Buxoro davlat universiteti 5A110902-Pedagogika va psixologiya mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Maxmudova Diloromning Fevral-iyun oylarida amalga oshirgan ilmiy amaliyoti (stajirovka) asosida tayyorlagan
HISOBOTI
Amaliyot o’tash davrida bajariladigan ishlar ro’yxati:
1. Amaliyot rejasi bilan har bir magistratura talabasining xabardor bo’lishi.
2. Reja asosida oyning 14.02.2022 kunidan boshlab, 11.06.2022 kunigacha barcha vazifalarni amalga oshirishi va amaliyot yakunida bajarilgan ishlar to’g’risida hisobot topshirish.
- Rejalar asosida amaliyot rahbaridan ko’rsatmalar olish;
- mutaxassislik bo’yicha tajribali o’qituvchilarning dars jarayonlarini kuzatishi;
- kuzatish davomida dars jarayonlarini pedagogik, didaktik, psixologik, va metodik jihatdan tahlil qilishni o’rganish;
- kafedra professor o’qituvchilarining dars jarayonlariga o’qituvchi ruxsatida birgalikda darslarni olib borish bilan dars o’tish metodlarini o’rganish.
- hozirgi zamon talablari asosida darslarni tashkil qilishni: zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo’llarini, dars jarayonlarini axborot kommunifatsion texnologiyalari asosida tashkil qilish yo’llarini o’rganish va amalda qo’llash.
1. Meh ushbu amaliyot jarayonida dastlab Abdullayev Qobiljon Fayzullayevichni dars jarayonlarini bir necha bor kuzatdim va tahlil qildim;Kafedra katta o’qituvchilari Elliboyeva Lola Sulaymonovna, Azimova Nasiba Ergasheyevna, kafedra o’qituvchilari M.Jumayeva, B.Jurayevning dars jarayonlari kuzatdim hamda tahlil qildim.
2. Kuzatuvlar va tahlilar jarayonida tajribali mutaxassis o’qituvchilardan o’rgangan metodikalarim aosida dars jarayonlarini olib bordim jumladan:Pedagogika va psixologiya ta'lim yo’nalishi 4-4pps -19 guruhida 8.04.2022 kuni Pedagogik fanlarni o'qitish metodikasi fanidan "Pedagogika fanlarida seminar,amaliy mashg'ulot va labalatoriya" mavzusida ochiq darsni o’tdim.
Dissertatsiya mavzuim asosida amaliy anjumanlarga maqolalar havola qildim va 23.05.2022 kuni Buxoro davlat universitetida o'tkazilgan xalqaro "Tafakkur va talqin" nomli konferensiyada ishtirok etdim.
Fevral-iyun oylari davomida bajariladigan ishlarni belgila bo’lib, amaliyot ish rejasi yuzasidan faoliyatni davom ettirib, ilmiy tadqiqot faoliyat kundaligi yuritishni amaliyot rahbari bilan hamkorlikda davom ettirdim, ilmiy pedagogik faoliyat kundaligi bilan ishlab, hujjatlarni tahlil qilish bilan shug’ullandim, kafedra normativ hujjatlarini o’rganib, universitet qaydnomasi, uniwork, hemis platformalari bilan ishlab, o‘quv fanlaridan, ma’ruzalar tayyorlash, o’qituvchi professorlarning darslani tahlilqilish bilan shug’ullandim.
Ilmiy amaliyot shaxsiy ish rejasi doirasidagi ishlar bilan shug’ullandim, magistrlik dissertatsiyasi mavzusi bo‘yicha maqolalarni tayyorlash va nashr etishga doir vazafalarni davom ettirib, amaliyotga bog‘liq muammolarni o‘rganib, ularni ilmiy hal qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqdim.
Kafedraning ilmiy va innovatsiya tadqiqot ishlarida ishtirok etib, talabalar va yosh olimlar ilmiy konferensiyalarida ishtirok qildim. Kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilarining o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashdim.
Talabalar bilan tadbirlar tashkil etish va o‘tkazish, fanlar bo‘yicha pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va o‘quv-uslubiy to‘plamlarni tayyorlashda ishtirok etib, o’quv uslubiy ishlar bo’yicha yo’riqnomalar bilan tanishdim.
Guruhlarda mashg‘ulotlar o‘tkazib (ilmiy rahbar yoki yetakchi professor-o‘qituvchilar ishtirokida) ochiq dars tayyorlab, mashg’ulotlarni tashkil etidim.
Tanlangan tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot, tajriba-sinov ishlarini o‘tkazib, magistrlik dissertatsiyasini tugallash, tanlangan ilmiy tadqiqot mavzu bo‘yicha bibliografiya va axborot resurslar, kutubxona fondlari va electron resurslari bilan tanishish va o’rganish, bibliografik ro‘yxat tuzishishlari bilan shug’ullandim. Dissertatsiyaga annotatsiya tayyorlash, dissertatsiyaga 2 ta (ichki va tashqi) taqriz olish va taqrizchilarning imzolarini olish bilan birgalikda dissertatsiyaga ilmiy rahbarning xulosalarni olish, moodle, uniwork, hemis, qaydnomalarda ishlash va kafedra mudiridan dissertatsiyani himoya qilishga ruxsat olish, ma’ruza va taqdimot materiallarini (slaydlar) tayyorlash, dissertatsiya ishini dastlabki himoyasi dastlabki himoyada berilgan taklif va tavsiyalarning zarur qismlarini dissertatsiya ishiga kiritish vazifalari bilan shug’ullandim. Hujjatlarni rasmiylashtirish, ilmiy va amaliy konferensiyalarda ishtirok etish vazifalari bilan ham shug’ullandim.Shu bilan birgalikda kafedra hujjatlari bilan tanishib, ular yuzasidan tahlillar olib bordim, dars mazmunnomalarini tuzish va texnologik xaritasini ishlab chiqish ishlari bilan ham shug’ullandim. Kafedrada o’tiladigan fanlar bilan tanishib, darslar tahlilida tajribali o’qituvchilarning metod va usullarini, texnologiyalarini o’rgandim. Dessertasiya mavzusi yuzasidan belgilangan vazifalarni amalga oshirib borib, ilmiy maqolalar, tezislar chop ettib, xalqaro va respublika miqiyosidagi konferensiyalarda ishtirok qildim. Amaliyot davrida kaferda o’qituvchilarini pedagogik faoliyatlaridagi tajribalari bilan o’rtoqlashib, ularga qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib amaliy xulosalar, hisobotlar tayyorladim.
Amaliyot davrida universitet faoliyati bilan atroflicha tanishishga harakat qilib, faoliyatimga kerakli bo’lgan ma’lumotlarga ega bo’ldim.
Kafedra mudiri: p.f.d., prof. Sh.Sh.Olimov
Ilmiy rahbar: p.f.d., prof. B.R.Adizov
Magistr: D.Maxmudova
Do'stlaringiz bilan baham: |