Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


 Kreditlashni tashkil qilish printsiplari. Kredit tizimining



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/274
Sana16.01.2022
Hajmi3,95 Mb.
#372715
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   274
Bog'liq
Bul va banklar

 
19.3. Kreditlashni tashkil qilish printsiplari. Kredit tizimining 
turlari: markazlashgan kredit tizimi; bozor kredit tizimi; o`tish 
davri kredit tizimi.  
 
Biror  mamlakat  iqtisodiyotida  yuz  berayotgan  tangliklar,  no-
mutonosibiklarning  bir  uchi  bank  tizimi  holati  va  tijorat  banklarning 
foaliyatiga  borib  taqaladi.  Ayniqsa,  o`tish  davrini  boshdan 
kechirayotgan 
davlatlarda 
yuz 
bergan 
va 
yuz 
berayotgan 
inqirozlarning bosh omillari sifatida banklarning sinishi va bankrotligi 
sanaladi.  Rossiyada  1995  yil  va  1998  yilda  sodir  bo`lgan 
inqirozlarning  tahlili  shuni  ko`rsatadiki,  aholining  banklarga 
ishonchining yo`qolishi, siyosiy omillar va moliyaviy piramidalarning 
tushkunligi  holatlari  banklarning  to`lovga  qobiliyatini  yo`qqa 
chiqaradi.  SHunday  ekan,  tijorat  banklarning  likvidligi  va  to`lovga 
qobiliyatini  tahlil  etish  davomida  bunga  ta`sir  etuvchi  omillarni 
aniqlash  lozim.  CHunki  likvidlik  va  to`lovga  qobiliyatlilik  murakkab 
iqtisodiy tushunchalar sanaladi va yuzaki baholaganda tahlil samarasi 
past bo`lish mumkin. 
Banklar  faoliyatiga  ta`sir  qiluvchi  omillar  turlicha  tasniflanadi. 
Odatda,  ular  ichki  va  tashqi  omillarga  ajratilib  o`rganiladi.  Tijorat 
banklarning  likvidligi  va  to`lov  qobiliyatini  belgilaydigan  ichki 
omillar qatoriga quyidagilar kiradi: 
– bankning mustahkam kapital bazasi; 
– aktivlar sifati; 
– depozitlar sifati; 
– tashqi manbalarga qaramlik darajasi; 
– aktivlar va passivlarning muddatlari bo`yicha mutanosibligi; 
– malakali menejment; 
– bankning imidji. 
Bankning  mustahkam  kapital  bazasi  xususiy  kapitalining  mutlaq 
qiymatini  ifoda  etib,  aktivlar  bo`yicha  tavakkalchiliklarning  himoya 
manbasi  hamda  omonatchilar  va  depozitchilar  mablag’larining 


309 
 
kafolati  hamdir.  Bankning  xususiy  kapitali  nizom  fondi  va  boshqa 
maqsadli  fondlardan  iborat  bo`lib,  moliyaviy  barqarorlik  uchun  ham 
asosdir. SHunday qilib, bankning xususiy kapitali qancha katta bo`lsa, 
likvidlilik ham shuncha yuqori bo`ladi.  
Aktivlar  sifati  asosan  to`rt  xil  mezon  asosida  aniqlanadi: 
likvidlilik,  tavakkalchilik  darajasi,  daromadlilik  va  diversifikatsiya 
bo`yicha.  Aktivlarning  likvidligi  shu  aktivlarning  pul  shakliga  o`tish 
layoqatidir.  Likvidlik  xizmatidan  aktivlar  bir  necha  guruhlarga 
ajraladi.  Birinchi  guruhga  yuqori  likvidli  aktivlar  –  kassa  va  vakillik 
hisobvarag’idagi  mablag’lar  hamda  davlatning  qimmatli  qog’ozlarini 
kiritish mumkin. Ikkinchi guruhga qisqa muddatli ssudalar, banklararo 
kreditlar, faktoring operatsiyalari va aktsionerlik jamiyatlarning tijoriy 
qimmatli  qog’ozlari  tashkil  etadi.Uzoq  muddatli  investitsiyalar, 
qo`yilmalar  va  lizing  operatsiyalari  uchinchi  guruh  likvid  aktivlarni 
tashkil  etadi.  Nihoyat,  to`rtinchi  guruh  likvid  aktivlar  muddati 
uzaytirilgan  ssudalar,  bino  va  inshootlardan  iborat.  Tavakkalchilik 
darajasi  bo`yicha  ham  aktivlar  to`rt  guruxga  ajratiladi  va  mos  holda 
0,20, 50, 100% lik tavakkalchilik darajasiga ega aktivlardan iborat.  
SHuni  ta`kidlash  lozimki,  tavakkalchilik  darajasi  qanchalik 
yuqori  bo`lsa,  likvidlik  shunchalik  past  bo`ladi.  Aktivlarning 
daromadliligi  aktivlarning  ishchanligi  va  samaradorligini  namoyon 
etadi.  Daromadlik  bo`yicha  aktivlar  daromad  keltiruvchi  va  daromad 
keltirmaydigan  aktivlarga  bo`linadi.  Daromadlar  qanchalik  ko`p 
bo`lsa,  bankda  kapital  bazani  mustahkamlash  imkoniyati  paydo 
bo`ladi.  Lekin  ko`rko`rona  daromadlilikka  intilishi  aktivlarning 
yo`qotilishiga  va  likvidlilikning  pasayishga  olib  keladi.  Aktivlar 
sifatini 
ko`rsatadigan 
mezonlardan 
yana 
biri 
ularning 
diversifikatsiyasidir.  Aktivlarning  diversifikatsiyasi  ko`rsatkichlari 
bo`lib, bank aktivlarining asosiy yo`nalishlari bo`yicha tarkibi, kredit 
qo`-yilmalarining ob`ektlari va sub`ektlari tarkibi, qimmatli qog’ozlar 
portfeli  tartibi,  valyutalar  strukturasi  (valyuta  ope-ratsiyalari 
bo`yicha), 
hamkor 
banklar 
tartibi 
hisoblanadi. 
Aktivlar 
diversifikatsiyasi  qanchalik  yuqori  bo`lsa,  likvidlilik  shuncha  yuqori 
bo`ladi. Bank aktivlarining sifati likvidlilik va to`lovga qobiliyatlilikni 
belgilashda  katta  o`rin  tutadi.  Aktivlar  tarkibi  shunday  optimal 
tanlanishi  kerakki,  bir  vaqtning  o`zida  ham  likvidlilik,  ham  to`lovga 
qobiliyatlilik va bank uchun keraklisi foydalilik ta`minlanishi lozim. 
Likvidlilikka  ta`sir  etuvchi  muhim  omillar  sirasiga  bankning 
depozit  bazasining  sifati  ham  kiritiladi.  Depozit  joriy  hisoblarda, 


310 
 
muddatli  depozit  va  omonat  jamg’armalari  ko`rinishda  yig’ilgan 
yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’lari tashkil qiladi. Depozitlar 
(talab  qilib  olguncha,  muddatli  va  jamg’arma)  sifati  mezoni  bo`lib, 
ularning  barqarorligi  hisoblanadi.  Depozitlarning  barqaror  qismi 
qancha yuqori bo`lsa, likvidlilik shuncha yuqori ta`minlangan bo`ladi, 
ularning  ulushining  ortishi  bankning  likvid  aktivlarga  ehtiyojini 
kamaytiradi.  Tadqiqotlar  shuni  ko`rsatadiki,  talab  qilib  olguncha 
bo`lgan  depozitlar  ularning  foiz  stavkasiga  bog’liq  emasligi  nuqtai 
nazaridan  barqarorligi  bilan  ajralib  tursa  muddatli  va  jamg’arma 
depozitlarning  qoldiqlari  qat`iy  muddatga  ega  ekanligi  bilan 
barqarordir.  Lekin  ularning  foiz  stavkasiga  bog’langanligi  foizlar 
o`zgarishi  bilan  bunday  depozitlar  migratsiyasini  vujudga  keltirishi 
mumkin. 
Banklarning 
likvidliligi 
va 
to`lovga 
qobiliyatligi 
tashqi 
manbalarga  qaramlik  darajasiga,  ya`ni  banklararo  kreditlarning 
ulushiga  ham  bog’liq.  Ma`lum  bir  chegaradagi  banklararo  kredit 
likvidligiga  hech  qanday  xavf  tug’dirmaydi,  aksincha,  u  likvid 
mablag’larga  bo`lgan  qisqa  muddatli  ehtiyojni  bartaraf  ham  etadi. 
Agar  banklararo  kredit  jalb  qilingan  resurslar  tarkibida  salmoqli 
o`rinni  egallasa,  banklararo  kredit  bozorida  noqulay  kon`yunktura 
vujudga  kelganda  bank  tanazzulga  yuz  tutish  mumkin.  Tashqi 
manbalarga  karatligi  yuqori  bo`lgan  rivojlanish  istiqboliga  ega 
bo`lmaydi 
va 
resurs 
bazasining 
beqarorligi 
evaziga 
katta 
tavakkalchilik ostida bo`ladi. 
Aktiv  va  passivlarning  muddatlari  summalari  o`rtasidagi 
nomutanosiblik  likvidlilikka  jiddiy  ta`sir  o`tkazadi.  Bankning  mijoz 
oldidagi 
majburiyatlarini 
bajarish 
uchun 
mijozdan 
olingan 
mablag’larni  qaytarish  muddati  shu  mablag’lar  hisobiga  qo`yilgan 
kredit  (investitsiyalar)ni  qaytish  muddati  bilan  mos  bo`lmog’i  lozim. 
To`g’ri, majburiyat boshqa manba hisobiga qoplanishi mumkin, lekin 
amalda  aktiv  va  passivlarning  asosiy  qismi  muddat  va  summada 
munosib bo`lishi bank barqarorligining garovi hisoblanadi. 
Menejment,  ya`ni  bank  faoliyatini  boshqarish  likvidlilikka  jiddiy 
ta`sir  o`tkazuvchi  omillardandir.  Bankning  boshqarish  sifati  oqilona 
bank siyosati, bank tashkiliy strukturasi, aktiv va passivlarni samarali 
boshqarish  mexanizmda  namoyon  bo`ladi.  YUqori  darajadagi 
menejment malakali kadrlarni talab etadi, shuningdek, zaruriy axborot 
bazasi tezkor choralarni amalga oshirishda qo`l keladi. 


311 
 
Kerakli  likvidlilik  darajasi  menejment  bilan  birga  bankning 
imidjiga  ham  bog’liq.  Ijobiy  bankka  resurslar  jalb  qilishda  va  likvid 
mablag’lar  kamomadini  to`ldirishda  baho  raqobatchi  banklarga 
nisbatan  ustunlik  yaratadi.  YAxshi  reputatsiyasiga  ega  bo`lgan  bank 
barqaror depozit bazasini hosil qila oladi, chunki u moliyaviy barqaror 
mijozlar  bilan  aloqa  qilishda  katta  imkoniyatga  ega  bo`ladi.  Ijobiy 
imidjga ega bo`lish o`ta murakkab jarayon, u yillar davomida natijalar 
evaziga  shakllanadi  va  rivojlanish  strategiyasini  to`g’ri  tanlash, 
mijozlarga 
xizmat 
ko`rsatish 
darajasini 
oshirish, 
marketing 
tadqiqotlarini  chuqurlashtirish,  ishonchli  va  ommabop  reklama, 
faoliyat natijalarini jamoatchilik uchun ochiqligi kabilarga asoslanadi. 
YUqorida  ko`rilgan  omillar  bankning  xususiyatlariga  bog’liq 
ravishda  turlicha  ahamiyatga  ega  bo`lish  mumkin.  Ba`zi  hollarda 
likvidlilik  muammosini  resurs  bazasi  sifati  va  tarkibi  tug’dirsa, 
ba`zida  aktivlar  sifati  bunga  sabab  bo`ladi.  Asosan  esa  likvidlilik  va 
to`lovga  qobiliyatlilik  muammolar  kompleks  omillar  uyg’unligida 
paydo  bo`ladi.  Likvidlilik  muammo-sini  ko`p  omilli  kategoriya 
ekanligini  tan  olgan  xolda,  har  bir  bank  o`zining  og’riqli  nuqtalarini 
belgilab  olishi  kerak,  ya`ni  bank  likvidligini  belgilaydigan  omillar 
to`g’ri talqin etilgandagina bu muammo oqilona hal etiladi. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish