Buxoro amirligida davlat boshqaruvi
Davlat tuzumi va ma’muriy boshqaruv islohotlari Amirlik davlat tizimiga ko‘ra mutlaq monarxiya edi. Oliy hukmdor - amir cheklanmagan huquqqa ega bo!lgan. Butun hokimiyat uning qo‘lida to‘plangan. Amir, ayni paytda, davlatning ma’naviy rahnamosi ham edi. Chunki u eng oliy martabali amaldorlar (arkoni davlat) hamda qabilalarning boshliqlari bilan maslahatlashib ish tutgan. Amirlikda davlat boshqaruvi sohasida ayrim islohotlar o‘tkazildi. Chunonchi, ashtarxoniylar davrida mavjud bo‘lgan boshqaruvning dargoh va devonlar tizimi tugatildi. Davlat vazifalarini ijro etish to‘g‘ridan to‘g‘ri saroydagi u yoki bu lavozimda, yoki biron-bir nufuzli davlat arbobi qo‘lida to'planuvchi tartih joriy etildi. Unga 57 Amirlikning ma’muriy bo‘linishi ko'ra, qo'shbegi lavozimiga davlat maqomi berildi, ya’ni u davlatda arairdan keying! ikkinchi shaxsga aylandi. Shuning uchun ham u amir Arkida yashagan. Bundan tashqari, ashtarxoniylar hukmronligi davrida davlatda juda katta nufuzga ega bo‘lgan otaliq lavozimi oldingi mavqeyini yo‘qotdi. Bir so‘z bilan aytganda, amirlikda turli davlat lavozimlarining maqomi yo ko'tarildi, yo tushirildi. Shunga yarasha u yoki bu lavozim egasining vakolat doirasi kengaytirildi yoki cheklab qo‘yildi. Saroyda jami uch yuzga yaqin katta-kichik amaldorlar guruhi xizmat qilishgan. Ulardan 30 nafarga yaqini yuqori davlat lavozimlari sanalgan. Amirlik ma’muriy jihatdan viloyat va tumanlarga bo‘lingan. Adabiyotlarda mang‘itlar davrida amirlikda 27 ta viloyat (beklik) mavjud bo‘lganligi qayd etilgan. Viloyatlami beklar - hokimlar boshqarishgan. Hokim lavozimiga, asosan, qabila sardorlari (amir) tayinlangan. Qolgan ma’muriy-hududiy birliklarga sug‘oriladigan yer miqdori asos qilib olingan, Jumladan, bir nechta ariq va kanal orqali sug‘oriladigan yuz ming tanob yer bir tumanni tashkil etgan. Bitta katta ariq bilan sug‘oriladigan ellik ming tanob yer hazora, yigirma besh ming tanob yer nim (yarim) hazora, 10-15 ming tanob sug’oriladigan yerga ega qishloq obikori, 400 tanob yerga ega qishloq qoriya, 300 tanob va undan kam yeri bo‘lgan hudud, aholi yashasa-yashamasa, marza deb atalardi. Ba’zi qishloqlar joylashgan hudud maydoni katta bo‘lmagan. Binobarin, ulaming har birini alohida-alohida boshqarish iqtisodiy jihatdan o'zini oqlamas edi. Shuning uchun ham bir nechta katta-kichik qishloqlar biriktirilib eng quyi ma’muriy birlik tashkil etilgan va u amlok deb atalgan. Uni amlokdor qishloq oqsoqollari, amin va miroblarga tayanib boshqargan. Amlokdor („mulk egasi“ degan ma’noni anglatadi) yetishtirilgan hosilning hisobini yuritgan va soliqlar hamda boshqa tushumlarning belgilangan muddatlarda yig‘ilib borishini nazorat qilgan. Amin („ishonchli“, „halol odam“ ma’nosini anglatadi)ning asosiy vazifasi soliq va boshqa tushumlami yig‘ish, aholi ustidan nazorat olib borish hamda ariqlardagi suvni ekin maydonlariga taqsimlash bo‘lgan. Qishloq mirobi esa suv inshootlarining o‘z vaqtida ta’mirlanishini, qishloqlar uchun ajratilgan suvning ariqlar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlaoishini ta’- m in lagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |