Pul-kredit sohasidagi inqiroz – mamlakat pul-kredit tizimining tang
ahvolga tushishi bo’lib, bunda tijorat va bank krediti keskin qisqaradi,
qimmatli qog’ozlar kursi, bank foizi tushib ketishi natijasida banklar sinib,
yalpi holda bankrotlikka uchraydilar.
Valyuta inqirozi - bu milliy valyuta obro’sining tushib ketishi, bankda
valyuta zahirasining tugab, milliy valyuta kursining keskin pasayishi holati.
Birja inqirozi – birjada qimmatli qog’ozlar kursining tezda tushib
ketishi, ularni emissiya qilishning qisqarishi, fond birjalari faoliyatidagi
chuqur tushkunlik, tanglik holati.
Atrof-muhitni,
eng
avvalo
inson
sog’lig’ini yo’qotish, umrini
qisqartirishga olib keladigan darajadagi vaziyatni vujudga kelishida
ifodalanuvchi inqiroz ekologik inqiroz deyiladi. U sanoatning shiddatli tarzda
o’sishiga yo’l qo’ymaydi.
177
Do'stlaringiz bilan baham: |