6.1– jadval. Turli ishlab chiqarishlar uchun bir yilda tayyorlanuvchi
bir xil nomdagi va tip o’lchamdagi detallar soni
Ishlab chiqarish turi
|
Og’ir mashina- sozlikning yirik buyumlari 30 kg.dan yuqori
|
O’rtacha o’lchamdagi buyumlar 8kg.dan 30 kg. gacha
|
Mayda buyumlar
8 kg.gacha
|
Yakka
Mayda seriyali
O’rta seriyali
Yirik seriyali
Ommaviy
|
< 5
- 100
- 300
-1000
<1000
|
< 10
10 - 200
200 - 500
500- 5000
< 5000
|
< 100
100- 500
500 - 5000
5000-50000
< 50000
|
Yirik seriyali ishlab chiqarish buyum ishlab chiqarish hajmi bo’yicha ommaviy ishlab chiqarishga yaqin bo’lib, oqimli ish tashkil qilinadi, dastgohlar texnologik marshrut-reja bo’yicha joylashtiriladi. Bu yerda ham ishchilar malakasi past bo’lib, ko’pchilik ishchi joylarda uzoq muddatda qaytariluvchi bitta yoki birnechta detallarni tayyorlash amallarini bajarish biriktirilgan bo’ladi. amallar bog’lanish koeffitsienti 1< <10 oralig’ida bo’ladi.
Ommaviy ishlab chiqarish va uning tavsifi
Buyumlarni katta hajmda chiqarishni tavsiflovchi, uzoq muddatda uzluksiz tayyorlashni yoki ta’mirlashni ta’minlovchi ishlab chiqarishga ommaviy ishlab chiqarish deb aytiladi. Ommaviy ishlab chiqarishning asosiy tavsiflaridan biri, bu bitta ishchiga bitta amalni bajarishni uzoq muddatga bog’lab qo’yilishidir.
Ommaviy ishlab chiqarishda amallar bog’lanish koeffitsienti ga yaqin bo’ladi. Ommaviy ishlab chiqarish undan tashqari quyidagi o’ziga xos xususiyatlarga ega: asbob-uskunalarning joylashishi, amallar bajarilishining ketma-ketligiga qarab joylashtiriladi; yuqori unumdorlikka ega bo’lgan asbob-uskunalar, maxsus dastgohlar, keskich asboblar va moslamalar qo’llaniladi; tanavorlarni oqimli liniyalar bo’ylab o’tkazish uchun transport moslamallaridan va konveyerlardan keng foydalaniladi; texnik nazorat qilishni mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va boshqalar. Detallarning talab etilgan o’lcham aniqligi avtomatik ravishda sozlangan dastgohlarda olinadi.
Ommaviy ishlab chiqarishda tanavorlarni shakllari ishchi chizmada berilgan detalning shakli va o’lchamlariga juda ham yaqin qilib, yuqori unumdorlikka ega bo’lgan tanavor olish usullaridan foydalanib tayyorlanadi.
Tanavorlarning ishlov beriluvchi yuzalariga talabga mos ravishda mexanik ishlov berish uchun qo’shimlar qoldiriladi, ishlov berilmaydigan yuzalari esa ko’pincha tanavor olish usullaridan kelib chiqqanligicha qoldiriladi. Ishchilarning malakasi seriyali ishlab chiqarishga qaraganda ancha past bo’ladi, chunki u, oylab-yillab takrorlanuvchi bitta amalni bajaradi, biroq ommaviy ishlab chiqarishda ko’pincha yuqori malakali sozlovchi-ishchilar, texnik-injener operatorlar ishlaydilar.
Ommaviy ishlab chiqarishlarda texnologik xujjatlar mukammal ishlab chiqiladi, texnik me’yorlar esa batafsil hisoblanib aloxida sinab ko’rilgandan keyingina amaliyotga tatbiq qilinadi.
10>1000>
Do'stlaringiz bilan baham: |