Buxoro davlat tibbiyot instituti X. P. Kenjayeva



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/126
Sana20.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#565276
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   126
Bog'liq
O`zbekistonning eng yangi tarixi

2016-
yilda
saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan olib 
borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har 
tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shartsharoitlar yaratish, mamlakatimizni 
modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha 
ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 
2017-yil 7-fevraldagi
farmoni bilan 
2017–2021-yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
tasdiqlandi. 
Strategiya dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan 
masalalarni kompleks o‘rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti 
va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo‘yichaishlab chiqilgan. Harakatlar 
strategiyasi 5 bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo‘yicha yil 
nomlanishidan kelib chiqqan holda alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni 
nazarda tutadi.
Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Prezident rahbarlik 
qiladigan 14 kishilik Milliy komissiya tuzilib, u mazkur hujjatda belgilangan 
vazifalarning o‘z vaqtida, sifatli bajarilishini nazorat qiladigan bo‘ldi. 
12.2.2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va unda
belgilangan ustuvor yo‘nalishlar. 
I. 
Davlat 
va 
jamiyat 
qurilishi 
tizimini 
takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari
1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va 
mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis 
palatalari, 
siyosiy 
partiyalarning 
rolini 
yanada 
kuchaytirish: 


davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki 
va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati 
ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo'yicha vakolatlarini yanada 
kengaytirish; 
qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini qabul qilinayotgan qonunlarni amalga 
oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari 
jarayoniga ta'sirini kuchaytirishga yo'naltirgan holda tubdan oshirish; 
siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning 
rolini kuchaytirish, ular o'rtasida sog'lom raqobat muhitini shakllantirish. 
1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish: 
davlat 
boshqaruvi 
va 
davlat 
xizmati 
tizimini 
davlat 
boshqaruvini 
markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, 
moddiy va ijtimoiy ta'minot darajasini oshirish hamda iqtisodiyotni boshqarishda 
davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali isloh qilish; 
mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha vazifalarni 
amalga oshirishda o'zaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgan 
davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish; 
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash, 
jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy 
manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish; 
"Elektron hukumat" tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko'rsatishning 
samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan va aholi hamda tadbirkorlik 
sub'ektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish. 
1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish: 
xalq bilan samarali muloqot mexanizmlarini joriy etish; 
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, 
ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish; 
fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini 
oshirish; 


mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o'rni va faoliyati samaradorligini 
oshirish; 
ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning professional 
faoliyatini himoya qilish. 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish