O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI
NEVROLOGIYA VA TIBBIY GENETIKA KAFEDRASI
«TASDIQLAYMAN»
O’quv ishlari bo’yicha prorektor,prof.: 1. Kafedra yig’ilish bayonnomasi
_________________ B.A.HIDOYATOV «_____» ___________2010 yil
«_____» ________________2010 yil 2. Fanlararo uslubiy komissiya
yig’ilish bayonnomasi
«_____» ___________2010 yil.
3. Markaziy uslubiy komissiya
yig’ilish bayonnomasi
«_____» ___________2010 yil.
DAVOLASH VA TIBBIY PEDAGOGIKA FAKULTETI 5-KURS
TALABALARI UCHUN NEVROLOGIYA FANIDAN ISHCHI DASTUR
2010-2011 O’QUV YILIGA MO’LJALLANGAN
(o’zbek va rus tilida)
Fakultet Davolash
Fan Nevrologiya
Kurs 5
Semestr 9-10
Ma’ruza 36
Amaliy mashg’ulot 70
Mustaqil ish 46
Buxoro-2010
1.Fanni o’qitish maqsadi:
Asab kasalliklari fani bo’yicha talabalarni o’qitishdan maqsad ularni Oliy ta’lim asab kasalliklari bo’yicha davlat standarti talablarini xisobga olgan holda mustaqil yo’l bilan nazariy, uslubiy va amaliy ko’nikma o’zlashtirish, aynan: asab tizimining klinik anatomiyasi, zararlanish semiotikasi, topik diagnostikasi, asab kasalliklarining asosiy belgilari, etiologiyasi, patogenezi, klinik kechishi, tekshirish usullari, davolash va nevrologik bemorlarga jadal yordam berishga o’rgatish.
2. Nevrologiyani o’qitish vazifalari:
-
Nevrologik kasalliklar , ularni etiologiyasi, patogenezi, klassifikatsiyasi, klinik ukrinishlari, kechishi, asoratlari, davolash usullari va profilaktikasi haqida tushunchalarni talabalarda shakllantirish;
-
Kasallikni anamnezini yig’ish va uni tarixnomada aks ettirish, bemorlarni klinik tekshirish o’quvlarini mukammal o’zlashtirish;
-
O’tkir nevrologik holatlarda - shoshilinch yordam ko’rsatish o’quvlarini o’zlashtirish;
-
Topilgan nevrologik sindromlar asosida asosiy nevrologik sindromni aniqlash va topik tashxis qo’yish o’quvlarini o’zlashtirish;
-
Nevrologik kasalliklarda diagnostik tekshirish usullarini o’zlashtirish;
-
Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, o’quviga va amaliy ko’nikmalariga kuyiladitgan talablar:
Talaba bilishi kerak:
-
Eng ko’p tarqalgan nevrologik kasalliklarni etiologiyasi, patogenezi, klinik kechishini, ularni erta diagnostikasi usullarini va profilaktikasi to’g’risidagi tushunchalarni egallash.
Talaba bajara olishi kerak:
-
Asab kasalliklarida tashxisni tuzish, tekshirish va davolash rejasini tuzish,o’tkir nevrologik holatlarda jadal-shoshilinch yordam ko’rsatish usuvlarini o’zlashtirish.
Talaba quyidagi ko’nikmalarni ortirishi kerak:
-
Nevrologik kasalliklarda ishlatiladigan dori-darmonlarni ;
-
Nevrologik kasalliklarda qo’shimcha tekshiruv usullarni: (EEG, REG, ENMG, ExoES, bosh va umurtqa pog’onasi rentgenografiyasi, bosh va orqa miya YAMR-tomografiyasi, koagulogramma va likvor tekshiruvlari) va olingan natijalarni tahlil kila olishni.
3. Fanni o’qitishda foydalaniladigan boshqa fanlar va ularni bulimlari:
Asab kasalliklari fanini o’qitishda boshqa umumgumanitar, tabiiy-ilmiy, umum professional va klinik fanlarda olingan bilimlardan foydalaniladi.
Jumladan anatomiya fanidan – asab tuzilmalarini anatomiyasi: gistologiyadan-nerv xujayralarini tuzilishi, fiziologiyasi, patologiyasi: patanatomiyada – asab kasalliklarni patologik anatomiyasi, Onkologiya kafedrsida – Neyrolonkologiya bulimii; terapiya, endokrinologiya, akusher-ginekologiya fanlarida – samatonevrologiya bulimlari.
4. Amaliy mashg’ulot yoki seminar va auditor laboratoriya ishlarida bajarilishi shart bo’lgan vazifalar soniga bo’lgan talablar minimumi.
Davolash va Tibbiy Pedagogika fakulteti talabalariga umumiy va xususiy nevrologiyani Amaliy mashg’ulotlar ko’rinishida o’rgatiladi (seminar va audttor laboratoriya ishlari rejalashtirilmagan).
Fani umumiy nevrolgiya qismi o’rgatilgandan sung talabalar quyidagi vazifalarni bajara bilishlari shart (bemorlarda) :
-
Harakat
-
Reflektor
-
Muvozanat
-
Sezgi
-
Bosh miya nervlari
-
Vegetativ asab tizimi
-
Bosh miya po’stlog’ini oliy faoliyatlarini tekshirishni: xususiy nevrologiya qismi o’rgatilgandan sung esa:
-
Shifokor deontologiyasiga rioya kilgan holda, bemorlar bilan suxbatlashish, shikoyat va kasallikni kelib chiqish tarixini va tarjimai xolini xronolik tartibda surab bili shva ularni tarixnomada aks ettirish.
-
Bemorlarda klinik-nevrologik tekshiruv natijasida aniqlangan simptom , sindromlar asosida topik, nozologik tashxis qo’yish, solishtirma tashxis o’tkazish.
-
Laborator va paraklinik tekshiruvlar (EEG, REG, EMG, ExoES, YAMR- tomografiyasi, koagulogramma va likvor) olingan natijalarni me’er (norma) bilan solishtiri.
-
Davolash rejasini tuzish.
-
Kechiktirib bulmaydigan o’tkir holatlarda (koma, epileptik status, o’tkir insult, vestibulyar, miastenik va vegshetativ krizlar) tezkor yordamni ko’rsata bishlari shart.
MA’RUZALAR REJASI
№
|
Mavzu
|
Soati
|
Qisqacha annotatsiya
|
1.
|
Umumiy nevrologiya bo’limi.
|
2
|
Nevrologiya fanining qisqacha tarixi. Abu Ali ibn Sinoning nevrologiya sohasidagi ilmiy merosi. Xozirgi zamon nevrologiyasining yutuklar va kelajagi. Asab tizimining tuzilishi va klinik bajariladigan vazifalari. Funksional diagnoz usuli. Orqa miyaning klinik anatomiyasi, gistologiyasi va fiziologiyasi.
|
2.
|
Orqa miya.
|
2
|
Orqa miyaning zararlanish sindromlari va simptomlari.
|
3.
|
Miya ustuni
|
2
|
Miya ustunining klinik anatomiyasi, gistologiyasi, fiziologiyasi va zararlanish sindromlari.
|
4.
|
Miyaning spetsifik va nospetsifik tizimlari (retikulyar formatsiya).
|
2
|
Gipotalamus, klinik anatomiyasi, gistologiyasi, fiziologiyasi va zararlanish sindromlari.
|
5.
|
Miyacha va ekstrapiramidal tizim.
|
2
|
Miyacha va ekstrapiramidal tizimning klinik anatomiyasi, gistologiyasi, fiziologiyasi va zararlanish sindromlari.
|
6.
|
Bosh miya po’stlog’i.
|
2
|
Bosh miya po’stlog’ining klinik anatomiyasi, gistologiyasi, fiziologiyasi va zararlanish sindromlari.
|
7.
|
Asab kasalliklarining klassifikatsiyasi
|
2
|
Asab kasalliklarining klassifikatsiyasi va qon bilan ta’minlanish xususiyatlari.
|
8.
|
Bosh miyada qon aylanishining o’tkir buzilishi.
|
2
|
Ishemik va gemoragik insultlar. Etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, kechishi, diagnostikasi, davolash usullari va profilaktikasi.
|
9.
|
Asab tizimining yalliglanish kasalliklari.
|
2
|
Asab tizimining yalliglanish kasalliklari klassifikatsiyasi. Meningitlar va surunkali serebral leptomeningitlar, klassifikatsiyasi, etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, kechishi, diagnostikasi, davolash usullari va profilaktikasi.
|
10.
|
Surunkali xorioependimatitlar.
|
2
|
Surunkali xorioependimatitlar klassifikatsiyasi, etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, kechishi, diagnostikasi, davolash usullari va profilaktikasi.
|
11.
|
Ensefalitlar.
|
2
|
Ensefalitlar. Klassifikatsiyasi, kana, chivin va epidemik ensefalitlar. Etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, kechishi, diagnostikasi, davolash usullari va profilaktikasi.
|
12.
|
Orqa miya kasalliklari.
|
2
|
Mielit, polimielit, siringomieliya etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, kechishi, diagnostikasi, davolash usullari va profilaktikasi.
|
13.
|
Sust boruvchi infektsiya guruhiga kiruvchi kasalliklar.
|
2
|
Tarqoq skleroz, yon tomonlama amnotrofik skleroz va boshqalar. Etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, kechishi, diagnostikasi, davolash usullari va profilaktikasi.
|
14.
|
Asab tizimining revmatik kasalliklari.
|
2
|
Neyrorevmatizm klassifikatsiyasi. Neyrorevmatizmning tomir va ensefalitik turlari (kichik xoreya, gipotalamik sindrom), etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, kechishi, diagnostikasi, davolash usullari va profilaktikasi.
|
15.
|
Asab tizimining zaxm kasalliklari.
|
2
|
Neyrosifilis klassifikatsiyasi. Orqa miya suxtasi: patogenezi, klinik belgilari, kechishi, diagnostikasi, davolash usullari va profilaktikasi.
|
16.
|
Asab tizimining irsiy kasalliklarining klassifikatsiyasi.
|
2
|
Piramida va miyacha tizimlarining deginerativ kasalliklari (Shtryumiel, Frideyx, Pyer-Mari kasalliklari). Muskul kasalliklari – miopatiyalar patogenezi, klinik belgilari, kechishi, diagnostikasi, davolash usullari va profilaktikasi.
|
17.
|
Tutkanok kasalligi va tirishish sindromlari.
|
2
|
Klassifikatsiyasi, etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, kechishi, diagnostikasi, davolash usullari va profilaktikasi.
|
18.
|
Bosh miyaning xajmli kasalliklari.
|
2
|
Bosh miya o’smalari. Klassifikatsiyasi, etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, kechishi, diagnostikasi, davolash usullari va profilaktikasi.
|
|
Jami:
|
36 soat
|
|
AMALIY MASHG’ULOTLAR REJASI.
№
|
Mavzu
|
Soati
|
Qisqacha annotatsiya
|
1.
|
Asab tizimining klinik anatomiyasi.
|
4
|
Orqa miya, miya ustuni, bosh miya yarim sharlari, po’stloq osti tugunlari, ichki kapsula, bosh miya korinchalari, miyacha.
|
2.
|
Harakat faoliyati.
|
4
|
Ixtiyoriy harakat yo’li: tekshiruv usullari, markaziy va periferik falajlar.Reflekslar : turi, reflektor yoylarining tutashish joylari, normal va patologik reflekslarni tekshirish usullari , bemorlarni kuratsiya qilish.
|
3.
|
Harakat faoliyati buzilishining topik diagnostikasi.
|
4
|
Periferik spinal va serebral turlari. Harakat koordinatsiya va ekstrapiramida tizimining fiziologiyasi, tekshirish usullari va patologiyasi. Bemorlarni kuratsiya qilish.
|
4.
|
Sezgi faoliyati
|
4
|
Sezgi faoliyati klassifikatsiyasi. YUzaki va chuqur sezgi yo’llarining tuzilishi, fiziologiyasi, tekshirish usullari . Sezgi faoliyatining umumiy buzilish xillari. Bemorlarni kuratsiya qilish
|
5.
|
Sezgi faoliyati buzilishining topik diagnostikasi.
|
4
|
Sezgi faoliyati buzilishining topik diagnostikasi. Periferik, spinal va serebral turlari. Bemorlarni kuratsiya qilish
|
6.
|
Bosh miya nervlari (BMN).
|
4
|
BMN : I-II-III-IV-VI juft nervlar: gistologik buzilishi, funksiyasi, tekshiruv usullari va zararlanish belgilari. Bemorlarni kuratsiya qilish
|
7.
|
Bosh miya nervlari (BMN).
|
4
|
BMN: V-VII-VIII juft nervlar: gistologik buzilishi, funksiyasi, tekshiruv usullari va zararlanish belgilari. Bemorlarni kuratsiya qilish
|
8.
|
Bosh miya nervlari. Paraklinik tekshiruv usullari
|
4
|
BMN: IX-X-XI-XII juft nerv lar: gistologik tuzilishi, funksiyasi, tekshirish usullari va zararlanish belgilari. Bulbar va psevdobulbar falajlar. Bemorlarni kuratsiya qilish. Paraklinik tekshirish usullari: EEG, REG, EXOES, EMG, KT, YAMR, kraniogramma, spondilogramma, lyumbal punktsiya, klassik elektrodiagnostika.
|
9.
|
Nevrologik diagnoz tuzish asoslari.
|
4
|
Ishemik insultga duchor bo’lgan bemorni o’qituvchi bilan talabalar guruhida nevrologik tekshirish o’tkazib, nevrologik kasallik tarixnomasini (kurgazmali) tuldirish va rezyume tuzish.
|
10.
|
Nevrologik diagnoz tuzish asoslari. (davomi).
|
4
|
Yozilgan rezyume asosida bemorga topik, nozologik va dastlabki klinik tashxisni aniqlash va tarixnomaga yozish. Differentsial diagnoz o’tkazish asosida bemorga xulosa diagnozini asoslash, kasallikni davolash, profilaktikasi to’g’risida talabalar bilimini aniqlash.
|
11.
|
Mustaqil kuratsiya.
|
4
|
Talabalar tomonidan turli asab kasalliklariga (serebrovaskulyar kasalliklari: VTD, BMKABBB, BKAUB, gemorragik insult, orqa miya insulti, distsirkulyator ensefalopatiya va boshqa; asab tizimining yalliglanish, travmatik, irsiy, degenerativ kasalliklari) ga duchor bo’lgan bemorlarni mustaqil kuratsiya kilib sinov tarixnomasini yozish.
|
12.
|
Serebrovaskulyar kasaliklar.
|
4
|
Talabalar tomonidan kuratsiya qilingan gemorragik insult, orqa miya insultiga duchor bo’lgan bemorlarni tahlil qilish.
|
13.
|
Leptomeningit va xorioependimatitlar. Ensefalitlar.
|
4
|
Talabalar tomonidan (nevrologik bulimda SKAL da) tekshirilgan bemorlarni o’qituvchi va guruh talabalariga dokladi va talabalar bilan tahlili.
|
14.
|
Orqa miya kasalliklari.
|
4
|
Talabalar tomonidan tekshirilgan (mielit, sirengomieliya, polimielit va b.) bemorlarni o’qituvchi va guruh talabalariga dokladi va tahlili.
|
15.
|
Periferik asab tizimining kasalliklari.
|
4
|
Talabalar tomonidan (yuz nervining nevriti, uch tarmoqli nervining nevralgiyasi, bel-dumgaza radikuliti) kuratsiya qilingan bemorlarni o’qituvchi va guruh talabalariga dokladi va tahlili.
|
16.
|
Sust boruvchi infektsiyalar.
|
4
|
Tarqoq skleroz, yon tomonlama amiotrofik skleroz, leykoensefalit. Talabalar tomonidan kuratsiya qilingan bemorlarni o’qituvchi va guruh talabalariga dokladi va tahlili.
|
17.
|
Asab tizimining irsiy kasalliklari.
|
4
|
Nerv muskul kasalliklari. Piramida va ekstrapiramida tizimining degenerativ kasalliklari. Talabalar tomonidan kuratsiya qilingan bemorlarni o’qituvchi va guruh talabalariga dokladi va tahlili.
|
18.
|
Xulosa darsi.
|
2
|
Talabalarda oraliq nazoratini (og’zaki, yozma va amaliy ko’nikmalarini OSKI tipida) kafedra mudiri rahbarligida o’tkazish.
|
|
J a m i :
|
70 soat
|
|
MUSTAQIL ISHLAR REJASI
№
|
Mavzu
|
Soat
|
1
|
Nevrologiya tarixi.
|
2
|
2
|
Asab tizimining ontogenezi.
|
2
|
3
|
Asab tizimining gistologiyasi.
|
2
|
4
|
Nerv sistemasi gistopatologiyasi.
|
1
|
5
|
Neyron nazariyasi.
|
1
|
6
|
Vegetativ asab tizimining anatomiyasi va fiziologiyasi.
|
2
|
7
|
Bosh miya po’stlog’ining tsitoarxitektonikasi, Brodman xaritasi.
|
6
|
8
|
Bosh miya va orqa miya pardalarining qon bilan ta’minlanishi.
|
2
|
9
|
Orqa miyada qon aylanishi buzilish
|
2
|
10
|
Neyropsixologik tekshirish usullari.
|
4
|
11
|
Bosh miya va orqa miya pardalarining tuzilishi. Subaraxnoidal bo’shliq va tsisternalar tuzilishi.
|
2
|
12
|
Nevritlar va nevralgiyalar
|
2
|
13
|
Ikkilamchi ensefalit.
|
2
|
14
|
Mielopatiya: etiologiyasi, patogenezi, klinikasi va davolash usullari.
|
2
|
15
|
Sust boruvchi infektsiyalar: Kuru, Klayndfelьd-YAkob, Van-Bogart leykoensefalitlari
|
1
|
16
|
Asab tizimining irsiy - degenerativ kasalliklari
|
1
|
17
|
Asab tizimiining irsiy kasalliklari: periferik motoneyronlar degeneratsiyasi, nevral amiotrofiya.
|
2
|
18
|
Asab tizimiining irsiy kasalliklari: ekstrapiramid tizimning degeneratsiyasi - Parkinson, Getington, Vilьson - Konovalov kasalliklari.
|
2
|
19
|
Asab tizimining parazitar kasalliklari: sistotsirkoz, exinokokkoz, toksoplazmoz.
|
2
|
20
|
Orqa miya o’smalari
|
2
|
21
|
Poliomielitlar
|
2
|
22
|
Tarqoq ensefalomielit.
|
2
|
|
Jami:
|
46 soat
|
Kafedra mudiri, dots.: M.B. O’rinov
Asosiy adabiyotlar
-
М.Самуэльс. Неврология. М., 1997;
-
М.Вуддиси.,А.Уэлан. Терапевтический справочник. М.,1995;
-
Х.С.Ходос. Нервные болезни. 1974,1981;
-
А.В.Триумфов. Топическая диагностика заболеваний нервной системы. 1981;
-
Д.К.Богородинский, А.А. Скромец. Руководство к практическим занятиям по нервным болезням.1977;
-
Н.И. Боголепов. Коматозные состаяния. М.1996;
-
Н.Б. Мелъничук. Болезни нервной системы. 1982,Т.2;
-
N.M. Madjidov. Umumiy nevropatologiya. 1975,1998;
-
Н.М. Маджидов. В.Д.Трошин. Профилактическая неврология; 1993;
-
Н.М.Маджидов, В.Е.Гречко и др. Невропатия тройничного нерва.1992;
-
Н.М.Маджидов.Лицевые болевые снидромы. Методические рекомендации. 1990;
-
А.М. Пулатов, Н.С.Никифоров. Руководство по топической диагностике нервных болезней. 1972;
-
Ю.С. Мартынов, Невропатология., 1974;
-
Л.О. Бадалян. Детская неврология., 1984;
-
Е.И. Гусев и др. Нервные болезни,1988;
-
Ш.Ш. Шомансуров и др. Детская невропатология. 1995;
-
Н.Н.Яхно.Головная болъ . М.,2000;
-
Л.А.Улицкий. Диагностика нервных болезней. Санкт-Петербург.2001;
-
В.А.Карлов. Терапия нервных болезней. М.,1996;
-
Л.О.Бадалян. Невропатология. М.,2001.
-
Е.В.Шмидт. Сосудистые заболевания нервной системы. 1975.
Qo’shimcha adabiyotlar
-
Metodik qo’llanma. Xususiy nevrologiya. Tashkent,1999;
-
Metodik qo’llanma. Ummiy nevrologiya. Tashkent,1999;
-
Somatonevrologiya bo’yicha metodik qo’llanma . Tashkent,1999;
-
М.М.Асадуллаев ва бошк. Основы электроэнцефалографии. Ташкент, 1996;
-
Umumiy va xususiy nevrologiya bo’yicha ma’ruzalar matni, 2000;
-
Наследственные синдромы и медико-генетическая консулътация. Л., 1989;
-
Н.М.Маджидов. Лептоменингиты (арахноидиты) задний черепной ямки. 1968;
-
А.М.Вейн и др. Заболевания вегетативной нервной системы. М.,1991.
-
Абу Али ибн Сино. Канон врачебной науки.-Ташкент, 1996.
Do'stlaringiz bilan baham: |