Buxoro davlat tibbiyot instituti X. P. Kenjayeva


II. Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/126
Sana20.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#565276
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   126
Bog'liq
O`zbekistonning eng yangi tarixi

II. Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh 
qilishning ustuvor yo'nalishlari
2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta'minlash, sudning nufuzini 
oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish: 
sudyalar va sud apparati xodimlarining mavqeini, moddiy rag'batlantirish va 
ijtimoiy ta'minot darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlash; 
sudyalarga g'ayriqonuniy tarzda ta'sir o'tkazishga yo'l qo'ymaslik bo'yicha 
ta'sirchan choralar ko'rish; 
sudning mustaqilligi va beg'arazligi, sud protsessi tomonlarining tortishuvi va teng 
huquqlik tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish
"Xabeas korpus" institutini qo'llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud 
nazoratini kuchaytirish; 
sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash; 
sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy 
etish. 
2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini 
ta'minlash: 
fuqarolarning murojaatlarini o'z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko'rib chiqishda 
sansalorlik, rasmiyatchilik va loqayd munosabatda bo'lish holatlariga yo'l 
qo'yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta'minlash, shuningdek, buzilgan 
huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko'rish; 
sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatida 
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini 
ta'minlash; 


fuqarolarning xususiy mulkka bo'lgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini 
mustahkamlash; 
fuqarolarning odil sudlovga to'sqinliksiz erishishini ta'minlash; 
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish. 
2.3. Ma'muriy, jinoyat, fuqarolik va xo'jalik qonunchiligini takomillashtirish: 
jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish 
va liberallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar 
va ularni ijro etish tartibini insonpapvaplashtirish; 
odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini yaxshilash, ma'muriy, 
jinoyat, fuqarolik va xo'jalik sud ish yurituvining protsessual asoslarini 
takomillashtirish; 
jinoyat, fuqarolik va xo'jalik ishlarini ko'rib chiqish tartibini takomillashtirish, bir-
birini takrorlaydigan vakolat va instansiyalarni qisqartirish; 
elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini joriy 
etish. 
2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini 
takomillashtirish: 
jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi 
faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish; 
diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga 
qarshi kurashish bo'yicha tashkiliy-amaliy choralarni yanada kuchaytirish; 
korrupsiyaga 
qarshi 
kurashishning 
tashkiliy-huquqiy 
mexanizmlarini 
takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini 
oshirish; 
aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu boradagi chora-tadbirlarni 
amalga oshirishda davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy 
axborot vositalari bilan o'zaro samarali hamkorligini tashkil etish. 
2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash: 


huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar ishini samarali 
rejalashtirish va uning natijalarini tahlil qilish, tizimli huquqbuzarliklarni aniqlash 
hamda ularning sabab va omillarini bartaraf etish; 
sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlarini o'qitish, 
tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, rotatsiya qilish 
tizimini takomillashtirish; 
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlari orasida 
huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish va bartaraf etish bo'yicha 
idoraviy nazoratning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish; 
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyati ustidan 
jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning 
huquqni muhofaza qilish tizimiga bo'lgan ishonchini mustahkamlash. 
2.6. Yuridik yordam va xizmat ko'rsatish tizimini takomillashtirish: 
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining yuridik xizmati faoliyati 
samaradorligini oshirish; 
advokatura institutini rivojlantirish, jinoyat, fuqarolik, ma'muriy va xo'jalik 
ishlarini ko'rib chiqishda advokatlaring o'rni va nufuzini oshirish
notariat va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlari tizimini isloh 
qilish. 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish