OVQATLANTIRISH XIZMATLARINING TURLARI VA TASNIFI
Hozirgi iqtisodiy modernizatsiyalash jarayonlari amalga oshirilayotgan bir paytda iqtisodiyotning asosiy qismini xizmat ko’rsatish sohasi korxonalari egallamoqda. Ularning ulushi yalpi ichki mahsulotda, iqtisodiyotda band bo’lganlarning tarkibida, davlat budjetiga to’lanadigan soliqlarda, yangi ish o’rinlarini yaratish kabi eng muhim masalalarda muttasil oshib bormoqda va kelajakda ham bu jarayonning davom etishi huquqiy-me‘yoriy hujjatlar bilan mustahkamlanmoqda.
Shuningdek, xizmat ko’rsatish sohasi rivojiga umumiy ovqatlanish korxonalarining faoliyati ham bevosita ta‘sir qiladi. Umumiy ovqatlanish korxonalari turli xususiyatlariga ko’ra tavsiflanadi va tasniflanadi.
Umumiy ovqatlanish sohasi subyektlarining tasniflanishi:
Maqomiga ko’ra:
-jismoniy shaxs maqomiga ega yakka tartibda faoliyat yurituvchi subyektlar;
-huquqiy shaxs maqomiga ega subyektlar ( korxona tashkilotlar)
2. Mulk shakliga ko’ra:
-shaxsiy yoki xuxusiy mulkka asoslangan korxonalar’
-jamoat mulkiga asoslangan korxonalar;
-davlat mulkiga asoslangan korxonalar;
-aralash mulkka asoslangan korxonalar;
-xorijiy davlat va fuqarolar mulkiga asoslangan korxonalar.
3.Joylashuviga ko’ra:
-shaharda;
-qishloqda;
-memonxonalar qoshida;
-dam olish va sog’lomlashtirish oromgohlarida.
4.Xizmat shakliga ko’ra:
-o’z-o’ziga xizmat ko’rsatuvchi shved stoli;
-ofitsiantlar xizmatidan foydalanuvchi;
-ko’chma xizmatni amalga oshiruvchi.
5.Xizmat darajasiga ko’ra:
-lyuks;
-oliy;
-birinchi;
-ikkinchi;
-uchinchi darajali
6.Tashkiliy tuzilishiga ko’ra:
-tizimli;
-mustaqil
7.Ixtisoslashuviga ko’ra:
-ixtisoslashmagan;
-ixtisoslashgan (mahsulotlar assortimenti bo’yicha, ma’lim millatlar taomlari bo’yicha, milliy taomlar bo’yicha, iste’molchilar guruhlari bo’yicha, xizmatlar bo’yicha.)
8.Faoliyat muddatiga ko’ra:
-doimiy ( yil davomida, butun sutka davomida)
-mavsumiy ( yilning ma’lum mavsumlarida ,kunning aniq bir ovqatlanish davrida)
9.Tashkiliy shakliga ko’ra:
-restoran;
-kafe;
-bar;
-tamaddixona
-bazmgoh – to’yxona
10. Joylashuvi va harakatiga ko’ra:
-statsionar;
-harakatdagi
Umumiy ovqatlanish sohasi subyektlarini tasnifiy belgilari va turlari bo’yicha bir-biriga to’g’ri keladigan jihatlari jadvalda ko’rinib turibdi. Ushbu jadvalni tahlil qilganimizda unda ko’rsatilgan ayrim belgilarni yuqorida ko’rib o’tdik. Faoliyat muddatiga ko’ra esa – doimiy va mavsumiy turlarga bo’linadi. Mamlakatimizga tashrif buyuruvchi turistlar mavsumiy davrda kelganliklari uchun, biz ularga doimiy shaklda xizmat ko’rsata olmaymiz. Shuning uchun biz, faoliyat muddatiga ko’ra, yilning ma‘lum mavsumlarida, kunning aniq bir ovqatlanish davrida turistlarga xizmat ko’rsatamiz. Bundan ko’rinib turibdiki, turizm faoliyatida ovqatlantirish xizmati aniq bir vaqtni belgilashni talab qiladi.
Umumiy ovqatlanish korxonasi – ma‘lum turdagi korxona xizmatlari o’ziga xos belgilarining mavjudligi, mijozlarga ko’rsatilgan xizmat sifatining darajasi va sharoiti bilan ifodalanadi. Umumiy ovqatlanish korxonalarining beshta turi mavjud: restoran, bar, kafe, oshxona, tamaddixona (yahna ovqatlar). Korxonaning turini belgilashda quyidagilarga e‘tibor beriladi:
-realizatsiya qilinadigan mahsulotlar assortimenti, ularni tayyorlashdagi turli-tumanlik va murakkablik;
- texnik jihozlanish – moddiy baza, muhandis-texnik jihoz va us-kunalar bilan ta‘minlanishi, bino tizimi, arxitektura – rejalanishi va h.k.;
-xizmat qilish usullari;
- xodimlarning malakalari;
- xizmat ko’rsatish sifati, binoning ichki bezagi, axloq-odob
muomala, estetika va h.k.
Restoran va barlarga korxona toifalari sifatida lyuks, oliy va birinchi toifali, degan nomlar beriladi. Kafe, oshxona, tamaddixonalar toifalarga bo’linmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |