34-MA’RUZA. VALLAR VA O’QLAR.
REJA:
Val va o’qlarning vazifasi va tuzilishi
Vallarni loyihalashdagi hisoblash.
Vallarni mustahkamlikka hisoblash.
Vallarning bikrligini hisoblash.
Vallarning titrashga bardoshligini hisoblash.
1. Vallar va o’qlarning vazifasi va tuzilishi.
Vallar va o’qlar - tishli g’ildirak, shkiv va shu kabi qismlarni o’rnatish uchun ishlatiladigan asosiy detallardir.
Tuzilishi jihatidan o’q va valning bir - biridan farqi yo’q, lekin bajaradigan vazifasiga qarab farq qiladi.
O’qlarning asosiy vazifasi detallarning aylanishiga sharoit yaratib berishdir. O’qning o’zi alohida hamda detal bilan birga aylanishi mumkin.
Vallarning vazifasi o’ziga o’rnatilgan detallarning aylanishini ta’minlash bilan birga, burovchi momentni uzatishdan ham iborat.
O’q faqat eguvchi moment ta’sirida val esa, ham eguvchi, ham burovchi momentdan hosil bo’ladigan kuchlanish ta’sirida ishlaydi.
Ba’zan vallarning tuzilishi o’qdan farq qilishi mumkin (tirsakli val, egiluvchan val).
Val va o’qlarning tayanchlarga mo’ljallangan qismi stapfa deyiladi. Val yoki o’qning uchida joylashgan stapfa ship deb, o’rtasida joylashgani bo’yin deb ataladi. Agar val yoki o’qning stapfasi ularning uzunligiga tik tekislikda joylashgan bo’lsa, bunday stapfa tovon deyiladi (34.1-rasm).
34.1-rasm. O’q va vallarning tuzilishi.
2. Vallarni loyihalashdagi hisoblashlar.
Vallarning eguvchi moment M va burovchi moment T ta’siriga chidamliligi, bikrligi hamda titrashga bardoshliligi hisoblanadi. O’qlarni hisoblash vallarni hisoblashning T=0 bo’lgandagi xususiy holidir.
Vallarning mustahkamligini hisoblash asosida loyihalash ishi quyidagi tartibda bajariladi.
1. Valning taxminiy diametrini aniqlaymiz. Buning uchun faqat burovchi moment ta’siridagi valning mustahkamlik shartidan foydalanamiz:
T = Wp[], bu yerda
T = 9550 Nm;
P - quvvat, kVt;
W = 0,2d3 - val kundalang kesimining polyar qarshilmomenti.
- burovchi moment ta’sirida xosil bo’ladigan kuchlanishning ruxsat
etilgan qiymati.
Demak valning taxminiy diametri.
Agar deb olsak, unda:
S - soniy koeeffistient bo’lib uning qiymati ning qiymatiga qarab jadvaldan olinadi.
Odatda, transmissiya vallari uchun:
Reduktor vallari uchun:
Topilgan taxminiy diametrga asoslanib valning tuzilishi chama bilan chizib olinadi. Bunda valning istalgan kesimidagi kuchlanishning iloji boricha bir xil bo’lishiga harakat qilish lozim. Buning uchun valning detal o’rnatilgan o’rta qismini yo’g’onroq qilib, tayanchlarga yaqinlashgan sari ingichkalashtirilib borish tavsiya etiladi. Valning chetki qismi diametrini tanlashda uni standartdan olinadigan podshipniklariga yoki elektrik dvigatellar valiga mos keltirish kerakligini nazarda tutish lozim. Bundan tashqari, pog’onali vallarning diametrlari o’zgaradigan joyida ortiqcha kuchlanishlar konstentrastiyasi hosil bo’lmasligi uchun bu joy qirrali bo’lmasdan, ma’lum radius bilan dumaloqlanish (galtel) hosil qilinishi kerak.
Valning tuzilishi qo’yilgan talabga to’la javob berishiga ishonch hosil qilgach, uning mustahkamligi tekshirib ko’riladi. Buning ikki xil usul bilan amalga oshirish mumkin:
a) ruxsat etilgan kuchlanishlar hamda keltirilgan moment bo’yicha tekshirish usuli (taqribiy usul);
b) havfli kesimdagi kuchlanishlar konstentrastiyasini e’tiborga oluvchi va extiyot koeffistientni topish asosida tekshirish usuli (aniqlashtirilgan usul);
3. Vallarni mustahkalikka hisoblash.
Bu usulning taqribiy usuldan asosiy farqi shuki, bu usul bilan hisoblashda ta’sir etuvchi momentlardan tashqari, havfli kesimdagi kuchlanishlar konstentrastiyasi, valning geometrik o’lchamlari hamda sirt tozaligining kuchlanishlar qiymatiga ta’siri ham e’tiborga olinadi.
faqat egilish bo’yicha aniqlangan ehtiyot koeffistient.
n - faqat buralish bo’yicha aniqlangan ehtiyot koeffistient.
va - kuchlanishlar stikli o’zgarmas qismining mustaxkamlikka ta’sirini e’tiborga oluvchi koeffistientlar qiymatlari, bu qiymatlar jadvallardan olinadi.
a va a - kuchlanishlar stiklining o’zgaruvchan qismi.
m va m - kuchlanishlar stiklining o’zgarmas qismi.
m- diametri har xil bo’lgan vallardagi chidamlilik chegarasini har xil bo’lishini hisobga oluvchi koeffistient.
n- detal sirti tozalik darajasining chidamlilik chegarasiga ta’sirini hisobga oluvchi koeffistient.
K va K- kuchlanishlar konstentrastiyasini hisobga oluvchi koeffistientlar.
4. Vallarning bikrligini hisoblash.
Vallarning ish jarayonida egilishi ularning hamda ular bilan bog’lik bo’lgan detallarning ishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Egilishda hosil bo’ladigan salqilik xamda egilish chizig’ining tayanchga nisbatan hosil qilgan qiyalik burchagi materiallar qarshiligi kursida keltirilgan usullar bilan aniqlanadi.
Salqilikning ruxsat etilgan qiymati valning tuzilishi,ishlash sharoiti hamda qo’yilgan talablarga ko’ra, har xil hol uchun alohida belgilanadi. Masalan, tishli g’ildiraklar o’rnatiladigan vallar uchun salqilikning ruxsat etilgan qiymati quyidagicha bo’ladi:
[u] = 0,01m - stilindrik g’ildirakli uzatmalar uchun;
[u] = 0,005m - konussimon g’ildirakli va gipoid uzatmalar uchun;
m - ilashish moduli.
Stanoksozlikda ishlatiladigan umumiy vallar uchun:
[u] = (0,0002.....0,0003) L
L - tayanchlar orasidagi masofa.
Egilgan vallarning tayanchlariga nisbatan qiyalik burchagi sirpanish podshipniklari uchun [] = 0,001 radian; dumalanish radial podshipniklari uchun [] = 0,01 radian deb qabul qilinadi.
Vallarning titrashga bardoshliligini hisoblash.
Bunday hisoblashdan asosiy maqsad vallarning sinishiga sabab bo’ladigan rezonans xodisasiga yo’l qo’ymaslikdir.
Shuning uchun har bir valni tuzilishiga qarab kritik aylanishlar chastotasi belgilanadi, uning qiymati quyidagicha topiladi:
g = 9,81 m/s - erning tortish kuchidan hosil bo’ladigan erkin tushish tezlanishi.
Ust – valda hosil bo’ladigan statik salqilik.
Odatda, rezonans xodisasi ro’y bermasligi uchun bikr vallarda n 0,7nkr, eguvchi vallarda n 1,3nkr - bo’lishini ta’minlash darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |