Halqum funksional va topografik anatomiyasi. Pirogov linfoepiteli halqasi. Qizilongach funksional va topografik anatomiyasi. Qorin boshligida joylashgan a’zolarning obzori. Me’daning funksional va klinik anatomiyasi



Download 21,17 Kb.
bet1/2
Sana17.05.2023
Hajmi21,17 Kb.
#939647
  1   2
Bog'liq
Halqum funksional va topografik anatomiyasi. Pirogov linfoepitel


Halqum funksional va topografik anatomiyasi.Pirogov linfoepiteli halqasi. Qizilongach funksional va topografik anatomiyasi.Qorin boshligida joylashgan a’zolarning obzori.Me’daning funksional va klinik anatomiyasi.

Halqum — ogʻiz boʻshli-gʻini qiziloʻngach bilan tutashtiruvchi meʼdaichak yoʻlining oldingi qis-mi; shakli egri naysimon; orqa yuzasiga qarab yassilangan, pastki qis-miga qarab toraygan boʻladi. Yutinish vazifasini bajaradi va nafas olishda ishtirok etadi. Halqum devorlaridan oʻpka, shuningdek, ayrisimon, qal-qonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezlari rivojlanadi. Halqumning uz. 15 sm cha. Halqum burun va ogʻiz boʻshligʻining davomi boʻlib, pastdan hiqildoq va Yevstaxiy naylari orqali oʻrta quloqdagi nogʻora boʻshligʻi bilan tutashadi. Halqumning old devori deyarli yoʻq; Halqumdan oldin burun, ogʻiz boʻshligʻi va hiqil-doq joylashadi. Shuning uchun Halqumning yuqorigi — burun yoki burun-halqum qismi, oʻrta — ogiz qismi va pastki — hiqildoq qismi ajratiladi. Burun-halqum qismi burun va oʻrta quloq boʻshligʻi bilan; ogʻiz qismi tomoq teshigi orqali ogʻiz boʻshligʻi bilan; hiqildoq qismi esa hiqildoq bilan tutashadi. Halqumning hiqildoq qismi hiqildoqning orqa tomonida joylashgan, uning oldingi va orqa devorlari faqat ovqat yoki suyuqlikni yutish paytida bir-biridan uzoqlashadi, boshqa vaqtda esa bir-biriga tegib turadi. Halqum orqa devorining yuqori qismida, oʻrta chiziq boʻylab limfa toʻqimasidan tuzilgan halqum murtagi joylashgan. burun-halqum qismining harakatsiz yon devorlaridan oʻrta quloqqa olib boruvchi eshituv nayi boshlanadi. Shu joyda eshituv nayi teshigi bilan yum-shoq tanglay chodiri oraligʻining oʻng va chap tomonida limfa toʻqimasidan tuzilgan nay murtagi bor. Halqum murtagi, 2 ta nay murtak, 2 ta tanglay va til murtaklar bir-galikda Halqumning kirish qismida hal-qaga oʻxshab joylashadi. Halqum devorining xususiy plastinkasi siyrak biriktiruvchi toʻqimadan iborat boʻlib, juda koʻp elastik tolalar tutadi. Bu plastinka kalla suyagining tashqi asosiga tutashadi, shu sababli, Halqum burun qismining orqa va yon devorlari birbiriga yaqinlasha olmaydi va havo burundan bevosita Halqumning burun qismi orqali hiqildoqqa oʻtadi.
Qiziloʻngach — odam va hayvonlarda ovqat hazm qilish sistemasining halqum bilan meʼda oʻrtasidagi qismi. Qushlarda Qizilongach kengayib, jigʻildonni hosil qiladi. Odamda Qizilongach orqa koʻks oraligʻida joylashgan 23—25 sm uzunlikdagi muskulli naychadan iborat boʻlib, koʻkrak qafasidan diafragma teshigi orqali qorin boʻshligʻiga oʻtadi va meʼdaga ulanadi. Qizilongach devori shilliq, shilliq osti va muskul qavatlardan iborat. Shilliq qavati burmalarga yigʻilgan boʻlib, ovqat luqmasi oʻtayotganida tekislanadi. Qizilongach tashqi tomondan biriktiruvchi toʻqima bilan qoplanganligi sababli ovqat luqmasi oʻtayotganida koʻndalang diametrini osonlikcha oʻzgartira oladi. Yutilgan ovqat luqmasi Qizilongach peristaltikasi tufayli meʼdaga, keyin ovqat hazm qilish sistemasining hamma qismiga oʻtadi. Peristaltika — muskullarning tartib bilan qisqarishi ovqat hazm qilish sistemasining barcha qismida boʻladi. Yutinganda Qizilongach mus-kullari reflektor qisqarishi tufay-li ovqat luqmasi yuqoridan pastga yoʻnaladi. Qizilongachning yalligʻlanishi ezo-fagit deyiladi. Bunga qaynoq va ach-chiq ovqatlar yeyish, kislota, ish-qorlar taʼsiri, shuningdek, turli dori hamda spirtli ichimliklarni surunkasiga isteʼmol qilish sabab boʻladi (yana qarang Ovqat hazm qilish sistemasi). Uzunligi 22-30 sm, silindrsimon nay, 6- va 7-
bo‘yin umurtqalari chеgarasida boshlanib, 11-ko‘krak umurtqalari 
chеgarasida oshqozonga tutashadi. Qizilo‘ngach bo‘yin, ko‘krak va 
qorin qismlarga ajratiladi. Bo‘yin qismi umurtqa pog‘onasi yaqinida, 
qorin qismi diafragma ostida joylashgan. Qizilo‘ngachning uchta 
siqiqligi bor. Birinchi siqiqlik uning boshlang‘ich qismida, ikkinchisi 
4- va 5-ko‘krak umurtqalari to‘g‘risida, uchinchisi- qizilo‘ngachning
ko‘krak diafragmasidan o‘tish joyida bo‘ladi. Halqumning shilliq 
qavati epitеliysi, oshqozon yaqinida bir qavatli silindrsimon epitеliy 
bilan almashinadi. Ko‘ndalang kеsimi yulduzsimon shaklda. Uning 
dеvori shilliqosti qavatida juda ko‘p mayda bеzlar joylashgan. 
Qizilo‘ngach muskullari ichki sirkulyar va tashqi ko‘ndalang qavat 
hosil qiladi. Oldingi qismidagi ko‘ndalang targ‘il muskullari o‘rta 
qismida asta-sеkin silliq muskullar bilan almashinadi; kеyingi 
qismida esa faqat silliq muskullar bo‘ladi. Qizilo‘ngachning sirtqi 
po‘sti g‘ovak shakllanmagan biriktiruvchi to‘qimadan iborat. 


Download 21,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish