«Alya kart» menyusi har qaysisi alohida narxga ega porsiyali taomlarni taklif etadi. Bu menyuni buyurtmali deb atash mumkin (taomlarni erkin tanlash mumkin).
«Tabl d‟ot» menyusi har bir taomning bir yoki bir necha variantlarini belgilangan narxlarda taklif etadi. Menyuning bunday turi Yevropa mehmonxonalarining restoranlarida ko’p qo’llaniladi. Afzalligi shundaki, mehmonlar uni tejamliroq deb hisoblashadi.
«Dyu jur» menyusi navbatchi taomlarni taklif etadi. Ya‘ni odatda, tez tayyorlanadigan, arzon, mashhur kunduzgi taomlar. Shuni ta‘kidlash joyizki, ovqatlantirish xizmatlarini tashkil qilish va servis turlaridan foydalanishda ofitsiantlarga bir qancha talablar qo’yiladi:
-belgilangan tashqi ko’rinish va shaxsiy gigiyenaga rioya qilish (toza va dazmollangan forma, qo’llar toza, ayollar uchun oddiy kosmetika va minimum taqinchoqlar);
-taomnomani bilishi. Ofitsiant qaysi taom nimadan tayyorlanganligini tushuntira olishi kerak;
- mijoz bilan muloqot qila olishi (muloyim, sabr-toqat, ovoz toni, tabassum);
-jamoada ishlay olishi.
Restoranning asosiy qonuni – barcha taomlar issiqligicha taqdim etilishi kerak. Shuning uchun tez, lekin sifatga ta‘sir qilmaslik kerak. Turistlarga xizmat ko’rsatish texnologiyasida ovqatlanish asosiy xizmatlardan biridir.
Xizmatning uchta asosiy shakli mavjud:
-mehmon tomonidan to’lanadigan ovqat;
-xona narxiga kiritilmagan ovqat;
-qo’shimcha haq evaziga beriladigan oziq ovqat.
Bizning fikrimizcha, bu batafsilroq tushuntirishni talab qiladigan pullik ovqatlar, chunki o’z navbatida mehmonxona mijozlariga ovqatlanish xizmatlari ko’rsatishning ushbu shakli o’ziga xos kichik turlarga bo’linadi. Ya’ni : to’liq pansion, yarim pansion va faqat nonushta.Agar ovqat xona narxiga kiritilmagan bo’lsa , unda siz buning uchun qo’shimcha pul to’lashingiz kerak. Ushbu taom shakli bilan mijozlar menyudan taomlarni o’zlari xohlagancha tanlaydilar. Har xil turdagi menyular mavjud , shuning uchun mijozlar ovqatlanish kabi xizmatlarni olishda har doim tanlovga ega.Xizmat ko’rsatilayotgan mehmonlar kontigenti, toifalari va jihozlariga qarab ,ovqatlanish turli xil xizmat turlaridan foydalaniladilar.
Eng keng tarqalgan:
Fransuz xizmati – bu xizmat turi gurme restoranlarda keng tarqalgan bo’lib, u yuqori darajadagi qulaylikni ta’kidlaydi. Mehmonga ovqat qo’yilgan katta idish ko;satiladi. Chap tomondan yaqinlashib , ofitsiant ovqat qo’yadi.
Ingliz xizmati – ( yon stoldan xizmat). Ushbu xizmat ko’rsatish usulida ofitsiant yon stolda mehmonga xizmat qiladi, so’ngra uni o’ng tomondan mehmonga beradi.
Amerika xizmati – ovqat to’g’ridan to’g’ri oshxonada tayyorlanadi va plastinkalarga qo’yiladi. Ofitsiantlar likopchalarni mehmonlarga olib boradilar va tartibga soladilar.
Nemis xizmati – ovqat katta idishni ustiga qo’yiladi,stolga mehmonga kirish mumkin bo’lgan masofada qo’yiladi.Keyin mehmon o’ziga xizmat qiladi.
Ruscha xizmat - taomlar kiritiladi. Xizmatning barcha turlari uchun xizmat ko’rsatish ofitsiantlar tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |