- Jo’g’rofiy xususiyati bo’yicha segmentlash
- Demografik xususiyati bo’yicha segmentlash.
- Psixografik xususiyati bo’yicha segmentlash.
Jo’g’rofiy xususiyati bo’yicha segmentlash - Bozorni jo’g’rofiy xususiyati bo’yicha segmentlarga ajratish bozorni jo’g’rofiy birliklarga, ya’ni davlat, hududlar, shaharlar, jamoatlarga ajratishni talab etadi. Firma: birinchidan, bir yoki bir nechta hududlarda faoliyat ko’rsatishi mumkin. Ikkinchidan, talab va ehtiyojlarni to’g’riligini hisobga olgan holda barcha hududlarda faoliyat ko’rsatishi mumkin. Ayrim firmalar yirik shaharlarni kichik-kichik geografik hududlarga ajratishadi. Buning ham o’ziga yarasha qulayliklari bor.
Demografik xususiyati bo’yicha segmentlash - Demografik xususiyati bo’yicha segmentlash bozorni demografik o’zgaruvchilar asosida quyidagi birliklarga bo’ladi, ya’ni jinsi, yoshi, oila haj-mi, ma’lumoti, dini va millati. Demografik o’zgaruvchilar - eng ommabop omillar bo’lib, asosan iste’molchilarning guruhini farq-lashga xizmat qiladi. Ommabop bo’lishning birdan bir sababi shun-dan iboratki, tovarni iste’mol qilish intensivligi demografik belgilarga bog’liqligidir.
- Oilaning yoshi va hayotiylik jarayoni. Iste’molchilarning iste’mol va xarid etish qobiliyati yoshiga nisbatan o’zgaradi. Ґattoki olti oylik chaqaloq, o’zining iste’mol etish potentsialiga nisbatan uch oylik chaqaloqdan ajralib turadi. Shuni aniqlagan holda o’yinchoq ishlab chiqaruvchi «Eleyb prodakts» firmasi o’n ikki xil o’yinchoq turini ishlab chiqdi. O’yinchoqlardan biri chaqaloq biror narsaga intilishni boshlaganda, ikkinchisi ushlab olish qobiliyati paydo bo’lganda kerak bo’ladi. Segmentlashning bunday strategiyasi ota-onaning bolaga qanday o’yinchoq olib berishiga yordam beradi.
Psixografik xususiyati bo’yicha segmentlash - . Psixografik xususiyati bo’yicha segmentlashda xaridorlarning jamoat sinfiga tegishlilik belgisiga qarab gruhlarga ajratishadi, ya’ni yashash tarzi va shaxsiy xususiyatlariga ko’ra. Biron-bir demografik guruhning psixologik xususiyati turlicha bo’lishi mumkin.
- Jamoat guruhi. Ko’pgina firmalar, korxonalar o’z ishlab chiqarishini ma’lum bir jamoat sinfiga, ularni xarakterlarini inobatga olgan holda moslab ishlab chiqaradi.
- Hayot tarzi. Markali va oddiy tovarlar sotuvchilari ko’p hollarda xaridorlarning hayot tarzini inobatga olgan holda segmentlaydi. Masalan: jinsi ishlab chiqaruvchi faqat aniq, bir erkaklar guruhi uchun jinsi ishlab chiqarishni xohlab qoldi, ya’ni uyda o’tiruvchilar, besaranjom kishilar, zavq oluvchilar uchun va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |