Ular sizga Allohning omonatidirlar...”

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) e’tibor qaratish lozim bo‘lgan asosiy 3 masalaning biri bu ayollarning haqqi hususida Allohdan qo‘rqish va ularni Allohning omonati deb asrab avaylash kerakligi ekanini o‘z ummatlariga nasihat qilmoqdalar. Shunday ekan, omonatga sodiq qolib, ayollarimizning turmushini farovon qilishlikka, ularga doimo e’tiborli va muhabbatli bo‘laylikka harakat qilishimiz lozimdir.

Xozirda Yurtimizda ayollarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar ham taqsinga loyiq ishdir. Vatanimizda yashayotgan ayollarga ular xohlagan barcha shart-sharoitlar mavjuddir. Mamlakatimizda ayollarga bo‘lgan yuksak hurmat-e’tibor va g‘amxurlikning amaliy isboti sifatida keyingi yillarda xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi ro‘li va ta’sirini kuchaytirish, ularning huquqiy, ijtimoiy, iktisodiy va ma’naviy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan 80 dan ortiq milliy va xalqaro hujjatlar qabul qilinganini alohida qayd etish lozim. Xattoki bu ish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, 1999-yil esa «Ayollar yili», 2001 -yil «Ona va bola yili» deb e’lon kilindi. O‘zbekiston 1995 yilda Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib Xotin-qizlar kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilib, undagi mezonlarni amaliyotga joriy eta boshlagan.

Bu haqda gapirganda, Xalqaro bolalar jamg‘armasi-YuNISEFning Sharqiy Yevropa, Boltiqbo‘yi va Mustaqil davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari bo‘yicha ofisi onalik va bolalikni muxofaza qilish borasidagi dasturlarni joriy qilishda O‘zbekistonni mintaqadagi namuna deb tan olganini qayd etish lozim. Bunday g‘amxo‘rlikdan ruhlangan ayollarimiz vatan uchun yanada ko‘proq o‘z hissalarini qo‘shishga va mana shu muqaddas zaminni, undagi musaffo osmonni asrashga harakat qilmoqdalar.

Bugungi kunda ayollarimiz barcha soxalarda erkin ishlash imkoniyatiga egadirlar. Xoh u maorif bo‘lsin, xoh u sanoat sohasi bo‘lsin, yoki siyosiy-ijtimoiy, tadbirkorlik va fermerlik sohasi bo‘lsin barchasida ayollarimiz mehnat qilish huquqiga egadirlar. Qisqa qilib aytganda, bizning yurt ayollar qadr topgan yurt desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsada, har qanday ayol suyukli yor, mehribon ona, fayzli xonadon bekasi sifatida o‘rni, e’zozini topgandagina o‘zini chinakam baxtli his etadi. Ayollarimizni mana shunday chinakam baxtga ega bo‘lishlari uchun biz erkaklar ham mas’ulmiz. Zero ayollarga ehtirom-bu buyuklik ramzidir.

Yosh qizlarimiz o‘zlarining ilm-fandagi yutuqlari bilan, ayollarimiz turli sohadagi mehnat faoliyatlari bilan, munis onaxonlarimiz esa uzlarining duolari bilan yurtimiz tinchligi va farovonligi uchun xissa qo‘shmoqdalar. Mo‘’tabar keksa onaxonlarimizning qilayotgan duolari yurtimizni har qanday balo-qazolardan asrayotgan bo‘lsa ajab emas. Chunki onalarning qilgan duolari Yaratganning huzurida shaksiz ijobatdir.

Shunday ekan har birimiz boshimizda toj bo‘lib, xonadonlarimizni nurga to‘ldirib bizning haqqimizga to‘xtovsiz duolarni qilib turgan volidai mehribonlarimizni dillarini shod qilib, xizmatlarida bardavom bo‘lib, ularni g‘animat bilib e’zozlab yashashligimizni Parvardigorimiz barchalarimizga nasib etsin!
Sharqda ayolni farishtaga qiyos qilishadi. Chunki farishtalar Alloh taolo yaratgan eng pok, eng begunoh zotlardir. Xalqimizning buyuk tarixida o`zining jasorat va matonati, aql-zakovati, nafosat va nazokati bilan o`chmas nom qoldirgan To`maris, Bibixonim, Gulbadanbegim, Zebuniso, Nodira, Uvaysiy, Anbar Otin va boshqa ko’lab ayollarimizni hamisha ehtirom bilan tilga olamiz.

Ulug` momolarimizga xos bo`lgan oliyjanob fazilatlar bugun ham muhtaram ayollarimiz siymosida davom etib kelmoqda. Ayollarga bo`lgan cheksiz hurmat-ehtiromimizning yana bir sababi shundaki, ayol avvalo har bir insonning beshigini tebratadigan, oq suti bilan uning yuragiga odamiylik fazilatlarini singdiradigan, uni hayot bo`ronlaridan asrab-avaylaydigan fidoiy insondir.



I.2 Hadislarda "Ayollarni ulug` odamlar hurmat qiladi. “Onaga bo’ysunib xizmatida bo’l, jannat onalar oyog’i ostidadir” deb ta’kidlanadi. Ayolni e’zozlash unga ehtirom ko’rsatish Sharqda o’ziga xos oliyjanoblikdir.

Ayniqsa O’zbekistonimiz istiqlolga erishgandan so’ng Xotin-qizlarning jamiyatdagi o’rni va mavqeyini mustahkamlash borasida davlat ahamiyatiga molik tarixiy ishlar amalga oshirilmoqda. 1999-yilning mamlakatimizda “Ayollar yili”, keying yillarda Onalar va bolalar, Sog’lom ona va sog’lom bola deb e’lon qilinishi ulkan ishlarning ham amaliy ham mantiqiy davomidir. Negaki yuqorida ta’kidlab o’tkanimizdek ayol bu ona u bir xalqni dunyo keltiradi, tarbiyalaydi


Markaziy Osıyo xotin-qizlari... azaldan ezilgan, shaxsiyatı va taqdirini o’zgalar ixtiyoriga topshirgan, ham oilada, ham jamoatchilikda tahqirlangan ayollar. Kommunizmga ishonib, paranji tashlagan, istiqlolga umid bog’lab, erkinlik izlagan ayollar. Endilikda esa bozoru-dalalarda tirikchilik tashvishlari bilan band, ham hukumat, ham jamoatchilik nazaridan chetda qolgan ayollar.

Olimlar nazarida XX asrda yuz bergan ba’zi ulkan o’zgarishlar zaminini tushunmay turib, bugungi o’zbek ayollarini baholash, ta’riflash juda qiyin.

O’zbekiston ayollari boshqa jamiyatlardagi kabi urf-odat va zamonaviylik, kasb va oila, mustaqil hayot va ijtimoiy talablar kabi masalalar bilan yuzlashib keladi.

O’zbekiston ayollari hayoti bilan yaqinda tanish, amerikalik olima Marianna Kemp zamonaviy tarixni, jumladan, 1920-30-yillarda Sovet hukumatining o’zbek ayollarini paranjidan chiqarish siyosatini bilmasdan turib, bugungi ayollarni tushuna olmaysiz, deydi.

“Bu jamiyat shakllanishida o’ta muhim davr bo’lgan. Sovet hukumati “hujum” siyosati orqali islom dinini, urf-odatlarni va shu tariqa ijtimoiy hayotni o’zgartirishni ko’zlagan. Kimlar uchundir xotin-qizlarning ishlay boshlashi, faollashishi ijobiy hol, inqilobiy o’zgarish bo’lgan, kimlardir bunga xavotir bilan qaragan. Shu narsani bugun ham ko’rasiz.”

Marianna Kemp o’zining “O’zbekistonning Yangi Ayoli” deb nomlangan kitobida Sovet tarixi ayollar paranjini ixtiyoriy ravishda tashlagan deya o’rgatsa-da, aslida ayollar harakati hukumat uydirmasi bo’lgan, deya xulosa qiladi. Sovet Ittifoqining milliylashtirish, sovetlashtirish, erkinlashtirish kabi siyosatlari ayollarga juda og’ir kechgan.

“Paranjidan chiqarish siyosati, ya’ni hujumni amalga oshirgan o’zbeklarning ko’pi bu yo’l bilan ayollarni ozod qilamiz deb ishongan. Shu bois Sovet hukumati ayollar paranji tashlasin deganda ular umr-yo’ldoshlarini shunday qilishga majbur qilganlar. Bunga qarshi oila a’zolar esa paranji tashlagan ayollarni o’ldirishga tushgan. Ular nazarida bu gunoh bo’lgan. Ko’plab xotin-qizlar hayoti ko’kka sovurilgan”,- deydi Marianna Kemp.

Nahotki, xotin-qizlar buni o’zi xohlamagan? Jamiyatda men ham o’z o’rnimga ega bo’lay, bu erkinlik uchun imkoniyat demaganmi ular? Ko’plab ayollar uchun, shunday bo’lgan, deydi Marianna Kemp.

“Lekin buni ayollar harakati deya olmaymiz. Xotin-qizlarni o’ldirish aksil-inqilobiy harakat va eng katta jinoyat deb chiqqan Sovet hukumati bu qonun ijrosini mahalliy adliya qo’liga topshirgan. Mahalliy adliya tizimida esa ayollarning teng bo’lishini, erkin bo’lishini istamagan odamlar ko’p bo’lgan", - deydi Marianna Kemp.

"O’zbekistonda hujum tarixi 1964 yildan keyin juda chuqur tahlil qilingan. Aminova, Olimova, Ra’no Rajabova va Bibi Polvonova kabi olimalar bu davrni izchil o’rganib, ilmiy ishlar yozgan. Hukumat nima degan, mahalliy ijrochilar nima qilgan, jamoatchilik qanday javob bergan – bu ma’lumotlar O’zbekiston arxivlarida saqlanib qolgan, kitobimni ana shu qimmatbaho faktlarga asosladim. Paranji tashlagan ayollar mard va qo’rqmas insonlar bo’lgan. Erkinlik ularga qimmatga tushgan”.

O’zbekiston ayollari hali ham muvozanat izlamoqda. Siyosiy-ijtimoiy kuchga ega bo’lishga urinmoqda. Bir qarashda ular erkin, zamonaviy, so’zga chechan, ilmli ayollar, biroq ularning ko’pi o’z taqdirini o’zi belgilamaydi. Ular uchun ota-ona, oila farzi muhim.

Kimdir ochiq kiyinadi, kimdir esa ro’molni ma’qul ko’radi. Kimdir shim kiyadi, kimdir esa lozim. Shaharda ayollar uchun imkoniyatlar ko’proq, biroq ko’pchilik qishloqda kun ko’radi. Mahalla, qarindosh-urug’ nima deydi degan xavotir hukmron. O’zbekistonning qay yerida bo’lmasin, ayollar urf-odat va zamonaviylikni qorishtirgan holda yashashga intiladi.

Mutaxassislar nazarida bu hol faqatgina O’zbekisonga xos narsa emas. Ishli, oilali, farzandli va pulli bo’lish umumbashariy istak. Ayol erkinligi - inson erkinligi: o’z fikrini bildira olish, bilim olishda va ishda erkaklar bilan teng imkoniyatlarga ega bo’lish.

“Xotin-qizlarning hayoti yaxshilanishi uchun ularga mukammal bilim berish va ularning erkin faoliyat yuritishi uchun muhit yaratish lozim. Toki ular o’z kichik biznesini boshlay olsin, daromadiga o’zi egalik qilsin, farzandlari uchun va oilasi uchun gapira olsin. Ana shu omillar ayollarning jamiyatdagi rolini kuchaytiradi. O’zbekistonda juda kuchli ayollar bor. Juda ilmli, faol, o’z o’rnini va rolini biladigan ayollar”,- deydi Marianna Kemp.

Ayrim faollar nazarida esa O’zbekistonda oddiy ayollar hayotiga e’tibor juda past. Ham hukumat, ham ilm-fan arboblari tomonidan. Hukumat xotin-qizlarga milliy mafkura g’oyasi targ’ibotchilari sifatida qaraydi. Ularni bir qolipda ko’radi. Ayollar hayoti siyosiy-ijtimoiy munozaralar mavzusi emas.

Ayollar muammosi – faqat ayollar muammosi. Oila, salomatlik va bola tarbiyasi muhim, biroq xotin-qizlarni siyosiy faollikka undovchi kuch-omil yo’q, deydi o’zbekisonlik olima, jinsiy tengsizlik haqidagi qator kitoblar muallifi, yaqingacha Toshkentda Ayollar Resurs Markazini yuritgan Marfua To’xtaxo’jayeva.

“O’zbekistonda ko’proq ayol arboblar haqida yoziladi, masalan, artistlar va shoiralar. Ammo oddiy ayolning hayoti hali tarixchilar nazariga tushmay kelmoqda”.

Mintaqada individual ravnaq degan tushunchani rivojlantirish lozim. Toki har bir yosh, ayolmi-erkak o’z taraqqiyoti haqida ko’proq bosh qotirsin. "Men kuchaysam, jamiyat ham kuchayadi deya o’ylansin",- deydi Marfua To’xtaxo’jayeva.

Olima nazarida qizlar O’zbekistonda bunday tarbiyalanmaydi. Voyaga yetsang, turmushga beramiz, tug’asan, uyda o’tirasan deya tarbiya beriladi.

Biroq ayol bo’lish, onalik va rafiqalik nima ekani, bunda kishining mustaqil inson bo’lishi naqadar muhim ekani chetda qoladi, deydi olima.

Iqtisodiy qiyinchiliklar ayniqsa xotin-qizlarga qiyin tushmoqda. Xulosa shuki, deydi Marfua To’xtaxo’jayeva, tarix bizga saboq bo’lishi lozim.

“Har bir odamning oldida bir savol bor – qanday yashash kerak? Paranji tashlash jarayoni o’sha zamon xotin-qizlariga qanday yashash uchun yo’l ko’rsatgan. Bu turtki bo’lgan, shu orqali ular o’z yo’lini topgan”,- deydi Marfua To’xtaxo’jayeva.

O’zbekistonda ziyoli, kuchli iroda va tafakkurga ega ayollar bor. Biroq ularning qo’li hali siyosiy qarorlar qilishga yetmaydi yoki ular faqatgina xotin-qizlarning tor doiradagi masalalari bilan band.

O’zbekistonda siyosiy faollik cheklangan. Siyosat esa deyarli turmushning har bir jabhasini o’z ichiga oladi. Xotin-qizlar o’z o’rnini topishi uchun Amerika kabi taraqqiy etgan jamiyatlarda ham ikki asrdan oshiq vaqt ketgan.

Biroq O’zbekistonda ayollarning 90 foizdan ortig’i savodli. Imkon berilgan taqdirda oliy ma’lumot va kasbdan qochmaydi. Mutaxassislar ta’biricha, qizlar tarbiyasida bilim va kasbiy kelajak olg’a surilishi va bilimli ayol jamiyat boyligi hamda quvvati ekani uqtirilishi lozim.

II.1 Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 1-mart kuni xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Xalqimiz tarixida buyuk allomalar, jahongir bobolarimiz qatorida, bunday insonlarni dunyoga keltirib, tarbiyalagan, ulug‘vor ishlarga ruhlantirgan fozila ayollar ham ko‘p bo‘lgan. Bugun ham xotin-qizlarimiz farzand tarbiyasida, turli sohalarda, mahallalarda fidoyilik ko‘rsatmoqda. Ularning og‘irini yengil qilish, huquq va manfaatlarini ta’minlash maqsadida so‘nggi yillarda bir qator qonunlar, farmon va qarorlar qabul qilindi.

2021-yilda ayollar tadbirkorligi dasturlari doirasida 200 mingdan ziyod loyihalarga 2 trillion so‘m kredit va subsidiyalar ajratilib, 320 ming xotin-qiz doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. 190 ming nafar ayol kasb-hunarga o‘qitildi. 4 mingdan ziyod xotin-qizlarga uy-joy to‘lovining boshlang‘ich badaliga mablag‘ ajratildi.

2 ming nafar qiz alohida grant asosida oliy ta’limga qabul qilindi. Natijada, o‘tgan yili oliy o‘quv yurtlariga kirgan talabalarning 60 foizini xotin-qizlar tashkil etdi.

Umuman, 2020-yildan boshlab, “Ayollar daftari” tizimi yo‘lga qo‘yilib, unga kiritilgan 900 mingga yaqin xotin-qizlarga ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, huquqiy va psixologik ko‘mak berilgan.

Hozirgi kunda “Ayollar daftari”da 630 mingdan ziyod xotin-qiz ro‘yxatda turibdi, ulardan 200 ming nafari ishsiz. Ayollar o‘rtasida jinoyatchilik, oilada zo‘ravonlik va tazyiq holatlari, afsuski, hali ham bor.

Davlatimiz rahbari bu muammolarni hal etishda mahalla faollari, jamoatchilik va nuroniylarning o‘rni va ta’siri sezilmayotganini aytdi.

– Bugungi farovon hayotimiz ham, yorug‘ kelajagimiz ham ayollarga bog‘liq. Agar xalqimiz bizdan rozi bo‘lishini xohlasak, avvalo, mo‘’tabar onalarimiz, opa-singillarimiz uchun munosib turmush sharoitlari yaratishimiz kerak. Ona rozi bo‘lsa, oila rozi bo‘ladi, oila rozi bo‘lsa, jamiyat rozi bo‘ladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bu maqsad mamlakatimizning taraqqiyot strategiyasida eng muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Ularning ijrosini tizimli tarzda, har bir mahalla kesimida amalga oshirish uchun Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida Prezident farmoni qabul qilindi.

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda “Ayollar daftari” jamg‘armasi mazkur qo‘mita tomonidan boshqariladi. Yurtimizdagi 9 ming 309 ta mahalla raisining xotin-qizlar va oila bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlari ham qo‘mita tizimiga o‘tkaziladi hamda har bir mahallada xotin-qizlar faoli lavozimi yangidan joriy qilinadi.


– Endi har bir mahallada ayollarning dardi bilan yashaydigan tizim bo‘ladi. Qaysi ayolga nima kerakligi, o‘qishi, davolanishi, bolalari tarbiyasi bo‘yicha mening stolimda adolatli raqam bo‘ladi, – dedi davlatimiz rahbari.

Ma’lumki, xotin-qizlar masalalari Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tizimida edi. Alohida qo‘mita tuzilishi munosabati bilan, bu vazirlik ham Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.


Bu sohada ham yangi tizim yaratilishi belgilandi. Joylarda bu vazifa bevosita hokimlarning zimmasiga yuklatiladi, hokim o‘rinbosari lavozimi qisqartiriladi. Mahalla raisi o‘z hududida hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faolining hamjihatlikda ishlashni ta’minlaydi.

Shuningdek, Xalq qabulxonalarining vazifalari ham endi shahar va tumandan mahalla miqyosiga tushadi.


Yig‘ilishda davlatimiz rahbari ayollarni ijtimoiy himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. 2022-yil 1-sentabrdan xususiy sektorda rasmiy ishlayotgan ayollarga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan to‘lash tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Bu maqsadlar uchun joriy yilda byudjetdan 200 milliard so‘m, 2023-yilda esa 1 trillion 700 milliard so‘m yo‘naltirilishi qayd etildi.

Ayollarning uy-joy sharoitini yaxshilash masalasiga to‘xtalar ekan, Prezidentimiz shunday dedi:


– Bir vaqtlar ayollarga imtiyozli uy berishga imkon yo‘q edi, bunga qonuniy asos, mablag‘ yo‘q edi.
Yig‘ilishda ipoteka kreditlari bo‘yicha ajratiladigan subsidiyalarning kamida 40 foizi xotin-qizlarga yo‘naltirilishi belgilandi.
Ularning salomatligini tiklash bo‘yicha ham aniq tadbirlar amalga oshiriladi. Xususan, joriy yilda 6 ming nafar ayolga yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Nogironligi bo‘lganlar reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlanadi. 3 million nafar xotin-qiz onkologik skriningdan o‘tkaziladi. Shuningdek, qizlarni emlash, fertil yoshdagi ayollarni dori va vitaminlar bilan bepul ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Qizlarning yaxshi ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi Prezidentimizni hamisha o‘ylantiradigan masalalardan biri. Bu yig‘ilishda ham ular uchun ta’lim sharoitlarini kengaytirish bo‘yicha tarixiy qarorlar qabul qilindi.

Jumladan, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash dasturi ishlab chiqiladi. Dastur doirasida, poytaxtimizda asosan xotin-qizlarni o‘qitish uchun davlat-xususiy sherikchilik asosida to‘qimachilik sohasida alohida universitet tashkil etiladi. Paxta-to‘qimachilik va pillachilik klasterlari ishtirokida joylarda universitetning texnikumlari ham ochiladi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab, ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun qizlarga ilk marotaba 7 yil muddatga foizsiz kredit berish joriy qilinadi. Buning uchun, joriy yilda banklarga 1 trillion 800 milliard so‘m, kelgusi besh yilda 8 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi.

II.2 Yana bir yangilik: kelgusi o‘quv yilidan boshlab, magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakt pullari to‘liq byudjetdan qoplab beriladi. Shuningdek, ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yo‘qotgan talaba qizlarning ta’lim kontrakti mahalliy byudjetdan to‘lanadi.

Jamiyatimizda olima ayollar ulushini sezilarli oshirish uchun doktorantura yo‘nalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi.

Monomarkazlar va oliygohlar qoshida Malakani baholash markazlari tashkil etish, ayollarni talab yuqori bo‘lgan ishchi kasblarga o‘qitish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

2022-2024-yillar uchun “Biznes ayollar” dasturi qabul qilinishi belgilandi. Uning ijrosiga jami 8 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Ayollar uchun tadbirkorlik kurslari tashkil etiladi, imtiyozli kreditlar beriladi.

Davlatimiz rahbari ehtiyojmand xotin-qizlar bandligini ta’minlagan tadbirkorlarni ham qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi. Ular uchun ko‘plab soliq va savdo imtiyozlari belgilandi.

Yig‘ilishda ayollarning huquqiy himoyasini kuchaytirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Bugungi kunda tazyiq va zo‘ravonlik uchragan ayollar 30 kun muddatga alohida himoyaga olinadi. Lekin, undan keyingi tizim bo‘shliq bo‘lib qolgan.


Shu bois, endi ayollarning tazyiq va zo‘ravonlikdan himoyasi sud tomonidan ta’minlanishi, alohida himoyaga olish bir yilgacha belgilanishi aytildi.

Oilalarni mustahkamlash, farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyatini oshirish ham bugungi kundagi dolzarb masalalardan.


Prezidentimiz bu borada obro‘-e’tiborli, bilimli xotin-qizlardan iborat “Oqila ayollar” harakatini tashkil qilish taklifini bildirdi.

– Bu harakat “mahallaning vijdoni”ga aylanishi kerak. Chunki ma’rifatli jamiyatni ma’rifatli onalarsiz qurib bo‘lmaydi, – deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.




XULOSA
Ulug` momolarimizga xos bo`lgan oliyjanob fazilatlar bugun ham muhtaram ayollarimiz siymosida davom etib kelmoqda. Ayollarga bo`lgan cheksiz hurmat-ehtiromimizning yana bir sababi shundaki, ayol avvalo har bir insonning beshigini tebratadigan, oq suti bilan uning yuragiga odamiylik fazilatlarini singdiradigan, uni hayot bo`ronlaridan asrab-avaylaydigan fidoiy insondir

Bugungi farovon hayotimiz ham, yorug‘ kelajagimiz ham ayollarga bog‘liq. Agar xalqimiz bizdan rozi bo‘lishini xohlasak, avvalo, mo‘’tabar onalarimiz, opa-singillarimiz uchun munosib turmush sharoitlari yaratishimiz kerak



Shunday ekan har birimiz boshimizda toj bo‘lib, xonadonlarimizni nurga to‘ldirib bizning haqqimizga to‘xtovsiz duolarni qilib turgan volidai mehribonlarimizni dillarini shod qilib, xizmatlarida bardavom bo‘lib, ularni g‘animat bilib e’zozlab yashashligimizni Parvardigorimiz barchalarimizga nasib etsin!



Download 29,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish