102
buyukligini ta’minlaydigan ta’limdagi juda ham alohidalik, individuallikka
asoslanish tendensiyasi mavjud. Ko‘pgina amerikalik va ingliz didaktlari (E.
Melbi, R. Vorner va boshqalar) o‘rganish - bu shaxsiy iidividual jarayon bo‘lib, har
bir bola nimani o‘rganishi mumkin bo‘lsa, shunga o‘qitilishi kerak, deydilar. SHu
sababli bolalarni juda ham individual rejalar va individual tezlikda o‘qitishni taklif
etishadi.
AQSH o‘quvchilarining jamoaviy ishlari bilan bir qatorda ta’limning
individualligini ma’lum darajada muvofiqlashtiradigan Tramp rejasida texnik
vositalardan keng foydalanish asosida o‘quv jarayonini yuqori darajada
individuallashtirish nazarda tutiladi. Ushbu rejaning muallifi - amriqolik pedagog
Lloyd Trampaning fikricha o‘rta maktablarda o‘qitish 100-150 kishidan iborat
bo‘lgan guruhlarda (ma’ruzalarda ta’lim turli-tuman texnik vositalardan
foydalanish bilan) o‘tkaziladi. Bunga o‘quv vaqtining 40 foizi ajratiladi. 10-15
kishidan iborat bo‘lgan kichik guruhlarda esa (ma’ruza materialini muhokama
etish
hamda ayrim bo‘limlarini chuqur o‘rganish, ko‘nikmalar va malakalarni qayta
ishlash bilan) vaqtning 20 foizi ajratiladi hamda mustaqil ishga (o‘quvchilarning
individual ishlari) vaqtning 10 foizi ajratiladi.
Dars hozirgi zamon o‘quv tarbiya jarayonida tahsil maqsadlarini amalga
oshirishda asosiy ta’limi shakli hisoblanadi. Bir necha asrlar davomida ta’limning
dars shaklidan boshqa bir yangi shaklini pedagogika nazariyasi ham, amaliyoti
ham taklif etgancha yo‘q.
O‘tkazilgan dars o‘quvchilarni ham, o‘qituvchilarni ham qanoatlantirish
uchun ma’lum darajada umumiy ba’zi bir talablarga javob berishi kerak.
SHulardan ba’zilarini eslatib o‘tamiz. Ayrim olingan biron-bir dars predmet
kalendar dasturidagi o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, maqsadi aniq belgilangan bo‘lishi
kerak. Dars o‘tish jarayonida shakllantirilili lozim bo‘lgan bilim, iqtidor va
ko‘nikmalar alohida aniqlanishi darkor. Shu bilan birga mazkur dars davomida
bilim, iqtidor va ko‘nikmalarning erishiladigai darajasi ham belgilanishi ma’qul
bo‘ladi. Darsda ishlatiladigan metodlar, vositalar turkumi aniq bo‘lishi oldindan
belgilanishi maqsadga muvofiqdir. Darsga qo‘yiladigan didaktik talablardan yana
104
ayrim bosqichlarida ham foydalaniladi. Oldinga qo‘yilgan didaktik vazifalarni hal
etishning yo‘llariga bog‘liq holda dars qurilish tartibining ayrim bosqichlari
kisqarishi va kengayishi, o‘qitish usullari hamda har xil metodlarning vazifalari,
o‘rni o‘zgarishi mumkin. Shuning uchun zamonaviy darsnnng tarkibiy tuzilishi
o‘qituvchilarning boshqaruvchilik roli va o‘quvchilarning anglash faoliyatlarini
tashkil etishning o‘ziga xosligini aks ettira turib, juda ham turli-tuman shakldaligi
bilan farq qiladi. Darsning muvaffaqiyatli o‘tishi o‘qituvchi hamda o‘quvchilarning
darsga tayyorlanishlariga bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: