Buxoro davlat tibbiyot instituti X. P. Kenjayeva


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/126
Sana20.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#565276
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   126
Bog'liq
O`zbekistonning eng yangi tarixi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI 
SH.M.MIRZIYOYEVNING MAMLAKATIMIZDA SHAXSLAR 
MA'NAVIY-MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH VA TARIXNI 
ANGLASH BORASIDAGI FIKRLARI.
 
Bizni mushtarak tarix va madaniyat, yagona muqaddas din, o‘xshash mentalitet 
bog‘lab turadi. 
* * * 
Mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda 
yoʻq 
* * * 
“Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va 
tarbiyasi deb javob beraman. 
* * * 
Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir 
* * * 
Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning 
odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. 


Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq 
his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un 
bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ 
zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, 
o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? 
Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan. 
* * * 
Har bir inson har kuni qiladigan ishini xuddi birinchi marta qilayotgandek qilishi 
kerak. Shundagina ishda rivojlanish boʻladi. 
* * * 
Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz 
Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar 
uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini 
davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash — odamiylikning eng oliy 
mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob 
xalqimizga xos azaliy qadriyatdir. 
* * * 
Alhamdulilloh, hammamiz musulmonmiz. Biz juda koʻp joylarda jaholatga qarshi 
maʼrifat, islom dinini oʻrganish, oʻrgatish tashabbusi bilan chiqyapmiz. Islom — 
bu faqat nurli hayot. Islomni niqob qilib, terrorchi boʻlish, boshqa oqimlarga kirish 
— bu Oʻzbekistonga yarashmaydi! 
* * * 
Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqimizga xizmat qiladigan vaqt 
keldi. 
* * * 
Agar hozir (biron narsani) bilmasalaring, uyat emas! Kurslarga boringlar, 2-3 
oymi, o'rganinglar. Agar bugun o'rganmasak, ertaga kech bo'ladi! 
* * * 
Inson qalbini, uning dardu tashvishlarini, xalqning orzu-intilishlari, Vatanga 
muhabbat va sadoqat tuyg‘usini betakror so‘z, ohang va ranglarda tarannum etishni 


o‘z hayotining ma'no-mazmuni deb biladigan muhtaram ijod ahlining mehnati 
naqadar mashaqqatli, mas'uliyatli va sharafli ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. 
* * * 
Biz hozirgi vaqtda yirik bir loyiha – O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini 
tashkil etish bo‘yicha katta ishlarni boshlab yubordik. 
Bu markaz avvalo xalqimizning yaratuvchilik dahosi bilan bunyod etilgan noyob 
merosni har tomonlama chuqur o‘rganish, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk 
alloma va mutafakkirlarning hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati haqida yaxlit tasavvur 
uyg‘otish, xalqaro miqyosda dinlararo va sivilizasiyalararo muloqotni yo‘lga 
qo‘yish, bugungi murakkab davrda islom dinining insonparvarlik mohiyatini ochib 
berish, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish, yosh avlodni gumanistik g‘oyalar, 
milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalashdek ezgu maqsadlarni ko‘zda tutadi. 
* * * 
Yaqinda “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildik. Vazirlar 
Mahkamasi huzurida O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish 
markazi, Fanlar akademiyasi qoshida O‘zbekistonning yangi tarixi markazi tuzildi. 
* * * 
Toshkent 
shahrida 
Adiblar 
xiyoboni 
bunyod 
etilayotgani, 

yerda 
adabiyotimizning buyuk namoyandalariga bag‘ishlab yodgorlik majmualari 
o‘rnatilayotgani, shuningdek, Namangan viloyatida ulkan ma'rifatparvar Ibrat 
domla, Jizzax shahrida atoqli ijodkorlar Hamid Olimjon, Zulfiya va Sharof 
Rashidov, Xorazm viloyatida otashnafas hofiz Komiljon Otaniyozov, Nukus 
shahrida O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Ibroyim Yusupov, Farg‘ona, 
Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, 
Muhammad Yusuf xotiralarini abadiylashtirish ishlari olib borilayotganini qayd 
etish lozim. 
* * * 
Adabiyot va san'atga, madaniyatga e'tibor – bu avvalo xalqimizga e'tibor, 
kelajagimizga e'tibor ekanini, buyuk shoirimiz Cho‘lpon aytganidek, adabiyot, 


madaniyat yashasa, millat yashashi mumkinligini unutishga bizning aslo haqqimiz 
yo‘q. 
* * * 
Albatta, biz xalqimizning ma'naviy kamol topishida madaniyat namoyandalarining 
ulkan xizmatlari borligini doimo minnatdorlik bilan e'tirof etamiz. Yuksak ideallar 
yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib yashash, o‘zligimizni anglash, g‘urur va iftixor, milliy 
manfaatlarimizni himoya qilish uchun bel bog‘lab maydonga chiqish – siz, ijod 
ahliga xos ezgu fazilat ekanini hammamiz yaxshi bilamiz va buni yuksak 
qadrlaymiz. 
* * * 
Yurtimizdagi bugungi ijodiy muhitni kuzatsak, u qandaydir turg‘unlikka tushib, bir 
joyda depsinib turganday, ko‘pchilik ijodkorlarimiz o‘z tashvish va muammolari 
bilan o‘ralashib qolganday taassurot qoldiradi. Holbuki, madaniyat va san'at 
arboblari hamisha jamiyatning eng oldingi saflarida bo‘lishi, o‘z asarlari, faol 
grajdanlik pozisiyasi bilan odamlarni ezgu maqsad va marralar sari boshlashi, 
ilhomlantirishi kerak emasmi? 
* * * 
Azal-azaldan xalq ijod ahliga juda katta hurmat va ishonch bilan qarashi sizlarga 
yaxshi ma'lum. Ruscha ibora bilan aytganda, ularga “vlastiteli dum”, ya'ni “jamiyat 
tafakkurining egalari” degan yuksak baho berib kelinishi albatta bejiz emas. 
Chunki, sizlarga Yaratganning o‘zi shunday noyob iste'dod va salohiyat ato 
etganki, bunday xususiyat, bunday fazilat har kimga ham nasib etmaydi. 
* * * 
Deylik, 15-20 yildan keyin O‘zbekistonning madaniy rivojlanishi qanday kechadi, 
bugun biz yashayotgan Internet va yuksak texnologiyalar asrida adabiyot va san'at, 
madaniyatimizning o‘rni va ta'sirini nafaqat saqlab qolish, balki qanday qilib uni 
kuchaytirish mumkin, degan to‘g‘ri va odilona savollar barchamizni, birinchi 
navbatda, xalqimizning eng ilg‘or vakillari bo‘lgan ijod ahlini o‘ylantirishi zarur 
emasmi? 
* * * 


Ayni paytda, adabiy-badiiy jarayonlarda ko‘zga tashlanayotgan salbiy 
tendensiyalar, xususan, madaniyat sohasida tijoratlashuv, shaxsiy manfaatning 
birinchi o‘ringa chiqayotgani, g‘oyaviy-badiiy jihatdan sayoz asarlarning bozori 
chaqqon bo‘lib borayotgani tashvish uyg‘otmasdan qolmaydi. Afsuski, ijodiy 
uyushmalar tomonidan bunday holatlarga prinsipial baho berilmayapti, ularni 
bartaraf etish bo‘yicha har tomonlama asoslangan amaliy takliflar o‘rtaga 
qo‘yilmayapti. 
* * * 
Zamonamizning haqiqiy qahramonlari bo‘lgan mana shunday quruvchi va 
muhandislar, dala zahmatkashlari haqida, jonkuyar muallim va shifokorlarimiz, 
jasur harbiylarimiz, navqiron yoshlarimiz erishayotgan yutuq va marralar haqida 
sizlar yozmasangiz, Vatanimiz tarixining badiiy solnomasini sizlar yaratmasangiz, 
kim yaratadi? Agar biz iste'dod va mahoratimizni shu muqaddas zamin, shu 
olijanob xalqimiz uchun safarbar etmasak, hazrat Navoiy aytmoqchi, bu hunarni 
asrab nima qilamiz, qaerga olib ketamiz uni? 
* * * 
Biz bugun kitobxonlik madaniyatini oshirish, ilmiy, badiiy, siyosiy adabiyotlarni 
ko‘paytirish masalasiga alohida e'tibor beryapmiz. Ammo bu ishlarni har 
tomonlama puxta o‘ylab amalga oshirishimiz, boshlagan olijanob harakatimizni 
obro‘sizlantirishga yo‘l qo‘ymasligimiz shart. 
* * * 
Barchamiz, ayniqsa, bu yerda yig‘ilgan ijodkor ziyolilarimiz, bizning qanday 
buyuk va shonli o‘tmishimiz, qanday ulug‘ ajdodlarimiz borligini yaxshi bilamiz 
va bu bilan hamisha faxrlanamiz. Misol uchun, bironta jangda yengilmagan buyuk 
sarkarda Sohibqiron Amir Temurni olamizmi, algebra faniga asos solgan Al-
Xorazmiyni olamizmi, Kolumbdan 500 yil oldin Amerikani kashf etgan Beruniy 
bobomizni olamizmi, o‘rta asrlarda tibbiyot fanining poydevorini yaratgan Ibn 
Sinoni olamizmi, astronomiya sohasida beqiyos kashfiyotlar qilgan Mirzo 
Ulug‘bekni olamizmi – jahon sivilizasiyasi va madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan 
bunday ulug‘ ajdodlarimizning har biri haqida soatlab gapirishimiz mumkin. 


Lekin, xolisona aytganda, keyingi paytda ana shunday ulug‘ zotlar, ular qatorida 
Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahovuddin Naqshband, Burhoniddin 
Marg‘inoniy, Abu Mo‘'in Nasafiy kabi aziz-avliyolarimiz, Alisher Navoiy, Bobur 
kabi shoir va mutafakkirlarimiz xotirasini kino ekranlarida aks ettirish uchun 
biron-bir arziydigan ish qildikmi? Tan olish kerakki, yo‘q. 
* * * 
Biz uchun hech qachon kun tartibidan tushmaydigan yana bir o‘ta muhim masala 
borki, unga alohida to‘xtalib o‘tishni zarur deb bilaman. U ham bo‘lsa, unib-o‘sib 
kelayotgan yosh avlodimiz, farzandlarimiz tarbiyasi bilan bog‘liqdir. 
Buyuk bobomiz Abdulla Avloniy aytganidek, bu masala biz uchun haqiqatan ham 
yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir va o‘z dolzarbligi va 
ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan, ta'bir joiz bo‘lsa, masalalarning 
masalasidir. 
Shu ma'noda, bugungi kunda yurtimizda tobora keng tarqalib borayotgan “O‘z 
bolangni o‘zing asra!” degan da'vat faqat quruq shior bo‘lib qolmasdan, har bir 
ota-ona, har bir fuqaroning qalbiga, yuragiga chuqur kirib borishi, amaliy 
harakatga aylanishi uchun ijodiy tashkilotlarimiz ham o‘z mas'uliyatini jiddiy 
ravishda qayta ko‘rib chiqishlari davr talabiga aylanmoqda.Biz bir narsani hech 
qachon esimizdan chiqarmasligimiz zarur. Agar “ommaviy madaniyat” tahdidi 
faqat chetdan – G‘arbdan kirib keladi, desak, qattiq adashamiz. Bu balo, afsuski, 
o‘zimizdan, o‘z oramizdan ham chiqishi mumkin. Men bu gaplarni osmondan olib 
aytayotganim yo‘q. Yurtimizda nashr etilayotgan ayrim gazeta-jurnallar, 
kitoblarni, suratga olinayotgan ba'zi klip va kinolarni, efirga berilayotgan qo‘shiq 
va raqslarni kuzatib,sog‘lom fikrlaydigan har qanday odam shunday xulosaga 
kelishi tabiiy. 
* * * 
Eng yomoni, badiiy ijod sohasida jaholat ko‘rinishlari kuchayib bormoqda. 
Biz “jaholat” deganda odatda diniy jaholat, aqidaparastlikni tushunamiz. Lekin 
bugungi hayotiy jarayonlar jaholat hamma sohada ham uchrashi, agar unga qarshi 


o‘z vaqtida kurash olib borilmasa, o‘ta og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini 
ko‘rsatmoqda. 
Biz bugun jaholat degan baloga iqtisodiyot sohasida ham, ta'lim-tarbiya, sog‘liqni 
saqlash, madaniyat tizimida ham, qo‘yingki, hayotimizning barcha jabhalarida 
duch kelyapmiz va bu illat qo‘l-oyog‘imizda bamisoli kishan bo‘lib turibdi. Bu 
kishandan xalos bo‘lmasdan turib, taraqqiyot va rivojlanish haqida hech qanday 
so‘z bo‘lishi mumkin emas. 
* * * 
Albatta, 
bunday 
muammolar 
san'atni 
muqaddas 
deb 
biladigan ustoz 
ijodkorlarimizni ham qiynayotgani tabiiy. Shundan kelib chiqqan holda, 
“O‘zbekkonsert” qoshida “O‘zbekiston xalq artistlari” klubini tashkil etsak, nima 
deysizlar? 
* * * 
Estrada san'atidagi kamchiliklarning asosiy sabablari hech kimga sir emas. 
Ko‘pchilik qo‘shiqchilar mas'uliyatni unutib, o‘z ustida ishlamay qo‘ygan, 
izlanish, mahoratini oshirish, yangi ijodiy g‘oyalar bilan yashash, san'at dunyosiga, 
muxlislarga hurmat kabi tushunchalar ularga begona bo‘lib qolgan, desak, 
qanchalik achchiq bo‘lmasin, bu ham haqiqat. 
Shunday san'atkorlar ham borki, unvon olgunicha tinimsiz yelib-yuguradi, hol-
joningizga qo‘ymaydi. Unvon oldimi, tamom, suvga tushgan toshdek jim bo‘lib 
ketadi. Ulardan unvonga yarasha, xalqning e'tiboriga yarasha ijod qani, deb so‘rash 
o‘rinlimi yoki yo‘qmi? Ijodkorning talabi bilan birga burchi ham bo‘lishi kerak 
emasmi? 
* * * 
Afsuski, bugun televidenie orqali berilayotgan ba'zi kliplarni oila, farzandlar 
davrasida tomosha qilib bo‘lmay qoldi. Har bir harakatida g‘arbga taqlid sezilib 
turadigan, ochiq-sochiq kiyingan yoshlarni ko‘rib, nahotki shular ham bizning 
farzandlarimiz, bizning millatimiz vakillari bo‘lsa, deb o‘ylab qolasan kishi. 


* * * 
O‘zbekistonda adabiyot va san'at, madaniyat, ommaviy axborot vositalari, 
ma'naviyat va ma'rifat biznesga aylanmasligi shart va biz bunga hech qachon yo‘l 
qo‘ymaymiz. 
* * * 
Ma'naviy hayotimizni yangi, yuksak bosqichga ko‘tarish, avvalambor, Bastakorlar, 
Rassomlar, Teatr arboblari va Jurnalistlar ijodiy uyushmalarining ijtimoiy 
hayotimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish, ularning moddiy-texnik bazasini 
mustahkamlash, mamlakatimiz ijodkor ziyolilarining salohiyatini ro‘yobga 
chiqarish, munosib ish va turmush sharoitini yaratib berishga xizmat qiladigan 
“Ilhom” jamoat fondini tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlanganini 
ma'lum qilmoqchiman. 
* * * 
Bugun ma'rifatli dunyoda shunday an'ana mavjudki, yirik kompaniyalar, banklar, 
firmalar madaniy tashkilotlarga homiylik qilishni o‘zlari uchun sharaf deb 
biladilar. Ba'zan, qani edi, bizda ham shunday homiylar ko‘paysa, deb orzu 
qilaman. 
Ajdodlarimiz o‘z davrida yaratgan ilmiy va ijodiy maktablarning vujudga kelishida 
avvalo ana shunday ma'rifatparvar homiylarning hissasi hal qiluvchi ahamiyat kasb 
etgani yaxshi ma'lum.Shundan kelib chiqqan holda, yana bir taklifni o‘rtaga 
tashlamoqchiman. Yurtimizdagi yetakchi ijodiy tashkilotlarning “do‘stlari 
klublari”ni tashkil etsak, ularga yirik korxona, bank va kompaniyalarni homiy 
sifatida biriktirib qo‘ysak, shartnoma asosida ularning doimiy hamkorligini yo‘lga 
qo‘ysak, nima deysizlar? 
* * * 


Yaqin kelgusida Zomin va Parkent tumanlarining so‘lim va xushmanzara, 
ilhombaxsh hududlarida ijodkor ziyolilarimiz uchun zamonaviy ijod uylari – 
kottejlar qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu kottejlar ijodiy ish uchun ma'lum 
muddatga ijaraga beriladi. Ularga yo‘llanma bilan boradigan adib va 
san'atkorlarimiz ham ijod qiladi, ham yoshlarga mahorat sirlaridan saboq beradi, 
deb umid qilamiz. 
* * * 
Ma'lumki, bir vaqtlar O‘zbekiston Milliy universiteti qoshida Oliy adabiyot kursi 
tashkil etilgan edi. Hozirgi vaqtda uning faoliyati nima uchundir to‘xtab qolgan. 
Sababini surishtirsak, ushbu kurs bitiruvchilariga tegishli davlat guvohnomasini 
berish masalasida muammo bo‘lgan ekan. Men o‘ylaymanki, bu kurs yosh iste'dod 
egalarini tarbiyalab voyaga yetkazishda juda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston 
Yozuvchilar uyushmasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda bu 
masalani o‘rganib, tegishli taklif kiritishini so‘rayman. 
* * * 
Ijod ahlini qiynab kelayotgan muammolardan biri – bu uy-joy masalasi bilan 
bog‘liq. Mana shu dolzarb muammoni yechish uchun Toshkent va Nukus 
shaharlarida, barcha viloyatlar markazlarida imtiyozli kredit asosida “Ijodkorlar 
uylari” barpo etilib, bu uylardan adiblar, rassomlar, aktyor va rejissyorlar, 
kompozitorlar, ma'naviyat targ‘ibotchilari, ommaviy axborot vositalarining faol 
vakillariga, shu jumladan, iste'dodli yosh ijodkorlarga kvartiralar ajratiladi. 
* * * 
Millionlab odamlarning e'tiborida bo‘lgan, madaniyat, adabiyot va san'at degan 
muqaddas dargohga qadam qo‘ygan har bir ijodkor, hech shubhasiz, avvalo o‘z 
xalqining qalbiga quloq solib, uning dardiga darmon bo‘lishga intiladi. Sizlarning 
barchangizni men o‘z ijodiy faoliyati bilan mana shunday hayotiy e'tiqodga 
umrbod amal qilib kelayotgan fidoyi insonlar, deb bilaman. 


Men shu o‘rinda avval bildirgan bir fikrimni yana takror aytmoqchiman. Bizning 
havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug‘ 
ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men 
ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk 
adabiyotimiz va san'atimiz ham albatta bo‘ladi. 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish