KO‘P TAKTLI SXEMALAR
1-ta‘rif Agar biror element(1-shakl)uchun aniqvbo‘lgan v vaqtdan keyin uning chiqishida kirishlariga berilgan signallar majmuasiga mos keladigan signal (realizatsiya qilonadigan funksiyaning berilgan signallar majmuasidagi qiymati) paydo bo‘lsa,u holfa bunday qurilma funksional element deb ataladi. Agar kelgusi momentda element kirishlarigs yangi signallar majmuasi berilsa,u holda v vaqtdan keyin uning chiqishida berilgan signallar majmuasiga mos keladigan signal paydo bo‘ladi, ya‘ni kirishlarga ketma-ket beriladigan signallar majmuasi bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda ishlab chiqiladi.
2-ta‘rif.Element kirishiga berilgan signallar majmuasiga mos keladigan signal uning chiqishida paydo bo‘lishigacha sarf qilingan vaqt (v vaqt ) funksional elementning ushlab turish vaqti deb ataladi.
3-ta‘rif.Agar funksional element chiqishida ma‘lum vaqtdan (taktdan)keyin uning kirishiga berilgan (0 yoki 1) signalning o‘zi paydo bo‘lsa,u holda bunday funksional elementga ushlab turish elementi deb ataladi(1-shakl).
4-ta‘rif.Agar S sxemaning n ta kirishiga(x1,x2,…,xn) signallar maj-muasini bergandan malum v taktdan keyin uning chiqishida f funksiyaning f(x1,x2,…,xn) qimati hosil bo‘lsa, u holda S sxema f(x1,x2,…,xn) funksiyani v ushlab turish vaqti bilan realizatsiya qiladi deb ataladi.Bunday S sxemani v ushlab turish vaqti bilan f(x1,x2,….,xn) funksiya-ni realizatsiya qiladigan funktional element deb qarash mumkin.Mantiq algebrasining istalgan funksiyasini realizatsiyaqiladigan sxema to‘g‘ri sxema deb ataladi. Bir taktli funktional elementlardan tuzilgan sxemani ko‘p taktli,oniy ravishda ishlaydigan funktional elementlardan tuzilgan sxemani esa nol taktli sxema deb ataymiz.
1-izoh.Agar (bir taktli funktional elementlardan tuzilgan) to‘g‘ri sxemadagi hamma funktional elementlarni nol taktli deb faraz qilsak, u holda hosil bo‘lgan nol taktli sxema ham ko‘p taktli sxema realizatsiya qiladigan funksiyani realizatsiya qiladi.
2-izoh. f(x1,x2,….xn) funksiyani realizatsiya qiladigan S to‘g‘ri sxemaninng ushbu turish vaqti v doimo sxemaning ketma-ket ulangan ichki funksional elementlari soniga teng emas.Masalan ,վ1,վ2,…վn funktional elementlardan (2-shakl) tuzilgan(3-shakl), ketma-ket ulangan funktional elementlarning soni ikkiga teng bo‘lshiga qaramasdan xy funksiyani realizatsiya qiluvchi bir taktli sxemadir.
3-izoh.konsultantlarni(0yoki 1) realizatsiya qiladigan sxemalar yoki funktsional elementlarning hamma kirishlari soxta kirishlardir.Bunday sxemalar deb aytish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |