Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/274
Sana16.01.2022
Hajmi3,95 Mb.
#372715
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   274
Bog'liq
Bul va banklar

19-MAVZU. KREDIT TIZIMI VA UNING 
BARQARORLIGIGA TA`SIR QILUVCHI OMILLAR 
 
19.1. Kredit tizimining mazmuni va tarkibi. Kredit tizimining 
elementlari. Kredit tizimining turlari.  
19.2. Kredit tizimining barqarorligiga ta`sir qiluvchi omillar. 
“Kredit  tizimi”  tushunchasining  mazmuni.  Kredit  tizimining 
tarkibi. Kredit tizimining elementlari.  
19.3. Kreditlashni tashkil qilish printsiplari. Kredit tizimining 
turlari:  markazlashgan  kredit  tizimi;  bozor  kredit  tizimi;  o`tish 
davri kredit tizimi.  
19.4.  Kredit  tizimining  holatini  tavsiflovchi  ko`rsatkichlar. 
Kredit tizimini tartibga solish va nazorat qilish. Kredit tizimining 
barqarorligiga ta`sir etuvchi omillar.  
 
19.1. Kredit tizimining mazmuni va tarkibi. Kredit tizimining 
elementlari. Kredit tizimining turlari.  
 
Hozirgi  kunda  farqlarning  yo`qolishi  va  banklar  tomonidan 
funktsional va yuridik xususiyatlarni bekor bo`lishi asosan yirik tijorat  
banklarida sezilarli amalga oshmoqda. SHu qayd qilish  lozimki yirik 
banklarning universallashuvi va  global yo`nalishlarining olib borilishi 
kichik banklarning, maxsus kredit tashkilotlariga ya`ni ma`lum turdagi 
operatsiyalarga 
moslashgan 
tashkilotlarga 
aylanishiga 
sabab 
bo`lmokda.  Bu  esa  ko`pgina  mamlakatlarda  faoliyot  ko`rsatayotgan 
ko`p boskichli bank tizimiga xos xususiyatdir. 
Bugungi  kunda  banklarning  ko`p  pog’onali  bo`lishi  ularning 
tashkiliy  tuzilishiga bog’liq. 
Ammo,  rivojlangan  mamlakatlarga  bir  yoki  ikki  pog’onali  bian 
tizimi xosdir. 
Bir  pog’onali  bank  tizimi  varianti  mamlakatda  yagona  markaziy 
bank  xali  mavjud  bulmasa  yoki  bitta  markaziy  bankdan  iborat 
bo`lsagina rsal (xaqiqatda) mavjud bo`lishi mumkin. 
Ammo tsivilizatsiya darajasidagi bozor iqtisodiyoti sharoitiga ikki 
pog’onali  bank  tizimi  xos.  Bunda  birinchi  pog’ona  banklari-bu 
Markaziy  bank,  ikkinchi  quyi  pog’ona  esa-tijorat  banklari  va  kredit 
tashkilotlaridir. 


302 
 
Markaziy bank-bank tizimi  mavjud bo`lgan barcha davlatlar pul-
kredit  tizimining  asosini  tashkil  kiladi.    Markaziy  bankning  moliya 
bozoridagi  o`rni  mamlakatda  bozor  munosabatlarining  rivojlanish 
darajasiga va xususiyatiga bog’liq. 
Bu esa o`z navbatida ikki pog’onali bank tizimini  shakllanishiga  
asosiy  omil  bo`lib  hisoblanadi.  Chunki    buning  tepasida  Markaziy 
bank bo`ladi. 
Ikki  pog’onali  bank  tizimining  zarurli  bozor  munosabatlarining 
qarama-qarshiliklaridan  kelib  chiqadi.  Bir  tomondan,  bu  xususiy 
moliya  mablag’laridan  erkin  foydalanish  huquqini  talab  kiladi.  Bu 
kuyi  pog’ona  banklar-tijorat  banklari  orqali  amalga  oshiriladi. 
Ikkinchi  tomondan,  bu  munosabatlarni  ma`lum  mikdorda  tartibga 
solish  nazorat  qilish  maqsadli  yo`naltirish  zarur.  Bunday  maxsus 
institut sifatida Markaziy bank yuzaga chikadi. 
Kredit  tizimi  bu  kreditning  barcha  xususiyatlarini  o`z  ichida 
ichida nomoyon etadigan va kreditning mohiyatini belgilashga xizmat 
qiladigan elementlarining yig’indisidir. 
Kreditning  qaytarib  berishlik,  muddatlilik,  foiz  to`lashlilik 
xususiyatlari  hamda  kredit  munosabatlarini  kredit  beruvchi  va  kredit 
oluvchi o`rtasida ixtiyoriy yuzaga kelishi kabi xususiyatlar amaliyotda 
o`z aksini topgan bo`lishi kerak. 
Kredit tizimi tarkibiy jihatdan 3 qisimdan iborat: 
1. Bank tizimi 
2. Nobank kredit tashkilotlari 
3. Maxsus iqtisoslashgan kredit muassasalari 
Maxsus 
iqtisoslashgan 
kredit 
muassasalariga 
Faktoring 
kompaniyalari, 
Forfeyting 
kompaniyalari, 
lizing 
va 
trast 
kompaniyalarikiradi.  Bu  muassasa  moliya  bozorining  ma`lum 
segmentida faoliyat ko`rsatadi va tijorat banklari bilan raqobat qiladi. 
Masalan,  Faktoring  kompaniyalari  Faktoring  xizmatlari  bozorida, 
Lizing  kompaniyalari  lizing  bozorida  tijorat  banklari  bilan  raqobat 
qiladi. Lekin har qanday mamlakatda kredit tizimining yadrosini bank 
tizimi tashkil qiladi. Bu esa quyidagi sabablar bilan izohlanadi: 
1.  Markaziy  bank  kredit  tizimini  tartibga  solish  va  nazorat  qilish 
vakolatiga ega ekanligai
2.  Tijorat  banklarini  depozit  qabul  qilish  va  hilma  xil  moliyaviy 
xizmatalr ko`rsatish vakolatiga ega ekanligi
3. Tijorat banklari qudratli moliyaviy institutlar ekanligi. 
Kredit tizimi quyidagi elementlardan iborat: 


303 
 
1. Kredit 
2. Kreditning printsiplari 
3. Kredit munosabatlarining ishtirokchilari 
4. Kreditning qonunlari 
5.  Kreditning  chegaralari.  Berilayotgan  kreditlarning  yuqori  va 
quyi  miqdorlariga  nisbatan  o`rnatiladigan  cheklovlardir.  Kredit 
chegaralari iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha,  mijozlar guruhi bo`yicha, 
kreditlash shakllari bo`yicha va kreditning turlari va shakllari bo`yicha 
belgilanadi.  Masalan,  tijorat  banklari  tomonidan  kredit  portfelining 
diversifikatsiya darajasini ta`minlash uchun bitta tarmoqqa beriladigan 
kreditlar  bo`yicha  25%  li  cheklov  o`rnatiladi.  Bu  cheklov  tijorat 
banklarining  kredit  siyosatida  aks  ettiriladi.  Bundan  tashqari  tijorat 
banklarida  kreditlarning  tarmoq  limitlari  qo`llaniladi.  Masalan, 
O`zbekistonda  tijorat  banklari  bitta  mijozga  yoki  o`zaro  bog’liq 
mijozlar  guruhiga  o`zini  birinchi  darajali  kapitalining  5%  igacha 
ta`minlanmagan  kreditlar  bera  oladi.  Overdraft  krediti  bo`yicha 
kreditning  eng  yuqori  chegarasi  mijozning  joriy  hisobraqamining 
debetli qoldig’i summasi bilan belgilanadi. Kreditning turlari bo`yicha 
kreditning 
chegaralari 
aniq 
belgilanadi. 
Masalan, 
aylanma 
mablag’larni to`ldirish uchun beriladigan qisqa muddatli kreditlarning 
chegarasi  korxonaning  o`z  mablag’lari  manbalarining  etishmagan 
summasi bilan belgilanadi. YOki ipoteka kreditlarining chegarasi uy-
joy qiymatining 75% igacha bo`lgan qismi bilan belgilanadi. 
Kreditlash  mexonizmi.  Bu  mexanizm  kreditni  berishdan  to  uni 
qaytarishgacha  bo`lgan  jarayonlarni  amalga  oshirish  tartibini 
belgilaydi.  Xususan,  kredit  shartnomasi,  kredit  mexanizmida  asosiy 
o`rinni egallaydi. 
Kredit infratuzilmasi 2 qismdan iborat: 
a) huquqiy infratuzilma 
b) instituttsional infratuzilam 
Huquqiy  infratuzilma  kredit  tizimi  faoliyatining  qonunchilik 
asoslaridan  iborat.  Masalan,  o`zbekistonda  fuqarolik  kodeksi, 
O`zbekiston Respublikasi Markaziy bank to`g’risidagi qonun, banklar 
va  bank  faoliyati  to`g’risidagi,  mikromoliyalash  to`g’risidagi, 
mikrokredit  tashkilotlari  to`g’risidagi  qonun,  Lizing,  Ipoteka 
to`g’risidagi  qonun  va  garov  to`g’risidagi  qonun  kredit  tizimining 
birlamchi huquqiy infratuzilmasi hisoblanadi. 
Institutsional  infratuzilmaga  kredit  munosabatlariga  xizmat 
ko`rsatuvchi tashkilotlar va muassasalar kiradi. 


304 
 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish