Yuqori davlat lavozimlari Amirlik davlat muassasalari ma’muriy, moliyaviy, uqon av a qozilik, mirshablik va harbiy idoralaridan tashkil topgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, amirlikda oliy ijroiya hokimiyat - qo ‘shbegi, ya’ni Bosh vazir (vaziri buzruk ham deyilgan) qo'lida to‘plangan. U poytaxt Buxoro shahridagi ahvol, mamlakat boshqaruvi, moliya, soliq, xazina kabi eng muhim sohalarni nazorat qilgan. Ayni paytda, barcha viloyatlar unga bo‘ysungan. Amirlikda qo‘shbegidan keyingi o‘rinda moliya vaziri (devonbegi) turgan. U quyi qo'shbegi deb ham atalgan. Moliya vaziri zakot masalasi bilan shug‘ullangan. Shayboniylar, ayniqsa, ashtarxoniylar davrida katta mavqega ega bo‘lgan otaliq lavozimiga tayinlangan amaldor endilikda Buxoro va Samarqand viloyatlarini sug‘orish, shuningdek, suv taqsimoti bilan bog‘liq ishlar uchun mas’ul qilib qo‘- yildi. Parvonachi lavozimida ishiagan amaldoming asosiy vazifasi Buxoro xonligida bo‘lganidek oliy hukmdoming yorliqlarini u yoki bu amaldorga yetkazish bo‘lgani holda, amirlikda istiqomat qilib kelayotgan arablar jamoasi masalalari bilan ham shug‘ullanadigan bo‘ldi. Ba’zi hollarda parvonachi lavozimida ishlayotgan amaldorga uning shaxsi, amirlik siyosiy hayotida tutgan o‘miga qarab, muhim vazifalar ham yuklatilgan. Chunonchi, Amir Haydar Marvda unga qarshi ukasi Dinnosirbek boshchiligida ko‘tarilgan isyonni bostirish uchun Niyozbek parvonachini qo‘shinga qo‘mondon qilib jo ‘natgani bunga dalildir, Yoki Amir Nasrullo 1842-yilda Qo‘qonni ishg‘ol etgach, u yerga Ibrahim parvonachi mang‘itni noib etib tayinlaganida, shubhasiz, uning amirlik hayotidagi mavqeyini hisobga olgan. Bir so‘z bilan aytganda, u yoki bu davlat lavozimining nufuzi shu lavozimda kim o‘tirganligiga ham bog‘liq bo‘lib qoldi. Bosh inoq lavozimiga tayinlangan amaldor amirning buyruqlarini quyi lavozimda ishlayotgan davlat xizmatchilariga yetkazish, mazkur buyruqlarning bajarilishini va kelgusida davlat mansablariga tayinlanishi mumkin bo'lgan xizmatchilarning faoliyatini tashkil etish bilan shug‘ullangan. Kichik inoq esa chet mamlakat elchilari taqdim etadigan hujjatlarni qabul qilib olgan. Shuningdek, amir muhri uchun javobgar bo‘lgan. 59 Yana bir muhim davlat mansabi to'qsoba edi. U davlat bayrog'ining daxlsiz saqlanishini ta’minlash, shuningdek, eng ishonchli shaxs sifatida oliy davlat marosimlarida amir dasturxoniga taom tortish kabi nihoyatda mas’uliyatli vazifani bajargan. Vazifa nihoyatda mas’uliyatli bo‘lganligi uchun unga daromad manbai sifatida bitta tuman biriktirib qo‘yilgan.
Davlat boshqaruvida, shuningdek, ko'kaldosh (davlat xavfsizlik xizmati boshlig‘i), mehtar (soliq va boshqa yig‘imlardan tushgan mablag‘laming belgilangan o‘rinlarda qanchalik to‘g‘ri sarflanganligini nazorat qiluvchi amaldor), qutvol (davlat hisobidan amalga oshiriladigan qurilish ishlariga mas’ul amaldor), eshik og‘aboshi, miroxur (amir otxonasining boshlig‘i), qorovulbegi (shahar va yo‘llar posboni), shig'ovul (chet mamlakatlar elchilarining qabul qilinishini tashkil etuvchi), mushrif (amirga in’om etilgan sovg'alarni ro‘yxatga olish va soliqlar tushumini yozib boruvchi amaldor), dasturxonchi (amir huzurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas’ul amaldor), kitobdor (amir kutubxonasining boshlig‘i), dodxoh (jabrlanuvchi arizasini amirga yetkazuvchi va javobini arizachiga yetkazilishiga mas’ul amaldor) kabi yuqori davlat lavozimlari ham bor edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |