Buxoro – 2022 O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


A sirtning holati bilan aniqlanadi. A



Download 3,24 Mb.
bet7/66
Sana29.04.2022
Hajmi3,24 Mb.
#590703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66
Bog'liq
Avto ilmiy asoslari MAJMUASI 7777 (3)

A sirtning holati bilan aniqlanadi. A sirtga nisbatan
3.1–rasm. Tanavorni tokar– tirgaklarni o’rnatish amalga oshiriladi. Shuning uchun tokarlik revolver dastgohida A sirt bir o’rnatuvda ishlanuvchi В, С, D va E sirtlar –ishlov berishda sozlash uchun texnologik sozlash bazasi bo’lib hisoblanadi.
Ayniqsa texnologik sozlash bazasini ishlatish avtomatlarni, ko’pkeskichli dastgohlarni, gidronusxalovchi dastghlarni, RDB larni va h.k qo’llashda foydalidir. Hisoblar, o’lchamlarni qo’yish va asboblarni sozlash sezilarli soddalashadi.
Detallarni yakka va mayda seriyali ishlab chiqarish sharoitida tayyorlashda hamda aniq birikmalarni yig’ishda, tekshirish bazalari deyarli keng qo’llanmoqda.
Tekshirish texnologik bazasi deb, ishlanuvchi detalni dastgohdagi holati yoki keskich asbobning o’rnatilishi to’g’rilanuvchi sirt, chiziq, nuqtalarga aytilada.
Tekshirish bazasiga misol bo’lib, mayda seriyali ishlab chiqarish sharoitida kema matorining fundament ramasi podshipnigi teshigini yo’nish amali xizmat qilishi mumkin (3.18–rasm).
Podshipniklarning yo’niluvchi teshiklari (A sirt) o’qlarini paralleligini silindrlar bloki bilan fundament ramasi tekisligiga (B tekislik) nisbatan ta’minlash uchun ramani yo’nish dastgohiga o’rnatishda indikatorlar yoki vaterpas qo’llab, tanavorni tekshirish texnologik bazasi hisoblanuvchi B tekislik to’g’rilanadi. Bu sirt gorizontal holatining to’g’riligi, C sirtni o’rnatishda, maxsus ponasimon qistirmalar qo’llash hisobiga erishiladi.
T exnologik tekshirish bazalar bo’yicha ishlov berishda tanavor tayanch sirtlarining (C sirt) aniqligi va sifati tanavorga ishlov berish aniqligiga ta’sir ko’rsatmaydi. Bu usul, tanavorni dastgohda orientirlash uchun murakkab moslamalardan foydalanishni talab etmaydi. Кo’rsatilgan afzalligi, uni og’ir mashinasozlikda keng qo’llash imkonini beradi.
3.2–rasm. Mator podshipnigi Texnologik bazalarni tanlash savoli texnologik
ichki teshigini yo’nishda tek– baza sirtlar majmuiga jarayonning loyihalashning
shirish bazasini qo’llash boshida ketma ketligi va detalning aloxida sirtlariga ishlov berish savollari bilan birvaqtda texnolog tomonidan echiladi. Bu erda, tabiiyki, texnologik bazalarni tayinlash birinchi amal uchun texnologik baza tanlashdan boshlanadi. Detalni birinchi o’rnatish uchun qo’llaniluvchi qora texnologik baza deb ataladi.
Qora texnologik bazlarni tanlashda quyidagi talablarga rioya qilinadi.
1. Qora texnologik baza sifatida shunday sirt yoki sirtlar majmui tanlanishi zarurki, unga yoki ularga nisbatan birinchi amalda baza sifatida qo’llaniluvchi sirtlarga ishlov berilishi mumkin, ya’ni qora baza doimo boshqa texnologik bazalarga ishlov berish uchun qo’llanilishi zarur.
2. Detalni moslamada ishonchli mahkamlash va orientirlash aniqligini ta’minlash uchun qora baza yetarli o’lchamlarga ega bo’lishi kerak, mumkin qadar sirtlari eng kam g’adir–budirlikka va yuqori aniqlik darajasiga ega bo’lishi lozim.
3. Qora baza sifatida quyma va pokovkalar sirtlarida qoliplardan yoki
shtamplardan qolgan choklar, turli quyma chiqindilari bor yuzalar qo’llanmasligi darkor.
4. Ishlanmagan sirtlarning aniqligi va g’adir–budirligi doimo ishlangan sirtlar aniqligidan past va g’adir–budirligidan yuqori bo’lganligi sababli, qora baza detalga ishlov berishda faqat bir marta qo’llanilishi zarur, birinchi amalni bajarishda. Hamma keyingi amallar va detallarni o’rnatishlar ishlangan baza sirtlardan amalga oshirilishi zarur.
5. Detalning ishlov berilgan sirtlari tizimini ishlanmagan sirtlariga nisbatan o’zaro to’g’ri joylashganligini ta’minlash uchun, qora texnologik baza sifatida ishlanmay qoluvchi sirtlar majmuini tanlash maqsadga muvofiqdir.
6. Qora baza sifatida shunday sirt olinishi mumkinki, undan ishlov berish jarayonida minimal qo’shim olinishi zarur.
7. Qora baza qo’shimlarni teng taqsimlanishini ta’minlashi zarur, bu ayniqsa quyma va pokovkalardan tayyorlanuvchi murakkab konstruktsiyali javobgar detallarni tayyorlashda muhim.
Albatta keltirilgan qoidalar dogma emas. Birlari bajarilib, boshqalari bajarilmasligi mumkin. Ammo shu qoidalarni bajarishga harakat qilish zarur.
Avtomatlashtirilgan boshqarish qurilmalari va i.ch. jarayonlarini oʻzlashtirish ogʻir sanoat va mashina-sozlikni barpo qilish bilan bir vaqtda (30y.larda) boshlandi. Ogʻir, yengil va oziqovqat sanoatlarida avtomatlashtirilgan qurilmalar qoʻllanila boshladi, transport avtomatikasi tako-millashdi. Energetika, metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, kommunal xoʻjalik, i.t. institutlarida avtomatika lab.lari tashkil etildi. 50-y. larga kelib xalq xoʻjaligining deyarli barcha tar-moklarida avtomatika qoʻllanila boshladi. GES agregatlarini toʻla avtomatik boshqarishga oʻtildi, suv bilan taʼminlash tizimlari va b. sohalar avtomatlashtirildi. I.ch.a. ning ilmiy asoslari, asosan, uch yoʻnalishda rivojlandi. Birinchidan, boshqarish obʼyektlarining qonuniyatlari, dinamikasi, turgʻunligi va tashqi omillar taʼsirini oʻrganishning samarali metodlari ishlab chiqildi. Bu masalalarni tadqiqrtchilar, konstruktorlar, texnologlar birgalikda hal qiladi. Ikkinchidan, boshqarish metodlarining samaradorligi, boshqarish funksiyasining maqsadi aniqlandi. Shu asosda boshqarishga oid qaror qabul qilish qoidalari belgilandi. Uchinchidan, oʻlchash, natijalarni qayta ishlash va boshqarish fun-ksiyalarini amalga oshiradigan avtomatika vositalarining tuzilishini uygʻunlashtirishning puxta, oddiy va samarali muhandislik usullari ishlab chiqildi. Lekin I.ch.a. ni takomillashtirish va rivojlantirishga doir ishlar uzluksiz davom etadi. Sexlar, om-borlar va ishlab chiqarishning boshqa joylarida axborot (informatsiya) larni tuzish va dastlabki ishlash klavishli qurilmalar vositasida bajariladi, yigʻilgan axborotlar qayta ishlashga uzatiladi. Axborotlarni avtomatik qayd qilish uchun datchiklardan foydalaniladi. Axborotlarni uzatish qurollari — signal oʻzgartirgichlari, telemexanika apparaturasi, signallarni taqsimlovchi kommutatorlar va b. dan iborat. Axborotlarni mantiqiy va matematik ishlash qurilmalari — signallarning harakteri va shaklini oʻzgartiruvchi funksional oʻzgartirgichlar axborotni berilgan algoritm boʻyicha qayta ishlovchi qurilmalar (shu jumladan, hisoblash mashinalari) va b. ni uz ichiga oladi. Axborotlarni kursatuvchi qurilmalar (shu jumladan, hisoblash mashinalari) va b. ni uz ichiga oladi. Axborotlarni kursatuvchi kuril-malar — signal tablosi, mnemonik sxemalar, milli va raqamli asboblar, elektron-nur trubkasi, harf va raqamli bosma mashinalar operatorodamga i.ch. jarayonlarining borishini kursa-tadi va muhim parametrlarni qayd qilib boradi. Boshqarish taʼsirlarini ishlab chiqadigan qurilmalar axborotlarning kuchsiz signallarini kuchli impulslarga aylantiradi. Bu im-pulslar himoya, rostlash yoki boshkdrish qurilmalarining ijro organiga taʼsir etib, ularni ishga tushiradi. Axborotlarni yigish va dastlabki ishlash vositalari majmui xalq xujaligi tarmoqlarini boshqarishni avtomatlashtirishga imkon beradi. I.ch. jarayonlarini boshqarishni avtomatlashtirishda i.ch. ni maqbul (optimal) rejimda olib borishga imkon beruvchi nazorat va rostlash jihrzlari, analitik texnika va dasturli boshqarish majmualari ham juda muhim. Mac, gidroelektr st-yalarida suv havzasidan chiqqan suv gidroagregat turbinalaridan uzluksiz oʻtib turadi. Avtomatik rostlagichlar turbinalarning aylanishlar sonini, ishlab chiqarilgan tok chastotasi va kuchlanishini, faol (aktiv) va reaktiv quvvatlarni rostlab turadi. Himoya qurilmalari avariyaning oldini oladi.



Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish